- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 42
- 1/48двое суток
- 48
- 1/72трое суток
- 51
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
I had heard this song before, but this is the first time I'm watching its music video. Watching it left me with a strange mix of emotion and relief. Whether it’s based on a real story or purely artistic imagination is beside the point—the line that truly hit me was: "She is covered in modesty, not just flowers—please, take good care of her." Honest to God, I’m not even married yet, but sometimes just thinking about the day I’ll have to give away a daughter I don't even have yet makes me pause. Maybe I got this from my father, because he loves his daughters deeply. To be honest, one of the reasons I haven't gotten married until now is this very thought: the weight of being truly ready to cherish and protect someone else’s precious daughter, and making sure she is even happier with me than she was in her father's home. If my future daughter ever reads this post one day, there’s only one thing I want her to know: "Your dad loves you." @Andarov_blog
OKR o‘zi nima va nima uchun kerak? OKR — kompaniya yoki xodimning aniq maqsadini belgilab, shu maqsadga erishilganini o‘lchash tizimi. Oddiy qilib: Objective — qayerga bormoqchimiz? Key Results — borganimizni qanday bilamiz? OKRni ko‘p sohada ishlatish mumkin. Men kompaniyalarga tizim o‘rnatayotganimda OKRni ayniqsa tavsiya qilaman. Chunki ko‘p joyda muammo yangi tizimni o‘rnatishda emas, xodimlarning uni qabul qilishida. Bu yerda ko‘pchilikda bitta savol tug‘iladi: “Hamma o‘zining kunlik vazifasini bajarsa, kompaniya maqsadiga o‘z-o‘zidan erishilmaydimi? OKR nimaga kerak?” Agar shunday bo‘lsa, albatta OKR shart emas. Lekin: Vazifani bajarish ≠ kerakli natijaga erishish. Masalan, kompaniyaning maqsadi — 3 oyda yangi filial ochish. - HR vakansiya joyladi, suhbat o‘tkazdi, xodim oldi. - Marketing reklama berdi. - Administrator hujjatlarni tayyorladi. - Hamma o‘z vazifasini bajardi. Lekin filial ochilganda xodimlar tayyor emas, o‘quvchilar yetarli emas, jarayonlar ishlamayapti, xarajatlar esa rejalashtirilgandan oshib ketdi. Hamma ishladi, lekin kerakli natija chiqmadi. OKR shu yerda kerak. Objective: 3 oy ichida yangi filialni to‘liq ishga tushirish. Key Results: 200 ta yangi o‘quvchi jalb qilish 10 ta xodimni ishga olish va tayyorlash Barcha o‘quv jarayonlarini ishga tushirish Oylik xarajatlarni 150 mln so‘mdan oshirmaslik Endi xodim faqat: “Men vazifamni bajardimmi?” deb emas, “Men kompaniyaning kerakli natijasiga qanday hissa qo‘shdim?” deb qaraydi. Buni futbolga o‘xshatish mumkin. Vazifa — 90 daqiqa futbol o‘ynash. Maqsad — o‘yinda g‘alaba qozonish. Hamma 90 daqiqa o‘ynashi mumkin. Lekin bu hali g‘alaba degani emas. OKR esa har bir xodimning ishini umumiy natija bilan bog‘laydi. Yana bir muhim savol: “Xodimga bundan nima?” Bu ham muhim. Agar kompaniya xodimdan natija kutsa, xodim ham bundan manfaatdor bo‘lishi kerak. Masalan: Fiks oylik + KPI + OKR bonusi. Shunda kompaniya natija oladi, xodim esa natijaga qo‘shgan hissasi uchun manfaatdor bo‘ladi. Endi tizim o‘rnatish misoliga qaytamiz ✅ Kompaniyada yangi CRM yoki ERP o‘rnatmoqchisiz. Oddiy yondashuv: “1-sentabrdan yangi tizimda ishlaysizlar.” Xodim uchun bu yana bitta majburiyat. “Avvalgi usulda ham ishlardik.” “Buni o‘rganishga vaqt ketadi.” “Yana bitta tizim chiqibdi.” degan qarshiliklar paydo bo‘ladi. Lekin asl maqsad tizim o‘rnatish emas. Asl maqsad: Kompaniyadagi nazoratsiz jarayonlarni tizimlashtirish va moliyaviy teshiklarni yopish. Masalan: Objective: 3 oy ichida asosiy biznes jarayonlarini tizimga to‘liq o‘tkazish. Key Results: barcha savdo va to‘lovlarning 100% tizim orqali yurishi; ombordagi har bir kirim-chiqimning qayd etilishi; qarzdorliklarning 100% tizimda ko‘rinishi; naqd pul harakatining to‘liq nazoratga olinishi; qo‘lda yuritiladigan hisobotlarni 80% ga kamaytirish. Bu tizim kim nima qilganini, pul qayerdan kelib-qayerga ketganini, ombordagi farqni va qarzdorliklarni ko‘rsatadi. Bu esa hamma uchun ham qulay emas. Ba'zi joylarda tizim yo‘qligidan kimdir “teshik”lardan foydalanishi, nazorat ko‘rinmagani uchun esa kimdir xohlagancha ishlashi mumkin. Shuning uchun yangi tizimga qarshilik har doim ham: “Men yangi narsani yoqtirmayman.” degani emas. Ba'zida eski tartibning o‘zida kimningdir manfaati bo‘lishi mumkin. Shu sababli men tizim o‘rnatayotganimda faqat: “Mana sizga yangi dastur.” demayman. OKR orqali tizimning maqsadini ham belgilashni tavsiya qilaman. Xodimga: “Yangi tizim o‘rnatamiz.” emas, “3 oy ichida pul, ombor va mijozlar bo‘yicha asosiy teshiklarni yopamiz. Mana kompaniyaning maqsadi. Mana sening bunga qo‘shadigan hissang va shu ishni bajarsang sen alohida bonus olasan.” deyiladi. Shunda xodim yangi tizimni shunchaki qo‘shimcha majburiyat sifatida emas, kompaniya rivojlanishining bir qismi sifatida ko‘ra boshlaydi. Kompaniya rivojlanadi. Xodim esa o‘z hissasini ko‘radi va ishga shunchaki “oylik uchun” emas, natija uchun ko‘zi yonibroq ishlay boshlaydi. Xodimga natija uchun beriladigan bonus ko‘pincha kompaniyaning nazoratsizlik, xato yoki “teshiklar” sabab yo‘qotadigan pulidan ancha arzonga tushadi. Eng muhimi, bu faqat pul masalasi emas. Bunday tizim kollektiv madaniyatni ham oshiradi. Odamlar bir-birining vazifasini emas, umumiy natijani ko‘ra boshlaydi. OKR — xodimga ko‘proq ish yuklash emas. OKR — kompaniya maqsadi bilan xodim maqsadini bir nuqtaga olib kelish. @Andarov_blog
Sun’iy intellekt eng zo‘r multiplikatorga aylandi. Men uni istalgan narsani 5X kuchaytiradi deb baholayapman. Formula shunday: Natija = Mutaxassis × AI Ya’ni, hozir AI yaxshi mutaxassisni 5 baravar kuchliroq qilishi mumkin. Lekin ko‘paytirish tenglamasida mutaxassisning o‘zi ham muhim. Agar mutaxassisning qobiliyati 0 bo‘lsa, AI uni 100X kuchaytirsa ham, natija baribir 0 bo‘ladi. Hozir men ko‘p kuzatayotgan holat — odamlar o‘zlarida yetishmayotgan qobiliyatlarni AI bilan yopmoqchi. Yaxshi dasturchi emas, lekin Claude Code yordamida xavfsizlik standartlariga javob bermaydigan saytlar yasayapti. Biznes jarayonlarini tushunmaydi, lekin biznesni tizimlashtirish uchun ERP yasab beraman deyapti. Dizayn asoslarini bilmaydi, lekin Gemini yordamida 10 daqiqada bitta dizayn yasayapti. Qurol hech qachon asosiy kuch bo‘lmagan. U shunchaki odamga yordam beruvchi vosita. Boksga zo‘r qo‘lqop kiyib borsangiz, ringda zo‘r urishib berasiz degani emas. Bir ishni o‘zingiz to‘liq qila olganingizdan keyin, jarayonni tezlashtirish uchun AI’dan foydalanish mumkin. @aqlli_ikkichi
Diqqat — hozirgi dunyoning yagona valyutasi. Odamlar e’tiborini ololmadingizmi — bozordan chiqib ketasiz. @Abloguz-eplab bo’lmas daraja sari!
Bilim olish muhim. Lekin bilim hechqachon tarbiyadan oldinga o'tib ketmasligi kerak. Chunki bilim insonni kuchli qiladi, tarbiya esa o'sha kuchni qanday ishlatishni o'rgatadi. Faqat bilimga e'tibor berib, tarbiyada oqsash bolsa insonda faqat kibr emas, balki sabrsizlik, boshqalarni tushunmaslik va o'zini ustun qo'yish kabi holatlar ham paydo bo'lishi mumkin. Haqiqiy rivojlanish — faqat ko'p narsani bilishda emas, bilgan narsang bilan qanday inson bo'lib qolishingda. Oxirida odamni faqat bilimi emas, muomalasi, odobi va tarbiyasi esda qoladi. @Andarov_blog
Odamlar pulni faqat uchta narsaga sarflaydi, faqat uchtaga. Birinchisi - yechim. Odamlar muammo yo’qolishi uchun deyarli qancha bo’lsa ham to’lashga tayyor. Og’riq, stress, qarz, yolg’izlik. Aynan shuning uchun odamlar shifokorga o’ylab ham o’tirmay pul to’laydi. Ikkinchisi - qulaylik. Dunyodagi eng boy kompaniyalar - eng oddiylari. Ular shunchaki biror narsani tezroq, soddaroq va ortiqcha bosh og’rig’isiz qilib berishgan. Odamlar butun umr faqat murakkab yo’ldan yurmaslik uchun ustama to’laydi. Uchinchisi, mening eng yoqtirganim - taassurot. Odamlar boshqa hech qayerdan ololmaydigan tuyg’uni his qilish uchun aqlga sig’maydigan pul to’lashga tayyor. Uzoqqa borish shart emas - to’yga qarang. O’zbek oilasi umri davomida qilgan eng katta xarajatini na yechim uchun, na qulaylik uchun qiladi. Bir kechalik taassurot va odamlarning ko’zi uchun qiladi. Siz taomga to’lamayapsiz, siz o’sha kechaga to’layapsiz. Mana, ro’yxat shu. Yechim, qulaylik, taassurot. Qaysi birida eng zo’r bo’lishingizni tanlang, qolgani o’z-o’zidan keladi. Scaleup | @scaleupuz
Ukalar, bitta maslahat. Ko'pchilik chet el universitetlariga kirish uchun faqat IELTS va SAT yetarli deb o'ylaydi. Aslida esa yana bir kuchli imkoniyat bor — AP (Advanced Placement). Bizga buni aytadigan odam bolmagan men yetqizay sizlarga AP — maktab o'quvchilari universitet darajasidagi fanlardan topshiradigan xalqaro imtihon. U sizning tanlagan yo'nalishingiz bo'yicha chuqur tayyorgarligingizni ko'rsatadi. Masalan: - AP Computer Science A - AP Computer Science Principles - AP Calculus - AP Statistic - AP Physics - AP Chemistry - AP Biolog - AP Psychology - AP Microeconomics - AP Macroeconomics - AP Government - AP English Language Bitta narsani tushunib oling: IELTS — ingliz tilingizni isbotlaydi. SAT — akademik darajangizni ko'rsatadi. AP esa "Men aynan shu yo'nalishga jiddiy tayyorlanganman" degan signalni beradi Tasavvur qiling, ikkita o'quvchining IELTS va SAT natijalari bir xil. Ammo ulardan biri yana 2–3 ta AP fanidan yuqori natija olgan. Tabiiyki, uning arizasi universitet ko'zida kuchliroq ko'rinadi. Bu AP olgan odam albatta o'qishga kiradi degani emas. Lekin ayniqsa TOP universitetlarda boshqa kuchli nomzodlardan ajralib turish imkoniyatini oshiradi. Yana bir muhim jihati — ayrim universitetlarda AP natijalari hisobiga kredit olib, ba'zi fanlarni qayta o'qimaslik ham mumkin. Shuning uchun maqsadingiz chet eldagi kuchli universitetlar bo'lsa, faqat IELTS yoki SAT bilan cheklanib qolmang. Yo'nalishingizga mos AP fanlarini ham o'rganing. Kuchli profil odatda shunday bo'ladi: - IELTS yoki TOEFL - SAT - 2–5 ta yo'nalishga mos AP - Portfolio (loyihalar, musobaqalar, tadqiqotlar) - Ijtimoiy faollik va leadership Bugundan izlanishni boshlang. Foydasi tegsa bir eslab qoyasizlar 🤝 @Andarov_blog
Bizda 2 xil qobiliyat bor: hard skill va soft skill. Hard skill — kasbiy ko‘nikmalar. Ya’ni biror kasb yoki hunarni bilish. Masalan, dasturlarda ishlashni bilish, moliyaviy hisob-kitob qilish, biror mahsulot yaratish yoki texnik ishni bajarish. Soft skill — shaxsiy va ijtimoiy ko‘nikmalar. Odamlar bilan ishlashga yordam beradigan qobiliyatlar. Masalan, yaxshi muomala qilish, mas’uliyatli bo‘lish, va’daga amal qilish, vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish va jamoada ishlay olish. Endi ularning kombinatsiyalarini ko‘rib chiqamiz. 1. Hard skill past + Soft skill past Bu eng yomon kombinatsiya. Na biror foydali kasbingiz bor, na odamlar bilan ishlay olasiz. Yangi narsani o‘rganish qiyin, tanqidni qabul qilmaysiz. Natijada eng oddiy ishlarda, minimal maosh evaziga ishlaysiz. Sizni deyarli istalgan odam almashtira oladi. Taxminiy daromad: $300–400. 2. Hard skill kuchli + Soft skill past Siz yaxshi mutaxassissiz, lekin o‘sishingiz cheklangan. Kasbingiz orqali yaxshi daromad topasiz, ammo jamoa boshqarish, biznes qurish yoki katta loyihalarni rivojlantirish qiyin bo‘ladi. Chunki buning uchun odamlar bilan ishlashni ham bilish kerak. Ko‘pincha bitta darajaga chiqib, o‘sha yerda to‘xtab qolasiz. Taxminiy daromad: $1000–1500. 3. Hard skill past + Soft skill kuchli Odamlar sizni yoqtiradi va siz bilan ishlashni xohlaydi. Birinchi taassurot juda yaxshi bo‘ladi. Lekin vaqt o‘tib, amaliy natija bera olmasligingiz bilinadi. Shuning uchun ba’zan katta pul ishlab, keyin uzoq vaqt daromadsiz qolishingiz mumkin. Masalan: bir oy $4000–5000, keyingi 3–4 oy esa $0. 4. Hard skill kuchli + Soft skill kuchli Bu eng kuchli kombinatsiya. Siz nafaqat ishni o‘zingiz yaxshi bajarasiz, balki boshqalarga ham natija qildira olasiz. Odamlar siz bilan ishlashni xohlaydi, sizga ishonadi va ortingizdan ergashadi. Chunki siz faqat gapirmaysiz — o‘zingiz ham natija ko‘rsatasiz. Shu sababli siz kuchli tadbirkor yoki top-menejer bo‘lishingiz mumkin. Taxminiy daromad: $5000 dan cheksizgacha. @aqlli_ikkichi
Shu qòshiqni har bir qatorida mano ✅ - Hasading bor bo'lsa nazardan qolding demak, - Qalbinga Do'zahdan lahsa cho'q solding demak, - Tavakkulni bilsang Haqni tan olding demak, - Hudo hor qilganni, bandasi bor etolmas. - Hudo yor bilganni, bandasi hor etolmas. @Andarov_blog
Tasavvur qiling, omboringiz bor va uni avtomatlashtirish uchun dastur qildirdingiz. Koʻpchilik quyidagilarni qilib "tizim qurdim" deb oʻylaydi: - Omborda hamma tovardan 100 tadan (yoki bir xil miqdorda) turibdi. - Qanchaga olingani va qaysi postavshikdan kelgani yozilgan. - Ombordagi umumiy balans — $12,500. - Ishlatilgan xarajat va tushum raqamlari aniq koʻrsatilgan. Natija: Sirtga qarasangiz — hamma raqamlar joyida, balans toʻgʻri, chiroyli elektron daftar turibdi. Lekin bu yerda eng katta aldamchi tuzoq bor: hamma tovardan bir xil 100 tadan olib kelingani bilan, ularning sotilish tezligi va talab yer bilan osmoncha farq qiladi: - Tovar A: Oyiga atigi 2 ta sotiladi (100 ta zaxira 50 oyga / 4 yilga yetadi! Pul muzlab yotibdi). - Tovar B: Bu oy kutilmaganda talab oshib, kuniga 10 tadan ketyapti (100 ta zaxira atigi 10 kunga yetadi!). Lekin sizdagi "daftar tizim"da faqat quruq raqamlar va balans boʻlgani uchun u buni farqlab bera olmaydi. Natijada, mas'ul xodim yana oʻz bilganicha, eski inersiya bilan hamma tovardan teng 100 tadan zakaz qilaveradi. Pulingiz esa kelajagi yoʻq, oʻlik tovarlarga "muzlab" yotaveradi. Eng alamli joyi: Xaridor bu oy eng koʻp sotilayotgan Tovar Bni soʻrab keladi, sizda esa u... allaqachon tugab qolgan boʻladi! Xaridor keladi, siz esa "Afsuski, bu tovarimiz tugagandi..." deysiz. U kutmaydi, toʻgʻri konkurentingizga oʻtib ketadi. Keyingi safar ham kelmay qoʻyadi, chunki xotirasida "Bularda baribir tovar boʻlmaydi" degan fikr qoladi. Natijada siz nafaqat bugungi $100 lik sotuvni, butun boshli LTV (doimiy mijozning koʻp yillik qiymati)ni boy berasiz. Nega bunday boʻldi? Chunki bu dasturda QAROR zanjiri yoʻq. Har qanday sohadagi toʻgʻri tizim quyidagi 4 ta uzviy zanjir boʻyicha ishlashi shart: 1. RAQAM ➡️ 2. METRIKA ➡️ 3. ANALIZ ➡️ 4. QAROR Ombor tizimini kichik misolida korib chiqamiz: - Raqam (Data): Omborda har bir tovardan 100 ta bor. (Bu shunchaki statistika, xom ma'lumot. Biznesga hech qanday foydasi yoʻq). - Metrika (Metric): A tovar bir oyda atigi 2 ta sotilyapti, lekin B tovar bu oy kutilmaganda talab oshib, kuniga 10 tadan ketmoqda. Zaxira 10 kunga yetadi, postavshikdan yetib kelish vaqti (Lead time) — 7 kun. (Mana endi real manzara shakllanyapti). - Analiz (Insight/Signal): Dastur avtomat ravishda baqirishi kerak: “Diqqat! Bu oy B tovar boʻyicha zakazlar keskin koʻpaydi. Agar 3 kundan keyin yangi zakaz berilmasa, tovar tugaydi va kuniga $1,000 tushum boy beriladi” - QAROR (Action): Dastur shunchaki ogohlantirib qoʻymaydi, balki mas'ul xodimning oldiga "B tovardan darhol 50 ta zakaz berish kerak" degan tayyor buyurtma hujjatini generatsiya qilib beradi. Rahbar esa bitta tugma bilan tasdiqlaydi Ushbu 4 ta bosqichli formula faqat ombor uchun emas — moliya (kassa uzilishlarini oldini olish), sotuv (sovuq lidlarni ajratish), HR va boshqa barcha yoʻnalishdagi tizimlarga birdek mos tushadi. Xulosa: Dastur yoki tizim — bu shunchaki boʻlib oʻtgan faktlarni yozib boradigan arxiv emas. Haqiqiy avtomatlashtirish — bu sizni kutib turgan xavfdan ogohlantiradigan va keyingi qadamingizda toʻgʻri qaror beradigan NAVIGATOR boʻlishi kerak. Agar sizdagi dastur faqat birinchi bosqichda (raqam yigʻishda) qolib ketgan boʻlsa, demak siz tizim emas, shunchaki qimmatroq "elektron daftar" ishlatyapsiz, xolos. Endi oʻzingizga savol bering: Siz olgan yoki qurgan dasturingiz qaror qabul qilishga yordam beryaptimi yoki shunchaki raqam yigʻyabdi halosmi? @google_sheets_demo
Oshkor qilmaylik Halol yo’lga kirishimdan oldin odamlarni aldab pul topar edim, dedi. Namozni ushlashimdan oldin ko’p zino qilar edim, dedi. Zalga chiqishimdan oldin do’stlarim bilan bitta o’tirishda bir yashik aroqni ichib qo’yar edik, dedi. To’g’ri yo’lga kirib o’tmishdagi gunohlarimiz haqida so’zlashimiz xato ekan. Chunki, Birinchidan. Alloh berkitgan gunohlarimizni nima qilamiz ochib? Ikkinchidan. Avval qilgan gunohlarimizni gapirish kibrimizni oshishiga olib keladi. “Men ko’pni ko’rib qo’yganman” degan tuyg’u uyg’onadi ichimizda. Uchinchidan. O’zimiz bilmagan holda gunoh qilishni propaganda qilib qo’yishimiz mumkin. Suhbatimizni eshitgan kishida “keyinroq to’g’ri yo’lga kirsa ham bo’lar ekan” degan fikr uyg’otamiz. Shunday ekan, Gunohlarimizni hikoya qilish ham bir gunohligini unutmaylik. @mashrabov_aa / @street_mba
The Dip jarayoni haqida ✅ - Har qanday yangi ish boshida hammasi qiziq bo'ladi. - Bir necha haftadan yoki oydan keyin natija sekinlashadi. - Motivatsiya pasayadi. - "Bu menga emas ekan", degan fikr keladi. Aslida aynan shu nuqta — The Dip. Ko'pchilik shu yerda taslim bo'ladi. Lekin muvaffaqiyatga erishganlar aynan shu bosqichdan o'tib ketishadi. Chunki ular bilishadi: bu muvaffaqiyatsizlik emas, balki o'sishning tabiiy qismi. @Andarov_blog
Мижозга қарам бўлиб яшайсиз Аксарият тадбиркорлар нархни туширишга ва ўз қадрини ерга уришга мажбур бўлишади. Бунинг сабаби қўрқув ва орқада бошқа мижозлар навбатининг йўқлигидир. Қачонки оқим катта ва узлуксиз бўлса, раҳбар ўз шартларини қатъий қўя олади ва ўз қадриятини сақлаб қолади. Агар сотув воронкангизда янги харидорлар навбати бўлмаса, сиз доимо мижозга қарам бўлиб яшайсиз ва бизнесингизни эркин ривожлантиролмайсиз. Сизнинг бизнесингизда мижозлар навбати борми? ёки келган ҳар қандай харидорнинг шартига мажбурликдан рози бўляпсизми? Изҳоҳларда бўлишинг. Telegram | Instagram | YouTube
Men uchun obròim va shaxsiy chegaralarim muhim Agar kimdir uni bilib bilmay buzib òtmoqchi bolsa men ham himoya maqsadida u odamga òz "òrnini" kòrsataman Harqanday holatda ham òzingizda bòling va boshqalarni obrò va chegaralarini hurmat qiling @Andarov_blog
4 yoshli O’g’limdan navbatdagi saboq Don-don ziki o’ynab o’tirudik. “Keling, shuni sal boshqachasini o’ynimiz” deb taklif berib qoldi og’lim. “Siz faqat qog’oz qilasiz, man bo’lsa qaychi. Bu shunaqa sal boshqacharoq don-don ziki” dedi. “Nega?” deb savol bersam. “Chunki men ko’p yutushim kerak” degan javob oldim. Shunda yana bir bor tushunib yetdim: o’yinda faqat o’yinni qoidalarini o’zgartira oladiganlar yutadi. @raimbaev_elmurod
Zòr sotishni eng oson usuli - sotmaslik @Andarov_blog
Baxtliroq yashash uchun tajribamdan hulosa: Kutuvlarni kamaytir, harakatni kòpaytir @Andarov_blog
Data => Metrika => KPI Hechqachon teskarisi bo'lmaydi @Andarov_blog
Yaxshi tuzilgan KPI har doim SMART qoidasiga javob berishi kerak: - Specific (Aniq) — Masalan, "Sotuvni oshirish" emas, "Yangi mijozlar hisobiga sotuvni oshirish". - Measurable (Oʻlchasa boʻladigan) — Raqam yoki foiz boʻlishi shart ($20\%$ ga oshirish). - Achievable (Erishsa boʻladigan) — Real maqsad boʻlishi kerak (1 oyda sotuvni 100 baravar oshirib boʻlmaydi). - Relevant (Muhim/Mos) — Biznesning asosiy maqsadiga xizmat qilishi kerak. - Time-bound (Vaqti belgilangan) — Qaysi muddat ichida? (Chorak yakunigacha yoki shu oy oxirigacha) @Andarov_blog
Qurol asosiy kuch bo‘lishi noto‘g‘ri IELTS’ingiz 9.0 bo‘lsa ham, bu hech qanday ko‘rsatkich emas. Bu oddiy qurol, xolos. Muhimi — shu kuchli qurol bilan qanday natijaga erishganingiz. Sun’iy intellektdan zo‘r foydalanishni bilsangiz ham, bu hali ko‘rsatkich emas. Istalgan qurol — multiplikator (ko‘paytiruvchi). Natija = qobiliyat × qurol Matematikani bilganlar tushunadi: qobiliyat 0 bo‘lsa, cheksiz qurol bilan ham natija 0 bo‘ladi. Ya’ni, qo‘lingizda dunyodagi eng zo‘r kamon bo‘lsa ham, ovga chiqmagan bo‘lsangiz — uyga bo‘sh qo‘l bilan qaytasiz. Qurol - yakuniy manzil emas. Uni yo‘lga chiqish uchun o‘rganamiz. @aqlli_ikkichi