Oʻzbekcha Vikipediya
СтатистикаOʻzbekcha Vikipediya Telegram kanaliga xush kelibsiz! Oʻzbekcha Vikipediyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: • Facebook: fb.com/uzbek.wikipedia • YouTube: youtube.com/uzwiki • X (Twitter): x.com/uzwiki
- Последний пост
- 8 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 61
- 1/48двое суток
- 69
- 1/72трое суток
- 75
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⚡️Yangi oy — yangi mavzu: Germaniya! 🌏 Xabaringiz bor, 2026-yil O‘zbekcha Vikipediyada mavzuli oyliklar tanlovi boshlandi. 🇩🇪 Avgust oyi uchun mavzuli oylik loyihasi sifatida Germaniya tanlandi. Mazkur oylik doirasida Vikipediyaning turli tillardagi bo‘limlaridan Germaniya va unga aloqador mavzulardagi maqolalarni O‘zbekcha Vikipediyada koʻpaytirish hamda O‘zbekcha Vikipediyadagi Germaniya va unga aloqador mavzudagi maqolalarni yaxshilash koʻzda tutilgan. ❗️Ushbu tanlov qoidalari bilan toʻliqroq bu yerda tanishishingiz mumkin. Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
Oʻzbekcha Vikipediya va Vikimaʼlumotlarni bogʻlovchi yirik marafonimiz 1-iyundan 30-iyungacha boʻlib oʻtadi. 📊 Maqsad: Oʻzbekcha Vikipediyadagi 12 mingdan oshiq boshqa tillarga ulanmagan maqolalarni Vikimaʼlumotlar orqali xorijiy tillarga bogʻlash. 🏆 Sovgʻalar: Eng salmoqli hissa qoʻshgan 3 nafar ishtirokchi Wikimedia CEE Hub granti hisobidan „Asaxiy“ onlayn kitob doʻkonining 1 200 000 soʻmlik sovgʻa vaucherlari bilan taqdirlanadi! 📚 🛠 Qanday qatnashish mumkin? 👉 Marafon koʻrsatmalari bilan tanishish 👉 Videodarsni koʻrish 🌐 Hoziroq ishtirokchilar safiga qoʻshiling va bilimimizni butun dunyoga bogʻlashga oʻz hissangizni qoʻshing! Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
🐏 Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi Qurbon hayiti bayrami bilan muborakbod etadi! 📌 Bayram shukuhi davom etar ekan, oʻzbekcha Vikipediyadagi ma’rifat va ilm ulashish yoʻlidagi loyihalarga oʻz hissangizni qoʻshishga, jumladan, bayram munosabati bilan „Viki-bahor“ , „Avstraliya oyligi“ kabi qiziqarli loyihalarda faol ishtirok etishga daʼvat etamiz. 🎉 Barchani bayram bilan qutlaymiz va yoqimli tahrirlar tilab qolamiz! Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
Tillararo rishtalar marafonida ishtirok etish boʻyicha videodars hozirlandi. Unda savollaringizga javob topasiz deb umid qilamiz. Marafon 2026-yil 1-iyun—30-iyun kunlari boʻlib oʻtadi. Gʻoliblar „Asaxiy“ onlayn kitob doʻkonining 1 200 000 soʻmlik sovgʻa vaucherlari bilan ragʻbatlantiriladi. Batafsil. Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
Tillararo rishtalar marafonida qatnashing va 1,2 million soʻmlik uchta vaucherning birini yutib oling! Marafon 2026-yil 1-iyun—30-iyun kunlari boʻlib oʻtadi. Oʻzbekcha Vikipediyadagi boshqa tillarga ulanmagan maqolalar sonini kamaytirishga qararilgan ushbu tadbir Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi tomonidan uyushtirilmoqda. Marafon shartlari bilan mana bu sahifada tanishsangiz boʻladi. Hozirdan ishtirokchilar safiga qoʻshilishingiz mumkin. Gʻoliblar „Asaxiy“ onlayn kitob doʻkonining 1 200 000 soʻmlik sovgʻa vaucherlari bilan ragʻbatlantiriladi. Promokod tanlov tashkilotchilari tomonidan gʻoliblarga yetkaziladi. Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
🌍 COORDINATE ME 2026 — geomaʼlumotlar kontentiga bagʻishlangan uchinchi xalqaro Vikimaʼlumotlar tanlovi. U qishloqlar va dorixonalardan tortib sanʼat asarlari va tabiiy yodgorliklargacha boʻlgan kontentga bagʻishlangan. 🎯 Uning maqsadi — geografik koordinatalarga (P625) ega boʻlgan Vikimaʼlumotlar elementlarini yaxshilash yoki yaratish, yaʼni ular ishtirokchi davlatlardan biriga tegishli ekanligini bildiradi. 🏆 Eng yaxshi 30 ishtirokchi sovrin jamgʻarmasi 4500 yevro boʻlgan (ekvivalent) mukofotlarni oladi. 🤝 Tanlovning tashabbuskori Avstriya Vikimediachilari guruhi boʻlib, Albaniya, Argentina, Avstraliya, Avstriya, Eron, Gana, Germaniya, Gretsiya, Ispaniya, Kanada, Latviya, Niderlandlar, Niger, Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Polsha, Senegal, Serbiya, Tayvan, Tojikiston, Chad, Chili foydalanuvchi guruhlari va Wikimedia CEE Hub ko‘magida tashkil etilgan. 🗓 Muddat: 2026-yil 1-maydan 31-maygacha. 💻 Barcha Vikimaʼlumotlar muharrirlarini ishtirok etishga taklif qilamiz! 📧 Savollar uchun: wikidata@wikimedia.at
جنوبي اۉزبېک تیلیده سۉزلشهدیگن کیشیلرنی جنوبي اۉزبېکچه ویکیپېديا یرهتیشگه کمکلشیشگه چارلهیمیز! جنوبي اۉزبېکچهده ۸ میلیوندن آرتیق آدم سۉزلشهدی. بو تیلده ویکی لایحهلر آچیشدېک ثوابلی ایشگه حصه قۉشینگ! بونینگ اوچون t.me/uzswiki تېلېگرام گروهیمیزگه قۉشیلینگ. گروهگه جنوبي اۉزبېکچه بیلهدیگن، خصوصن، افغانستانده یشهیدیگن کیشیلرنی چارلهیمیز! Janubiy oʻzbek tilida soʻzlashadigan birodarlarni janubiy oʻzbekcha Vikipediya yaratishga koʻmaklashishga chorlaymiz! Janubiy oʻzbekchada 8 milliondan oshiq odam soʻzlashadi. Bu tilda viki loyihalar ochishdek savobli ishga hissa qoʻshing! Buning uchun t.me/uzswiki Telegram guruhimizga qoʻshiling. Guruhga janubiy oʻzbekcha biladigan, xususan, Afgʻonistonda yashaydigan birodarlarni chorlaymiz! Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
2026-yil 1-aprel—15-may oraligʻida boʻlib oʻtadigan Turkiy marafonda ishtirok eting! Vikipediyaning 25 yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan tanlovda turkiy tillardagi Vikipediyalarga faol hissa qoʻshib, sovgʻa yutib olishingiz mumkin. Batafsil: https://w.wiki/KVCK Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
🌙 Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi Ramazon hayiti bayrami bilan muborakbod etadi! 📌 Bayram shukuhi davom etar ekan, oʻzbekcha Vikipediyadagi ma’rifat va ilm ulashish yoʻlidagi loyihalarga oʻz hissangizni qoʻshishga, jumladan, bayram munosabati bilan „Viki Ramazonni sevadi“ tanlovida, shuningdek, „Feminizm va folklor“ hamda „Afgʻoniston oyligi“ kabi qiziqarli loyihalarda faol ishtirok etishga daʼvat etamiz. 🎉 Barchani bayram bilan qutlaymiz va yoqimli tahrirlar tilab qolamiz! Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
