- Последний пост
- 7 июн.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Mavzu: Rey Bredberi va Bibliya 1. Bir fantastik hikoyada bosh qahramon sayyoralarni kezib, kasal odamlarga yordam beradi, ba'zida esa o‘liklarni tiriltira oladi. Bu personaj yaratilayotganda kimdan ilhom olingan? Javob: Iso Izoh: Iso odamlarga shifo bergan, hatto Lazarning tirilishi ham bu bilan bog‘liq. 2. Mark o‘ldirilgach, Saul qo‘llarini ko‘rsatib: “Bu yerda mening hech qanday gunohim yo‘q”, deydi. Bu paytda yozuvchi Saunni kimga o‘xshatadi? Javob: Pontiy Pilat Izoh: Iso xochga mixlangach, Pilat qo‘llarini yuvib, o‘zining begunohligini bildirgan edi. 3. Qizig‘i shundaki, Bredberi uning g‘orda yashaganini va nomini aynan shuning uchun olganini aytadi. Biroq ba’zi manbalarda bu uning qattiqqo‘l xarakteri bilan bog‘liq deyilgan. Javob: Muqaddas Butrus (Pyotr) Izoh: Butrus ismi yunon tilida “tosh” degan ma’noni anglatadi. 4. “Jeymning mo‘jizalari” hikoyasida qahramon go‘yo xohlagan narsasiga erishish va Xudodan nimanidir so‘rash uchun paradga qo‘shiladi. U yerda terlay boshlaydi. Bu holatda yozuvchi uni o‘limidan avval shu joyga kelgan Isoga o‘xshatadi. Javob: Getsimani bog‘i Izoh: Iso o‘limidan avval Getsimani bog‘ida ibodat qilgan, va rivoyatga ko‘ra u ter o‘rniga qon chiqargan. 5. Kitobda juda ko‘p gunoh qilgan va Xudoning buyrug‘iga bo‘ysunmagan personaj: “Yaxshi hayot uchun eng oxirgi imkon bu shahar” deydi. Bu shahar haqida maqolada Yunus payg‘ambar nomiga ham duch kelasiz. Javob: Naynava (Nineveh) Izoh: Rivoyatga ko‘ra, Xudoga itoat qilmagan xalqni ogohlantirish uchun Yunus payg‘ambar bu yerga yuborilgan, ular uni tinglab shaharga najot keltirgan. Aks holda, bu shahar Sado va Gomorra kabi halokat topardi.
Mavzu: Shaharlar etimologiyasi 1. Ushbu shahar nomi portugal tilidan “yanvar daryosi” degan ma’noni anglatadi. Javob: Rio de Janeyro 2. Bir paytlar poytaxt bo‘lgan ushbu shahar nomi yunon tilidagi “sevgi” va “aka-uka” so‘zlaridan kelib chiqqan. Javob: Filadelfiya 3. Ushbu shaharning nomi arab tilidagi “Baladul Valid” — ya’ni “Validning shahri” so‘zlaridan kelib chiqqan, G‘arbiy Yevropadagi qaysi shahar? Javob: Valyadolid 4. Bir versiyaga ko‘ra, bu shahar nomi bu yerga hukmronlik qilgan shohning “xohladim va topdim” so‘zlaridan paydo bo‘lgan, boshqa versiyada esa islomning paydo bo‘lishidan gap boradi. Javob: Istanbul 5. Corctaun bilan birga, ushbu shahar nomi kelib chiqishida III Jorj (Corc)dan so‘z boradi. 1655–1962 yillarda ingliz monarxlari tasarrufida bo‘lgan orol davlatining poytaxti qaysi shahar? Javob: Kingston
Mavzu: Mononimlar (Yagona ismlilar) 1. U 1990-yillarda Bristoldagi “yerosti” san’at muhitlarida faoliyatini boshlagan. Siz uning haqiqiy ismini emas, qanday nom bilan tanilganini ayting. Javob: Benksi 2. 2015-yilgi qo‘shig‘i bilan muxlislarini salomlagan bu xonanda intervyularining birida sport zaliga borishni yoqtirmasligini aytgan. Javob: Adele Izoh: “Hello” qo‘shig‘i va uning tana vazni haqida intervyulari esda tutilmoqda. 3. London iqlimiga ko‘nikolmaganidan kasallangan u 1617-yilda vafot etgan. 1995-yilda esa uning hayoti asosida animatsion film suratga olingan. Javob: Pokaxontas 4. Sharl Bodler qo‘llari cho‘ntagida, Viktor Gyugo o‘lim to‘shagida, Sara Bernar yonboshdan, Onore de Balzak esa karikaturada tasvirlangan. Ushbu tafsilotlarga aynan kim haqidagi maqolada duch kelasiz? Javob: Nadar Izoh: XIX asr Frantsiyasining mashhur fotosuratchisi va karikaturachisi. 5. Kokketsiano o‘zining “Rim tarixi” asarida uni “juda baland bo‘yli va qo‘rqinchli ayol” deb tasvirlaydi. U nutq paytida qo‘lida nayza tutgan va uni tinglayotganlarga terror tahdidiga qarshi g‘alaba qozonishni va’da qilgan. Javob: Boudika Izoh: Uning ismi kelt tilida “g‘alaba” degan ma’noni anglatadi.
Mavzu: Ridli Skott filmlari – boshqacha nigohda 1. Ularning chiqishlari orasida tayyorgarlik, ludilar va munuslar, o‘lim o‘yini, g‘alaba qil va mag‘lub et kabi bo‘limlar mavjud edi. Javob: Gladiator 2. Qadimgi Karfagen tilida “Mehribon podshoh (Lord)” deb qanday deyiladi? Javob: Gannibal Izoh: Gap karfagenlik mashhur sarkarda Gannibal Barca haqida. 3. 1982-yilda chiqarilgan bu o‘yinda har bir bosqichda o‘ziga xos nomlar bo‘lgan: “Qon havzasi”, “Biz tinchlik uchun keldik” va hokazo. O‘yin grafikasi asosan yashil rangda bo‘lgan. Javob: Begona (Alien) Izoh: Ridli Skottning 1979-yilgi “Alien” filmi asosida o‘yin. 4. Frenk Nitti, Vinsent Gigante, Jeyms Berk, Yoqimtoy Floyd, Genri Xill, Jon Dillingjer – ularning har biri biz uchun shu nom bilan mashhur. Javob: Amerikalik gangster Izoh: Filmda haqiqiy jinoyatchilar obrazlari aks ettirilgan. 5. Buning miqdori ikki qismga bo‘linadi: birinchisi banknotlar tarzida – 36 trillion dollar, ikkinchisi bank hisoblardagi mablag‘lar bilan birga – 90 trillion dollargacha. Javob: Dunyoning barcha pullari
Mavzu: Soch 1. Freddi Merkuri mushug‘i haqida kuylagan qo‘shig‘ida “sen meni baxtli qilasan, o‘pich berding va men aqldan ozdim” degan so‘zlarni ishlatgan. Endi siz ayting: Freddi mushug‘iga qanday ism qo‘ygan edi? Javob: Dalila Izoh: “Shoh Samson va Dalila” afsonasida Dalila Samsonning kuchi sochida ekanini bilib olib, uni kesib tashlaydi. 2. “Lankashir shahrida yashovchi 5 yoshli Milli Uollis oilaviy muammolar sababli o‘ziga yopilib qolgan va deyarli xonasidan chiqmagan. Tez orada u kasalxonaga yotqiziladi va shifokorlar uning o‘lim arafasida ekanini aytishgan.” Ushbu so‘zlar keltirilgan maqolaning nomini to‘liq ayting. Javob: Rapunzel sindromi 3. Turmush o‘rtog‘i harbiy xizmatdan sog‘-salomat qaytsa, sochlarini kesib tashlashga va’da bergan qahramonni do‘sti aynan kimga o‘xshatadi? Javob: Veronika Izoh: Afsonaga ko‘ra, Veronika sochlarini kesadi, ular osmonga ko‘tarilib, “Veronikaning sochlari” deb atalgan yulduz turkumiga aylanadi. 4. 2002-yilgi ta’til paytida sochini kesdirgan Zafer otasining g‘azabiga sabab bo‘ladi va otasi uning sochini “nol raqam” bilan qirtishlab tashlaydi. Shundan so‘ng Zafer o‘z joniga qasd qiladi. Aytingchi, Zafer kimning muxlisi edi? Javob: Umid Davala 5. Taroq va shampunsiz ham bu turdagi sochlarga ega bo‘lish mumkin. Diniy e’tiqodga ko‘ra, Jah bunday soch egalari bilan uzun tirnoqlari orqali aloqa o‘rnatib, ularni Zionga olib ketadi. Javob: Dredlok Izoh: Rastafariy madaniyatidagi soch uslubi.
