tgindex
WikiTarjima
@wikitarjimaКнигиузбекский

Maqsadimiz faqat ilm ulashish, bu kanalda nafaqat Zakovatga oid faktlar, balki har qanday inson o'rgansa arziydigan ma'lumotlar yuklab boriladi.

Последний пост
31 июл.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 127
−4 за 2 дн.
Сутки
−1
−0,09%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
934
21 постов
Вовлечённость
82,9%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 21
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
249
1/48двое суток
285
1/72трое суток
307

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Ilmiy maqola

  • Houston we have a problem

  • U terma jamoa safidagi soʻnggi oʻyinini 37 yoshida Islandiyaga qarshi oʻtqazdi va oʻyinning 14- daqiqasida almashtirildi. Bir necha yil Winchester shaxrida istiqomat qilgan ushbu futbolchi kim? wikiTarjima – Original tarjimalar

  • U terma jamoa safidagi soʻnggi oʻyinini 37 yoshida Islandiyaga qarshi oʻtqazdi va oʻyinning 14- daqiqasida almashtirildi. Bir necha yil Winchester shaxrida istiqomat qilgan ushbu futbolchi kim? wikiTarjima – Original tarjimalar

  • 19 мая1 00765

    🕷️🎸 Olimlar Janubiy Amerikada yangi o‘rgimchak turini kashf etdi — Pikelinia floydmuraria. U mashhur Pink Floyd sharafiga nomlangan. Nomining ma’nosi ham qiziq: “floyd” — Pink Floyd guruhiga ishora qilsa, “muraria” lotinchada “devorga oid” degani. Bu nom guruhning mashhur The Wall albomiga ham nozik ishora hisoblanadi. 🧱🎶 Bu o‘rgimchak devor yoriqlari va uy atroflarida yashaydi hamda o‘zidan 6 baravar katta chumolilarni ham ovlay oladi. Shuningdek, pashsha, chivin va qo‘ng‘izlar bilan oziqlanadi. Olimlarning aytishicha, u shaharlardagi zararkunandalarga qarshi tabiiy “yordamchi” bo‘lishi mumkin. Qiziq tomoni — u to‘rini ko‘pincha sun’iy chiroqlar yoniga quradi. Chunki yorug‘likka uchib kelgan hasharotlar uning oson o‘ljasiga aylanadi. 🕸️ 📖 Ilmiy maqola: Zoosystematics and Evolution jurnalida chop etildi. Sizga ham Pink Floyd guruhini qoʻshiqlari yoqadimi? wikiTarjima – Original tarjimalar

  • 15 мая1 5341513

    “Beijing bikini” — Xitoydagi yozgi odat Xitoyda yozning jazirama kunlarida erkaklarning futbolkasini qornigacha ko‘tarib yurishi odati bor. Bu holat xalq orasida “Beijing bikini” deb ataladi. Ayniqsa parklar, ko‘cha oshxonalari va mototsiklda yurgan erkaklar orasida ko‘p uchraydi. An’anaviy xitoy tabobatiga ko‘ra, qorinni ochib yurish tanadagi “qi” energiyasi aylanishiga yordam beradi va issiqni yengillashtiradi. Shu sabab ko‘pchilik bunga oddiy holat sifatida qaraydi. Biroq ayrimlar bu odatni madaniyatsizlik deb hisoblaydi. 2019-yildan boshlab Jinan, Tianjin va Beijing kabi shaharlarda jamoat joyida yalang‘och qorin bilan yurishga qarshi cheklovlar joriy etilgan. Shunga qaramay, “Beijing bikini” hali ham Xitoy yozining eng mashhur ko‘cha manzaralaridan biri bo‘lib qolmoqda. wikiTarjima – Original tarjimalar

  • 12 апр.8621311из inteligenti_pauca

    Tiffani effekti — bu odamlar tarixiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lgan narsa yoki ismni faqat zamonaviy tuyulgani uchun noto‘g‘ri deb o‘ylash hodisasi. “Tiffany” ismi ko‘pchilikka hozirgi zamonga xosdek tuyuladi, lekin aslida u O‘rta asrlarda ham ishlatilgan. Shunga qaramay, tarixiy filmda bu ismni eshitsak, ko‘pchilik uni xato deb o‘ylaydi. Yoki Vikinglar haqidagi filmlarda ko'rsatiladigan 2 shoxli dubulg'alar, aslida Vikinglar bunday bosh kiyimlarni kiymagan va ular hatto bo'lmagan ham. Yanada osonroq tushunish uchun videoni ko'ring Intelligenti Pauca

  • 20 февр.1 211133из inteligenti_pauca

    ​​▪️Qiziq tarixga ega olmos bilan tanishamiz Hope Diamond(Umid olmosi) — dunyodagi eng mashhur ko‘k olmos. Uning og‘irligi 45,52 karat. Rangining to‘q ko‘k bo‘lishiga sabab tarkibidagi bor elementi. Olmos Hindistonning Golkonda konlaridan XVII asrda qazib olingan. 1660-yillarda fransuz savdogari Jean-Baptiste Tavernier Hindistondan katta ko‘k olmosni Yevropaga olib kelgan. 1668-yilda Fransiya qiroli Louis XIV uni sotib olib, saroy zargarlari orqali qayta sayqallattirgan. Olmos “French Blue” nomi bilan qirollik xazinasiga kiritilgan. 1792-yilda Fransuz inqilobi vaqtida qirollik xazinasi talon-toroj qilinadi va olmos o‘g‘irlanadi. Bir necha o‘n yillardan keyin u kichikroq shaklda yana paydo bo‘ladi. XIX asr boshlarida u ingliz bankiri Henry Philip Hope oilasiga tegishli bo‘ladi. Shundan keyin u “Hope Diamond” deb ataladi. Olmos atrofida “la’nat” haqidagi afsona ham shakllangan. Fransiya qiroli Louis XVI va uning rafiqasi Marie Antoinette 1793-yilda qatl etilgan. Keyingi ayrim egalari moliyaviy inqiroz yoki shaxsiy fojialarga duch kelgan. Tarixchilar bu voqealarni tasodif va afsonaviy bo‘rttirish deb baholaydilar. 1958-yilda amerikalik zargar Harry Winston olmosni Smithsonian Institutionga sovg‘a qilgan. Hozir u AQShning Vashington shahrida saqlanadi va doimiy ekspozitsiyada namoyish etiladi. Uning bozor qiymati taxminan 200–350 million AQSh dollari deb baholanadi. Manba 👉 National Geographic Intelligenti Pauca

  • 6 февр.1 3291112

    Bluff — bu poker o'yinida o‘zingizda kuchli karta bo‘lmasa ham, raqiblarni kuchli qo‘l bor deb ishontirib, ularni kartani tashlashga majbur qilish usuli. Bluff asosan raqiblar kam bo‘lganda, ehtiyotkor o‘yinchilarga qarshi va pozitsiyada bo‘lganda samarali ishlaydi. Uning pure bluff (umuman yutish imkoniyatisiz) va semi-bluff (keyingi karta bilan kuchayishi mumkin) kabi turlari bor. Bluffni har doim qilish to‘g‘ri emas: ko‘p o‘yinchi bo‘lsa yoki raqib kartani tashlamaydigan bo‘lsa, u ishlamaydi. Yaxshi bluff mantiqli harakatlar ketma-ketligi, to‘g‘ri miqdorda pul tikish va raqibni to‘g‘ri o‘qishga asoslanadi. wikiTarjima

  • 25 янв.1 0391132из inteligenti_pauca

    25,01.2026 Fazg'ona Zakovat Klubida o'tkazilgan Marafon uchun Intelhaf jamoasi paketi, Intelligenti Pauca

  • 25 янв.1 09674

    ✨ Asr muhabbati — Bella va Mark ✨ Mark Shagal va Bella Rozenfeld o‘rtasidagi munosabatlar nafaqat eng mashhur sevgi hikoyalaridan biri, balki sermahsul ijodiy hamkorlik ham edi. Bella Shagal hayotida rafiqa, bosh ilhom manbai, muharrir va barcha ishlarida mustahkam tayanch bo‘lgan. Bella o‘zining «Yonayotgan chiroqlar» kitobida Shagal uning portretlaridan birini chizayotgan onlarni eslab, unga shunday murojaat qiladi: «Men ovozingdagi musiqani tinglayman — u quyuq va mehrli. Bu ohang sening nigohingda ham jaranglaydi. Va mana biz ikkimiz, bir ohangda, rang-barang xonada sekin-asta parvoz qilamiz, yuqoriga ko‘tarilamiz. Bizni erkinlik chorlaydi — deraza oynalari ortida moviy osmon, bulutlar bizni chaqirmoqda». wikiTarjima

  • 21 янв.1 0471315

    OK qayerdan chiqqan? 🤔 Bugun butun dunyo ishlatadigan OK aslida oddiy qisqartma emas, balki tarixdagi eng muvaffaqiyatli “mem”lardan biri. Eng mashhur versiyaga ko‘ra, OK 1839-yilda AQShda paydo bo‘lgan. O‘sha paytda jurnalistlar all correct (“hammasi to‘g‘ri”) iborasini hazil tariqasida oll korrect deb yozishgan. Shu yozuvdan OK qolib ketgan. 1840-yilda AQSh prezidenti Martin Van Byuren bu so‘zning ommalashishiga sabab bo‘ladi. U tug‘ilgan shahri — Kinderhuk sharafiga saylov shiorida “Old Kinderhook is O.K.” degan iborani ishlatadi. Boshqa taxminlar ham bor: • yunonlarda “óla kalá” — “hammasi yaxshi” • germanlarda “ohne Korrectur” — “tuzatishsiz” • fransuzlarda “0 killed” — “nol qurbon” Qaysi biri to‘g‘ri ekani aniq emas, ammo bir narsa ravshan: OK qisqa, qulay va hammaga tushunarli bo‘lgani uchun butun dunyoga tarqalib ketgan. wikiTarjima – Original tarjimalar

  • 20 янв.72697из inteligenti_pauca

    CLABBERS Clabbers — bu Scrabblening bir turi bo‘lib, turnirlarda qatnashadigan Scrabble o‘yinchilari tomonidan ko‘ngilxushlik uchun o‘ynaladi. Bu o‘yinda harflarni doskaga istalgan tartibda joylashtirish mumkin, faqatgina oxir-oqibat ular to‘g‘ri (haqiqiy) so‘zning anagrammasini hosil qilsa bo‘ldi. Bu nom “Clabbers” va “Scrabble” so‘zlaridan kelib chiqqan, chunki ular anagramma juftligi hisoblanadi. Natija harflarni qayta joylashtirish orqali hosil bo‘ladi va barcha asl harflar aynan bir martadan ishlatiladi. Intelligenti Pauca

  • 11 янв.8571243из inteligenti_pauca

    FarZK Shaxsiy o'yin 4-tur Xudoyberdi Islomov savollari. Intelligenti Pauca

  • 7 янв.1 17597

    Helsinki Bus Station Theory — shaxsiy rivojlanish va ijodiy muvaffaqiyatni tushuntiruvchi metaforik nazariya bo‘lib, amerikalik fotograf va yozuvchi Eric Kim 2010-yilda ommalashtirgan. Nazariyada insonning bir sohadagi rivoji Helsinki markaziy avtovokzalidan chiqadigan avtobusga qiyoslanadi: barcha avtobuslar bir nuqtadan yo‘lga chiqadi, lekin oxir-oqibat turli yo‘nalishlarga tarqaladi. Boshlanish bosqichida deyarli hamma bir xil natijalarga erishadi, chunki yangi o‘rganuvchilar o‘xshash uslublarni takrorlaydi va boshqalardan ilhomlanadi. Shu sababli ko‘plab odamlar o‘zini boshqalardan farqsiz deb hisoblab, yo‘lning dastlabki “bekatlarida” taslim bo‘ladi. Ammo avtobusda uzoqroq qolganlar ya’ni o‘z ishini muntazam davom ettirgan, sabr qilgan va tajriba orttirganlar vaqt o‘tishi bilan o‘ziga xos uslub va natijalarga erishadi. Nazariyaning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, haqiqiy farqlanish va muvaffaqiyat tug‘ma iste’doddan ko‘ra davomiy mehnat va qat’iyat orqali yuzaga keladi. Manba Intelligenti Pauca

  • 5 янв.82762из inteligenti_pauca

    Kalamush to'dasi — bu Amerikaning eng mashhur kino va shou-biznes yulduzlarining norasmiy ijodiy jamoasi bo‘lib, u 1940-yillarning oxirida Xamfri Bokart va uning rafiqasi Loren Bekoll atrofida shakllangan. 1950–1970-yillarda kalamush to‘dasining yetakchilari — Frenk Sinatra, Din Martin, Semmi Devis — Las-Vegas konsert zallari va teleko‘rsatuvlarda improvizatsion kulgili va musiqiy chiqishlar bilan tez-tez namoyish qilgan. Tomoshabinlar orasida ayniqsa katta muvaffaqiyatga erishgan narsa — Frenk Sinatra tomonidan o‘ylab topilgan, konsert yoki teleko‘rsatuvga to‘da aʼzolaridan yana bir necha eʼlon qilinmagan yulduzlarning kutilmagan paydo bo‘lishi bo‘lib, ular dasturga bezak qo‘shar va tomoshabinlarda bunday kutilmagan va yoqimli syurprizlarga qiziqishni oshirgan. Intelligenti Pauca

  • 3 янв.1 0061210

    ▪️O‘rdakcha sindromi (effekti) – bu effekt shuni anglatadiki, biror odam biror sohani o‘rganayotganda, u ushbu sohada uchratgan birinchi ob’ektni eng yaxshi deb hisoblaydi, keyinchalik uchragan barcha ob’ektlar undan yomonroqdek tuyuladi. Atama endigina tuxumdan chiqqan o‘rdakchalar ko‘pincha ko‘rgan birinchi narsani ona deb qabul qilishidan kelib chiqqan. Psixologiyada bu hodisa “imprinting” (boshlang‘ich o‘rganish ta’siri) deb ataladi. Odam tajribasida ham shunga o‘xshash holatlar kuzatiladi: masalan, yangi kitoblar, dasturiy ta’minot, mashg‘ulotlar yoki odamlar bilan tanishishda birinchi taassurot qolgan tajribaga ta’sir qilishi mumkin. wikiTarjima – Original tarjimalar

  • 3 янв.694814из inteligenti_pauca

    “Gullar o‘qlardan afzal” - ibora amerikalik talaba Allison Krause tomonidan aytilgan bo‘lib, XX asrning eng mashhur urushga qarshi shiorlaridan biriga aylangan. Ushbu voqea Vetnam urushi bilan bog‘liq siyosiy qarorlar fonida yuz bergan. 1970-yil 4-may Ogayo shtatidagi Kent universitetida talabalar Prezident Richard Niksonning AQSh qo‘shinlarini Kambodjaga kiritish haqidagi qaroriga qarshi tinchlik namoyishi o‘tkazishdi. Namoyishni tarqatish uchun askarlar jalb qilindi. Vaziyat keskinlashib, askarlar talabalarga qarata o‘q uzishadi. Natijada 4 nafar talaba halok bo‘ldi, ulardan biri Allison Krause edi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Allison namoyish paytida qurollangan askar bilan yuzma-yuz kelib, uning miltig‘i og‘zida siren gulini ko‘rib, shunday degan:“Gullar o‘qlardan afzal.” Ba’zi manbalarga ko‘ra, bu gulni Allisonning o‘zi miltiq og‘ziga joylashtirgan, bu esa zo‘ravonlikka qarshi tinchlik va insonparvarlik ramzi sifatida talqin qilinadi. Intelligenti Pauca

  • 🎅 Kutib oling 🎅 😀Yangi yil sovgʻasi😀 🏆 50+ Zakovat kanallari bir jildda. Har kunlik yangi faktlar, mualliflik savollari va maʼlumotlarni birinchilardan boʻlib bizning kanallarda oʻqing. 😎Kanallarga obuna bo'lish 😎Kanallarga obuna bo'lish 😎Kanallarga obuna bo'lish

  • 🌍 Boybuloq — Markaziy Osiyodagi eng chuqur g‘or ❄️ Qishda Dehibolo (1 750 m) qishlog‘i qor sabab uzilib qoladi, yozda esa buloqlar quriydi. Shu bois Boybuloq qadimdan mahalliy aholi uchun muhim suv manbai bo‘lgan. 🕯 1970-yil may oyida dehqon Mustafo Holmominov g‘orga kiradi. Taxminan bir soatdan so‘ng chirog‘i o‘chib, yo‘lni adashtiradi va chuqur jarlikka qulab halok bo‘ladi. Uning jasadi 1985-yilda, ilk speleologik tadqiqot paytida topilgan. 🧗‍♂️ Boybuloq — nafaqat tabiiy mo‘jiza, balki jasorat va fojea bilan bog‘liq maskan. #Boybuloq #Dehibolo #Surxondaryo #O‘zbekiston #Speleologiya wikiTarjima – Original tarjimalar

WikiTarjima — tgindex