WikiStipendiya
Статистика"WikiStipendiya" loyihasining rasmiy Telegram kanali Rasmiy bot: @WikiMarafon_aloqa_bot
- Последний пост
- 30 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 459
- 1/48двое суток
- 526
- 1/72трое суток
- 567
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
WikiMarafonda mehmon 👨💻 Bugun tatarcha Vikipediya faoli, 2017-yilning "Yil vikimediyachisi" unvoni sohibi Farhad Fatkullin Yoshlar ishlari agentligiga tashrif buyurib, bir qator loyihalar faoliyati bilan tanishdi. 😇 Tashrif davomida WikiMarafon loyihasiga alohida e’tibor qaratildi. Farhad Fatkullin bilan loyihaning rivoji, erishilgan natijalar va o‘zbekcha Vikipediyadagi o‘zgarishlar yuzasidan fikr almashildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
O‘zbekcha Vikipediyada bayram! 😇 Tilimizning nufuzini ko‘tarayotgan “WikiMarafon” loyihasi sabab o‘zbekcha Vikipediyada maqolalar soni 350 mingdan oshdi. Tahrirlar soni 6.2 milliondan ortgan, Vikipediyamizda bir yillik ko‘rishlar soni esa 300 millionni tashkil qilyapti. 🌎 O‘zbekcha Vikipediya turkiy tillar oilasida 3-o‘rinni, Markaziy Osiyo Vikipediyalari orasida esa birinchilikda turibdi. Loyiha davom etar ekan, o‘zbek tilining jahon ijtimoiy tarmog‘idagi o‘rni mustahkamlanib boraveradi! #tilimiz_uchun 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Eshitdingizmi? "WikiKitob II" tanlovi boshlanibdi! 📚 Eh, qanday ajoyib: sizning shaxsiy kutubxonangizda hech kimda yo‘q kitoblar bo‘lsa. Bir emas, roppa-rosa 10 ta kitob. Yaqinroq keling, bu imkoniyat endi sizda ham bor! 📚"WikiKitob II" tanlovida ishtirok etib, 20 nafar g‘olibdan biriga aylaning hamda "1000KITOB" loyihasi doirasida chop etilgan kamyob kitoblarni qo‘lga kiriting. 📚 Barchasi oddiy: hoziroq @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting va bu haqida do‘stlaringizga xabar bering. Qabul 26-aprelgacha davom etadi. Shundan so‘ng sizga 40 ta test yuboriladi. 📚Test savollari "1000KITOB" loyihasida chop etilgan kitoblar haqidagi maqolalardan tuzilgan. Mazkur maqolalarni ham tez orada e’lon qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting! Batafsil — WikiKitob II Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
Oromgohda bizga hamroh bo‘ling 🔈 Diqqat, bu xabar siz uchun! Martning so‘nggi haftasida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida "WikiMarafon" loyihasi doirasida "WikiSfera" oromgohi bo‘lib o‘tadi. ➡️ Unda siz ham ishtirok eta olasiz! Buning uchun 16-19-mart kunlari oralig‘ida @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tib, u yerda beriladigan savollarga javob yo‘llashingiz kerak. ➡️ Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar: — Shaxsiy noutbukka ega bo‘lish; — O‘zbekcha Vikipediyaga maqola kiritish va tahrirlash ishtiyoqida bo‘lish; — Va albatta, yaxshi kayfiyat ;) ➡️ Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda? — Tog‘ bag‘rida olti kunlik dam; — Yangi bilim va ko‘nikmalar; — Sertifikat hamda esdalik sovg‘alari; — Qimmatbaho tuhfalar va turli mukofotlar... ⛰ Eh do‘stim, yur tog‘larga chiqaylik, mayli yur! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
Valar Morghulis? Valar Dohaeris! 🏕️ Tasavvur qiling: tog‘ bag‘rida tun, soy bo‘yida sokin shovqin, gulxan alangasi atrofida yig‘ilgan do‘stlar. Va shu manzara ichida "Taxtlar o‘yini" serialining epik kayfiyati. ⚔️ Agar rostini aytsam, men bunday imkoniyatni aslo qo‘ldan chiqarmas edim. Oromgoh qachon o‘tkazilishi va ishtirokchilar qanday saralanishi haqida tez orada ma’lum qilamiz. 🐉 Shu sabab faollikni oshirib, bizning sahifalarimizni diqqat bilan kuzatib borishingizni tavsiya qilamiz ;) Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
👀 Test javoblarini qayerdan topsa bo‘ladi? Tanlovda beriladigan 40 ta test savoli o‘zbekcha VIkipediyadagi korrupsiyaga qarshi kurashishga doir maqolalar asosida tuzilgan. ✅ Sizga qulay bo‘lishi uchun mazkur maqolalarni loyihamizning WikiMarafon.uz saytida bir yerga yig‘ib chiqdik. Havola orqali maqolalarni o‘qib, bilimlaringizni mustahkamlashingiz mumkin. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
