Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
СтатистикаMurojaat uchun telefonlar: 📞+998 55 452-77-77 / 95-412-07-07 Sayt: www.tues.uz Rektorga murojaat: @TISU_rektor_bot
- Последний пост
- 14:54
- Последнее чтение
- 18:12
- Постов за неделю
- 45
- Всего постов
- 418
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 5 136
- 1/48двое суток
- 6 086
- 1/72трое суток
- 6 563
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Hozirda eng ko’p so’raladigan savollarga javob berib o’tamiz. ❓ TISUga qabul qanday amalga oshiriladi? Javob: Qabul belgilangan tartib va amaldagi talablar asosida online va universitet asosiy binosiga borgan holda amalga oshiriladi. ➡️ ARIZA TOPSHIRISH ❓ TISUda stipendiyalar bormi? Javob: Ha. Talabalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ilmiy, ijtimoiy hamda akademik faolligini rag‘batlantirish maqsadida turli stipendiya imkoniyatlari mavjud. Rektor stipendiyasi ham bormi? Javob: Ha. Universitetda yuqori natijalarga erishayotgan, faol va iqtidorli talabalarni rag‘batlantirishga qaratilgan Rektor stipendiyasi mavjud. ❓ TISUda nechta stipendiya mavjud? Javob: Talabalar uchun 20 dan ortiq stipendiya va rag‘batlantirish imkoniyatlari mavjud. Bu talabalarni nafaqat yaxshi o‘qishga, balki ilmiy, ijodiy va ijtimoiy faol bo‘lishga ham undaydi. ❓ TISUda xalqaro imkoniyatlar bormi? Javob: Ha. Talabalar uchun xalqaro hamkorlik, xorijiy ta’lim muassasalari bilan aloqalar, akademik tajriba almashish va xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari yaratilmoqda. ❓ Talabalar amaliyot o‘tash imkoniyatiga egami? Javob: Ha. Ta’lim jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Talabalar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega. ❓ TISUni nima uchun tanlash kerak? Javob: Chunki universitetda talab yuqori yo‘nalishlar, zamonaviy ta’lim muhiti, stipendiya imkoniyatlari, xalqaro istiqbollar va kasbiy rivojlanish uchun imkoniyatlar uyg‘unlashgan. ❓ TISUda o‘qib, kelajakda yaxshi mutaxassis bo‘lish mumkinmi? Javob: Albatta. Buning uchun universitet imkoniyatlaridan faol foydalanish, bilim olish, amaliyotda qatnashish va o‘z ustida muntazam ishlash muhim. ❓ TISUga qabul bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotni qayerdan olish mumkin? Javob: Qabul jarayoni, ta’lim yo‘nalishlari, kontrakt, hujjatlar va boshqa savollar bo‘yicha universitetning qabul bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin. ☎️ Murojaat uchun: +998 55 452 77 77 +998 95 412 07 07 🚀 Eng muhim savol: nega aynan TISU? Javob: Chunki bugun universitet tanlash — shunchaki diplom tanlash emas. Bu kelajakdagi kasb, imkoniyat va rivojlanish yo‘lini tanlashdir. 🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram 📱Telegram 📱You Tube 📱Facebook
🔥 MANDATDA TAVSIYA ETILMADINGIZMI? Unda savol bitta: nega aynan TISU? 🎓 🏆 Rektor stipendiyasi va 20 dan ortiq stipendiya — faol va iqtidorli talabalar uchun! 🩺Tibbiyot fakulteti — zamonaviy ta’lim va amaliyot imkoniyatlari. 📊Iqtisodiyot fakulteti — zamonaviy va talab yuqori kasblarga yo‘naltirilgan ta’lim. 👩🏫Pedagogika fakulteti — kelajak pedagoglari uchun sifatli ta’lim. 🌍 Xalqaro dasturlar — Turkiya va Indoneziya bilan hamkorlik va xorijda amaliyot imkoniyatlari. 💻Zamonaviy kampus — IT-zonalar, bepul Wi-Fi, raqamli kutubxona. 📢Mandatda tavsiya etilmadingizmi? Bu o‘qishni bir yilga kechiktirish degani emas! 🎯TISUda hoziroq o‘z kelajagingiz uchun qadam tashlang. Hujjatlar qabuli davom etmoqda! 🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram 📱Telegram 📱You Tube 📱Facebook
🔥 MANDATDA TALABALIKKA TAVSIYA ETILMADINGIZMI? Unda tushkunlikka tushmang. Chunki mandat — yakun emas! “Men yana 1 yil kutamanmi yoki bugundan kelajagimni boshlaymanmi?” 🤩TISU sizlarga talaba bo’lish imkoniyatini taqdim etadi! ✅Uydan chiqmasdan online ariza topshiring va talabalikni biz bilan nishonlang🤗 ➡️ ARIZA TOPSHIRISH ☎️ Murojaat uchun: +998 55 452 77 77 +998 95 412 07 07 #TISU #Qabul2026 #Mandat #Talabalik #Imkoniyat #Kelajak 📱Instagram 📱Telegram 📱You Tube 📱Facebook
TISUda 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda! 📚 O‘zingizga mos ta’lim yo‘nalishini tanlang va zamonaviy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni egallash imkoniyatidan foydalaning! ➡️ ARIZA TOPSHIRISH 📞 Batafsil ma’lumot va murojaat uchun: +998 55 452 77 77 +998 95 412 07 07 #TISU #Qabul2026 #QabulDavomEtmoqda #Abituriyent2026 🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram 📱Telegram 📱You Tube 📱Facebook
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. 🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram 📱Telegram 📱You Tube 📱Facebook
🎓 Cambridge ta’limi — xalqaro imkoniyatlar sari ishonchli yo‘l. Cambridge International Schools tomonidan taqdim etilgan statistik ma’lumotlar Cambridge ta’limining dunyo bo‘ylab keng tarqalganini ko‘rsatadi. Bu raqamlar o‘quvchilarning xalqaro ta’lim va global akademik imkoniyatlarga bo‘lgan yuqori qiziqishini aks ettiradi. 📊 Cambridge ta’limi eng keng tarqalgan 5 ta davlat: 🟢 Pokiston — 4677 nafar 🟢 AQSh — 3058 nafar 🟢 Buyuk Britaniya — 2843 nafar 🟢 Avstraliya — 1058 nafar 🟢 Kanada — 867 nafar 🌏TISU Cambridge International School ham aynan shu xalqaro Cambridge ta’lim tizimi asosida faoliyat yuritib, o‘quvchilarga zamonaviy bilim, tahliliy fikrlash va global imkoniyatlar sari mustahkam poydevor yaratadi. ✨TISU CIS bilan — bilim, imkoniyat va kelajak bir yo‘nalishda birlashadi. ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website
Talaba va bitiruvchilarning ishga joylashishga ko’maklashuvchi yangi raqamli ekotizim — career.edu.uz ishga tushirildi. ♻️ Ish beruvchilar uchun qulay yechimlar: 🟢 AI asosida vakansiyaga mos nomzodlarni topish 🟢 Vakansiyalarni tez va oson joylashtirish 🟢 Frilans xizmatlaridan foydalanish 🎓 Talabalar va bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar: 🟢Bir necha daqiqada professional rezyume yaratish 🟢Frilans xizmatini taklif etish 🟢Bo‘sh ish o‘rinlariga onlayn ariza topshirish 🟢“AI HR menejer” bilan interaktiv suhbatlar career.edu.uz — talabalar va ish beruvchilar uchrashadigan eng qulay manzil! 📲 Ilovani yuklab olish Android | IOS Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
📆Mustaqillik bayrami munosabati bilan necha kun dam olamiz? 🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.12.2025-yildagi PF-257-son Farmoniga asosan “31-avgust” qoʻshimcha dam olish kuni hisoblanadi. Shu sababli: 🔹5 ish kunida ishlovchilar 4 kun dam oladi: 29-avgust – (shanba) dam olish kuni; 30-avgust – (yakshanba) dam olish kuni; 31-avgust – (dushanba) qo'shimcha dam olish kuni; 1-sentabr – (seshanba) bayram; 🔹6 ish kunida ishlovchilar 3 kun dam oladi: 30-avgust – (yakshanba) dam olish kuni; 31-avgust – (dushanba) qo'shimcha dam olish kuni; 1-sentabr – (seshanba) bayram. 🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram 📱Telegram 📱You Tube 📱Facebook
🧑🎓Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2026-2027 o‘quv yillari uchun qabul davom etmoqda! Universitetimizdagi mavjud yo’nalishlar bilan tanishing!📤 ➡️ ARIZA TOPSHIRISH 📥 Hoziroq onlayn ariza topshiring va Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari safidan o‘rin egallang! |📲Murojaat uchun: 📞 +998 55 452 77 77 📞+998 95 412 07 07 🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram 📱Telegram 📱You Tube 📱Facebook
"Insonning eng katta boyligi – uning vaqti va bilimidir. Ularni bekorga sarflagan kishi haqiqiy kambag‘aldir." ✍️ Suqrot #Iqtibos #Hikmatlar 🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram 📱Telegram 📱You Tube 📱Facebook
#Zakovat_challenge 💬SAVOL! Hozirgi kunda Istirohat bog’larida mavjud va barchaga kayfiyat beradigan bir narsa bor. Uni birinchi marta Versal saroyiga o’rnatishgan. Keyinchalik stressli va bosim ostidagi odamlar uchun shifokorlar tomonidan tavsiya asosida shifoxonalarga o’rnatishgan. Yosh bolalar uchun esa bu juda kulguli va hayratlanarli bo’lgan. Siz Termiz istirohat bog’iga tashrif bugurgan bo’lsangiz uni ko’rgan bo’lishingiz mumkin. ❓Diqqat, savol: U nima? Javob: Kulgu oynasi. Izoh: Odamlar oynalarga qaraganda turli shakllarda ko'rinadi va bir qarashda sizni turlicha tasvirlaydi. Shunday oynalar insonlarga kayfiyat beradi deb hiosblashgan. 🥳Barcha to'g'ri javob yo'llaganlarga tashakkur! 👉Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram 📱Telegram 📱You Tube 📱Facebook
🎓 TISUda qabul jarayonlari davom etmoqda! Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. 📹 Videoda abituriyentlarning hujjat topshirish jarayoni, qabul bo‘limidagi ishlar, va marketing bo'limi faoliyati aks etgan. 🎯 Siz ham o‘z kelajagingiz sari ilk qadamni TISU bilan boshlang! ➡️ ARIZA TOPSHIRISH 📞 Murojaat uchun: +998 55 452 77 77 +998 95 412 07 07 Termiz iqtisodiyot va servis universiteti TISU Matbuot bo‘limi #qabul_jarayoni #2026_qabul #Tisu_qabul 🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram 📱Telegram 📱You Tube 📱Facebook
📌 KIMLARDAN CHET TILI SERTIFIKATI TALAB QILINMAYDI? Oliy ta’limdan keyingi ta’limga hujjat topshirishda chet tili sertifikati masalasida ko‘pchilikda savollar tug‘iladi. Amaldagi tartibga ko‘ra, ayrim toifadagi talabgorlardan chet tili sertifikati talab qilinmaydi: 1️⃣ Prezident davlat stipendiantlari Tayanch doktoranturaga hujjat topshirishda chet tili sertifikati talab qilinmaydi. 📄 Asos: VM-226, 13.10.2008-yil 2️⃣ Mustaqil izlanuvchilar va stajyor-tadqiqotchilar Ushbu ta’lim shakllariga hujjat topshirishda chet tili sertifikati talab qilinmaydi. 📄 Asos: VM-304, 22.05.2017-yil 3️⃣ Kimyo va biologiya mutaxassisligini a’lo baholar bilan tamomlagan magistrlar Tayanch doktoranturaga hujjat topshirishda chet tili sertifikatidan ozod etiladi. 📄 Asos: PQ-4805, 12.08.2020-yil 4️⃣ Ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar Mazkur toifadagi talabgorlardan ham chet tili sertifikati talab qilinmaydi. 📄 Asos: PQ-407, 20.10.2022-yil 5️⃣ Ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlagan talabalar keyingi bosqichga hujjat topshirishda chet tili sertifikatini taqdim etishdan ozod etiladi. 📄 Asos: PF-58, 10.04.2026-yil 🔎 Xulosa: barcha talabgorlardan ham chet tili sertifikati talab qilinmaydi. Biroq imtiyozdan foydalanish uchun talabgor o‘zining tegishli toifaga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim. 📚 Oliy ta’limdan keyingi ta’limga hujjat topshirayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizga tegishli imtiyozni oldindan aniqlab oling. #Doktorantura #TayanchDoktorantura #ChetTiliSertifikati 👉Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram 📱Telegram 📱You Tube 📱Facebook