MAKTAB️
СтатистикаUshbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
- Последний пост
- 09:44
- Последнее чтение
- 17:45
- Постов за неделю
- 13
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 14 102
- 1/48двое суток
- 18 615
- 1/72трое суток
- 20 076
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
⚡️MANDAT CHIQDI ⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer sahifasiga kirib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
⚡️SINF RAHBARILIGI NIZOM BO’YICHA KIMLARGA BERILISHI KERAK 🔹maktabda asosiy ishchi sifatida ishlaydigan (o’rindoshlarga mumkin emas) 🔹boshqaruvchanlik qobilyatiga ega bo’lgan 🔹o’quvchilar bilan ishlash jarayonida mas’uliyat bilan yondasha oladigan 🔹boshlang’ich sinflarda sinf rahbarligi boshlang’ich sinfga biriktirilgan (ona tili, o'qish, matematikadan dars beruvchi) o’qituvchilarga yuklatiladi. Asoslar: 👇 👩💻MMTV ning 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘i 👩💻MMTVning 2025-yil 25-avgust kungi 308-sonli buyrug‘i 👩💻MMTVning 2025-yil 23-oktabrdagi 398-soni buyrugʻi 👩💻Adliya vazirligidan 2020-yil 30-iyun 3271-son bilan ro‘yhatdan o‘tkazilgan nizom. 💰Moliyachi bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
⚡️YANGI OʻQUV YILI UCHUN HUJJATLARIMIZ TAYYOR BOʻLDI! Hujjatlarimiz amaldagi qarorlar asosida tuzilgan boʻlib, oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlar chiqarib tashlangan. Hujjatlarimiz yangi baholash tizimiga (BSB, CHSB) oʻtgan maktablar uchun ham, oʻtmagan maktablar uchun ham mos keladi. 🔹Pedkengash hujjatlari 🔹Metodbirlashma hujjatlari 🔹Rahbar xodimlarning yillik ish rejasi 🔹Maktabning yillik ish rejasi Hujjatlarni sotib olish uchun quyidagi tugmalarni bosing: 👉@hujjatlar_mutahasisi
⚡️️O‘QITUVCHILARNING FORMASI BO‘YICHA QUYIDAGI TALABLAR MAVJUD. - jamoa a’zolari ish vaqtida erkin harakatlanish uchun qulay va estetik did bilan kasbga mos holda kiyinishlari - kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi hamda kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi erkaklar mavsumga qarab – klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), ko‘ylak (oq, havorang va shu kabi), bo‘yinbog‘, poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi ayollar mavsumga qarab – klassik uslubdagi yubka, kostyum-yubka (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), tanani ochiq ko‘rsatib turmaydigan kofta (oq, havorang va shu kabi), ko‘ylak, past poshnali poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi (Muassasa ustavi bilan ta’lim muassasasi rahbariyati va pedagog xodimlari formasining rangi va qo‘shimcha belgilariga mazkur nizom talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.) - umume’tirof etilgan milliy an’analarga, shakllarga va ma’naviy-axloqiy tarbiyaga zid kelmaydigan yoki sport (dars jarayonida maxsus yoki sport kiyimida jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari o‘qituvchilarining yurishiga ruxsat beriladi, shuningdek, ta’lim muassasasi hududida o‘tkaziladigan turli sport va ko‘ngilochar tadbirlar bundan mustasno) kiyimlarida bo‘lmasligi talab etiladi. Xodimlarning tashqi ko‘rinishi bo‘yicha quyidagi talablar belgilanadi: - tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirilmagan yoki pirsing qilinmagan bo‘lishi, sochi tartibga keltirilgan va yorqin (g‘ayrioddiy) ranglarga bo‘yalmagan bo‘lishi ayollar quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki metall buyumlar taqib yurmasligi, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada pardoz qilmasligi, tirnog‘ini uzun qilib o‘stirmasligi talab etiladi. 💰Oylik bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
видео или голосовое, без подписи
⚡️Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya fanini kim o‘qitishi kerak? Vazirlik izoh berdi Avvalroq, xalqtaliminfo.uz’da boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya fanidan dars berish masalasiga doir maqola e’lon qilingandi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur maqola yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Vazirlikning ma’lum qilishicha, mazkur talab boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda taʼlim va tarbiya sifatini oshirish hamda dars soatlari taqsimotidagi kelishmovchiliklarga chek qo‘yish maqsadida kiritilgan. Shu sababli boshlang‘ich sinflarda dars berish nafaqat muayyan fan bo‘yicha bilimga, balki aynan shu yoshdagi bolalar bilan ishlash metodikasiga ega bo‘lishni ham talab etadi. Vazirlikning ta’kidlashicha, boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya metodikasi bo‘yicha ta’lim olgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari ham 1–4-sinflarda dars o‘tish huquqiga ega. Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1691 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
⚡️YANGI O‘QUV YILIDAN DARS TAQSIMOTI QUYIDAGICHA BO‘LADI. Adliya vazirligidan 2025-yil 28-oktyabr kuni 3271-1-raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan qo'shma qarorga ko'ra. Dars soatlari setkasi pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, har yili 15-sentabrga qadar o‘qituvchilarga dars soatlari quyidagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi: Bu jarayon 2026-yil 1-avgustdan amalda. 🔹oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra); 🔹dars beradigan fanidan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻqituvchilar (sertifikatning belgilangan darajasi va amal qilish muddatiga koʻra); 🔹birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra); 🔹ikkinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra); 🔹oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar; 🔹qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar (o‘qituvchida qayta tayyorlash mutaxassisligi boʻyicha mazkur bandning ikkinchi – oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ko‘rsatkichlardan biri yoki bir nechtasi mavjud bo‘lganda taalluqliligiga koʻra tegishli ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lgan oʻqituvchilar bilan teng ustuvorlikka ega bo‘ladi); 🔹oʻrindoshlik asosida ishlayotgan oliy maʼlumotli oʻqituvchilar; 🔹oliy taʼlim muassasalarining pedagogika yoʻnalishi boʻyicha uchinchi va undan yuqori kurs talabalari; 🔹oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega oʻqituvchilar (faqat boshlangʻich sinflarda dars beruvchi oʻqituvchilar uchun); 🔹oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari. 🔹Boshlangʻich sinflarda oʻqitiladigan fanlar boʻyicha dars soatlarini taqsimlashda oʻqituvchilarning boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga egaligi yoki tegishincha ushbu fanni boshlangʻich sinflarda oʻqitish metodikasi bo‘yicha ta’lim olganligi inobatga olinadi. 🔹Umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan dars soatlari qayta taqsimlanishi mumkin. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
#Rasman Rasman DAVLAT XALQARO UNIVERSITETida CEFR B1 yoki IELTS 5.0 sertifikati bilan talaba bo'lishingiz mumkin. 📌 Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan davlat xalqaro universiteti — Farmatsevtika Texnik Universitetida qabul davom etmoqda. ➡️Xalqaro farmatsiya ➡️Biokimyo ➡️Biotibbiyot ➡️Sanoat farmatsiyasi va kosmetika 🔹Biznes menejment 🔹Biznes data analitika 🇬🇧 Darslar to‘liq ingliz tilida olib boriladi. 🎓Bitiruvchilar Buyuk Britaniyaning De Montfort University va University of Sunderland oliygohlari diplomiga ega bo‘lishadi. Qabul 15-sentyabrgacha davom etadi. Arizalar SHU YERDA qabul qilinmoqda. 📞 Murojaat uchun: +998 55-900-05-00 🌐 www.ptu.uz ❤️ t.me/ptuuz
⭕️⭕️⭕️ ⚡️2026-2027 O'QUV YILIDA O'TKAZILADIGAN MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIRLAR REJASI HAMDA PSIXOLOGNING YILLIK ISH REJASI TASDIQLANDI MMTVning 2026-yil 6-avgustdagi 288-sonli buyrug'i 💰Moliyachi bot O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!✅️ 👇👇👇👇👇👇 https://t.me/uqituvchiga_hujjat
⚡️Toshkent shahridagi ayrim xususiy maktablarning 2026/2027-oʻquv yili uchun narxlari: ➖ Global Elite School — oyiga 3,1 mln soʻmdan 4,1 mln soʻmgacha. ➖ Wisdom School — oyiga 4,4 mln soʻm. ➖ Intello School — oyiga 4,5 mln soʻmdan 6 mln soʻmgacha. ➖ Salam International School — oyiga 4,5 mln soʻmdan 7 mln soʻmgacha. ➖ Evrika — oyiga 4,6 mln soʻmdan 6,2 mln soʻmgacha. ➖ Lumos Mind — oyiga 4,8 mln soʻm. ➖ UK School of Tashkent — oyiga 5 mln soʻm. ➖ Nshtein School — oyiga 5 mln soʻm. ➖ Wise School — oyiga 5 mln soʻm. ➖ Rahimov School — oyiga 5,1 mln soʻmdan 6,5 mln soʻmgacha. ➖ Little Harvard — oyiga 5,2 mln soʻmdan 7 mln soʻmgacha. ➖ “Vselennaya znaniy” — oyiga 5,3 mln soʻm. ➖ Cool Kids — oyiga 5,5 mln soʻm. ➖ Al Beruniy International School — (maʼlumot tekshirilishi kerak). ➖ International Goldstars School — oyiga 5,9 mln soʻmdan 8,7 mln soʻmgacha. ➖ Euroasia School — oyiga 6 mln soʻm. ➖ Humo School Academy — oyiga 6 mln soʻmdan 7 mln soʻmgacha. ➖ Oriental School of Tashkent — oyiga 6 mln soʻm. ➖ Vosiq International School — oyiga 6,592 mln soʻmdan 8,652 mln soʻmgacha. ➖ Mezon Inspiring School — oyiga 6,9 mln soʻm. ➖ Smart School — davlat dasturi boʻyicha oyiga 6,9 mln soʻm; Cambridge dasturi — oyiga $825–1 050. ➖ “Shkolnaya Akademiya” — oyiga 7 mln soʻm. ➖ Profi School — oyiga 7,222 mln soʻmdan 10 mln soʻmgacha. ➖ Happy Time — oyiga 7,8 mln soʻm. ➖ Diplomat International School — oyiga 7,9 mln soʻmdan 9,8 mln soʻmgacha. ➖ Sehriyo — oyiga 7,9 mln soʻm. ➖ Wunderkind Study — oyiga 8,4 mln soʻm. ➖ Bek School Future Education — oyiga 8,5 mln soʻm. ➖ Oxbridge International School — oyiga 8,5 mln soʻmdan 25 mln soʻmgacha. ➖ Intellect — oyiga 8,6 mln soʻm. ➖ Leader School — oyiga 9,6 mln soʻmdan 12,5 mln soʻmgacha. Yillik toʻlovli maktablar: ➖ International Talent Academy — yiliga 133,5 mln soʻmdan 207,5 mln soʻmgacha. ➖ Westminster International School — yiliga 155,05 mln soʻmdan 262,3 mln soʻmgacha. ➖ The British School — yiliga 173,28 mln soʻmdan 328,444 mln soʻmgacha. ➖ Invento the Uzbek International School — yiliga 178,8 mln soʻmdan 246 mln soʻmgacha. ➖ Cambridge International School — yiliga 208,818 mln soʻmdan 323,001 mln soʻmgacha. ➖ Tashkent International School — yiliga $23 000 dan $33 000 gacha. ⚠️Eslatma: ayrim maktablarda narx sinf, taʼlim dasturi, taʼlim tili yoki filialga qarab farq qiladi. Kirish va roʻyxatdan oʻtish badallari oʻqish toʻlovidan alohida boʻlishi mumkin. Maʼlumotlar 2026-yil 6-avgust holatiga. Manba: Afisha.uz 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
⚡️️O‘QUVCHINING BAHOLAR TABELI QUYIDAGICHA YURITILADI. O‘quvchining elektron baholar tabeli “emaktab.uz” platformasida yuritiladi. Elektron baholar tabeliga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi: o‘quvchining familiyasi, ismi, sharifi; tug‘ilgan sanasi; ta’lim olayotgan maktabi va sinfi; o‘quv yili va o‘quv fanlari; chorak, yillik baholari, yakuniy nazorat bali, yakuniy bahosi; maktab direktori va sinf rahbarining familiyasi, ismi, sharifi hamda baholar tabeli tasdiqlangan sanasi. Elektron baholar tabeliga kiritilgan ma’lumotlar va baholarning haqqoniyligi uchun maktab direktori javobgar hisoblanadi. Elektron baholar tabeli “emaktab.uz” platformasi orqali maktab direktori tomonidan har o‘quv yili yakunida shakllantiriladi va yuklab olinib elektron shaklda kompyuterda saqlanadi. Zaruratga ko‘ra, o‘quvchi boshqa maktabga ko‘chirilganda ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasiga binoan elektron baholar tabeli o‘quv yili davomida ham shakllantirish mumkin. Elektron baholar tabeli 2024-2025-o‘quv yiliga qadar qog‘oz shaklida yuritilgan o‘quvchilarning baholar tabeliga tikib boriladi. ⚠️Baholar tabelini avvalgiday qog'oz shaklida yuritish mumkin emas. Emaktab platformasi "Hisobotlar" bo'limidan "Elektron tabel" bo'limiga kirilib kerakli sinf va o'quvchini tanlanadi. Diqqat! Elektron tabel maktab adminlari tomonidan chop qilinganda QR kodi bilan yuklab olinadi. Boshqa pedagoglarga tabelni o‘zi ko‘rinadi. Asos: MMTV ning 2024-yil 17-maydagi 163-sonli buyrug‘i. Manba: O‘qituvchiga hujjat kanali 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
⚡️2026-2027 O'QUV YILI UCHUN TAYANCH O'QUV REJASI. MMT vazirining 2026-yil 10-apreldagi 133-sonli buyrug'i 💰Oylik bot O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!✅️ 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/uqituvchiga_hujjat
⚡️THE FIRST SCHOOL — РАСШИРЯЕТ СВОЮ КОМАНДУ! 🏫 Современная частная школа и детский сад THE FIRST SCHOOL приглашает в свою команду профессиональных, ответственных специалистов, которые любят детей и хотят развиваться вместе с нами! 🔥ОТКРЫТЫЕ ВАКАНСИИ: В частную школу «The First School»: 👩🏫 Учитель узбекского языка 👩🏫 Учитель русского языка 👩🏫 Учитель китайского языка 👩🏫 Учитель арабского языка 🥋 Тренер по тхэквондо 👶 В детский сад «The First School»: 👩🏫 Воспитатель ⚡️ТРЕБОВАНИЯ К КАНДИДАТАМ: ✔️ Педагогическое или профессиональное образование/опыт работы; ✔️ Ответственность, инициативность и желание развиваться; ✔️ Любовь к детям и умение быстро находить с ними общий язык; ✔️ Знание русского языка. 💎 МЫ ПРЕДЛАГАЕМ: 🔹Работа в современной образовательной среде; 🔹Профессиональный и дружный коллектив; 🔹Возможности для профессионального и карьерного роста; 🔹Стабильную и комфортную рабочую атмосферу. 💰Заработная плата: по результатам собеседования и договорённости. ⏰ График работы: обсуждается на собеседовании. 📍 Адрес: г. Ташкент, Мирзо-Улугбекский район, Миллий бог 50 (УЧХОЗ) 📞 Для связи: +998997922992 +998771144334 💬 Хотите стать частью нашей команды? Свяжитесь с нами — будем рады познакомиться с вами! 🚀THE FIRST SCHOOL — вместе развиваемся, вместе растём!
⚡️KUNDALIK COMDA MAKTAB RAHBARLARINING VAZIFALARI ANIQ BELGILAB BERILGAN Xalq ta’limi vazirining 2О22-уil 24-iyun 205-son buyrug‘iga ko‘ra maktab rаhbаryatining vazifalari quyidagicha etib belgilandi. 👉DIREKTORning vazifalari: O'zbekiston Respublikasining "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida" 2019-уil 2-iyuldagi O'RQ-547-son Qonuni talablariga rioya etish; elektron jurnalni o'z vaqtida yuritish; elektron jurnalga kiritilgan ma'lumotlarga o'zgartirish kiritilishining oldini olish; elektron jurnalni yuritishda, fan o'qituvchilari tomonidan yo'l qo'yilgan, inson omiliga bog'liq xatolarga o'zgartirish kiritish maqsadida tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limiga rasmiy xat bilan murojaat qilish; maktab psixologi lavozimidagi xodimni Platformadagi sinflarga a'zo bo'lganini vа "Psixolog" guruhlarini tuzib, o'quvchilar hamda ota-ona (о'quvchining qonuniy vakili) bilan doimiy muloqotda bо'lishini muvofiqlashtirish; O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining 2021-yil 6-sentabrdagi 284-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Umumiy о'rtа ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlash va arxivlash tartibi haqida nizom" talablariga muvofiq hujjatlarni arxivlashtirishni umumta'lim muassasasining o'zida tashkillashtirishni amalga oshiradi. 👉O‘IBDO‘ning vazifalari: elektron jurnal yagona tizimida muassasaning tizimdagi bosh administrator faoliyatini olib borish; fan o'qituvchilari tomonidan baholash mezoniga doir o'quvchilarni baholash jarayoni faqat dars o'tilgan sananing o'zida olib borilishini nazorat qilish; o'qituvchilar tomonidan hаr bir o'zgartirilgan baholarning sababi vа omillarini aniqlagan holda tegishli hujjatlar to'plamini yig'ib muassasa rahbariga taqdim etish; elektron jurnalni o'z vaqtida vа to'g'ri yuritilishi bo'yicha o'tkazilgan tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan izoh уozib qoldirish; fan o'qituvchilari tomonidan dars rejasiga asosan tegishli mavzu yuzasidan "Darsni ishlab chiqish rejasi"ni tizimga yuklatilganligini nazorat qilishni amalga oshiradi. 👉MMIBDO‘ning vazifalari: fan o'qituvchilari tomonidan olib borilayotgan o'quvchilar davomatini monitoring qilib, kun davomida statistik mа'lumоt to'plab, maktab direktoriga taqdim etilishi; maktab hayotiga doir tadbirlarni "yangiliklar sahifasi" vа "tadbirlar" bо'limida yoritib borilishi; 5 ta muhim tashabbus doirasida umumta'lim muassasalarida tashkil etilgan to'garaklar, seksiyalar vа klublarda o'quvchilarning qamrovini tahlil qilish bilan birgalikda kiritilayotgan ma'lumotlarni monitoring qilib, choraklik hisobot olib borilishini ta'minlaydi. 💰Oylik bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
⚡️AMALDAGI ETIKA QOIDALARIGA KO'RA PEDAGOG VA XODIMLARNING KIYINISHI VA TASHQI KO'RINISHIGA OID QUYIDAGI TALABLAR BELGILANGAN. Pedagog-xodimlar ish vaqtida kasb madaniyati hamda ta’lim muassasalarining Ustavi bilan tasdiqlangan talablarga koʻra kiyinishlari; 🔹kiyimlarning oʻta tor yoki oʻta keng bichimda boʻlmasligi; 🔹kiyimlarning toza va dazmollangan boʻlishi. Maktab Ustavida pedagog-xodimlarning mehnat faoliyati davomida kiyinish madaniyatiga boʻlgan talablar aks ettirilmagan boʻlsa, quyidagilar talab etiladi: erkaklar mavsumga qarab — klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon qadar qora, toʻq koʻk rangdagi), koʻylak (oq, havorang va shu kabi), boʻyinbogʻ, poyabzal (qora rangda boʻlishi tavsiya etiladi) kiyishi; ayollar mavsumga qarab – klassik uslubdagi yubka, kostyum-yubka (imkon qadar qora, toʻq koʻk rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim (imkon qadar qora, toʻq koʻk rangdagi), tanani ochiq koʻrsatib turmaydigan yupqa (harir) boʻlmagan kofta (oq, havorang va shu kabi), koʻylak, past poshnali yoki poshnasiz poyabzal (qora rangda boʻlishi) kiyishi; (Maktab Ustavi bilan taʼlim muassasasi rahbariyati va pedagog-xodimlari formasining rangi va qoʻshimcha belgilariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin). 🔹turli din va konfessiyalar hamda turli submadaniyatlarga mansubligini aks ettiruvchi kiyimlarda boʻlmasligi; 🔹umumeʼtirof etilgan milliy-anʼanalarga va maʼnaviy-axloqiy tarbiyaga zid keladigan yoki sport (dars jarayonida maxsus yoki sport kiyimida jismoniy tarbiya va chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanlari oʻqituvchilarining yurishiga ruxsat beriladi, shuningdek, taʼlim muassasasi hududida oʻtkaziladigan turli sport va koʻngilochar tadbirlar bundan mustasno) kiyimlarida boʻlmasligi lozim. ⚠️Shuningdek, taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining tashqi koʻrinishi boʻyicha quyidagi talablar belgilanadi: tanasining ochiq qismi tatuirovka tushirilmagan yoki pirsing qilinmagan boʻlishi, sochi tartibga keltirilgan va yorqin (gʻayrioddiy) ranglarga boʻyalmagan boʻlishi; erkaklarning soqoli olingan boʻlishi; ayollar quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki metall buyumlar taqib yurmasligi; oʻz faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga sabab boʻladigan holatlarga yoʻl qoʻymasliklari; pedagog-xodimlar huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari bilan tanishib borishi, ularga ogʻishmasdan amal qilishi, mavjud barcha standartlar, bayonlar, tavsiyalardan xabardor boʻlishlari lozim. Asos: MMTV ning 2024-yil 12-iyundagi 187- sonli buyrug‘i 💰Oylik bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
⚡️O'QITUVCHI BO'LIB ISHLASH UCHUN QUYIDAGI MALAKA TAVSIFLARI BO'LISHI SHART 🔹Maʼlumot Oliy, bakalavr diplomiga ega boʻlishi, bunda xorijiy til yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishlari shart (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi). 🔹Mutaxassislik a) boshlangʻich sinf oʻqituvchisi uchun — boshlangʻich taʼlim ixtisosligi boʻyicha kamida oʻrta maxsus pedagogik maʼlumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot va boshlangʻich taʼlim ixtisosligi boʻyicha dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganligi; b) fan oʻqituvchisi uchun — fan yoʻnalishiga toʻgʻri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik maʼlumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot va fan yoʻnalishiga toʻgʻri keluvchi dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganligi yoxud fan yoʻnalishiga (xususiyatiga) toʻgʻri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot va pedagogik faoliyat yuritish huquqi bilan qayta tayyorlov kursini tugatganligi; v) ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maktab-internatlarning ixtisoslashtirilgan fan oʻqituvchisi uchun – kamida birinchi malaka toifasiga ega boʻlishi; Mutaxassislik (oliy pedagogik maʼlumotga egalik afzallik beradi) 🔹Mehnat staji talab etilmaydi 🔹Kompyuter savodxonligi 🔹Qoʻshimcha talablar Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, shuningdek, taʼlim standartlaridan xabardor boʻlishi; Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi). Musiqa madaniyati fani oʻqituvchisi kamida bitta musiqa cholgʻu asbobini chalish koʻnikmasiga ega boʻlishi zarur. Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi yoshiga nisbatan Sport vazirligi tomonidan belgilangan jismoniy tayyorgarlik va sport sinovlarini bajara olish koʻnikmasiga ega boʻlishi talab etiladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq: qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar; qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar; pedagogik faoliyatni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklari boʻlgan shaxslar; psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlarga qabul qilish mumkin emas. Asos: MMTV ning 2026-yil 13-yanvardagi 9-sonli buyrug‘i 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
⚡️DARS JADVALINI TUZIShDA FANLARNING QIYINLIK DARAJASI QUYIDAGIChA 11. Matematika va informatika 10. Ona tili va adabiyot, xorijiy tillar (rus, ingliz, fransuz, nemis tillari) 9. Fizika, kimyo, astronomiya 8. Tarix, huquq, iqtisodiy bilim asoslari 7. Tabiiy fanlar, geografiya, biologiya 6. Tarbiya va maʼnaviyat asoslari 5. Jismoniy tarbiya 4. Texnalogiya 3. Chizmachilik 2. Tasviriy sanʼat 1. Musiqa Dars jadvalini tuzishda ushbu fanlarning qiyinlik darajasini hisobga olish tavsiya etiladi. 💰Oylik bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
⚡️SINF XONALARGA O’QUV JIHOZLARINI (PARTA, STOL-STUL) JOYLASHTIRISHDA QUYIDAGI TALABLARGA RIOYA ETILISHI KERAK Umumta’lim maktablarida maktablarni saqlanishi va o’quvchilarni o’qitilishiga qo’yiladigan sanitar epidemiologik talablar (SanPiN № 0341-16) ga muvofiq sinf xonalaridagi parta stol-stullar quyidagi tartibda joylashtirilishi kerak 2 o’rinli stollar qatoridagi masofa 60 sm dan kam bo’lmasligi kerak; Parta qatorlari bilan tashqi devor orasidagi masofa 50—70 sm; Parta qatorlari bilan ichki devor, to’siq, shkaf orasidagi masofa 50 sm; Oxirgi parta bilan devor orasi 70 sm; Doska bilan birinchi parta orasi 240 sm; Doska bilan oxirgi parta orasidagi masofa 860 sm; Doskani pastki tomoni bilan pol orasidagi masofa 70-90 sm bo’lishi kerak. 💰Oylik bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
⚡️O‘QUVCHILAR SUMKALARI QANCHA OG‘IRLIKDA BO‘LISHI KERAK? 1-sinf misolida videoda ko‘ramiz 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e