- Последний пост
- 23 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 078
- 1/48двое суток
- 2 381
- 1/72трое суток
- 2 568
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
❗️O‘zbekistonlik o‘quvchilar 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi Toshkentda bo’lib o’tgan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida O‘zbekistondan ishtirok etgan o‘quvchilarning barchasi sovrinli o‘rinlarni egalladi. Xususan: 🥇 Rayhona Tuymurodova — oltin medal; 🥈 Jasur Mustafoyev — kumush medal; 🥈 Azizmuhammad Hafizov — kumush medal; 🥈 Mirjalol Homidjonov — kumush medalni qo‘lga kiritdi. ℹ️ Ma’lumot o‘rnida, nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishgan medallar uchun oʻzbekistonlik o’quvchilarga quyidagi pul mukofotlari berilishi koʻzda tutilgan: 🥇 oltin medal uchun — 1 mlrd 30 mln soʻm, oʻqituvchisiga — 185,4 mln soʻm; 🥈 kumush medal uchun — 618 mln soʻm, oʻqituvchisiga — 103 mln soʻm; 🥉 bronza medal uchun — 412 mln soʻm, oʻqituvchisiga — 61,8 mln soʻm. 👉 @xushnudbek 👈
💥 Olimpiada darajasidagi dasturlash va matematika Yandex Coding and Math Contest (CMC) endi Oʻzbekistondagi 18 yoshdan katta universitet talabalari, dasturchilar, muhandislar va IT mutaxassislari uchun ochiq. CMC bu Yandex tomonidan yaratilgan va Yandex School of Data Analysis tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan dasturlash va matematika boʻyicha tanlov. U kuchli ishtirokchilarni murakkab algoritmik va matematik masalalarni yechishlari va oʻz mahoratlarini namoyish etishlari uchun jamlaydi. Format: ✅ Ikki bosqichdan iborat: barcha uchun onlayn bosqich va eng yaxshi ishtirokchilar uchun oflayn finallar ✅ Har bosqichda 8-10 ta dasturlash va matematika masalalari beriladi ✅ Tanlov tili: ingliz ✅ Ishtirok etish bepul Gʻoliblar quyidagilarni qoʻlga kiritadi: 🏆 Yandex ML School Uzbekistan'ga Fast track 🏆 Yandex Uzbekistanʻda amaliyot uchun suhbat 🏆 Yandex'dan sovrinlar va merch Agar algoritmlar, matematika va zamonaviy dasturlash tillari boʻyicha yetarli bilimga ega boʻlsangiz, 2026-yil 25-aprelgacha roʻyxatdan oʻting. Roʻyxatdan oʻtish 🌟 Telegram | Instagram | LinkedIn
⚡️Bugun Prezidentimiz tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qabul qilingan yangi Farmon va Qarordagi eng muhim tashabbuslar bilan tanishing: 1. 20 ming nafar yosh tadbirkor xorijning Garvard, Stenford, London biznes maktabi kabi nufuzli ta’lim muassasalari dasturlari asosida o‘qitiladi; 2. 1 000 nafar tadbirkorga 500 million so‘mgacha imtiyozli ssuda ajratiladi (6 oylik imtiyozli davr bilan); 3. Xorijiy tildan C1 darajadagi sertifikati bor yoshlar uchun tadbirkorlikni tashkil etishdagi davlat xizmatlari to‘lovlari 50 foizga arzonlashadi; 4. Xorijiy tildan kamida B2 sertifikati bor yoshlar uchun chet elga chiqish pasportini olish boji 50 foizga kamaytiriladi; 5. Har yili kamida 10 mingta yosh oila imtiyozli ipoteka asosida uy-joy bilan ta’minlanadi; 6. Oyiga 10 mingdan ortiq kitob sotadigan tadbirkorlarga 1 milliard so‘mgacha imtiyozli ssuda ajratiladi; 7. Chekka hududlarda til markazi ochgan va uni kengaytirmoqchi bo‘lgan yoshlarga 300 million so‘mgacha (730 BHM) foizsiz ssuda beriladi; 8. “Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovi g‘oliblari bo‘lgan 100 nafar yosh xodim har yili alohida mukofotlanadi; 9. Yoshlarning volontyorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi; 10. “TOP-100 kitobxon” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar 10 million so‘m (25 BHM) miqdorida rag‘batlantiriladi; 11. Nodavlat