Mavzu: Henri turli ko‘rinishlarda 1. U haqidagi filmlar “Kapitan Blud” va “Karib qaroqchilari: Haqiqiy voqea” deb ataladi. Javob: Genri Morgan 2. “Bekorga ketdi” asarini birinchi bo‘lib yozgan bu yozuvchini biz “Vortex” va “Legionerlar” asarlari orqali ham tanishmiz. U, shuningdek, Nobel mukofotini olgan ilk polyak yozuvchisi sifatida tarixda qolgan. Javob: Genrik Sienkevich 3. 1945-yil may oyida so‘roqqa tutilgan paytda barcha sirlarini qabrgacha olib ketishini aytgan bu shaxs og‘zida yashirgan sianid kapsulasini ezib, o‘z joniga qasd qilgan. Javob: Genrix Gimmler 4. Bu olim sof urandan ko‘ra, uran tuzi kuchliroq nurlanishga ega ekanini aniqlagan va Rentgen kashfiyotini rivojlantirishda muhim rol o‘ynagan. Javob: Antuan Anri Bekkerel 5. Valensiyada tug‘ilgan bu rassom “Buqaning taqdiri”, “Parij sudi” kabi asarlari bilan mashhur. Javob: Enrike Simonet
Mavzu: Meksikaliklar 1. Bir maqolada hazilomuz tarzda aytilishicha, uning sevgilisi Nikolas Muray uni fotoapparat bilan ko‘p marta suratga olgani sababli, endi u o‘z portretini chizishga hojat qolmagan. Javob: Frida Kalo 2. Gilardi uyi, Galves uyi, Tlalpan ibodatxonasi – siz uning asarlaridan ayrimlarini eshitdingiz. Javob: Luis Barragan Izoh: Meksikalik mashhur me’mor. 3. Televiziyada o‘z faoliyatini “katta umidlar” bilan boshlagan bu meksikalik haqida yozilgan maqolada J.K. Rouling nomi ham tilga olingan. Gap bu yil mukofot olgan kim haqida ketmoqda? Javob: Alfonso Kuaron Izoh: “Katta umidlar” va “Garri Potter va Azkabon mahbusi” filmlarini suratga olgan. “Roma” filmi uchun Oscar mukofotini qo‘lga kiritgan. 4. 2011-yil aprelida Malayziyada omadi kelib omon qolgan bu sportchi oradan bir oy o‘tib, Monakoda yana avariyaga uchragan edi. Javob: Serxio Peres 5. 2002-yilda suratga olingan biografik filmda bosh rol aynan unga nasib etgan. Boshqa mashhur filmlarida esa u ispan aktyori bilan birga rol o‘ynagan. Javob: Salma Hayek Izoh: “Frida” filmida bosh rolni ijro etgan. “Desperado” va “Meksikada bir zamonlar” filmlarida Antonio Banderas bilan birga rol o‘ynagan.
Mavzu: Golland-flamand rassomchiligi 1. Bu rassomning eng mashhur asarlaridan biri Pol Gogen bilan janjaldan keyin paydo bo‘lgan. Oradan ko‘p o‘tmay rassom o‘z joniga qasd qilgan. Javob: Vinsent van Gog Izoh: Dastlab Gogenni yaralamoqchi bo‘lgan, lekin buning o‘rniga o‘z qulog‘ini kesib tashlagan. Mashhur avtoportretini ham aynan shu voqeadan so‘ng chizgan. 2. “O‘ng tomonda baraban chalinar, oldinda kichik it hurar. Shundan so‘ng hamma harakatga tushadi” — bu tasvir qaysi rasmga tegishli? Javob: Tungi qorovullar (Gecə gözətçiləri) 3. Jovanni Bryuggeda yashagan boy savdogar bo‘lgan. Dindor bo‘lganini va XV asrda yashaganini inobatga olib, uning familiyasini ayting. Javob: Arnolfini 4. “Dehqon” laqabiga ega bo‘lgan bu rassomning eng mashhur asarlaridan birida yuzdan ortiq turli-tuman tasvirlarni ko‘rish mumkin. Javob: Piter Breygel (ota) Izoh: “Flamand maqollari” asari bilan tanilgan. O‘g‘lidan ajratish uchun “ota” laqabini olgan. 5. Antoni van Deykning ustozi bo‘lgan bu rassom asosan diniy va mifologik mavzudagi asarlari bilan mashhur. Uning eng mashhur rasmlaridan biri — Isoga qatl hukmi chiqarilishi sahnasidir. Javob: Piter Paul Rubens
Mavzu: Rudolf 1. Agar siz kechua tilida “mushuk” so‘zining qanday talaffuz qilinishini bilsangiz, o‘sha so‘zdan foydalanib kompaniya tashkil qilgan asoschini aniqlang. Javob: Rudolf Dassler 2. Mashhur bir fotosuratda Ribbentrop yonida o'tirgan, 40 yildan ortiq qamoqda bo‘lgan, undan keyin o‘rniga Martin Borman tayinlangan shaxs kim? Javob: Rudolf Gess 3. Karl fon Lindey fizik bo‘lib, turli mashina va texnologik yangiliklarga qiziqqan. Siz esa 1913-yilda vafot etgan Karlning shogirdining kimligini ayting. Javob: Rudolf Dizel 4. Natriy sulfatning (Sodium Sulfat) nomida qaysi olimning ismi aks etgan? Javob: Yoxan Rudolf Glauber Izoh: Natriy sulfat — Glauber tuzi deb ataladi 5. Tatar kelib chiqishiga ega bo‘lgan, o‘zining tez harakatlari bilan Vatslav Nijinskiyning afsonaviy spektakllarini eslatgan shaxs kim? U "Qu ko‘li", "Jizel" va "Bayadere" kabi baletlarda chiqishi bilan mashhur bo‘lgan. Javob: Rudolf Nureyev Izoh: Mashhur sobiq Sovet balet ustasi
Mavzu: Herman Melvilning Piazza afsonalari 1. Butun hafta hech kim bilan gaplashmagan va shu hafta davomida hech bir cherkov so‘nggi eshitilmagan personajni Melvil hamma bilan aloqani uzgan shaxsga o‘xshatadi. Javob: Robinson Kruzo 2. Saitlari bir xil bo‘lgan so‘z bilan ayting. Personaj gunoh va sehrga berilgan odamlarni ko‘rib, ularning kulga aylanishini aytadi va o‘sha shaharni eslaydi. Javob: Sodom 3. Personaj uy qurayotgan qismda aytiladi: go‘yo Orion osmonda personaj ustida bir narsani ushlab turibdi, shunda u har lahza tushib ketishidan qo‘rqib, uyini tez quradi. Javob: Damokl qilichi 4. Personaj oldidan oqib o‘tgan qora lava daryosini ko‘rib shunday deydi: Kaash u yerda bo‘lsa va men unga viatikum berib, daryoni o‘tsa edi. Javob: Xaron Izoh: Styks daryosining ustida qayiqda o‘tgan Xaron faqat viatikum — o‘likdan o‘tish uchun beriladigan pullarni qabul qilardi 5. Kemaga yaqinlashganda trubalar ko‘rinardi, yaqinroq borgan sari uning ich va tash qismi butunlay ajralgan, terilari qobig‘i qopgan odamlar kabi edi. Ushbu gaplardan qaysi payg‘ambar yodga tushadi? Javob: Ezekiel Izoh: Ezekielning Quru skeletlar vodiysida ko‘rgan tasvirlariga o‘xshatilgan
Mavzu. Gipermatritsali ,,Gipermatritsaʼʼ savollar ushbu soʻz tarkibidan yasaladi.( Masalan matritsa) 10)Uning oʻlimi radikal qatlamning yoʻqolishining boshlanishi boʻlib uni MARTIR sifatida dafn etishdi. U kim? Javob. Marat Izoh. Sharlotta Kordening qotilligidan soʻng oqim tarafdorlarini yoʻq qilish boshlanadi. Martir soʻzi bu diniy eʼtiqodlar sababli shahid ketgan inson. 20).Plutarxning soʻzlariga koʻra Gannibal barcha davrlarning mohir sarkardalari orasida oʻzini 3-oʻringa, Korneliusni 2-oʻringa va uni esa 1-oʻringa qoʻygan u kim? Javob. Pirr 30).Persona 3 video oʻyinida siz jarlikka qulab tushgach koʻplab yovuzlarga qarshi u yerda jang qilasiz. U yerni ayting. Javob. Tartar 40).Tarixchi Diodorning takidlashicha bu moʻjizakor shahar maʼnosi yunoncha ,,toshʼʼ degan manoni bergan. Qaysi shahar? Javob.Petra Izoh. Petra shahri dunyoning yangi 7moʻjizalaridan biri 50).Fabrise qotillik sabab qamoqqa tushadi u yerdan chiqqach ruhoniy boʻlishga qaror qiladi va bir rohiba qizni sevib qoladi. Asar voqealari esa u yerda sodir boʼladi. U yerni ayting. Javob. Parma Izoh. Stendalning ,,Parma ibodatxonasiʼʼ asari .
Mavzu. Har bir sohadan bir shingil. Bunda avval savol qaysi mavzudaligi aytiladi. . 10.(Mavzu. Amerika shaharlari) Pensilvaniya da joylashgan bu shaharda bugun havo 14 Cʼ boʻlishi kutilmoqda. Pensilvaniya da joylashgan bu shaharda havo 14Cʼ boʻlishi kutilmoqda. Javob. Panksatoni. Izoh. Sugʻur kuni filmi 20.(Mavzu. Sayohat) Kompaniya bu personajni yaratishda Indiana Jons va lara kroft kabilardan ilhomlangan. Maqsad kichik yoshdagi bolalarni koʻproq til oʻrganishi. Javob. Sayohatchi Dora 30.Charlz Dikkens oʻzining xasis, boy, xudbin personaji Ebenezer Skrujni yaratishda 1830-yilgi bu fransuz asaridan ilhomlangan. Qaysi asar? Javob. Gobsek 40).Mavzu Dinozavr. Jonivorga nega bunday nom berishlari sababi yoshligida oʻz gibridini yeb qoʻygani edi. Lotincha ,, boshqarib boʻlmaydiganʼʼ deb ayting Javob. Indominus Rex 50.Mavzu. Ushbu yozuvchining 1992-yilgi asari muqovasida Mars qalqoni va Venera koʻzgusini koʻrishimiz mumkin. Qaysi Amerikalik yozuvchi? Javob. Jon Grey Izoh. Erkaklar Marsdan ayollar veneradan asari muallifi
Mavzu G-harfidan boshlanadi. 10. Uning toʻliq shakllanishi bundan 50mln yil avval Paleogen davriga trio keladi. Javob. Gondvana 20.U quruq qonun davrida spirtli ichimliklar kontrabandasi bilan shugʻullangani uchun boyib ketgan ekan. U kim. Javob.Getsbi 30.Asardagi kulgili voqealardan biri uning tugʻilishi boʻlib onasi uni oʻta katta pishloq yeb qoʻygani uchun gigant qilib dunyoga keltirgan u kim. Javob.Gargantua 40.Mifologiyaga koʻra bu qanotli odamsimon larning vazifasi odamlarni jazolash va oʻgʻirlash boʻlib bizga Taxtlar oʻyini seriali orqali tanish. Ularni ayting. Javob.Garpiya 50.Ayrim manbaa larda Prometeyga olovni ushbu mabuda bergan. Kronos tomonidan yeyilgan ilk qurbon ham u . U kim. Javob.Gestiya Izoh. U olov ilohasi va Zevs opasi
Mavzu.matritsa -rr- 10.Birinchi u 1842-yil botanik Nataniel Uord tomonidan yaratilgan oʻsimliklarni oʻrganish uchun yaratilgan katta shisha idish edi. Uni ayting. Javob.Terrarium https://en.m.wikipedia.org/wiki/Terrarium 20.U koinotda 7kun 20 soatdan soʻng 1981- yil Jezqazgʻandan janubga qoʻnadi. U kim. Javob. Jugderdemidiyn Gurrakcha.. Izoh.https://en.m.wikipedia.org/wiki/J%C3%BCgderdemidiin_G%C3%BCrragchaa 30.U yana oq terili odamdan tashqari 11kitobdan iborat Jon Karter personajini ham yaratgan. U kim. Javob.Edgar Berrouz. Izoh. TARZAN Oq terili ODAM deb tarjima qilinadi.https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%91%D0%B5%D1%80%D1%80%D0%BE%D1%83%D0%B7,_%D0%AD%D0%B4%D0%B3%D0%B0%D1%80_%D0%A0%D0%B0%D0%B9%D1%81 40.Aytishlaricha bu yerda Sirenalar yashagani sabab bu joyga kelgan sayyohlar yana qayta kelishi aniq ekan. Bu joyni ayting. Javob.Sorrento. Izoh. Savoldagi qaytib kelish soʻzlari sizni sorrentoga qaytish qoʻshigʻiga ishora edi. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Sorrento 50.Jonstonning bu tulkidek ayyor , tutqich bermas personajni hozirgacha jami 24 aktyor oʻynagan. Personaj. Javob Zorro. Izoh.ispanchada tulki deb tarjima qilinuvchi bu personajni Jonston Makkuli yozgan.
Mavzu J- harfidan boshlanadi 10.Malumotlarga koʻra 1964 yil uni oʻldirishayotganda koʻpchilik jimgina qarab turgan ekan. U kim? Javob. Jenoveze 20.Amerikalik ayol Judy Chikago YANGI zamonaviy modern sanat asoschilaridan biri boʻlib uni oʻziga ustoz deb bilgan. U kim.? Javob.Jorjiya okiff 30.Amerika futboli oʻyinchisi Brandon Jeykob yirik gavdasi va dushmanlsrini yanchib tashlashi sabab u laqabini olgan. Qaysi laqab? Javob.Jaggernaut 40.Uni koʻrgan odamlar katta boʻri, gibrid yirtqich deya tatiflashgan va bu butun Fransiyani dahshatga solgan. Uni ayting Javob.Jevodan maxluqi 50.Qadimda ,, Qoraqargʻa koʻziʼʼ nomli zahar mavjud boʻlib maxsus giyohlardan tayyorlangan u nafas yoʻllarini yopishi natijasida qurbon qon ketishidan oʻladi. Buni biz kim misolida koʻrganmiz. Javob.Joffri Barateon oʻlimi
8-Mart xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabti bilan barcha kanal obunachi xotin-qizlarni tabriklaymiz doim e'zozdasizlar!💐
Madrid osmonni qora bulutlar tark etmayapti(
Mavzu: Fransiya shaharlari 1 . Zinedin Zidan faoliyatini muhokama qiluvchi manbaning ta'kidlashicha, 1988-1992 yillarda Zidan o'z klubida to'p surgan bu shahar nafaqat kino, balki futbol yulduzi ham Zidan ortidan kelib-ketadigan shaharga aylandi. Javob: Kann 2018-04-22 Ushbu frantsuz shahrining nomi G'arbiy Flamandcha "qum banki" va "cherkov" so'zlarining birikmasidan kelib chiqqan. Javob: Dyunkerk Izoh: Shahar nomi “dune” va “kirke” so‘zlarining birikmasidan iborat. 3 . Bu shahar o'tkazilgan sport mototsikl poygalari soni bo'yicha Frantsiyadagi birinchi shahardir. 1906 yilda shaharda Frantsiya Gran-prisi bo'lib o'tdi. Javab: Le Man Izoh: Shaharda o'tkaziladigan eng mashhur poyga "Le Mans 24 Hours" hisoblanadi. 4 . Buyuk Franklar qirolligining asoschisi Xlodvig I shu shaharda suvga cho'mgan. Mashhur an'ananing asosi shu voqea bilan bog'liq. Javob: Reyms Izoh: Reymsda Fransiya qirollarining toj kiyish marosimlari bo‘lib o‘tdi. 5 . Rassomlarning ijodini o‘rganishga yordam berish maqsadida jamg‘armaga asos solgan Mayya Xoffman “Qaerda bo‘lsam ham, shu shahar osmonini orzu qilaman”, degan edi. Ob'ekt joylashgan shaharni qisqa nomi bilan toping. Javob: Arl Izoh: Van Gog ham bu shaharga kelishi bilan o'z ijodida yangi bosqichga qadam qo'ydi. Rassom Arlesda bo'lganida "Rona ustidagi yulduzli tun" rasmini chizgan
Mavzu .uyqu. 10. U 1820-yilgi ,,Uyqu vodiysiʼʼ asarida yana uyqu mavzusiga qoʻl uradi u kim. Javob. Vashington Irving Izoh. Uning Rip van vinkl personaji 20yil uxlagani bn mashhur 20.Franshizada u haqiqatni anglash, va inqilobchi lider edi. Sababi u Neo ni tanlangan deb hisoblaydi. U kim? Javob. Morfey Izoh. Matritsa filmidagi dori taklif qiluvchi personaj Morfey esa uyqu ilohi 30).U nomli brend mahsulotlari melotaninli kapsula, dorilar ishlab chiqaradi. Bular esa insonning tez uyquga ketishi va uyqu yaxshilashini taminlaydi. Ushbu palindromni ayting. Javob. Avrora Izoh. Uyqudagi malika ismiga uyqu dorilar nomlangan .Avrora 40).Kristofer 2010-yilgi manbada nega aynan uni tanlagani haqida soʻrashganda ,,yoʻq men hech narsadan afsuslanmaymanʼʼ deya javob bergan .u kim? Javob.Edit Piaf Izoh. Inception filmida uyqu vaqtidagi Edit piafninf ,,Non je ne regrette rienʼʼ (men hech narsadan afsuslanmaymanʼʼ) taronasi. 50).Ayrim manbalarda ularning ismlari Maksimilian, Martinian, Dionisiy, Jon, Konstantin, Malxus va Serapion boʻlgan. Ularni ayting Javob.Ashobi Kahf (gʻor egalari)
Mavzu. Koʻz 10.).Abdulla Avloniyning bir asarida odamlarni toʻgʻri yoʻldan ozdiruvchi, gʻilay kofir personaj unga qiyoslanadi. Uni ayting. Javob. Dajjol 20).Kaliforniyadagi uy xavfsizligi sohasida ilgʻor sezuvchi va kuzatuvchi kameralar ishlab chiqaruvchi texnologik kompaniya nomini ayting? Javob. Sauron 30).X- odamlar 97 animatsiyasida Shiʼar imperiyasi qoʻmondoni olamlar aro juda tez harakatlanadiki hatto u kiprik qoqishga ulgurmaydi. Afsonaga koʻra uning 9ta onasi boʻlgan u kim Javob. Heymdall Izoh. Skandinaviya mifida Heymdall barcha narsani koʻruvchi nigohi oʻtkir personaj. 40).u Sento qilichini topgach yovuz ruh uni koʻzini koʻr qiladi lekin telekinez qobilyatiga ega boʻladi. U haqidagi maqolada Geras va Kollektorga havola bor. U kim? Javob. Kenshi Izoh. Mortal Kombat oʻyinidagi koʻzi ojiz Qilichboz. 50).KIRA nomli video oʻyinda siz boshqalar yoshini, oʻlimini, va ismini bilishni xohlasangiz yarim umringiz evaziga unga ega boʻlasiz. Uni atoqli ot qatnashtirib ayting? Javob. Shinigami koʻzlari. Izoh. Bu death noteʼʼ animesi haqidagi oʻyin boʻlib oʻyin nomi va soʻz sizni Shinigamiga yetaklagandir