🏅 «Viki Olimpiya o‘yinlarini sevadi» tanlovi boshlandi! Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi tomonidan Olimpiya o‘yinlariga bag‘ishlangan mahalliy tanlov e’lon qilindi. Tanlov doirasida Vikipediyada Olimpiya harakati, sportchilar, musobaqalar va Olimpiya tarixi haqida maqolalar yozish yoki mavjudlarini yaxshilash mumkin. ✍️ Shart oddiy: Vikipediyada Olimpiya o‘yinlariga oid kamida 10 ta maqola yozish. 🎁 Mukofotlar (har bir ishtirokchi): 🏆 O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasidan diplom 🎖 Tanlov tashkilotchilaridan esdalik nishoni 📌 Tanlov sportni, Olimpiya qadriyatlarini va ochiq bilimlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. 👉 Vikipediyaga hissa qo‘shing va Olimpiya tarixining bir qismi bo‘ling! Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
⚡️Yangi oy — yangi mavzu: Ozarbayjon! 🌏 Xabaringiz bor, 2026-yil O‘zbekcha Vikipediyada mavzuli oyliklar tanlovi boshlandi. 🇦🇿 Fevral oyi uchun mavzuli oylik loyihasi sifatida Ozarbayjon davlati tanlandi. Mazkur oylik doirasida Vikipediyaning turli tillardagi bo‘limlaridan Ozarbayjon va unga aloqador mavzulardagi maqolalarni O‘zbekcha Vikipediyada koʻpaytirish hamda O‘zbekcha Vikipediyadagi Ozarbayjon va unga aloqador mavzudagi maqolalarni yaxshilash koʻzda tutilgan. ❗️Ushbu tanlov qoidalari bilan toʻliqroq bu yerda tanishishingiz mumkin. Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
Bugun Vikipediya 25 yoshga toʻldi! 2001-yilning 15-yanvarida wikipedia.org sayti “Hello, World!” soʻzlari bilan ishga tushgan. Bugungi kunda loyihada turli tilda 65 milliondan oshiq maqola bor. Jumladan, oʻzbekcha Vikipediyada 300 mingdan oshiq maqola mavjud. Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
⚡️Vikipediyada 2026-yilgi Mavzuli oyliklar tanlovi boshlandi! 🌏 2026-yil O‘zbekcha Vikipediyada mavzuli oyliklar tanlovi boshlandi. Ilk oy — yanvar oyi Turkiya oyligi deb eʼlon qilindi. 🇹🇷 Mazkur oylik doirasida Vikipediyaning turli tillardagi bo‘limlaridan Turkiya va unga aloqador mavzulardagi maqolalarni O‘zbekcha Vikipediyada koʻpaytirish hamda O‘zbekcha Vikipediyadagi Turkiya va unga aloqador mavzudagi maqolalarni yaxshilash koʻzda tutilgan. ❗️Ushbu tanlov qoidalari bilan toʻliqroq bu yerda tanishishingiz mumkin. Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
Oʻzbek-fors marafoni o‘z yakuniga yetdi! Forscha Vikipediyada O‘zbekiston va o‘zbeklar haqida 500 dan ortiq, o‘z navbatida, o‘zbekcha Vikipediyada Eron va forslar haqida 100 dan ortiq maqola yaratildi. Bu marafon mintaqada ushbu formatda oʻtkazilgan ilk loyihadir. O‘zbekcha Vikipediyada eng faol ishtirok etgan uch foydalanuvchi — Janob Mirzaolim (34 maqola), AnvarxonM (26 maqola) va MinaUktamova (7 maqola). Barcha ishtirok etgab foydalanuvchilarga rahmat aytamiz! Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
Tanishing: Vikimedia jamgʻarmasining yangi rahbari. Bernadette Meehan AQSHning Chilidagi sobiq elchisidir. Meehan xonimga omad tilaymiz! https://wikimediafoundation.org/news/2025/12/09/wikimedia-foundation-appoints-bernadette-meehan-as-chief-executive-officer/ Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
#vikiiqtibos #wikiquote Oʻzbekcha Vikiiqtibosda navbatdagi rekord! 🚀 🎉 Oʻzbekcha Vikiiqtibos oʻzining sahifalar soni boʻyicha yana bir muhim marrani zabt etdi. Endilikda sahifalar soni 1500 tadan oshdi! Shuningdek, umumiy reytingdagi vikiiqtiboslar ichida 37-oʻringa koʻtarildi! Eslatib oʻtamiz, yaqinda sahifalar soni 1000 tadan oshib, umumiy reytingda 39-oʻringa koʻtarilgani haqida xabar bergan edik. Barcha faol ishtirokchilarga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz! Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
Oʻzbekcha Vikipediyada davom etayotgan Fors marafoni yakuniga bir hafta qoldi! Hozirga qadar oʻzbek tilida Eron va forslar hadida 51 ta maqola yaratildi. Oʻz navbatida, fors tilida Oʻzbekiston va oʻzbeklar haqida 157 ta maqola yaratildi. Barchani faol ishtirok etishga chorlaymiz! Ishtirok shartlari haqida marafon sahifasida koʻproq ma’lumot topasiz. Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
Hozir davom etayotgan Vikipediya Osiyo oyligi doirasida oʻzbekcha Vikipediyada Fors marafoni oʻtkaziladi! 16-noyabrdan 30-noyabrga qadar Eron va forslar haqida kontent yaratamiz. Ayni damda forscha Vikipediyada Oʻzbekiston va oʻzbeklar haqida kontent yaratiladi. Marafon sahifasida koʻproq ma’lumot topasiz. Oʻzbek tilida yaratish taklif qilinayotgan mavzular roʻyxatini esa mana bu sahifada koʻrishingiz mumkin. Barchani faol ishtirok etishga chorlaymiz! Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
⚡️Vikipediya Osiyo oyligi 2025 tanlovi boshlandi! ✳️ An’anaviy tarzda 2015-yildan beri o‘tkazib kelinayotgan ushbu tanlov O‘zbekcha Vikipediyada uchinchi bor tashkil etilmoqda. 🌏 Tanlov Vikipediyaning turli tillardagi bo‘limlarida Osiyo va unga aloqador mavzulardagi maqolalarni ko‘paytirish va o‘zaro madaniy aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan. ❗️Ushbu tanlov doirasida Oʻzbekistonga aloqador boʻlmagan istalgan boshqa Osiyoga aloqador mavzuda maqola yozish mumkin. Qoidalar bilan toʻliqroq bu yerda tanishishingiz mumkin. Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
Kashkadarya Regional Program loyihasiga arizalar qabuli boshlandi! Vikimedia jamgʻarmasining granti asosida noyabr oyida Qarshi shahrida Vikipediyani tahrir qilish va viki loyihalarga hissa qoʻshish boʻyicha 3 kunlik trening tashkil qilinadi. Talablar: • 14-24 yoshda boʻlish • Tadbir davomida noutbuk boʻlishi • Qashqadaryoda istiqomat qilishi • Tadbir davomida faol boʻlib, toʻliq ishtirok etish Tadbir davomida saralangan ishtirokchilarning oziq-ovqat, transport, sayohat va tadbir bilan bogʻliq xarajatlari tashkiliy qoʻmita tomonidan qoplanadi. 🔜 Roʻyxatdan oʻtish uchun havolaga oʻting: https://forms.gle/y5kdroBnJNQ2RFye8 Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook