Yoshlar ishlari agentligi
СтатистикаYoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
- Последний пост
- 18:25
- Последнее чтение
- 18:36
- Постов за неделю
- 26
- Всего постов
- 432
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 22 520
- 1/48двое суток
- 24 215
- 1/72трое суток
- 26 116
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
🌍 Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati haqida eshitganmisiz? 17-avgust kuni soat 11:00 da Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati taqdimoti va “Yoshlar tinchlik uchun” Birlashgan Millatlar Tashkilotining Modeli bo‘lib o‘tadi. Jahon Yoshlarining tinchlik sari harakati tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ilgari surilgan bo‘lib, dunyo yoshlarini tinchlik yo‘lidagi global harakatga birlashtirishga qaratilgan. Tadbir xalqaro ekspertlar va yoshlar yetakchilarini tinchlik, totuvlik va o‘zaro hamkorlik yo‘lida bir maskanda jamlaydi. Insoniyat kelajagi uchun befarq bo‘lmagan faol yoshlarimizni ushbu muhim tadbirda ishtirok etishga chorlaymiz! Ishtirok etish uchun👉 ro'yxatdan o'ting 📍 Manzil: Yoshlar ijod saroyi, Toshkent shahri 📅 Sana: 17-avgust, 2026-yil 🕚 Vaqti: 11:00 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
+9
🤝Volontyorlik sohasida xalqaro hamkorlik kengaymoqda Yurtimizda “O‘zbekiston–Rossiya: volontyorlik va ijtimoiy loyihalar” xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forumda ikki mamlakatning yoshlar bilan ishlash masalalariga mas’ul davlat tashkilotlari, volontyorlik, tadbirkorlik, media, ijtimoiy loyihalar yo’nalishida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari va vakillari ishtirok etmoqda. Forumda “Chegarasiz volontyorlik: eng yaxshi tajribalar va ijtimoiy masalalarga tizimli yechimlar” mavzusi bo’yicha ikki mamlakatda volontyorlikni rivojlantirish tajribasi va yangi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinadi. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan 2027-yilga mo’ljallangan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Forum 15-avgustga qadar davom etadi. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Obodlik va mehr-saxovat: Surxondaryo yoshlari harakatda! “Dolzarb 40 kunlik” doirasida viloyatdagi 723 ta mahallada yoshlar hashari tashkil etildi. Unda 13 ming nafardan ortiq volontyor yoshlar va yetakchilar faol ishtirok etmoqda. Hashar davomida ko‘chalarni obodonlashtirish, qabristonlarni tartibga keltirish bilan birga, yolg‘iz keksalar holidan xabar olinib, ularning xonadonlarida amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Jumladan, Angor tumanidagi “Ulug‘bek” mahallasida yashovchi Malohat Rasulova xonadoniga tashrif buyurgan yoshlar uy yumushlarida ko‘maklashdilar. Bunday ezgu tashabbuslar yoshlarni hamjihatlik ruhida birlashtirib, mahallalarimiz obodligiga xizmat qilmoqda. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
⚡️ Qizlar uchun biznes sohasida yangi imkoniyat! "Qizlar akademiyasi" loyihasi doirasida biznes boshlash yoki bu yo‘nalishda bilimlarini rivojlantirishni istaganlar uchun “Qizlar Biznes Marafoni” tashkil etilmoqda. Marafon davomida ishtirokchilar 6 nafar tajribali mutaxassisning onlayn darslarida qatnashib, biznes yuritish bo‘yicha amaliy bilim va tavsiyalar oladi. Shuningdek, faol ishtirokchilar maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 📤Ro‘yxatdan o‘tish: @QizlarAkademiyasiMarafonBot 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
🎉12-avgust — Xalqaro yoshlar kuni! 🌎 Bugun dunyo bo‘ylab yoshlarning huquqlari, imkoniyatlari va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritiladigan kun. O‘zbekiston — yoshlar mamlakati. Bugungi kunda yurtimizda har bir yigit-qizning o‘z salohiyatini namoyon etishi, sifatli ta’lim olishi, zamonaviy kasb va xorijiy tillarni egallashi hamda o‘z tadbirkorlik va startap loyihalarini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Sizning bilimga bo‘lgan intilishingiz, tashabbuskorligingiz va g‘ayrat-shijoatingiz Yangi O‘zbekistonning eng katta boyligi hamda harakatlantiruvchi kuchidir. 💐 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan barcha yoshlarni Xalqaro yoshlar kuni bilan samimiy tabriklaymiz! Qadrli yoshlar! Doimo izlanishdan, katta maqsadlar sari intilishdan va o‘z ustingizda ishlashdan to‘xtamang. Sizning har bir muvaffaqiyatingiz — mamlakatimiz muvaffaqiyatidir! #WorldYouthDay #XalqaroYoshlarKuni 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
#YangiLoyiha Har bir kitob ortida davom ettirishga arziydigan suhbat bor! “1000 kitob” loyihasi doirasida ana shunday mazmunli suhbatlarni birga davom ettirish uchun yangi uchrashuvlar turkumiga start berilmoqda. ✅ 14-avgust kuni soat 18:00 da Yoshlar ishlari agentligi binosi yonidagi Founders kafeda “Charx” loyihasi atrofida jamlanamiz. Ilk uchrashuvimiz mehmoni — siyosiy fanlar doktori, “Loyihasiz tartib: Bozorlar shaharlarni qanday shakllantiradi?” kitobi tarjimoni Bekzod Zakirov. Suhbat davomida kitobda ko‘tarilgan muhim g‘oyalar, shaharlarning rivojlanish va shakllanish mantig‘i hamda bu jarayonda bozorlarning o‘rni haqida atroflicha fikr almashamiz. Fikr fikrni charxlaydi. Baraka va bilim ulashiladigan ushbu suhbatga barchangizni taklif etamiz! 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Vebsayt
видео или голосовое, без подписи