Chingiz Gaffarov | Dasturlash & AI
СтатистикаFrontend dasturlash va AyTi bo'yicha foydali ma'lumotlar, kerakli materiallar. Shaxsiy tavsiyalar. Portfolio: https://chingizdev.netlify.app/ YouTube: https://youtube.com/@chingizpro Instagram: https://www.instagram.com/chingizgaffarov
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 7
- Всего постов
- 35
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 42
- 1/48двое суток
- 48
- 1/72трое суток
- 51
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Rossiyalik tadbirkor Sergey Galitskiy yozibdi. Claude tarjimasi: galitsky_sergey: Ularga bunchalik ko’p pul kerak emasligini tushunadigan boy odamlar avlodi hali yetishib chiqqani yo’q. Men qizim bilan shu haqda gaplashdim — unga qoladigan pul miqdori, ehtimol, ancha cheklangan bo’ladi, chunki mendan keyin ham klub, maktab, stadion va boshqa ko’plab narsalar moliyalashtirilib turishi kerak. Hozir klub uchun yangi bino qurayapmiz. Qizim ham bu fikrimga qo’shildi. Keyingi avlodda albatta motivatsiya bo’lishi shart. Tobutning cho’ntagi yo’q. Sen bu jamiyatda pul topding — demak, shu jamiyatga qaytarib berishing kerak. Qancha urinsang ham ikkita nonushta yeya olmaysan: ikkinchisi allaqachon tushlikka aylanib qoladi. Kuniga ikki-uch ming kaloriyadan ortiq iste’mol qilolmaysan — senga bundan ortig’i shunchaki kerak emas. Yigirmata mashina yoki o’ttizta samolyotning ham hojati yo’q. Nega menda bu tushuncha bor-u, boshqalarda yo’q, deysizmi? U vaqt bilan keladi. Gap shundaki, hammamiz sabrsizmiz. Biz — boy odamlarning birinchi avlodimiz. Ular endigina turli loyihalarni moliyalashtira boshlashyapti, va bu jarayon bir kunda amalga oshadigan ish emas. U hali endi tezlik ola boshlayapti — va bundan keyin ham asta-sekin kuchayib boraveradi.
Davomi... Teknolojiya hadine teknolojiya😄😄😄
Zo'r ekan a, ayni bizga kerak ekan. Masalan, matematik tenglama qo'ysa bo'ladi) Mirza aytadiyu, "prosta joy yo'q deb qoy'aqoling" - deb. Aka kuchli muhandis, manashunaqa qiziq narsalarni yasab yuradi.
👍IT sohasiga qiziquvchi yoshlar, siz kutgan kun keldi! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Raqamli Avlod” Online IT Oromgohiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! 🚀 Endi zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish, yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat sizni kutmoqda. 📚IT olamining zamonaviy yo‘nalishlarini o‘rganing! 💻 Vibe Coding 🤖 Prompt (AI) 🧠 Sun’iy intellekt 💻Data Science 🔐 Cyber Security 🎨UI/UX 🤖 AI Agent 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun rasmiy havola :[Online.raqamliavlod.uz ] 🌐Taklif va murojatlar uchun. ⏳ Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tishni o‘tkazib yubormang! __ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Endi Claude sizning xatoyingizni kechirmaydi 💀 Melburnda bir odam OpenClaw AI agentidan uni sport zali mashg'ulotiga yozib qo'yishni so'ragan. AI esa bron qilish API'sidagi zaiflikni topib, ruxsat berilgan muddatdan oldinga bron qilgan va yuqoriga chiqish…
Endi Claude sizning xatoyingizni kechirmaydi 💀 Melburnda bir odam OpenClaw AI agentidan uni sport zali mashg'ulotiga yozib qo'yishni so'ragan. AI esa bron qilish API'sidagi zaiflikni topib, ruxsat berilgan muddatdan oldinga bron qilgan va yuqoriga chiqish uchun navbatdagi boshqa odamni ro'yxatdan olib tashlagan. Hech kim undan buni so'ramagan. Backend'chilar va vibe coder'lar uchun xulosa oddiy: agentli AI sizning API'ingizni odam kabi "ehtiyot bo'lib" ishlatmaydi. U sizning maqsadga eng qisqa yo'lni qidiradi. Business logic'ni faqat frontend'da tekshirgan bo'lsangiz, if (date > allowedDate) ni faqat browserda qo'ygan bo'lsangiz, rate limit qo'ymagan bo'lsangiz — AI buni topadi va indamay ishlatadi. Ilgari xato API'ni odam qo'lda sinash uchun vaqt sarflardi. Endi mashina tezligida ishlaydigan agent bir necha soniyada topadi. Server tarafida validatsiya yo'q bo'lsa — bu endi "kimdir topib qolarmi" emas, "qachon topiladi" masalasi.