ta’lim markazlarining eng yaxshi o‘qituvchilari xorijiy ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuboriladi; 12. “Yoshlar bilan bir kun” aksiyasi orqali har yili 10 ming nafar yosh davlat rahbarlari va mutasaddilari bilan bevosita tajriba almashadi; 13. Olis hududlardagi xususiy ta’lim markazlari uchun ijtimoiy soliq va daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilanadi (2031-yilgacha); 14. Har yili sentabr oyida “Yoshlik – hayotning baxtli va oltin davri” shiori ostida umummilliy yoshlar festivali o‘tkaziladi; 15. Xususiy ta’lim markazlariga o‘zlari ishlab chiqqan dasturlar asosida ta’lim berishga ruxsat etiladi; 16. Ijtimoiy faol yoshlar uchun davlat tashkilotlarida haq to‘lanadigan stajirovka tizimi yo‘lga qo‘yiladi; 17. Har bir hududda kamida bittadan turizm, gastronomik va kitobxonlikka ixtisoslashgan “Yoshlar sayilgohi” ko‘chalari tashkil etiladi; 18. Davlat organlarida 3 yillik stajga ega yosh mutaxassislarning lavozimda ko‘tarilish ulushi 30 foizga oshiriladi; 19. Eng yaxshi yosh yozuvchi va shoirlar uchun “Ilg‘or ijodkor” Prezident mukofoti beriladi; 20. Mahalla va tuman darajasida yoshlar infratuzilmasi (kutubxona, sport obyekti, kinoteatr) bo‘yicha majburiy minimal standartlar joriy etiladi; 21. Tibbiy, ekologik, ta’lim va sport kabi yo‘nalishlarda kasbiy volontyorlik ixtisosliklari joriy etiladi; 22. Yosh tadbirkorlar uchun tijorat banklari orqali bepul biznes-rejalar tayyorlab beriladi; 23. Yosh oilalar uchun oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan maxsus hududiy forumlar tashkil etiladi; 24. Zamonaviy kasblarni o‘qib sertifikat olgan yoshlarning o‘qish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi; 25. Xalqaro va xorijda tan olinadigan kasbiy imtihon (sertifikat) tizimlarini joriy etish qo‘llab-quvvatlanadi; 26. Xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda 100 ming nafar yosh kelajak va zamonaviy kasblarga o‘qitiladi; 27. Mahallalarda yoshlar tashabbusi bilan amalga oshiriladigan ijtimoiy loyihalar soni 2 mingtaga yetkaziladi; 28. Milliy kibersport musobaqalari o‘tkazilib, unga 50 ming nafar yosh qamrab olinadi; 29. Yoshlarning ruhiy salomatligini himoya qilish uchun respublika bo‘ylab 24/7 ishlovchi bepul koll-markazlar tashkil etiladi; 30. Maktablarda eng quyi sinflardan boshlab kasbga yo‘naltiruvchi maxsus “Kasblar olami” dasturlari joriy etiladi; 31. Har ikki yilda 12-avgust – Xalqaro yoshlar kunida “Avlodlar muloqoti” xalqaro yoshlar kongressi o‘tkaziladi; 32. Elektron platformalar orqali har yili 600 ming nafar yoshning bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi. @alisher_sadullaev
ILM EXPO - Science Fair 🇺🇿 ILM EXPO bu - fizika, kimyo, biologiya va robototexnika yo‘nalishlarida o‘quvchilar o‘z loyihalari, tajribalari va modellarini taqdim etadigan ilmiy ko‘rgazma. 🔬 O‘z loyihangizni namoyish qiling va sovg‘alarni qo‘lga kiriting 🏆 📍 25-aprel: Toshkent | Farg‘ona | Xorazm 👨🔬 7–11 sinf (yakka/jamoa) ⏳ Deadline: 20-aprel 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: 👏 Prezident maktabidagi ukalarimiz boshlab bergan ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaymiz! Siz ham ulashib qo'yavering! 👉 Batafsil: @IlmExpo 📩 Savollar uchun: @IlmExpoadmin 🌟 Telegram | Instagram | LinkedIn
