tgindex
Ta'lim nazorati

Ta'lim nazorati

Статистика

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Последний пост
16:04
Последнее чтение
09:15
Постов за неделю
47
Всего постов
153
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
195 986
+3 115 за 4 дн.
Сутки
−7 593
−3,73%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
31,9 тыс
40 постов
Вовлечённость
16,3%
к подписчикам
Постов в день
6,7
всего 153
Упоминаний
255
каналов
Охват размещения
по 3 постам
1/24сутки в ленте
39 315
1/48двое суток
42 229
1/72трое суток
45 545

Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.

Посты

  • 16:0413,8 тыс140

    видео или голосовое, без подписи

  • 07:3726 тыс595

    ❓O‘qishga kirolmaganlar uchun qanday imkoniyatlar bor? 1️⃣ Birinchi imkoniyat — vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha qabul tanlovi: Davlat OTTlaridagi bo‘sh (vakant) qolgan o‘rinlar tanlovida 2 toifadagi abituriyentlar ishtirok etishi mumkin: 🔹 Test sinovlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, ammo kvota doirasida talabalikka tavsiya etilmaganlar; 🔹 Ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlar. 2️⃣ Ikkinchi imkoniyat — tabaqalashtirilgan (super) kontrakt: Davlat OTTlarida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati mavjud. Vakant o‘rinlar uchun tanlov yakunlangach (taxminan 1 haftadan so‘ng), super-kontrakt bo‘yicha ariza topshirish platformasi ochiladi va aniq ma’lumotlar e’lon qilinadi. 3️⃣ Uchinchi imkoniyat — qo‘shma ta’lim dasturlari: Davlat OTTlarining xorijiy universitetlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlari orqali o‘qish mumkin. Qabul jarayonlari har bir muassasa tomonidan alohida tashkil etiladi. Ma’lumotlarni OTTlarning rasmiy saytlari orqali aniqlashtirish mumkin. 4️⃣ To‘rtinchi imkoniyat — nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari: Litsenziyaga ega nodavlat OTTlarda tahsil olish imkoniyati bor. Qabul jarayonlari har bir muassasa tomonidan mustaqil olib boriladi va sentyabr oyi oxirigacha davom etadi. 5️⃣ Beshinchi imkoniyat — xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va filiallari: O‘zbekistondagi xorijiy OTTlar filiallarida yoki xorijdagi OTTlarda o‘qish mumkin. Qabul talablari va muddatlari har bir oliygoh tomonidan alohida belgilanadi (qabul sentyabr oyi oxirigacha davom etadi). 6️⃣ Oltinchi imkoniyat — texnikumlar: Texnikumlarda 2–2,5 yil davomida zamonaviy kasb-hunar egallash mumkin. Bitirgach: 🔹 To‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat bozoriga kirib, o‘z sohasi bo‘yicha ishlash; 🔹 A’lo baholar bilan tamomlab, suhbat asosida OTTlarning 2-kursidan o‘qishni davom ettirish imkoniyati mavjud. Qabul 10-avgustdan boshlangan bo‘lib, 10-sentyabrgacha my.edu.uz platformasi orqali hujjat topshirish mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

  • 07:0118,7 тыс20

    🌱 UBS × MIT Open Learning: ta’lim imkoniyatlarining yangi darajasi Xalqaro hamkorlik talabalarga real foyda keltira olgandagina haqiqiy qiymatga ega. UBS va Massachusetts Institute of Technology tarkibidagi MIT Open Learning bilan hamkorligi aynan shunday natijani namoyon etmoqda. Bu shunchaki dunyoga mashhur institut nomining hamkorlar ro‘yxatida turishi emas, balki talabalarimizga o‘qish davridayoq taqdim etiladigan real ta’lim imkoniyatlaridir. Ushbu hamkorlik va u yoshlar uchun ochadigan eshiklar haqida batafsil videodan bilib oling. ⚡️UBSda qabul davom etmoqda. U taqdim etayotgan imkoniyatlardan foydalanish uchun hujjatlarni topshirishga shoshiling! Onlayn hujjat topshirish:qabul.ubsu.uz 💎qabul ofislari 💎Litsenziya (№ 1008764) 💎 Murojaat uchun: +998555202626, @ubsuzbekistan_bot 🏛UBS bilan talabalikka yo‘l oching! Rasmiy sahifalarimiz: 😊Telegram |😊Instagram |😊Linkedin 😊Facebook |😊YouTube |😊ubsu.uz

  • 15 авг.29,9 тыс237

    ❓Natijasidan norozi abituriyentlar qachon va qayerga apellatsiya beradi? 📌 Kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 15-avgustdan 24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin. 🔹Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim. 🔹Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. 🔹Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak. Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2026-yil 19-avgustdan boshlanadi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

  • 15 авг.27,9 тыс57

    видео или голосовое, без подписи

  • 15 авг.27,1 тыс56

    видео или голосовое, без подписи

  • 15 авг.27,7 тыс56

    видео или голосовое, без подписи

  • 15 авг.27,1 тыс56

    #TURK_TILI_SERTIFIKATI #BAKALAVR #MAGISTRATURA #DOKTARANTURA Bizda online TURK TILI kurslari 100% natija kafolatlangan. 🔎Nima uchun aynan Dilfuzaxon ustoz bilan: ➖ O‘z kasbining bilimdoni; ➖ Haqiqiy pedagok motivatsiya beruvchi; ➖ Sifatli talimda o‘quvchilari 0 dan 3 oyda C1 darajaga erishgan; ➖ O‘rganishga qulay oson metodlar yaratgan. 🫵Siz ham shunday ustozda o‘qish istagingiz bormi!? 2026-yilda natijalar rekord darajasiga yetdi! Yanvar rekord C1 darajalar oyi Fevral super natijalar Mart bomba natijalar Aprel eng yuqori natijalar Oktabr-Noyabr oylarida sertifikatni naqd qilmoqchi bo'lsangiz, hoziroq biz bilan boshlang! 👉 Ushbu havola orqali darslarimiz tartibi va ustoz haqida barcha ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin. Murojaat👇 https://t.me/Sevgili_Turkchem55 @Sevgiliturkchem_admini +998880505151

  • 15 авг.30,9 тыс403

    ⚡️“Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilindi 📌Xabaringiz bor, joriy yilning iyul-avgust oylarida “Jasorat maktablari”ga kirish uchun ikki (test, jismoniy tayyorgarlik) bosqichli imtihonlar boʻlib oʻtgan edi. Mazkur sinovlar yakuniy natijalari bilan quyidagi fayl orqali tanishishingiz mumkin. ✔️Izoh: roʻyxatdagi alohida rang belgilari quyidagi maʼnoni anglatadi: 🟢 yashil rang — oʻqishga qabul qilingan; ⚪️ oq rang — oʻqishga kirishga tavsiya etilmagan. ✈️Bugun soat 23.00 dan boshlab, natijalarni “Shaxsiy kabinet” orqali ham bilib olishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

  • 15 авг.26,9 тыс42

    ❓Men taʼlim tili o‘zbek tili boʻlgan sinflarga Rus tili fanidan dars beraman. Yaqinda TRKI xalqaro sertifikatidan C1 darajani qo‘lga kiritdim. Rus tili fanidan milliy tan olingan sertifikat hamda TRKI sertifikati uchun imtiyoz berilishida qanday farqlar mavjud? 📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-134-sonli Farmonining 9-bandiga muvofiq, TRKI sertifikati uchun 50 foiz miqdorida ustama toʻlanadi. Mazkur qarorga koʻra, Milliy tan olingan sertifikatga (rus tili va adabiyoti) ega hamda taʼlim tili oʻzbek tili (yoki boshqa qardosh tillarda) boʻlgan sinflarga Rus tili fanidan dars beruvchi pedagoglarga 20 foiz miqdorida ustama toʻlanadi. 📝 Milliy tan olingan rus tili va adabiyoti sertifikatidan B+ va undan yuqori natija qayd etgan pedagoglar, majburiy attestatsiya davri kelganda, murojaat yuborishda —majburiy malaka sinov turini tanlab ariza yuborganda, birinchi bosqich sinovlaridan maksimal ball taqdim etiladi. 💸 Ushbu imtiyoz TRKI sertifikatiga nisbatan tatbiq etilmaydi. Asos: Vazirlar Mahkamasining VM-572-sonli qarori. ❓Men bahorgi attestatsiyada majburiy tartibda ishtirok etganman. Unda 86 ball to‘plab, 70 foizlik maxsus ustamani qo‘lga kiritganman. Kuzgi attestatsiyaga malaka toifamni yana bir pog‘onaga ko‘tarish uchun hujjat topshirmoqchiman. Agar bu safar imtihonda 86 balldan kam to‘plasam, 70%lik ustamam bekor qilinadimi? ☑️ Amaldagi qonunchilikka ko'ra, navbatdan tashqari attestatsiyada pedagog past ball olsa, uning amaldagi toifasi ham, unga biriktirilgan mavjud moliyaviy imtiyozlari va erishilgan ustamalari bekor qilinmaydi. ✈️ Siz kuzgi malaka sinovlariga navbatdan tashqari shaklda ishtirok etib, 86 balldan past natija qayd etsangiz ham, 70 foizlik ustama belgilangan muddat (2 yil) tugagunga qadar to'lab beriladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

  • 15 авг.25,2 тыс100

    Toshkent amaliy fanlar universitetida DTM natijasi bilan talaba bo‘lish imkoniyati mavjud DTM test sinovlarida 56,7 ball va undan yuqori natija qayd etgan abituriyentlar Toshkent amaliy fanlar universitetiga ichki imtihonlarsiz o‘qishga qabul qilinish imkoniyatiga ega. Shuningdek, 130 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlarga qo‘shimcha chegirmalar taqdim etiladi. DTMdagi natijangizni oliy ta’lim olish imkoniyatiga aylantiring! 📲 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havolaga bosing. 📌 Batafsil ma’lumot uchun universitetning rasmiy sahifalariga murojaat qilishingiz mumkin. Instagram | Veb-sayt | YouTube