⚡️CEFR yoki Milliy sertifikat imtihonini bepul topshirish imkoniyati! Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda xorijiy tillarni o‘rganishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 11–21-fevral kunlari “WikiAntiKorrupsiya” onlayn tanlovi bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish shartlari juda oddiy. @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tasiz, do‘stlaringizni taklif qilasiz va Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusidagi 40 ta test savoliga javob berasiz. 🤩Tanlov yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan 30 nafar g‘olibning Milliy sertifikat yoki CEFR imtihonida ishtirok etish xarajatlari qoplab beriladi. Tashkilotchilar: Yevropa Ittifoqi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Yoshlar ishlari agentligi. Bilimingizni sinang va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Milliy sertifikat imtihonini tekinga topshiring! 🎉 Yevropa Ittifoqi, Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda Yoshlar ishlari agentliklari hamkorligida yangi loyiha — "WikiAntiKorrupsiya" tanlovini e’lon qiladi. 🎁 Siz ham loyihada ishtirok etib, Milliy sertifikat yoki CEFR imtihonini bepul topshirish imkonini beruvchi 30 ta vaucherdan biriga ega chiqishingiz mumkin. ✅ Tanlov test shaklida bo‘lib, uning qachon, qanday tartibda bo‘lishi tez orada e’lon qilinadi. Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun, sahifalarimizni kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
#viki_uchrashuv #workshop 🤍Vikipediya 25 yoshda! 🎉 ✨Bu bayramni biz bilan birga nishonlashni istaysizmi? ⚡️Xabaringiz bor bu yil Vikipediyaning tashkil topganiga 25 yil to‘ldi! 2001-yil 15-yanvar kuni butun dunyo bo‘yicha eng katta va eng ko‘p ma'lumotlar manbai hisoblangan, ko‘p tilli, ochiq, onlayn ensiklopediya - Vikipediya tashkil topdi. ❄️Vikipediyaning chorak asrlik yubileyini biz bilan nishonlashni xohlasangiz 14-fevral kuni soat 10:00 da Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida sizni kutib qolamiz! Uchrashuvda sizni nimalar kutishi bilan qiziqyapsizmi? 💻 Vikipediyaning yubiley yoshi uchun kichik workshop 😉 Do‘stlar davrasi va iliq muhit 🎁 Ajoyib sovg‘alar 🪄 Bir-biridan qiziqarli o‘yinlar ☕️ Kofe break 🎂 Vikipediyaning 25 yilligiga bag‘ishlangan tort😋 ✔️Kelishni xohlovchilar @Autumn_is_art yoki @wikipedianka ga bog‘lanib ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bizda bugun bayram... 🎉 "WikiMarafon" loyihasi doirasida o‘tkazilgan "WikiIELTS" tanlovida g‘olib bo‘lgan ikki ishtirokchimiz IELTS imtihonini tekinga topshirib, yuqori natijalarni egalladi. 🎁 Mustafo Abdumalikov hamda Sarvinoz Jamoatovalar ingliz tilini bilish darajasini belgilab beruvchi IELTS imtihonidan umumiy 7,0 ball bilan C1 darajani qayd etdi. 🎈 Albatta, bu boshlanishi. Hali oldinda bizni ko‘plab katta yangiliklar kutyapti... Bizni diqqat bilan kuzatib boring (ayniqsa, bugun)! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
Aziz va qadrli yurtdoshlar! 🎉"WikiMarafon" loyihasi jamoasi nomidan sizlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan samimiy muborakbod etamiz! 🎈Yangi yil qalblaringizga iliqlik, xonadonlaringizga fayz-baraka, hayotingizga esa yangi ilhom va quvonch olib kelsin. 🎁O‘zbek tilidagi bilimlar xazinasi yanada boyib, Vikipediyamizdagi sahifalar orqali odamlarning zakovati va ma’rifati yanada oshsin. 🫰Bilim ulashayotgan, bir satr bo‘lsa-da foydali ma’lumot qoldirayotgan har bir yurtdoshimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. 🎄Keling, yangi yilda ham birgalikda bilim nurini yoyib, kelajak avlod uchun mustahkam ma’rifat poydevorini barpo etaylik. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
Aziz va qadrli, O‘zbekcha Vikipediya! Bugun sen 22 yoshga to‘lding. Bu shunchaki raqam emas, balki o‘zbek tilida bilim, tafakkur va ma’rifat urug‘lari qad ko‘targan 22 yillik sabr, fidoyilik va ishonch tarixidir. 2003-yilda kichik bir sahifadan boshlangan yo‘ling bugun yuz minglab maqolalar, fidoyi muharrirlar va millionlab o‘quvchilar mehnati bilan butun bir bilim olamiga aylandi. Sen ko‘plar uchun ilk manba, izlanishga undovchi maydon, ona tilida o‘rganish imkonini bergan bebaho xazinasan. Har bir tahrir, har bir yangi maqola ortida ilmga sadoqat va kelajakka ishonch mujassam. 22 yoshing muborak bo‘lsin! Sen yashar ekansan, o‘zbek tili yashaydi, bilim yashaydi. Oldinda seni yanada yorqin sahifalar, keng ufqlar kutmoqda. Hurmat va minnatdorlik bilan, "WikiMarafon" jamoasi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи