tgindex
iHistory 📝
@iHistoriiКнигиузбекский

Intellektual o'yinlarga savol qilinuvchi asab buzar manbalardan biri. Ko'plab sizga ma'qul bo'lmaydigan savollar shu kanaldan tuzilishi mumkin.

Последний пост
14 июл.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 601
+5 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 065
21 постов
Вовлечённость
129,0%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 21
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • 📌 Oq kiyim nomzodning niyati pokligi va korrupsiyadan yiroqligi ramzi boʻlgan ​"Kandidat" soʻzi lotincha "candidatus"dan olingan boʻlib, "oq kiyim kiygan kishi" degan maʼnoni anglatadi. Bu soʻzning asosi esa "tiniq, oppoq, yorqin" maʼnolarini beruvchi "candidus" sifatiga borib taqaladi. Ehtimol, "Candle" (sham) soʻzining asosi ham shunday boʻlishi mumkin. ​Qadimgi Rimda konsullik yoki senatorlikka oʻz nomzodini qoʻygan shaxslar xalq oldiga chiqqanda toga candida (oppoq toga) kiyishgan. Uni oddiy togadan ajralib turishi va koʻzni qamashtirishi uchun kiyimga maxsus boʻr surtishgan. Shuningdek, nomzodlar toga ostidan qoʻshimcha kiyim kiymay, tanalaridagi jangovar chandiqlarini namoyish etishgan. Bu ularning vatan va xalq yoʻlida koʻrsatgan jasoratlari hamda xizmatlari ramzi hisoblangan. ​ Qadimgi lotin tilida grammatik jihatdan ayol nomzodlarni anglatuvchi candidata soʻzi mavjud boʻlsa-da, Rim qonunlariga koʻra ayollarning saylovlarda qatnashishi va nomzod boʻlishi taqiqlangan edi. Shu bois, salkam ikki ming yil davomida ushbu tushuncha faqat erkaklarga nisbatan qoʻllanib kelindi. iHistory 📝

  • 14 июл.8962711

    Javobni topolmading va profdan keyin

  • видео или голосовое, без подписи

  • 13 июл.7041011

    📌 Qadimgi yunonlar "robot"ni 2500 yil oldin o‘ylab topganmi? Yunon mifologiyasiga ko‘ra, Zevs topshirig‘i bilan temirchilik xudosi Gefest Krit orolini qo‘riqlash uchun Talos nomli mis avtomaton yasagan. Talos har kuni orolni uch marta aylanib chiqib, yaqinlashib kelayotgan begona kemalarga tosh otar edi. Kimdir baribir qirg‘oqqa tushib qolsa, o‘zini olovda qip-qizil qilib qizdirib, dushmanni quchog‘ida kuydirar edi. Uning tanasi butunlay misdan bo‘lgani uchun oddiy qurol unga ta'sir qilmasdi. Faqat bitta zaif nuqtasi bor edi: bo‘ynidan to‘pig‘igacha cho‘zilgan yagona tomir, unda xudolar qoni — ixor oqib turardi. Bu tomir to‘piqda bronza mix bilan bekitilgan bo‘lib, shu joy shikastlansa, ixor qo‘rg‘oshindek oqib chiqib, gigant halok bo‘lar edi. Argonavtlar afsonasiga ko‘ra, sehrgar Medeya aynan shu zaif nuqtadan foydalanib Talosni yenggan: unga abadiy umr va'da qilib, to‘pig‘idagi mixni sug‘urtirib olgan.

  • 3 янв.2 407178

    Benedikt Arnold Izoh: AQSHlik Iuda.

  • 3 янв.2 363125

    "Yaxshisi Solga qoʻngʻiroq qiling" serialida amerikalik qahramonning soʻzida turmasligi haqida gapirilar ekan U eslab oʻtiladi. Ice Cube o'z guruhini ogʻir vaziyatda tashlab ketgan Niggazni UNGA qiyoslaydi. U kim?

  • 3 янв.2 348411

    Bolgar soyaboni Izoh: dissident Georgiy Markov, Londonda boʻlgan vaqtida soyabon bilan oyogʻiga yengil jarohat berib ketishadi. Keyinchalik bu aslida ritsin ekanligi maʼlum boʻlib Markov jon beradi. Boshqa josuslik filmlarida ham bu syujet eslangan.

  • 3 янв.2 097711

    Breaking Bad serialida dushmanni ritsin bilan oʻldirilish haqida gapirilar ekan, ukol soʻngra U eslanadi. Uni biri atoqli ot boʻlgan ikki soʻzda ayting.

  • 24 окт.2 809161

    #fakt #navoiy Alisher Navoiy metro bekati devorlarida nega "Hayrat ul-abror" asariga oid panno mavjud emas? Bekat devorlarida "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Sab'ai sayyor", "Saddi Iskandariy" ga bag'ishlangan pannolar mavjud. Ammo "Xamsa" ning birinchi…

  • 24 окт.2 4873621из hammasiyaxshi_rancho

    #fakt #navoiy Alisher Navoiy metro bekati devorlarida nega "Hayrat ul-abror" asariga oid panno mavjud emas? Bekat devorlarida "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Sab'ai sayyor", "Saddi Iskandariy" ga bag'ishlangan pannolar mavjud. Ammo "Xamsa" ning birinchi qismiga atalgan dekorativ suratni ko'rmaysiz. Birinchi versiyaga ko'ra, simmetriya buzilmasligi uchun bu asarning pannosini chizishmagan, ya'ni 2 asar qarshisida boshqa 2 asarning pannosi chizilib, simmetriya hosil qilingan. Ikkinchi versiyaga ko'ra, asardagi diniy elementlar sabab Moskva aynan shu asar pannosini rad qilgan. Uchinchi va menga yoqadigan versiya esa quyidagicha: "Hayrat ul-abror" nomi "Yaxshi kishilarning hayratlanishi" degan ma'noni beradi. Metro bekatiga tushgan YAXSHI ODAMLAR bekat haybati va go'zalligidan HAYRATLANISHI kerak edi, ya'ni bu asarga o'rnatilmagan panno - odamlarning o'zlaridir 🔥. Fakt yoqqan bo'lsa, boshqalarga ham ulashsangiz, xursand bo'lamiz! 😊 @hammasiyaxshi_rancho

  • видео или голосовое, без подписи

  • Savol tuzish boʻyicha qarashlar. Diskleymer: kanal asosiy kontenti maʼlumot ulashish boʻlsada, bu postda baʼzi masalalardagi shaxsiy qarashlar beriladi. Shuningdek, yozilgan maʼlumotlarga muallifning oʻzi doimo, amal qilib kelganligi yoki bundan keyin bunday boʻlmasligiga kafolat berilmaydi. Navbatchilikka savol tuzib, uni xalqqa tortiq qilayotganimga ham bir necha yil boʻlib qolibdi. Bu borada, baʼzi oʻzgargan qarashlarim haqida aytib oʻtmoqchiman. Dastlab, fakti ogʻir, klubga hali tanish boʻlmagan, uncha mashhur boʻlmagan, tor doiradagi faktlardan savol tuzish, shuningdek savolning javobi oʻqilgandagi klubning "sukunat ovozi" dan bahra olish tarafdori boʻlganman. Lekin yaqin yillarda tushunib yetdimki, bir qiziq paradoks mavjud yaʼni qiyin savol tuzish oson, oson savol tuzish esa juda qiyin)). Masalan siz Dayson sferasi haqida oʻqib qoldingiz, ushbu faktni qiyin savol qilib koʻring, undan soʻng oson savol qilib koʻring. (Javobi aynan shunday chiqishi shart emas, izohlarda tuzib koʻrishingiz mumkin). Aniq ayta olamanki, oson savol tuzishingiz uchun koʻproq, chuqurroq izlanishga kirishasiz. Aytmoqchimanki, qiyin savolni istalgan odam tuzib bera olishi mumkin. Lekin oson savoln unday emas. Bundan kelib chiqib aytishim mumkinki, men qachondir tuzgan qiyin savollarni, klubdagi istalgan boshqa bilimdon ham tuzib bera olgan va tuzib beradi ham. Umuman olganda aytmoqchimanki, klubga chindanam yangi narsani koʻrsatmoqchi boʻlsam, buni toʻgʻridan-toʻgʻri javobda soʻrab emas, (qachonlardir, Edward Cammings, Overton oynasi, Prosper Merime savollari kabi – barchasi oʻz vaqtida "grob" boʻlgan) aksincha, savol matnida berib borish afzal degan fikr tarafdoriga aylandim. Bu gaplar albatta, shunchaki shaxsiy fikr va boshqa jamoalarga murojaatnoma, yoki taklif emas. Sababi, sizlarga ham qachondir shu fikr kelishiga ishonaman.

  • 15 авг. 2025 г.2 0651348из ilmiy_darajali_kadrlar

    Eng mashhur yetti qonun 1. Myorfi qonuni: Nimadir sodir boʻlishidan qanchalik koʻp qoʻrqsangiz, uning sodir boʻlish ehtimoli shunchalik katta boʻladi 2. Kidlin qonuni: Agar muammo aniq va konkret yozib qoʻyilsa, uning yarmi hal boʻlgan deyavering. 3. Gilbert qonuni: Biror masalani hal qilishga kirishar ekansiz, kerakli natijaga erishishning eng yaxshi usullarini topish uchun doimo shaxsan masʼulsiz. 4. Uilson qonuni: Agar bilim va intellekt birinchi oʻringa qoʻyilsa, pul oʻz-oʻzidan kela boshlaydi. 5. Folklend qonuni: Agar qandaydir masala yuzasidan qaror qabul qilish zaruriyati boʻlmasa — qabul qilmang. 6. Parkinson qonuni: Ish unga ajratilgan barcha vaqtni band qiladi, hattoki u haddan ziyod boʻlsa ham, bu esa samaradorlikni pasaytiradi. 7. Pareto prinsipi (80/20 qoidasi): Juda koʻp vaziyatlarda 80 foiz natijani 20 foizlik saʼy-harakat va omillar taʼminlab beradi. 👉 @ilmiy_darajali_kadrlar

  • "Bolgar soyaboni" (inglizcha: Bulgarian Umbrella) — bu maxsus yashirin mexanizmga ega soyabon bo‘lib, uning ichida kichik zaharli pellet (odatda ritsin zahari) yuborish uchun pnevmatik qurilma o‘rnatilgan. Bu atama Bolgariya dissident yozuvchisi Georgi Markovning 1978-yil 7-sentrabrda Londondagi Vaterloo ko‘prigida o‘ldirilishi bilan mashhur bo‘ldi. Markov o‘sha kuni noma’lum shaxs tomonidan soyabon uchi bilan soniga zarb berilganidan so‘ng, to‘rt kun o‘tib vafot etdi. Otopsi natijasida uning tanasida ritsin zahari bo‘lgan kichik metall pellet topilgan. Post SI yordamida yozildi.

  • Kimerika yoki Ximerika Amerika va Xitoy o'rtasidagi yaqin munosabatlar kuchayib borayotgan vaqtda o'ylab topilgan neologizm. Ikki davlatni birlashmasi, iqtisodiy va siyosiy tomonni o'z ichiga olib, bir gibrid tashkilotni eslatib yuboradi. Shu sababli bu neologizm afsonaviy mavjudot Ximeraga ham qiyoslanadi.

  • Five Nights with Froggy - Artyom Shexurdin tomonidan yaratilgan va Gleb Kapustin tomonidan ishlab chiqilgan Freddy'sdagi besh kechaga asoslangan horror quest yo’nalishidagi o'yin. Siz tungi qo'riqchini boshqarasiz va o'ldirishni xohlaydigan o'yinchoqlar orasida omon qolishingiz kerak. O'yin Windows uchun va Game Jolt saytida 2015-yil 25-avgustda chiqarilgan.

  • Takayasu sindromi - aorta, uning shoxlari va o'pka arteriyalariga ta'sir qiluvchi yallig'lanish kasalligi. Asosan yosh ayollarda uchraydi. Takayasu sindromining birinchi holati 1908-yilda doktor Mikito Takayasu tomonidan Yaponiya oftalmologiya jamiyatining o'n ikkinchi yillik yig'ilishida tasvirlangan. Doktor Takayasu retinada qon tomirlarining o'ziga xos halqasimon ko'rinishini tasvirlab berdi. Baʼzi manbalarda u “Pulssizlik kasalligi” deb ham ataladi

  • Otakon — iyul yoki avgust oylarida Merilend shtati, AQShning Baltimor shahrida o'tkaziladigan uch kunlik yillik anime anjumanidir. Festival, birinchi navbatda, Sharqiy Osiyo mashhur madaniyati (anime, manga, musiqa va kino) va uning muxlislariga bag'ishlangan. Festivalning nomi "otaku" (yaponcha biror narsaga juda ishtiyoqli kishi uchun atama) va "konvent" so'zlarining portmantosidir. Birinchi “Otakon” 1994-yilda bo‘lib o‘tgan. Birinchi qurultoylar turli shtatlarda (Pensilvaniya, Merilend, Virjiniya) o‘tkazilgan. Bu har yili iyul-avgust oylarida oʻtkaziladigan anime anjumani boʻlib, 1996—2016-yillarda Merilend shtatida, 2017-yildan boshlab esa Vashington shtatida oʻtkazilib kelinmoqda.

  • Jataka hikoyalari - Maʼnosi “Tug'ilish tarixi”, “tug'ilish bilan bog'liq” degan ma'noni anglatuvchu bu asar Sidhatra Gautamaning inson va hayvon shaklidagi oldingi tug'ilishlariiga bagʻishlangan

iHistory 📝 — tgindex