Alisher Sadullaev
СтатистикаSenator | Yoshlar ishlari agentligi | Shaxmat federatsiyasi | Stanford GSB Executive
- Последний пост
- 17 авг.
- Последнее чтение
- 19:08
- Постов за неделю
- 13
- Всего постов
- 57
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 22 988
- 1/48двое суток
- 26 344
- 1/72трое суток
- 28 413
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida yangi barpo etilgan Kongress-xoll, uch yulduzli mehmonxona hamda “Xiva Ichan qal’a” qabullar uyi bilan tanishdilar. Shu yerning o‘zida davlatimiz rahbari Xorazm viloyati jamoatchiligi vakillari bilan samimiy muloqot qildi. Suhbatda keyingi yillarda vohada ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlar, odamlarning turmush tarzi va tafakkuridagi yangilanishlar haqida so‘z bordi. Qadimiy Xorazm zaminida Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlik, taraqqiyot va yangilanish ruhi tobora yaqqol namoyon bo‘layotgani ta’kidlandi. Viloyatning boy tarixi va an’analarini asrab-avaylagan holda uni zamonaviy, obod va farovon hududga aylantirish yo‘lidagi ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi. @alisher_sadullaev
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Urganchdagi Kasblar shaharchasida yoshlar bilan muloqot qildi. @alisher_sadullaev
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, samarali mehnati va faol tashabbuslari uchun bir guruh tadbirkorlar taqdirlandi. Ganiyev Boisxon Basitovich — “Bek va Lola” loyihasi bosh prodyuseri va “United soft” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari sifatida mamlakatimiz rivojiga qo‘shib kelayotgan hissasi, mehnati va tashabbuslari uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Boisxon Basitovichni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklayman. Kelgusi faoliyatida yangi yutuqlar va katta muvaffaqiyatlar tilayman. Mukofot muborak bo‘lsin! @alisher_sadullaev
@ibratfarzandlari ilovasidagi yangiliklarini ko’rdingizmi? Tez orada yoshlar uchun yana bir mega tanlov o’tkazmoqchimiz. Tanlov g’oliblariga qanday sovrin bersak ekan? Pul mukofoti, sayohat yoki kitoblar? Izoh qoldiring.
Bu kitobni har bir O‘zbekiston farzandi o‘qishi shart Abdurauf Fitratning “Hind sayyohining qissasi” asarini o‘qib, bir narsaga amin bo‘ldim: ba’zi kitoblar yozilgan davridan ancha uzoq yashaydi. Fitrat Buxoroning buyuk ilmiy merosini, shu bilan birga jaholat, ma’rifatning zaiflashuvi, noto‘g‘ri boshqaruv va poraxo‘rlik kabi muammolarni ochiq ko‘rsatadi. U ta’lim, ilm, adolat va zamonaviy boshqaruvsiz jamiyat taraqqiy eta olmasligini ta’kidlaydi. Eng muhimi, u bizga shuni eslatadi: buyuk tarix bilan faxrlanishning o‘zi yetarli emas. Ajdodlarimizning ilm va taraqqiyotga intilishini davom ettirishimiz kerak. 👉https://mutolaa.com/davra/post/439851
Mustaqillikning 35 yilligiga o‘z hissangizni qo‘shing! Yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladigan tashabbusingizni “35 000 tashabbus” loyihasiga yuboring. Asosiy maqsad: Barcha yoshlarda Mustaqillik to’yonasiga dahldorlik hissini oshirish! 📅 1–31-avgust Yuborish: tashabbus.yito.uz O‘z tashabbusingiz bilan tarixda iz qoldiring!
⚡️Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi gʻoliblariga tabrigi e’lon qilindi Men butun O‘zbekiston yoshlariga murojaat qilib aytmoqchiman: xalqimizning sizlarga bo‘lgan yuksak ishonchini oqlash uchun doimo izlaning, yangi bilim hamda texnologiyalarni egallang, xorijiy tillarni o‘rganing va kasbingiz bo‘yicha eng ilg‘or mutaxassis bo‘lib yetishing! - deyiladi Prezident tabrigida @alisher_sadullaev
Yosh fermerlar chempionatiga start berildi Qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun 12 ta nominatsiya bo‘yicha respublika chempionati boshlandi. G‘oliblar 50 mln so‘mgacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi va loyihalar kengayishida Agentlikdan ko‘mak olishadi. Hoziroq yoshfermer.uz orqali ro‘yxatdan o‘ting. Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi.
Toshkent viloyati yoshlarining loyihalarini qo’llab-quvvatlashga keldik. O’zingizni izohlarda tanishtiring. Loyihangiz, tadbirkorlik g’oyangizni kengaytirishda yordam beramiz. Albatta, sizning hududingizga, hatto eng olis hududlarga ham boramiz.
Sirdaryo viloyati yoshlarining loyihalarini qo’llab-quvvatlashga keldik. O’zingizni izohlarda tanishtiring. Loyihangiz, tadbirkorlik g’oyangizni kengaytirishda yordam beramiz. Albatta, sizning hududingizga, hatto eng olis hududlarga ham boramiz.
Mutolaa jamoasi safiga kirishni, katta kitobxonlik loyihayalarini amalga oshirishni xohlaysizmi? Ko’plab iste‘dodli yoshlar @mutolaaxona loyihasida ishlashni orzu qilishadi. Shu sababli @oltinovozlaruz loyihasi ishga tushdi. Marhamat, jamoamizga qo’shiling. Batafsil: @oltinovozlaruz