  • 15 авг.32,4 тыс1 265

    ❓Talabalikka qabul qilinganlar OTMga qanday hujjatlar berishi kerak? 📑Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan birinchi kurs talabalaridan ta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni topshirishi talab qilinadi. 1. Rektor nomiga ariza; 2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda); 3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi; 4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa) 5. 3,5×4,5 foto 12 ta; 6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel); 7. Konvert A5 formatida; 8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar) uchun ariza (kerak bo‘lsa); 9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun imtiyoz beruvchi hujjatning asli (agar bo‘lsa). 📌Ma'lumot uchun, nodavlat oliygohlarning tartibi davlat oliygohlaridan biroz farq qilishi mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

  • 15 авг.29,6 тыс74

    🎓 Mandat natijasidan ko‘nglingiz to‘lmadi? Bu hali yakun emas! 💙 Talabalik orzuingizni birgina natija bilan to‘xtatib qo‘ymang. Osiyo Xalqaro Universitetida siz uchun yangi imkoniyatlar ochiq! ✅ DTM natijangiz orqali imtihonsiz talaba bo‘lish imkoniyati ✅ 90+ ta ta’lim yo‘nalishi ✅ Buxoro va Xorazm filiallari ✅ Xalqaro ta’lim va amaliyot imkoniyatlari ⏳ Qabul o‘rinlari to‘lib bormoqda! O‘z imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang. 😉 Mandat — yakun emas. Talabalik sari yana bir imkoniyat bor! Ro’yxatdan o’tish uchun: qabul.oxu.uz Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 📍Buxoro filiali: +998553050009|Online murojaat 📍Xorazm filiali: +998553100009|Online murojaat

  • 15 авг.36,9 тыс756

    ❓1-kursga qabul qilinganlar yotoqxonaga qachondan ariza topshirishi mumkin? 📃Davlat oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar turar joyiga joylashish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qarori bilan belgilangan. Unga ko‘ra, talabalar turar joyiga joylashish uchun arizalar har yili 1-avgustdan o‘quv yili yakuniga qadar qabul qilinadi. Birinchi kurs talabalari esa talabalikka tavsiya etilganidan keyin yotoqxonaga ariza topshirishi mumkin. ✈️Arizalar my.gov.uz orqali yoki Davlat xizmatlari markazlarida elektron shaklda topshiriladi. 🔍 Shu bilan birga, mandat natijalari e’lon qilinganidan keyin birinchi kursga tavsiya etilgan talabalar haqidagi ma’lumotlarni tegishli axborot tizimlariga yuklash jarayoni amalga oshiriladi. Shu sababli ayrim talabalar hozircha my.gov.uz orqali ariza topshirishda “foydalanuvchi ma’lumotlar bazasida mavjud emas” mazmunidagi xabarga duch kelishi mumkin. 📌Agar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lsa-yu, biroq yotoqxonaga ariza topshirishda uning ma’lumotlari chiqmasa, bu ma’lumotlar tizimga hali to‘liq yuklanmagan bo‘lishi mumkin. Bunday holatda ma’lumotlar tizimda aks etishini kutib, keyin qayta urinib ko‘rish mumkin. Ya’ni, bir-ikki kunda ariza berishingiz mumkin. Batafsil: https://talimxabarlari.uz/77101/ ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

  • 15 авг.33,6 тыс133

    видео или голосовое, без подписи

  • 15 авг.36,8 тыс133

    видео или голосовое, без подписи

  • 15 авг.33,4 тыс133

    видео или голосовое, без подписи

  • 15 авг.31,9 тыс134

    видео или голосовое, без подписи

  • 15 авг.31,1 тыс135

    видео или голосовое, без подписи

  • 15 авг.29,2 тыс135

    #Admission2026 DTM ballingiz bilan Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga hujjat topshiring UZBMB (DTM) test sinovlarida to‘plagan ballaringiz asosida Toshkent, Samarqand yoki Namangan kampusiga hujjat topshirishingiz mumkin. Kerakli hujjatlar: — pasport yoki ID-karta; — attestat yoki diplom; — UZBMB (DTM) natijasi ko‘rsatilgan sertifikat. DTM natijasi bilan ro‘yxatdan o‘tish faqat oflayn — Qabul komissiyasida amalga oshiriladi. 📍 Toshkent: Shota Rustaveli ko‘chasi, 156-uy 📍 Samarqand: H. Abdullayev ko‘chasi, 63-uy 📍 Namangan: Chortoq ko‘chasi, 75A-uy Toshkent kampusi: +998 78 129 40 40 (ichki raqam: 1) Onlayn qabul: admission.kiut.uz