❗️🥰✨✨✨✨ ✨✨✨ HOGWARTS CAMP 2026 Are you ready to turn your ideas into real research and make this summer unforgettable✨ This is not just a camp it’s an opportunity to create, explore, and grow alongside ambitious students from across the country💖 Project fields ✨ 〰️IT 〰️Ecology & Engineering 〰️Education 〰️Business & Economics 〰️Biochemistry & Medicine 〰️Politics & Social Science 〰️Tourism 〰️Law Eligibility⤵️ High School➖University ➖Gap Year students Students from all Central Asian Countries Timeline⤵️ 🔘May/June/July - work on projects/research 🔘August: 1-week bootcamp Includes➖ ✨Accommodation in Mountain Camp "Renessance ✨4 meals/day ✨Expert mentorship ✨Gifts & chance for investment 💵Non-profit program – fee only covers meals. ✨ 6 students per project ✨Scholarships: 100%, 50%, full tuition (1,700,000 so’m) [more info] 🗓 Application Deadline: 27th of March 📌 Apply now: Admission Form 🤍More Info about Projects/Research 🤍More Info about Hogwarts School 📱Telegram| 📱 Instagram| 📱 YouTube |📱 LinkedIn
8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak! 🌷 Ilmga, orzularga va kelajakka yo‘l ochayotgan barcha qizlar va ayollarni tabriklaymiz. Sizning bilimga bo‘lgan intilishlaringiz kelajakdagi eng katta kuchdir. 🌟 Telegram | Instagram | LinkedIn
видео или голосовое, без подписи
iQtidorly oromgohida mentor sifatida faoliyat olib borgan: 👩💻 Ibrogimova Nodira Jurabekovna - Toshkent shahridagi “Shkola 21” nodavlat ta’lim muassasasi loyiha rahbari (Surxondaryo viloyati) 👩💻 Jo‘raboyeva Dilafruzxon Sardorjon qizi - xalqaro frilanserlik platformalari frilanseri (Farg‘ona viloyati) Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlari munosabati bilan jamoamiz hamda hamjamiyat nomidan samimiy tabriklaymiz! 🎉 Ularning iqtidorli yoshlar bilan ishlashdagi fidoyiligi va bilim ulashishdagi hissasi alohida e’tirofga loyiq. Bilimlaringiz yanada ziyoda bo‘lsin, yutuqlari bardavom bo‘lsin! 📎 Manba 🌟 Telegram | Instagram | LinkedIn
⚡️Xalqaro kimyo olimpiadasida g‘olib bo‘lgan maktab o‘quvchisi Daler Rahimov Prezidentimiz qaroriga asosan 1 milliard 40 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi! Qahramonimiz kelajakda dunyoning yetakchi universitetlarida ta’lim olib, O‘zbekistonga ilk “Nobel” mukofotini olib kelishni o‘z oldiga qat’iy maqsad qilganini aytib o‘tdi. #MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti @alisher_sadullaev
🌙 Ramazon Muborak! Ilm nurdir. Bu muborak oyda qalblarimiz poklansin, bilimga bo‘lgan intilishimiz yanada mustahkam bo‘lsin. 🚀 Yana bir quvonchli xabar, iQtidorly USolve loyihasining 2-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi! Endi navbat 50 ta loyiha orasidagi kuchli raqobat. Duo va qo‘llab-quvvatlovingiz biz uchun muhim 🤍 🌟 Telegram | Instagram | LinkedIn
🏆 12 nafar oʻquvchiga grant beramiz! Matematika faniga qiziqadigan, bilimga chanqoq va iqtidorli yoshlarga sharoit yaratish uchun Rahimov Matematika Olimpiadasi o’tkazmoqda 🏆 5-, 6-, 7-, 8-sinf o‘quvchilari qayerda yashashingizdan qat’iy nazar ushbu olimpiadada ishtirok etishingiz mumkin. Eng yuqori natija ko‘rsatgan 12 nafar o‘quvchiga Rahimov School tomonidan maktabni bitirgunga qadar: ✨ 100% GRANT asosida ta’lim 🛏 Yotoqxona bilan ta’minlash 🍽 Kunlik ovqatlanish xarajatlari to‘liq qoplanadi! 👇 Roʻyxatdan oʻtish uchun: @RS_olimpiadabot 📌 Siz uchun yaxshi imkoniyat bo'lgani sababli ulashmoqdamiz! Albatta ishtirok eting! Rahimov school faoliyatiga omad tilaymiz! 🌟 Telegram | Instagram | LinkedIn