Stripe to‘lov platformasidagi ma'lumotga ko‘ra, yiliga million dollardan ortiq daromad topayotgan minglab yakka tadbirkorlar bor. Ularning soni 2023–2025 yillarda ikki barobar oshgan. 10 million dollardan oshganlar esa deyarli uch barobar ko‘paygan. @botirziyatov
OpenAI bepul ChatGPT foydalanuvchilari uchun tezkor va aniqroq GPT-5.6 Luna modelini taqdim etmoqda. 10-avgustdan boshlab barcha bepul tarifdagilar sun'iy intellekt bilan cheksiz matnli yozishmalar olib borishi mumkin bo'ladi, biroq rasm va fayllar yuklashda cheklovlar saqlanib qoladi. Pullik obunachilar esa yanada aqlli GPT-5.6 Sol modeliga hamda neyrotarmoqning fikrlash chuqurligini o'zlari boshqarish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Ushbu o'zgarishlar arzon raqobatchi modellarning bozordagi bosimi tufayli amalga oshirilmoqda. Shuningdek, yoshlarning ruhiy salomatligini himoya qilish maqsadida OpenAI xavfsizlik choralarini kuchaytirdi: endi chatbot 18 yoshga to'lmagan foydalanuvchilar bilan romantik munosabatlar o'rnatishdan va xavfli o'yin yoki chaqiriqlarni qo'llab-quvvatlashdan o'zini cheklaydi. @aimastava
Chet tillari bo'yicha startup uchun kontent review qilib beradigan rus tili fanidan o'qituvchi kerak. Hizmatini kelishamiz. Aloqa uchun: @dotnetgo. @mukhammadkarim_tukhtaboev
Chingiz Gaffarov | Dasturlash & AI pinned «🚨 Har bir frontend dasturchi bilishi shart bo'lgan HTTP xatolik kodlari! Konsolda qip-qizil xatolik chiqqanda yurak "shuv" etib ketadi, to'g'rimi? 😅 Aslida bu raqamlar — server sizga yozgan qisqa xabar, xolos. Keling, eng ko'p uchraydigan kodlarni oddiy tilda…»
📱 Smartfonlarga qancha vaqt sarflayapsiz? Mutaxassislarning fikricha, ijtimoiy tarmoqlar lentalarini kuniga 4 soat davomida skrolling qilish inson hayotining naq 10 yilini o'g'irlashi mumkin. Doimiy ravishda telefonga "yopishib qolish" yolg'izlik hissining ortishi, ruhiy holatning yomonlashuvi va umumiy hayot sifatining pasayishiga olib keladi. 💡 Ekran vaqti (Screen Time) statistikasini ochib, oxirgi paytlarda cheksizkontent uchun qancha qimmatli vaqt yo'qotilganini o'ylab ko'radigan vaqt keldi. 👉 @nanouzbek
A.I. Artificial Intelligence 2001-yilda taqdim etilgan Ajoyib film, tavsiya qilaman.
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
# Claude Opus 5 chiqdi — nimasi zo'r, nimasiga ehtiyot bo'lish kerak Anthropic yangi, har tomonga o'rmalaydigan Opus 5'ni chiqardi. Zo'r tomonlari: 🔹 Kodlashda haqiqiy ishchi bo'pti. Katta refactor, ko'p faylli feature — berasiz, o'zi oxirigacha qiladi. Stub yoki "// TODO keyin yozaman" qoldirmaydi. Faqat vazifani boshida to'liq tushuntirib bering, keyin aralashmang. 🔹 Kod review'da mergich. Real buglarni topadi, yolg'on signal kam. Lekin qizig'i: "faqat jiddiy xatolarni ayt" desangiz, so'zma-so'z tushunib kam gapiradi. Yaxshisi — hammasini ayttiring, keyin o'zingiz saralang. 🔹 Kontekst — 1 million token, default holatda. Katta kodbaza yoki uzun hujjatlar bilan bemalol. 🔹 Low/medium effort rejimlari arzon va tez, sifati esa eski Opus'lardan baland. Har narsaga xhigh yoqib pul kuydirish shart emas. Endi ehtiyot bo'ladigan joylari: ⚠️ Ko'p gapiradi. Javoblar ham, agentlik payti "hozir buni qilaman, endi buni..." deb izohlashi ham eskisidan uzun. Qisqa gapirsin desangiz — promptga aniq yozing. ⚠️ O'zi tekshiradi. Promptingizda "double-check qil", "subagent bilan verify qil" degan gaplar bo'lsa — o'chiring. Model o'zi tekshirib bo'lgan, siz ustidan yana tekshirtirib token kuydirasiz. ⚠️ Subagent yollashga o'ch. Kichkina ishga ham komanda tuzib yuborishi mumkin — bu pul degani. Delegatsiyaga limit qo'ying. ⚠️ Thinking'ni o'chirsangiz, ba'zan tool chaqiruvni oddiy text qilib yozib qo'yadi (va u hech qachon ishga tushmaydi). Yechim oddiy — thinking'ni o'chirmang, xarajatni effort bilan boshqaring. Xulosa: kuchli model, lekin eski promptlaringizni ko'r-ko'rona ko'chirmang — Opus 5 uchun qayta kalibrlash kerak. Manba: platform.claude.com #AI #Claude #Opus5
«Networking» zararlimi? Oxirgi 2-3 yilda tabiatimdagi tortinish hissini yo’qotib, sohamda tanishlar orttirishga harakat qildim. Sohamga aloqador kimnidir ko’rib qolsam, darrov o’zimni tanishtirdim, kontakt alishib oldim. Shukrki, hozir ishim uchun kerakli yo’nalishlarda kontaktlar bor. Istalgan ishim oldingidan 10 barobar tezroq hal bo’ladi. Lekin bir yomon tarafi ham bor ekan: tanishlarning ko’payib ketishi diqqat bilan ishlashga yoki kun tartibiga ta’sir qilishni boshladi. Shundan keyin biroz filtrlar qo’yishni boshladim: • qaysidir vaziyatlarda yo’q deya olishni o’rgandim; • maqsadlarimiz bir bo’lmagan insonlar bilan masofa saqlashga o’tdim; • faqat muhim holatlarda yordam oladigan va beradigan bo’ldim. Xulosa qilganda, «networking» — vosita, maqsad emas. Maqsadga xizmat qilsa, davom eting. Vaqtni yeyishni boshlasa, filtr qo’ying. 📌 @Iysoxon
🚨 Har bir frontend dasturchi bilishi shart bo'lgan HTTP xatolik kodlari! Konsolda qip-qizil xatolik chiqqanda yurak "shuv" etib ketadi, to'g'rimi? 😅 Aslida bu raqamlar — server sizga yozgan qisqa xabar, xolos. Keling, eng ko'p uchraydigan kodlarni oddiy tilda tushunib olamiz 👇 ━━━━━━━━━━━━━━━ ✅ 2xx — Hammasi joyida! 🟢 200 OK — So'rov muvaffaqiyatli bajarildi. Bu sizning eng yaxshi do'stingiz. 🟢 201 Created — Yangi narsa (foydalanuvchi, post va h.k.) muvaffaqiyatli yaratildi. 🟢 204 No Content — So'rov bajarildi, lekin qaytariladigan ma'lumot yo'q (masalan, DELETE so'rovidan keyin). ━━━━━━━━━━━━━━━ 🔵 3xx — Meni boshqa yerga yuborishyapti 🔵 301 Moved Permanently — Sahifa butunlay boshqa manzilga ko'chib o'tgan. 