Muhammadsaid - Blog
СтатистикаStartaplar, sun’iy intellekt va tilshunoslik haqida. Bog‘lanish: @saidov Tahrirchi loyihasining asoschisi @tahrirchi_uz
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 9
- Всего постов
- 27
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Технологии (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 466
- 1/48двое суток
- 534
- 1/72трое суток
- 575
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Ship Happens: Pirates Wanted 🏴☠️ Кооперативная игра для 1–4 игроков, где вы с друзьями решили стать крутыми пиратами. Правда, пока плаваете на дырявом корыте, которое гордо называете кораблём. Латайте пробоины, тушите пожары, грабьте слабых, удирайте от сильных и улучшайте свой корабль. Работайте сообща — или станете кормом для рыб! Добавляем в вишлисты! Steam
видео или голосовое, без подписи
681 ta kasbni olib ikki soatlik chuqur tadqiqot qildim. Har bir kasb bo‘yicha eng oxirgi muammolar, qilinayotgan startaplar, muammoni texnik tomondan oson yechish imkoniyati va hkz...
681 ta kasbni olib ikki soatlik chuqur tadqiqot qildim. Har bir kasb bo‘yicha eng oxirgi muammolar, qilinayotgan startaplar, muammoni texnik tomondan oson yechish imkoniyati va hkz...
видео или голосовое, без подписи
Ko‘p tush ko‘rishni boshladim. Biri biridan qiziq tushlar. O‘ylab qoldim, mindey bir ilova qilib shu tushlarimni yozib yursam, ong ostimni yaxshiroq tushunishni boshlasam. Keyin bir miyamga buni AppStore/PlayMarket joylab startap qilish keldi. Research qilyapman. Bitta ilova chiqdi, ishlatib ko‘rdim, bo‘ladi, lekin pulli va qimmat. Boshqalari bormikin deb qarasam, har xil ilovalar buloqdan qaynab chiqqandek paydo bo‘lyapti — DreamAI, Lucid Dreams va hkz. Son-sanoqsiz. Ha, do‘stlar, shuncha ishlab o‘rganib oxiri kunimiz distribution’ga qoldi. Kim shuni eplasa, o‘sha yutadigan zamon. Oldin ham shunday bo‘lgandir, lekin hozir bu eng muhim bo‘lib qoldi. Oldin himoya sifatida dasturchilar salohiyati, tajriba bo‘lardi. Hozir esa bari qo‘pol qilib aytganda kimda marketing‘ga ko‘proq pul bor / yo‘q bo‘lib qoldi. Ust-boshi chiroyli yasalgan ilova ham oldin sifat haqida birlamchi taassurot berardi. Hozir-chi? Har ilova bir-biridan go‘zal, animatsiyalarga to‘la ilovalar. B2C juda shafqatsiz bo‘lib ketgandek go‘yo.
видео или голосовое, без подписи
Yozuv tizimlari haqida Lotin, kirill, arab yozuvlari o‘zi asli misr iyerogliflaridan kelib chiqqanini bilarmidingiz? Misrlik ziyolilar yozish va o‘qish faqat zodagonlarga mos narsa deb o‘ylagan. Ularning "harflar"ida o‘ziga xos ilohiy ma’nolar bo‘lgan, bu xudolar bilan muloqot vositasi bo‘lgan. Bu tizim shunaqa qiyin bo‘lganki, unda 1000 dan ortiq belgi, chapdan o‘ngga, o‘ngdan chapga yoza olish imkoni ham bo‘lgan. Xullas, o‘zlariga yoqqan yozuv tizimi bo‘lgan, shuncha iyeroglif bilish ziyolilarga mos bo‘lgan. Misrda o‘sha payt ishchi va qul bo‘lgan somiylar bu yozuvlarni tabiiyki tushunmagan. Ular o‘zining ismi yoki duolarini qayergadir yozgisi kelgan. Shu sabab ular misrliklardan 20-25 tacha iyeroglifni olib, o‘z tilidagi har bir tovushga bittadan iyeroglifni tanlagan. Natijada 𓃾 (ho‘kiz boshi) bir kunda A harfiga aylangan. "Baliq" esa D harfiga aylangan. M harfi esa suv va to‘lqinni bildiradigan iyeroglifdan olingan. Keyinchalik bu yangi topilma somiylardan Yaqin Sharqdagi savdogarlarga va oddiy xalqqa tarqagan. Misrliklar alifboni ixtiro qilmaganining sababi ba’zan yirik va muvaffaqiyatli korporatsiyalarning navbatdagi inqilobiy texnologiyani yarata olmasligi bilan bir xil: ular tizimni o‘zgartirish oqibatida yo‘qotadigan narsalari juda ko‘p bo‘ladi. Ayrim masalalarda chetdan qarab yondashish juda qiziq ixtirolarga olib keladi. Kambag‘al somiy ishchilarning na boyligi, na mavqeyi, na himoya qilishga arzigulik muqaddas an’analari bo‘lgan. Ularga shunchaki tez va oson ishlaydigan bir vosita kerak edi — shu tariqa ular tasodifan insoniyat tarixidagi eng qudratli intellektual qurolni yaratib qo‘yganlar. Shunday ekan, startap qilishdan to‘xtamanglar! Rasm shu yerdan olindi
100 ming dollargacha investitsiya olish imkoniyati. Prezident tanlovida AI startaplar uchun qabul davom etmoqda! Investor topish har qanday startap uchun eng murakkab bosqichlardan biri. President AI Award 2026 esa kuchli AI loyihalariga aynan investitsiya jalb qilish imkoniyatini taklif qilmoqda. Loyihalar davlat boshqaruvi, sanoat va tadbirkorlik, tibbiyot, ta’lim, yashil iqtisodiyot hamda agrotexnologiyalar yo‘nalishlarida qabul qilinadi. Har bir yoʻnalishda birinchi oʻrinni olgan jamoa 100 ming dollar, ikkinchi oʻrin 60 ming dollar, uchinchi oʻrin esa 40 ming dollar investitsiya bilan taqdirlanadi. Mablagʻlar IT Park Ventures tomonidan ajratiladi. Agar sizning AI mahsulotingiz allaqachon ishlayotgan boʻlsa va MVP tayyor boʻlsa, ayni paytda ariza topshirishning eng qulay fursati. 15-avgustgacha ulgurib qoling! Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: awards.gov.uz
Kentavr va teskari kentavrlar Yaqinda Abror yuborib qolgan postni o‘qib qoldim — u yerda muallif sun’iy intellektning hozirgi rolini tanqid qilib, u bizni teskari kentavrga aylantirayotganini tushuntirgan. Uning nazarida kentavr — qaysidir uskuna/qurilma yordamida o‘z ishini osonlashtiruvchi ishchidir, masalan, kod yozganda bir-ikkita so‘zlarni oxirigacha to‘ldirib beruvchi (autocomplete) funksiya bizni qaysidir ma’noda kentavr qiladi. Ya’ni yarmi maxluq (uskuna va avtomatizatsiya), yarmi odam (biz) ishchi. SI kelishi bilan dasturchilar teskari kentavr bo‘ldi. Ular endi eng mashaqqatli ishini SI’ga topshirdi, qiyin bug va jumboqlarni yechish bot tomonidan bajarilyapti, lekin eng zerikarli, asabbuzar kodni tekshirish vazifasi esa odam zimmasida (code review). Bu holatda dasturchi boshi otnikiday, oyog‘i odamdek jonzot bo‘ladi-yu qoladi. SI xato qilsa, u endi uning xatosini topib, uni yanada kuchaytiradi; ish beruvchiga esa biz kerakmiz — axir ertaga dasturda xato topilsa kimdir aybdor bo‘lishi kerak-ku (accountability sink). To‘g‘ri, SI kelib juda ko‘p zerikarli ishlar muammo bo‘lmay qoldi, masalan hujjat tayyorlash, kodni hujjatlashtirish, kundalik ishlar ketdi. Lekin korporatsiya va kattakonlarga bu qiziqmas, ular karrasiga boyishi uchun shu dasturchilar oldin oladigan pulini deyarli 100% olishi kerak, keyin esa butun ijod ahli topadigan maoshini olib qo‘yishi kerak — bu 10 trillion dollardan oshiq bozor demak. Qissadan hissa esa shuki, SI bizning ishimizni 100% bajaryapti, biz endi kerakmasmiz degan fikrlarga aldanib qolmaslikdir. Sifatsiz narsani sifatsiz deyish (slop), ommani, yaqin-atrofimizdagi insonlarga nima ijod mahsuli, nima andoza bilan qilingan didsiz narsa deb tushuntirish. Bu ayniqsa SI bilan sayt qiladiganlarga, SI bilan bema’ni narsalar chiqaradigan insonlarga taaluqli. Kompaniyalar to‘liq SI bilan ishini bitirib, o‘sha eski yoki undan ham ko‘p pul topmasagina ularning esi kiradi.
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🔥 GigaChat jamoasi audio bilan ishlash uchun ikkita yangi ochiq modelni taqdim etdi: GigaAM Multilingual va GigaChat Audio. Ular past resursli tillar — jumladan, o'zbek, qirg'iz va qozoq tillari — hamda uzoq audio yozuvlar uchun ishlab chiqilgan. Avvaliga ochiq kodli audio modellarining aksariyati asosan ingliz tili va qisqa fragmentlar uchun moslashtirilgan, qolgan tillarda sifati sezilarli darajada pasayardi. 🌍 GigaAM Multilingual Ko‘p tilli nutqni matnga aylantirish (ASR) modeli. ✅ Qozoq, qirg'iz, o'zbek, rus va ingliz tillarini qo'llab-quvvatlaydi. ✅ 70 dan ortiq til va 2 million soatdan ortiq audio ma'lumotlarda o'qitilgan. ✅ Whisper va Omnilingual modellariga qaraganda yangi tillarga tezroq moslashadi. ✅ 240 million parametrli ixcham versiyasi ham Whisper Large v3 va Omnilingual 1B modelidan yuqori aniqlikni namoyish etadi. 🎙 GigaChat Audio Audio bilan tabiiy muloqot qilishga mo'ljallangan yangi LLM. 🔘2 soatgacha bo'lgan audio yozuvlarni to'liq kontekst bilan tahlil qila oladi. 🔘Nutqni matnga aylantirish, tarjima qilish, audio tasniflash va ko'p bosqichli dialoglarni qo'llab-quvvatlaydi. 🔘Audio ichidagi muhim voqealarni topadi va ularni aniq vaqt belgisi bilan bog'laydi. 🔘 tilidagi topshiriqlarda Qwen3-Omni kabi raqobatchilarni ortda qoldirgan. 💡 Ikkala ishlanma ham ilmiy hamjamiyat tomonidan e'tirof etildi: tegishli maqolalar Interspeech 2026 konferensiyasiga qabul qilindi. Bu Markaziy Osiyo va Rossiya tillari bilan ishlaydigan loyihalar uchun yaxshi yangilik.
O‘zbek repi rivojlanyapti
Rostdanam haliyam shu argumentni qayta-qayta aytyaptilar, mayli. Biz yozda chiroqsiz qiynalib qolsak, unda bizga: - Startaplarni rivojlantirish uchun 100 mln dollar venchurga pul tikib, 5 mln dollarlik President Tech Award qilib nima bor - Boks, futbol, shaxmatga pul tikib nima bor, chiroq bo‘lmasa - Chet eldagi nufuzli oliygohlarga kirgan talabalarning kontraktini to‘lab berib nima bor, IELTS’dan 7 dan baland olganlarga imtihon pulini qaytarib nima bor, agar chiroq bo‘lmasa Demak, qaysidir davlat sohasidagi kamchilik sabab (kamchilik juda rivojlangan davlatlarda ham bo‘ladi) biz boshqa sohalarda reja qilingan islohotlarni bekor qilib, u sohaga ajratilgan mablag‘ni, vaqtni, malakani shunga yo‘llashimiz kerak. Davlat boshqaruvi bo‘yicha mahorat darsi. Olma bilan impressionizmni taqqoslash https://t.me/uzbekonomics/1855
https://www.producthunt.com/products/animater-ai?utm_source=other&utm_medium=social We on Product Hunt. Go in there and leave a vote @mq_blog
Qozog‘iston bozoriga chiqish uchun biz saytlarga, blogerlarga reklama berdik. Google Ads va Meta target ham bo‘ldi. Lekin eng zo‘r konversiyani Threads beryapti. Post agar qaysidir auditoriyaga yoqsa, Threads uni boshqalarga tavsiya qilishi ehtimoli yuqori. Bir kunda shuncha engagement yig‘dik, masalan: https://www.threads.com/@zhanna.diaryy/post/Da5EuBaDFHG?xmt=AQG0Glbt41QRu4JP2u6q3bOOVoTdGL9H78pyWJw5Sayn5xrqPY4xar2NS8RJr0U8CX2Y3CI&slof=1
- Sotuv kanallaridan foydalanish / access to distribution channels — men uchun juda og‘riqli mavzu, kimdan olib kimga sotishni bilishdir. Ayniqsa hozirda dasturchilik qadrsizlangan, barchaning e’tibori tarqoq paytda sotuv kanallariga ega bo‘lish juda muhim.…