tgindex
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Статистика

— Respublikadagi davlat va nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda. Murojaat: @nodavlatbot Hamkorlik: @nodavlattalimbot Instagram: instagram.com/nodavlattalim

Последний пост
08:10
Последнее чтение
09:51
Постов за неделю
75
Всего постов
152
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
203 024
+5 667 за 3 дн.
Сутки
−11,5 тыс
−5,35%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
35,3 тыс
40 постов
Вовлечённость
17,4%
к подписчикам
Постов в день
10,7
всего 152
Упоминаний
163
каналов
Охват размещения
по 5 постам
1/24сутки в ленте
30 367
1/48двое суток
32 659
1/72трое суток
35 223

Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.

Посты

  • 08:104223

    ❓O‘qishga kirolmaganlar uchun qanday imkoniyatlar bor? O‘qishga tavsiya etilmadingizmi, xafa bo‘lishga aslo hojat yo‘q! Davlatimiz tomonidan abituriyentlar uchun bir qator qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilgan: 1️⃣ Birinchi imkoniyat — vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha qabul tanlovi: Davlat OTTlaridagi bo‘sh (vakant) qolgan o‘rinlar tanlovida 2 toifadagi abituriyentlar ishtirok etishi mumkin: 🔹 Test sinovlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, ammo kvota doirasida talabalikka tavsiya etilmaganlar; 🔹 Ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlar. 2️⃣ Ikkinchi imkoniyat — tabaqalashtirilgan (super) kontrakt: Davlat OTTlarida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati mavjud. Vakant o‘rinlar uchun tanlov yakunlangach (taxminan 1 haftadan so‘ng), super-kontrakt bo‘yicha ariza topshirish platformasi ochiladi va aniq ma’lumotlar e’lon qilinadi. 3️⃣ Uchinchi imkoniyat — qo‘shma ta’lim dasturlari: Davlat OTTlarining xorijiy universitetlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlari orqali o‘qish mumkin. Qabul jarayonlari har bir muassasa tomonidan alohida tashkil etiladi. Ma’lumotlarni OTTlarning rasmiy saytlari orqali aniqlashtirish mumkin. 4️⃣ To‘rtinchi imkoniyat — nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari: Litsenziyaga ega nodavlat OTTlarda tahsil olish imkoniyati bor. Qabul jarayonlari har bir muassasa tomonidan mustaqil olib boriladi va sentyabr oyi oxirigacha davom etadi. 5️⃣ Beshinchi imkoniyat — xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va filiallari: O‘zbekistondagi xorijiy OTTlar filiallarida yoki xorijdagi OTTlarda o‘qish mumkin. Qabul talablari va muddatlari har bir oliygoh tomonidan alohida belgilanadi (qabul sentyabr oyi oxirigacha davom etadi). 6️⃣ Oltinchi imkoniyat — texnikumlar: Texnikumlarda 2–2,5 yil davomida zamonaviy kasb-hunar egallash mumkin. Bitirgach: 🔹 To‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat bozoriga kirib, o‘z sohasi bo‘yicha ishlash; 🔹 A’lo baholar bilan tamomlab, suhbat asosida OTTlarning 2-kursidan o‘qishni davom ettirish imkoniyati mavjud. Qabul 10-avgustdan boshlangan bo‘lib, 10-sentyabrgacha my.edu.uz platformasi orqali hujjat topshirish mumkin. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

  • 07:403 97734

    ⚡️Rasman: O'qishni ko'chirish imtihonlari boshlanmoqda Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. ✅ Shu munosabat bilan Bilimni baholash agentligi standardlariga muvofiq, o'qishni ko'chirish imtihonlaridagi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun maxsus @BMB_testbot telegram boti ishga tushirildi. Mazkur bot orqali majburiy fanlardan test topshiriqlarini elektron shaklda ishlash va bu orqali majburiy fanlardan test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish mumkin. Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bloklar: 👉 Ona tili; 👉 Matematika; 👉 O‘zbekiston tarixi. 👉 @BMB_testbot 👈

  • 07:016 2867

    ❗️DTM BALINGIZ BILAN TALABA BO‘LING! — DTMdan kutgan balingiz chiqmadimi? — Bu hali talaba bo‘lish imkoniyatingiz tugadi degani emas. Sizning DTM natijangiz bilan Sarbon Universitetida o‘qish imkoniyatingiz mavjud. ➖ Sirtqi ta’lim o‘rniga — masofaviy ta’lim ➖ O‘qishni onlayn davom ettirish imkoniyati ➖ Oliy ma’lumot olish imkoniyati ➖ Bir yilni yo‘qotib qo‘ymang! “Balim yetmaydi, endi nima qilaman?” deb o‘tirgan bo‘lsangiz — imkoniyatlarni hoziroq bilib oling. 📲 Roʻyxatdan oʻtish: https://forms.amocrm.ru/rzttdrl

  • 17:2721,7 тыс123

    ⚡️Masofaviy ta'lim shakli mavjud xususiy universitetlar ro‘yxati e'lon qilindi Nodavlattalim.uz tahririyati masofaviy ta'lim shaklida tahsil berish huquqiga ega xususiy universitetlar ro‘yxatini e'lon qildi. 2026/2027-o‘quv yili qabuli uchun quyidagi xususiy oliy ta'lim muassasalari masofaviy ta'lim shaklida talaba qabul qilish huquqiga ega. 1️⃣. Buxoro xalqaro universiteti 2️⃣. International School of Finance Technology and Science (ISFT) 3️⃣. IT-Park University 4️⃣. Ma'mun universiteti 5️⃣. Osiyo xalqaro universiteti 6️⃣. Qo‘qon universiteti 7️⃣. Sarbon universiteti 8️⃣. Tashkent International University 9️⃣. Tashkent Metropolitan University 1️⃣0️⃣. "TMC INSTITUTE ⚠️ Eslatma: Har bir universitetda masofaviy ta'lim yo‘nalishlari soni turlicha. Ariza topshirishdan oldin o‘zingiz tanlagan yo‘nalishda masofaviy ta'lim mavjudligini albatta tekshirib chiqing. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

  • 16:3120,8 тыс299

    ❓Super-kontraktga arizani qachon va qayerga borib yozishim kerak? ✅ Belgilangan oʻtish balini toʻplay olmagan, ammo tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnoma (super-kontrakt) asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali o‘quv jarayonlari boshlangandan so‘ng onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi. ❗️Imtihondan yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlaro'z hohishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin. Batafsil... 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

  • 16:0320 тыс52

    видео или голосовое, без подписи

  • 16:0320 тыс47

    🔥 MANDAT CHIQDI! ENDI GAZNI BOSISH VAQTI! 🎓 DTM BALINGIZ BILAN IMTIHONSIZ TALABA BO‘LING! Davlat universitetiga kira olmadim deb siqilmang! 😎 Siz izlagan imkoniyat — Tashkent Perfect Universityda! 💥 ENG ZO‘R UNIVERSITETDA — ENG ARZON KONTRAKTDA O‘QING! 💰 Eeeeng Arzon kontrakt bizda — bemalol surishtirib ko‘ring! 😉 🔥 Hammaning tanloviga aylangan xalq ishonchini qozongan universitet! 🔥 Nega aynan Perfect? 🎓 TOP 30 ga yaqin talab yuqori yo‘nalishlar 💰 75+ hamkor kompaniyadan grant va stipendiyalar 🚀 Hamkor kompaniyalarda karyerani boshlash imkoniyati 🇬🇧 London’da o‘qib, 2 ta diplom olish 🌍 Xalqaro grantlar bilan xorijda o‘qish imkoniyati 🏠 1500 kishilik zamonaviy talabalar turar joyi ⏰ Vaqtni boy bermang — bugunoq Perfect talabasi bo‘ling! 🎓 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: qabul.tpu.uz 📞 (77) 129-29-29 📱 Telegram | 📸 Instagram | 🌐 Web sayt 🚀 Tashkent Perfect University — tanlov sizniki, kelajak sizniki!

  • 15:3118,9 тыс92

    ​Xususiy oliygoh tanlashda nimalarga eʼtibor berish kerak? Hozirgi kunda xususiy oliygohlar soni ham ularga boʻlgan talab ham yuqori darajada, keling xususiy universitet tanlashdagi muhim jihatlarni gaplashamiz. 1. Litsenziya: Siz oʻqimoqchi boʻlayotgan universitet davlat tomonidan berilgan litsenziyaga ega boʻlishi lozim. 2. HEMIS tizimi: Siz oʻqimoqchi boʻlayotgan xususiy universitet HEMIS tizimiga ulangan boʻlishi kerak. Bu esa sizning davlat oliygohlari kabi bir xil diplom olishingizni ta'minlaydi. 3. Bino va sharoitlar: Universitetning oʻz binosiga ega yoki yoʻqligini aniqlashingiz kerak. Shuningdek, unda yaratilgan sharoitlar bilan tanishish lozim. 4. Professor va oʻqituvchilar: Universitetda dars beruvchi ustozlarning salohiyatidan xabardor boʻlishingiz kerak chunki bu sizning sifatli taʼlim olishingizni belgilaydi. Universitet va oʻzingiz xohlagan yoʻnalish tanlashda adashmang chunki bu sizning kelajagingizni belgilaydi. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

  • 14:5917,6 тыс32

    ❓ DTMdan 56,7 ball oldingizmi? Unda Toshkent amaliy fanlar universitetida o‘qish imkoniyatini ko‘rib chiqing! ✅ 56,7+ ball — ichki imtihonlarsiz talaba bo‘lish imkoniyati; ✅ 130+ ball — qo‘shimcha chegirmalarga ega bo‘lish imkoniyati. Eng muhimi, DTMda to‘plagan balingizdan foydalanib, oliy ta’limni boshlashingiz mumkin. 🎓 Toshkent amaliy fanlar universiteti — abituriyentlar uchun yangi imkoniyat. 📲 Havola orqali roʻyxatdan oʻting. Instagram | Veb-sayt | YouTube | Reklama

  • 13:3918,7 тыс156

    ⚡️SUPER-KONTRAKTDA O‘QIMOQCHI BO‘LGAN ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! Xabaringiz bor, bugun davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha yakuniy mandat natijalari e’lon qilindi. Afsuski, ayrim abituriyentlar talabalikka tavsiya etilmadi. ❓ Hozirda ko‘pchilik abituriyentlardan “Super-kontrakt asosida o‘qisam, qancha to‘layman?” degan savollar kelmoqda. 📌 Endi buni aniqlash juda oson! 🤖 Quyidagi botga abituriyentning ID raqami yoki qaydnomasini yuboring. Bot siz uchun super-kontrakt miqdorini avtomatik hisoblab beradi. 👉 @superkontrakt_bot 👉 @superkontrakt_bot 👉 @superkontrakt_bot

  • 13:0919,3 тыс52

    видео или голосовое, без подписи

  • 13:0919,9 тыс51

    видео или голосовое, без подписи

  • 13:0919,3 тыс51

    видео или голосовое, без подписи

  • 13:0917,6 тыс51

    видео или голосовое, без подписи

  • 13:0916,7 тыс52

    Har bir abituriyent bilishi kerak bo'lgan 5 ta foydali sayt Qabul jarayonida vaqtni tejash va ishonchli ma'lumot olish uchun quyidagi platformalardan foydalaning: 1️⃣my.uzbmb.uz https://my.uzbmb.uz Test natijalari, mandat va shaxsiy kabinetni kuzatish. 2️⃣ edu.uz https://edu.uz OTMlar, ta'lim tizimi va rasmiy yangiliklar. 3️⃣mandat.uz https://mandat.uz O'tish ballari, OTMlar va ta'lim yo'nalishlari bo'yicha foydali ma'lumotlar. 4️⃣abt.uz https://abt.uz Abituriyentlar uchun testlar, qabul yangiliklari va tahliliy ma'lumotlar. 5️⃣ Qarshi xalqaro universiteti (KIU) https://kiu.uz Qabul, ta'lim yo'nalishlari, grant imkoniyatlari va hujjat topshirish bo'yicha rasmiy ma'lumotlar. 💾 Ushbu postni saqlab qo'ying va abituriyent do'stlaringizga ham ulashing. Balki aynan shu saytlar ularga to'g'ri tanlov qilishda yordam berar! qabul.kiu.uz 📞 (55)-055-99-44 📞 (55)-500-99-44 🌐Sayt  📱Telegram📱Instagram  📱Facebook📱YouTube

  • 12:3320 тыс164

    ❓1-kursga qabul qilinganlar yotoqxonaga qachondan ariza topshirishi mumkin? 📃Davlat oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar turar joyiga joylashish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qarori bilan belgilangan. Unga ko‘ra, talabalar turar joyiga joylashish uchun arizalar har yili 1-avgustdan o‘quv yili yakuniga qadar qabul qilinadi. Birinchi kurs talabalari esa talabalikka tavsiya etilganidan keyin yotoqxonaga ariza topshirishi mumkin. 👉 Arizalar my.gov.uz orqali yoki Davlat xizmatlari markazlarida elektron shaklda topshiriladi. 🔍 Shu bilan birga, mandat natijalari e’lon qilinganidan keyin birinchi kursga tavsiya etilgan talabalar haqidagi ma’lumotlarni tegishli axborot tizimlariga yuklash jarayoni amalga oshiriladi. Shu sababli ayrim talabalar hozircha my.gov.uz orqali ariza topshirishda “foydalanuvchi ma’lumotlar bazasida mavjud emas” mazmunidagi xabarga duch kelishi mumkin. 📌 Agar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lsa-yu, biroq yotoqxonaga ariza topshirishda uning ma’lumotlari chiqmasa, bu ma’lumotlar tizimga hali to‘liq yuklanmagan bo‘lishi mumkin. Bunday holatda ma’lumotlar tizimda aks etishini kutib, keyin qayta urinib ko‘rish mumkin. Ya’ni, bir-ikki kunda ariza berishingiz mumkin. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

  • 12:0213 тыс21

    🧐 Mandat kutilgandek bo'lmadimi? Bu — bir yilni yo‘qotish kerak degani emas! 🎓 Agar siz DTM’dan 56.7 va undan yuqori ball to‘plagan bo‘lsangiz, Afrasiab University’da IMTIHONSIZ talaba bo‘lish imkoniyatiga egasiz! 56.7 dan past bo'lsa, online ichki imtihon orqali talaba bo'ling! — Ortiqcha stresssiz — Qo‘shimcha imtihonsiz — Qulay ta’lim shakllari bilan Bugungi imkoniyatni ertaga qoldirmang. O‘zingizga yana bir imkoniyat bering va talabalik sari ishonchli qadam tashlang! 👉Afrasiab University — kelajagingizni bugundan boshlang! 📱 Online hujjat topishirish Telegram | lnstagram

  • 11:3219,6 тыс31

    видео или голосовое, без подписи

  • 11:0219,9 тыс41

    ⚡️UzBMB natijasi bilan talaba bo'ling! Prezident qarori bilan tashkil etilgan Turkiy davlatlar xalqaro universitetida DAVLAT GRANTI asosida talaba bo‘lish imkoniyati mavjud. 📌 UzBMB testida 60 ball to‘plash yoki universitetning ichki imtihonlarida ishtirok etish orqali quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olishingiz mumkin: ➖ Davolash ishi ➖ Kompyuter injiniringi ➖ Elektr muhandisligi ➖ Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ➖ Oziq-ovqat texnologiyasi 💰 Kontrakt narxlari 12 mln so‘mdan boshlanadi. 📲 Ro'yxatdan o'tish: https://qabul.tdxu.uz/register 📞 Call-markaz: +998-71-230-74-74

  • 10:3221,7 тыс482

    ⚡️Talabalikga tavsiya etilganlar quyidagi hujjatlarni OTMga taqdim etadi. ➖ Rektor nomiga ariza (OTMda yoziladi); ➖ Pasport yoki ID karta nusxasi (asli koʻrsatilgan holda); ➖ Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi; ➖ Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (mavjud bo‘lsa) asli; ➖ 3,5x4,5 foto surat 6 ta; ➖ Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun imtiyoz beruvchi hujjatning aslini; ➖ Roʻyxatdan oʻtkazilgandagi abituriyent qayd varaqasi; ➖ Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel); ➖ Konvert A5 formatida. ❗️Hujjatlarni rangli printirdan chiqarilgan nusxasi so‘ralmoqda. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!