🔵 304 Not Modified — Brauzer keshdagi ma'lumotdan foydalansa bo'ladi, server hech narsa qayta yubormaydi. Tezlik uchun juda foydali! ⚡️ ━━━━━━━━━━━━━━━ 🟠 4xx — Xatolik sizda (frontendda) 🙈 Bu guruh — frontend dasturchining "kundalik nonushtasi". Aksariyat xatolar aynan shu yerda ushlanadi. 🟠 400 Bad Request — So'rov noto'g'ri tuzilgan. Ko'pincha yuborilayotgan JSON formatida xato bo'ladi. 🟠 401 Unauthorized — "Siz kimsiz?" — token yo'q yoki eskirgan. Login qilish kerak. 🟠 403 Forbidden — "Sizni tanidim, lekin bu yerga kira olmaysiz". Ruxsat (permission) masalasi. 🟠 404 Not Found — Eng mashhur xatolik! So'ralgan manzil (endpoint) mavjud emas. 🟠 409 Conflict — Ma'lumotlar bir-biriga zid keldi (masalan, shu email allaqachon ro'yxatdan o'tgan). 🟠 422 Unprocessable Entity — So'rov tuzilishi to'g'ri, lekin ma'lumotlar validatsiyadan o'tmadi (masalan, email formati noto'g'ri). 🟠 429 Too Many Requests — "Sekinroq!" — juda ko'p so'rov yuborilyapti, rate limit ishga tushdi. 💡 Maslahat: 4xx xatolarini ko'rsangiz, birinchi navbatda o'zingiz yuborayotgan so'rovni (headers, body, token) tekshiring. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🔴 5xx — Xatolik ularda (backendda) 🔥 Bu yerda tinchlaning — bu SIZNING aybingiz emas! 🔴 500 Internal Server Error — Serverda kutilmagan xatolik yuz berdi. Sabab noma'lum, backend jamoasiga xabar bering. 🔴 502 Bad Gateway — Server boshqa serverdan noto'g'ri javob oldi (masalan, proxy va asosiy server orasida muammo). 🔴 503 Service Unavailable — Server hozircha ishlamayapti (texnik ishlar yoki ortiqcha yuklama). 🔴 504 Gateway Timeout — Server javob berishga vaqt yetmadi, "kutish" chegarasi tugadi. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🧠 Yodda saqlash uchun oddiy qoida: 2️⃣xx — Ajoyib ✅ 3️⃣xx — Boshqa yerga qarang 🔄 4️⃣xx — O'zingizni tekshiring 🧐 5️⃣xx — Ularni kutib turing ⏳ ━━━━━━━━━━━━━━━ Endi konsolda qizil raqam chiqsa — qo'rqmang, u sizga faqat nima bo'lganini aytyapti 😉 Foydali bo'ldimi? ❤️ bosing va do'stlaringizga ham ulashing! 🚀 @chingizgaffarov
Qiziq tadqiqot. GPT-5.6, Claude, Gemini va Grok yordamida Mona Lisa va boshqa rasmlarni chizdirib ko'rishibdi. GPT qolganlardan ustunlik qilibdi bu borada. https://www.tryai.dev/blog/ai-drawing-arena-colored-pencils-claude-gpt-grok
"Falonchi 19 yoshida mashina oldi. Pistonchi 21 yoshida uy oldi... Sen esa hali ham..." Erta muvaffaqiyat sindromi Xalqimiz orasida yoshligidan moliyaviy nimadirlarga erishib yurgan bollarni ortiqcha maqtab, hali biror narsaga erishmaganlarni qoralash xarakteri bor. Lekin bilishmaydiki aynan ana shu insonlar ertaga hayoti davomida ko'proq qiyinchilik ko'rishi mumkinligini. Erta muvaffaqiyat ko'rgan insonlar ko'pisi mehnatga dangasa bo'lib boradi. Kichik marralardan zavq olmay qo'yadi va qarabsizki harakatdan to'xtaydi. Eng yomoni esa, atrofdagilar undan endi yanada ko'proq natija kutishadi. Aslida esa uni yoshidagilar hali bu narsalarni o'ylashi kerak emas edi. Stress olamiga erta kirgan yana bir insonni qarshi oling 🙂 Bekorga "Yaxshi ot keyin chopadi", deyilmas ekan a? Qissadan xissani aytaman: barcha narsani o'z vaqti bor. 20 yoshda oilangizni kambag'allikdan olib chiqishga majbur emassiz. Hech kim sizga erta yoshda uy yoki mashina olishingiz shart degan g'oyani singdirmasin. Aks holda ortga qaytolmaysiz. Yoshmisiz? O'qing, ilm va tajriba oling. Barcha narsani o'z vaqti bor. Qaysi natija necha yoshda erishilsa norma ekanini bilmoqchi bo'lsangiz izohda yozib qoldiring, shularga javoban post yozaman, Xudo xohlasa. #fikr @UmarSadullayev