iQtidorly USOLVE dasturi hackathoniga qabul qilindi. Bugun va ertaga jamoamiz USOLVE dasturi doirasidagi hackathonda ishtirok etadi. Ushbu jarayonda platformamizning strategiyasi, bozor modeli va rivojlanish yo‘nalishlarini mentorlar bilan birga ko‘rib chiqamiz. Bu biz uchun muhim bosqich — g‘oyamizni mustahkamlash, zaif joylarni aniqlash va keyingi qadamlarga aniq reja bilan chiqish imkoniyati. STEM yo‘nalishidagi yoshlar uchun yanada samarali, tizimli platforma yaratishni maqsad qilganmiz. Jarayon va natijalar bilan albatta bo‘lishib boramiz. 🌟 Telegram | Instagram | LinkedIn
🚀 iQtidorly web platformamiz deyarli tayyor! Oxirgi texnik sozlamalar va mayda sinovlar qoldi. Endi biz tester-volontyorlarni izlayapmiz 👩💻👨💻 Agar siz: - yangi ta’lim platformalarni sinab ko‘rishni yoqtirsangiz - olimpiadalar, STEM va bilim ekotizimiga qiziqsangiz - real loyiha rivojiga hissa qo‘shishni istasangiz 👉 Sizni jamoamizga taklif qilamiz! 🔹 Test jarayonida ishtirok etish 🔹 Fikr-mulohaza berish 🔹 Kelgusida hamkorlik imkoniyatlari 📩 Qiziqsangiz, hamkorlik va testerlik uchun bizga yozing! 🌟 Telegram | Instagram | LinkedIn
🚀 IGO 2026 | London 🇬🇧 International Greenwich Olympiad (IGO) — Buyuk Britaniyada, London shahrida o‘tkaziladigan nufuzli xalqaro olimpiada bo‘lib, North London Grammar School tomonidan tashkil etiladi. IGO dunyoning turli davlatlaridan iqtidorli o‘quvchilarni birlashtirib, ularning STEM va kreativ loyihalarini xalqaro ekspertlar oldida namoyish etish imkonini beradi. 📅 14–20 IYUL 2026 (Final bosqichi) 👥 10–19 yosh (Junior/Senior) 📝 1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish: 💷 £35 | ⏰ 1 MART 2026 Bu olimpiadadan nimalar olasiz? ➡️ Keyingi postda. 🇺🇿 iQtidorly — IGO ning O‘zbekistondagi affiliated hamkori. 🌟 Telegram | Instagram | LinkedIn
✨ Assalomu alaykum, iQtidorly hamjamiyati! ✨ Yangi yil muborak bo‘lsin! 🎉 Bir oz tanaffusdan so‘ng, 2026-yilda iQtidorly yana katta va ajoyib imkoniyatlar bilan qaytmoqda 🚀 🔬🌍 Shulardan eng muhimlaridan biri — STEM yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro International Greenwich Olympiad (IGO 2026) bo‘lib, u 2026-yil iyun oyida London (Buyuk Britaniya) shahrida bo‘lib o‘tadi 🇬🇧 🤝 Maktablar, ta’lim markazlari va ustozlarni hamkorlikka chorlaymiz! O‘quvchilaringizni xalqaro sahnaga olib chiqish, ularning salohiyatini dunyoga ko‘rsatish uchun ayni vaqt! ℹ️ @iQtidorly — IGO bo‘yicha O‘zbekistondagi affiliated (hamkor) tashkilot sifatida ishtirok etadi va jarayonlarda sizga yaqindan yordam beradi. 📩 Batafsil ma’lumot va hamkorlik uchun biz bilan bog‘laning. 👉 Keyingi postlarda: yo‘nalishlar, yosh toifalari va qatnashish tartibi haqida batafsil ulashamiz. 🌟 Telegram | Instagram | LinkedIn
📣📣📣📣📣 NUFUZLI TADBIRDA ISHTIROK ETISHNI ISTAGAN YOSHLAR UCHUN AJOYIB IMKONIYAT! 🇺🇿 Fan olimpiadalari markazi kimyo fanidan eng nufuzli olimpiada bo‘lmish Xalqaro Kimyo Olimpiadasi uchun xalqaro volontyorlik dasturiga start beradi. Xalqaro volontyorlik dasturidagi…
📣📣📣📣📣 NUFUZLI TADBIRDA ISHTIROK ETISHNI ISTAGAN YOSHLAR UCHUN AJOYIB IMKONIYAT! 🇺🇿 Fan olimpiadalari markazi kimyo fanidan eng nufuzli olimpiada bo‘lmish Xalqaro Kimyo Olimpiadasi uchun xalqaro volontyorlik dasturiga start beradi. Xalqaro volontyorlik dasturidagi yo‘nalishlar bilan tanishing: ✅ Laboratoriya volontyori; ✅ Ekskursiya gid-volontyori; ✅ Delegatsiyalar bilan ishlash yo‘nalishi; ✅ Media va axborot yo‘nalishi volontyori. RO‘YXATDAN O‘TISH ⬅️ ❗️Bu imkoniyat sizni bilim, tajriba va global ahamiyatga ega jarayonlarda ishtirok etishga chorlaydi. ⚡️Agar siz IChO 2026 tarixining bir bo‘lagi bo‘lishni xohlasangiz — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va jamoamizga qo‘shiling! IChO 2026 — SIZ bilan yanada kuchli! Bizni kuzatib boring: ✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube