Nota bene!
СтатистикаBizdagi ma'lumotlar: — hamma ham bilmaydigan; — dunyoqarashingizni o'stiradigan; Donat uchun: https://tirikchilik.uz/mad_max93 Aloqa uchun: @nota_bene_bot Muhokama uchun guruh: @notabene_group
- Последний пост
- 3 июн.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
* * * Мен йўқман. Ёлғонлар мени йўқотди. Чин гаплар севгимга қилмади карам. Нега чорраҳада тош каби қотдинг,— Энди сайр қилгин изғирин билан. Қўнғироқ чалмагин. Очмайди ҳеч ким, Эшик на жилмаяр, на у сўз билсин. Азизлик тахтидан тушган, азизим, Палтонгни сукунат қозиққа илсин. Ўт жонидан ўтар — бўзлайди чойнак, Дераза йиғлайди — ташқари туман. Телеэкранининг оғзини пойлаб, Энди қаҳва ичгин ёлғизлик билан. Соат бонг уради. Тун ярим... Ярим... Дил ярим — ғуссадан тўлмас ҳеч қачон... Зулматгоҳ хонанинг ичида, ёрим, Энди сезавергин ўзингни тобон. Ухлайсан. Не учун титрайди нафас? Яна "кел" дейсанми?... Чорлама. Мен йўқ. Мен йўқ. Энди менинг кўксимга эмас. Ёстиқнинг юзига ёшларингни тўк. Йўқ, йўқ, ишонмагин! Бу шеърдан тондим, Бу менинг ўзимга отганим — ўқдир. Ахир, бу дунёда мен сенсиз қолдим, Ҳатто дардлашмоққа ёлғизлик йўқдир Усмон Азим Https://t.me/UsmonAzimijodi
Ushbu kanaldan siz Kvant fizikasi va Astronomiyaga bog'liq bo'lgan qiziqarli ma'lumotlarni topasiz.
,, Kecha tushimga kiribsan ikkinchi bor yana". Bir kun to'satdan uyg'onasiz, qanchadir yillar oldin tushiyizga kirgan inson, kutilmaganda yana bor tushiyizga mehmon bo'ladi. Bir lahzada tushunarsiz yoqimli hislar qurshab oladi, tongdagi derazadan kirib kelgan yoqimli havo bilan birga. Bir qo'shiq yaralish tarixi. Manba: https://t.me/shjabborovblog/3998
* * * Menga toʻrt fasl ham farqsizdir butkul, Menga begonadir qonun va mezon. Xohlasam kuz chogʻi yozib qoʻyib gul, Xohlasam bahorda boʻlaman xazon... Men shunday devona, telba bir nasim, Sogʻinish, sevishdan yot tashvishim yoʻq. Oʻzganing men bilan ishi boʻlmasin, Oʻzgalar bilan-da mening ishim yoʻq... Men uchun dunyoni suv bossa ne gʻam, Barchasi bir boʻlib yoʻq boʻlmaydimi... Ming asr ichinda toʻlmagan bir kam, Koʻz yosh bilan boʻlsin, bir toʻlmaydimi! Hurlarning labida tutgan bolidan, Lazzat topolmagan inson – haykaldir. Kimlarning ayshi-yu gul visolidan, Kimningdir hijroni menga afzaldir. Bor-u yoʻqligini unutgan tushkun Darveshlar tengiman, ulardan-da xor. Baribir bu hayot oddiy bir tush-ku, Xudojon, kel meni uygʻotib yubor! Nurmuhammad Abduzoir https://t.me/nurmuhammad_zoir
УШШОҚ Шамоллар уйғонди. Барг – ҳаяжонда... Ҳатто ер тагида қўзғолди илон. Дунё тирилаётган шу тоза тонгда Ўлгим келмаяпти, онажон. Ўнгирларда кезар муздай ҳаволар, Ишқалаб қобоғин кўтарар осмон. Дунё кўзларини очаётганда Мен кўз юмайинми, онажон?! Қайдадир силкинар томчидил ўтлар, Баргида чумоли кезади ҳайрон. Ҳали мен кўрмаган боғлар бор экан, Ўлгим келмаяпти, онажон. Қизларнинг овози жаранглар мунис, Ишқ десам – дафтарга сачраб кетди қон. Севмаса севмабди мени битта қиз, Дунёда қиз камми, онажон?! Қаёққа қочади бу иссиқ қоним, Қўлларни соғиниб сочларим ғужгон. Кимга керак бўлди менинг ёш жоним, Ўлгим келмаяпти, онажон. Бегуноҳ биттадир – у ҳам осмонда, Қўлга чивин қўнди, қувмоққа йўқ жон. Чивинлар, чумчуқлар юрган жаҳонда Менга жой йўқмикан, онажон?! Қуёшга термулдим – кўзим қамашди, Киприкдан шабнамдай ёш оқди маржон. Нурларни соғиниб қақшар қовурғам, Ўлгим келмаяпти, онажон! Гарчанд мен қайғули шеърлар тўқидим, Гарчанд азоб кўрдим мудом бепоён – Мен ҳали дунёга тўйган йўқ эдим, Дунё тўйдимикин мендан, онажон... Карим Баҳриев. @platformauzb
Aytgancha. 91 lik. Dunyoning ishidan qalbimdir mahzun, Kimlar kelib, kimlar dilni etdi lol. Eslasang qo'ng'iroq qilarsan bir kun, Olti yuz yetmish bir, yetmish ikki, nol nol. Nota bene!📜
Benom Guruhi ft. Shahriyor - Sen yig'lama Zo'r chiqqan ekan. https://www.youtube.com/watch?v=mOvXNFctLF0
Hindistonning mashhur aktyori Amitabh Bachchan shunday hikoya qiladi: — Faoliyatim cho‘qqisiga chiqqan, mamlakatda ham, xorijda ham taniqli bo‘lgan vaqtlarim edi. Bir safar manzilimga samolyotda borishimga to‘g‘ri keldi. Yon tomonimdagi o‘rindiqda odmigina kiyingan, ko‘rinishidan o‘qimishli, sodda va samimiy tasavvur qoldiradigan bir kishi joylashdi. Tabiiyki, bortdagi boshqa yo‘lovchilar meni tanib, men bilan muloqotga kirishishga harakat qilishar, ammo bu kishi bo‘lsa pinagini ham buzmasdan, borligimdan bexabarday xotirjam qo‘lidagi kitobni mutolaa qilib ketar, ba’zan ilyuminatordan tashqariga qarab qo‘yar edi. Bort xizmatchilari choy tarqatgan vaqtdan foydalanib, uni gapga solganday jilmayib qarab qo‘ydim. Kutilganday u ham javoban muloyim jilmayib salom berdi va suhbatlashishga sharoit paydo bo‘ldi. Suhbatimizni filmlar tarafga burdim-da, undan qanaqa kinolar ko‘rishga qiziqishini so‘radim. — Kinomi, juda kamdan-kam hollarda ko‘raman, oxirgi bor ko‘rganimga bir necha yillar bo‘lib qoldi, – deb javob berdi janob. Shunda unga o‘zimni tanitmoqchi bo‘lib, kino sanoatida ishlashimni aytdim. Sherigim esa: — Shundaymi, juda yaxshi, kino sanoatida nima ish bilan shug‘ullanasiz, - deb so‘radi. Tanisa tanib qolar, deb aktyor ekanligimni ko‘plab kinolarda rol o‘ynaganimni aytdim. Gapimga shunchaki, «shundaymi, ha, yaxshi» deb bosh irg‘adi-da, yana qo‘lidagi kitobni mutolaa qilishga tushib ketdi. Manzilimizga yetib, samolyot qo‘nganida u bilan xayrlashish oldidan «Aytgancha, mening ismim Amitabh Bachchan» deb qo‘l uzatdim. U kishi tabbasum bilan qo‘limni siqib, “Rahmat, siz bilan tanishganimdan xursandman, men kichik Tata bo‘laman (Tata firmasining raisi) deb javob berdi. (izoh: “Tata Group” Hindistonda mashinasozlik, aviasozlik, metallurgiya, maishiy texnika va boshqa sohalarda yirik ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Bugungi kunda 8 ta sektorda 114 ta kompaniyani birlashtirib turadigan 935 ming ishchisi mavjud gigant kompaniya). Hayot qanday hamrohlarni yo‘liqtirishini bilmaysiz ekan. O‘sha kuni tushundimki, o‘zingizni qanchalik baland sanamang, har doim sizdan yuqoriroq, kattaroq odam baribir chiqadi ekan. Kishi kamtar bo‘lsa hech narsa yutqazmaydi, hurmati ham, himmati ham kamayib qolmaydi. (Gulniso Saidova sahifasidan olindi.) Nota bene!📜
Эсингдами мени соғинмаган дамларинг, ҳеч қачон учрашмаганимиз эсингдами? Эсингдами биз кезмаган соҳиллар, сайр этмаганимиз боғлар эсингдами? Эсингдами бизсиз ҳувуллаган кўчалар, бирга яшамаган уйимиз эсингдами? Эсингдами мени тополмай йиғлаганинг, эшитмаганинг исмим эсингдами? Эсингдами ёлғиз-ёлғиз юрганимиз, бахтли бўлмаганимиз эсингдами? Эсингдами сенга ёзмаган хатларим, хатларимнинг ҳар бир сўзи эсингдами? Мен эса сени эслаганим-эслаган — бирга кечирмаган умримизнинг ҳар бир лаҳзаси ёдимдадир. Усмон Азим Бугун шоири Азимнинг таваллуд куни – 75 ёшни қаршиладилар. Усмон Азимни шоир деб таниймиз, Халқ шоири унвонига ҳақли мушарраф, ҳақиқиқий халқ шоири, баҳссиз. Бироқ Усмон Азимнинг ажойиб драматургияси, насри ҳам бор. Масалан, мана бу ҳикоясини ўқиб кўринглар. Адибимизга узоқ умр, саломатлик ва муваффақиятларни яна кўп-кўп тилаймиз! @shahnozxon
2013-yilda jurnalistlar insonlar halolligini sinab ko'rish uchun 16 ta yirik shaharda o'ziga xos sinov o'tkazishgan — ular 192 ta hamyonni 12 tadan qismga bo'lib, har bir shahar ko'chalariga tashlab chiqishgan. Tadqiqot natijasida Xelsinki va eng halol shaharlar reytingida 1-o'rinni egallagan — bu yerda 12 ta hamyonning 11 tasi qaytarilgan. Lissabon esa aksincha, reytingning eng tubidan joy olgan — 12 tadan atigi 1 ta qayratilgan hamyon bilan. Agar tajriba O'zbekistonda o'tkazilganida...
CS2 o'ynaydiganlar uchun keys ochib skin olish mumkin bo'lgan bot ekan. (Steam profili yangi bo'lsa, kamida 2 haftadan keyin skinlarni o'tkazib olish mumkin ekan. Eski bo'lsa, kerakli ssilkani topib, o'tkazib olsa bo'ladi) https://t.me/RFL_BLAST_bot/join?startapp=ref355072690
видео или голосовое, без подписи
"Countdown" filmi voqealarini eslaysizmi? Telefoniga qancha umri qolgani haqidagi dasturni o'rnatib olgan odamlar haqidagi trillerni. Biz ham shunaqa bir sayt topib oldik. Hazil-hazil bilan bir nechta og'aynilar ma'lumotlarni kiritdik va hisoblatib ko'rdik. Alam qiladigani, chekuvchi do'stlarimda ham mendan ko'p chiqdi (80-88 orasida). Nima qilay, chekishni boshlaymi? Nota bene!📜
"Ye, ibodat qil, sev: Bir ayolning hamma narsani qidirib Italiya, Hindiston va Indoneziyaga sayohat qilishi" — amerikalik adiba Elizabet Gilbert tomonidan yozilgan va 2006-yilda nashr etilgan memuar asari. Unda adibaning eri bilan ajrashgandan keyin sayohatga chiqishi va turli davlatlarda o'zi uchun noma'lum bo'lgan yangiliklarni kashf etishi haqida hikoya qilingan. 2010-yilda asar asosida film (bosh rolda Juliya Roberts) suratga olingan. Gilbert 2010-yilda memuarining davomi bo'lmish "Qonuniy nikoh" ("Committed: A Skeptic Makes Peace with Marriage") asarini ham yozgan. Asar syujetiga ko'ra, Elizabet Gilbert 32 yoshli yaxshi ta'lim olgan muvaffaqiyatli yozuvchi. Biroq u turmushda baxtsiz: ko'pincha tunlarni hammomda yig'lab o'tkazadi. Shu tufayli eri bilan ajrashishga qaror qiladi. Sud ishlari ketayotganida boshqa erkak bilan uchrasha boshlaydi, biroq, bu munosabat uzoqqa cho'zilmaydi. Yolg'iz qolgan Elizabet omadli tasodif tufayli yoga haqida maqola tayyorlash uchun Baliga yuboriladi. U yerda to'qqizinchi avlod jodugarni uchratadi. Jodugar Elizabetning bir kun kelib Baliga qaytishi va o'zidan ko'p narsalar o'rganishini bashorat qiladi. Eri bilan ajrashib bo'lgach bir noshir Elizabetga dunyo bo'ylab sayohat qilishi va ushbu sayohat haqida kitob yozishi uchun pul ajratadi. Shu tariqa u sayohatga yo'l oladi. Italiyadagi to'rt oy davomida Elizabet mazza qilib mahalliy taomlardan bahramand bo'ladi ("Tanovul qil"). Hindistondagi to'rt oyda esa o'z ruhiyatini izlash bilan band bo'ladi ("Ibodat qil"). Yilning qolgan qismini Indoneziyaning Bali orolida o'tkazadi va u yerda braziliyalik Felipe ("Sev") bilan tanishadi. Nota bene!📜
Kanalimiz statistikasi. Nota bene!📜
To'g'ri, bu mamlakat quruqlikda emas, balki dengizda suzib yurgan (bambukdan yasalgan) sol ustida joylashgandi. Solning o'lchami 2,4 x 9 metrni tashkil etgan. Lester Xeminguey uni "AQSh tarkibidagi yarim erkin hudud" deb e'lon qilgan. Buning uchun u AQSh fuqarolari guano (dengiz qushlarining axlati parchalanishidan hosil bo'ladigan qimmatbaho azot-fosforli o'g'it) mavjud bo'lgan har qanday hududga da'vo qila olishi mumkinligi belgilangan eski qonundan foydalangan. Xemingueyning solida ham guano bormidi yoki yo'q — bu noma'lum. Ammo u o'z konstitutsiyasini chop etgan (bu aslida AQSh Konstitutsiyasining nusxasi bo'lib, undagi AQSh so'zi "Yangi Atlantida" so'zlariga almashtirilgandi) Xeminguey Yangi Atlantidani okeanograflik ilmiy-tadqiqot markazi sifatida ishlatishni reja qilgandi. Biroq, ikki yil o'tgach yuz bergan tropik bo'rondan keyin u cho'kib ketgan va avvalgi Atlantidaning taqdirini takrorlagan. Nota bene!📜
Jahongir Otajonov "Poram" qo'shig'i klipida ham mashxur kartinalarga murojaat qilibdi. Masalan, Edvard Munkning "Qichqiriq" kartinasiga. Nota bene!📜
Lyapalissiada — nutqning aniq va ravshan faktlar bayon etilishi yoki tavtalogiyaga yo'l qo'yilishi natijasida kulgili ko'rinish olishini ifodalovchi termin. Misollar: 1. "Grafinya menga ikki ko'zi bilan qaradi"; 2. "O'lik jasad harakatsiz yotardi". 3. "Marhum muharririmiz vafot etdi, u o'zini o'ldirgan o'limdan vafot etdi. ("Our late editor is dead, he died of death, which killed him"). Termin 1525-yilda yuz bergan Pavia jangida vafot etgan fransuz marshali Markiz Jak de La Palis nomidan olingan. Uning qabrtoshida "Ci-gît le Seigneur de La Palice: s’il n’était pas mort, il ferait encore envie" ("Bu yerda senyor de La Palis yotibdi: agar u o'lmaganida hamon odamlar unga hasad qilishayotgan bo'lardi") deb yozilgandi. Biroq, yozuvdagi "f" va uzun s ( ſ ) harflari o'xshash bo'lgani uchun yozuvning oxirgi jumlasi "Agar u o'lmaganida, hamon tirik bo'lardi" degan talqinga ham ega bo'lgan. Ispanlarda shunga o'xshash jumlalar Pedro Grullo ismli folklor qahramoni bilan bog'lanadi va "perogrulladalar" deb ataladi. Masalan: "Verdad de Pedro Grullo, que a la mano cerrada, la llama puño" (Pedro Grulloning haqiqati, u qo'li yopiq holda turganida buni musht deb ataydi). Nota bene!📜
Bayramingiz muborak bo'lsin! Nota bene!📜
видео или голосовое, без подписи