Taʼlim kanali
Статистика@Talim_kanali – Ta'lim yangiliklar! Taʼlimga oid eng so'nggi yangiliklarni shu yerda kuzatib borishingiz mumkin! 🤝 Tijoriy hamkorlik: t.me/EduRek/16
- Последний пост
- 12:00
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 8
- Всего постов
- 239
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 8 721
- 1/48двое суток
- 9 994
- 1/72трое суток
- 10 779
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
⚡️ OTMlarda 2026/2027-o‘quv yili uchun super-kontrakt narxlari e’lon qilinmoqda! Ayrim oliygohlar yangi o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) miqdorlarini ochiqlashni boshladi. 🏢 Masalan, Termiz davlat universitetida narxlar quyidagicha: 🟢Boshlang‘ich narx: 29,6 mln so‘mdan; 🟢Eng yuqori narx: 90 mln so‘m (yurisprudensiya, xalqaro munosabatlar hamda davlat va jamiyat boshqaruvi yo‘nalishlari uchun). ❗️ Super-kontrakt bo‘yicha muhim qoidalar: 🟢Vakolat rektorlarda: 2025-yildan boshlab super-kontrakt narxini belgilash OTM rektorlariga berilgan. Shuning uchun narxlar har bir oliygohda turlicha bo‘ladi. 🟢Narx qanday belgilanadi? Qabul chizig‘iga 4,05 balldan ko‘p yetmagan abituriyentlar uchun narxni OTM o‘zi belgilaydi, biroq bu summa oddiy (bazaviy) kontraktning 3 baravaridan kam bo‘lmasligi shart. 🟢Eski tartib bekor qilingan: Kirish imtihonlarida 56,7 balldan kam to‘plagan abituriyentlarga oid eski qoida endi amal qilmaydi (2025-yildagi 578-sonli qarorga asosan). ⚠️ DIQQAT! Super-kontrakt uchun ariza topshirish jarayoni hali boshlangani yo‘q. Arizalar faqat onlayn qabul qilinadi — buning uchun oliygohga borib ovora bo‘lishingiz shart emas. @Talim_kanali — Ta'limdagi eng muhim yangiliklar!
📣 DIQQAT: “Perevod” imtihonlari sanasi ma’lum bo‘ldi! Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat universitetlariga o‘qishini ko‘chirayotgan talabgorlar uchun test sinovlari 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. ⏰ Imtihon vaqtlari (2 smenada): 🟢1-smena: 08:00 dan 11:00 gacha (07:30 gacha tekshiruvdan o‘tib, joyingizga o‘tirishingiz kerak) 🟢2-smena: 15:00 dan 18:00 gacha (14:30 gacha tekshiruvdan o‘tib, joyingizga o‘tirishingiz kerak) ⚠️ Muhim eslatma: Test hududiga imtihon boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin kelish talab etiladi. O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang! 📊 Test sinovi tartibi qanday? 🟢Vaqt: Jami 3 soat (testni ishlash va javoblar varaqasiga belgilash uchun). 🟢Mutaxassislik fanlari: 2 ta fan (har biridan 30 tadan savol). 🟢Majburiy fanlar: 3 ta fan (har biridan 10 tadan savol). 🟢Jami savollar soni: 90 ta. 📥 Ruxsatnomani qayerdan yuklab olamiz? Imtihonga kirish ruxsatnomasini Bilimni baholash agentligining rasmiy sayti — my.uzbmb.uz orqali yuklab olishingiz mumkin. @Talim_kanali — Ta'limdagi eng muhim yangiliklar!
✅ Mandat naijasi e’lon qilindi — endi eng muhim tanlov oldida turibsiz! DTM natijangiz 50 ball bilan Osiyo Xalqaro Universitetida ta’lim olish imkoniga ega bo‘ling. Bu yerda siz nafaqat sifatli bilim, balki xalqaro tajriba va keng imkoniyatlarga ega bo‘lasiz. Sizni kutayotgan afzalliklar: ➡️ Hamyonbop kontrakt narxi—12 mln so'mdan boshlanadi ➡️ WUST Universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturi ➡️ Kipr, Malayziya, Indoneziya, Turkiya va Belarusda xalqaro amaliyot dasturlari; 📍 Manzil: Osiyo Xalqaro Universitetining asosiy binosi ⏰ Qabul bo'limining ish vaqti: 08:00dan 18:00gacha Bugun hujjat topshiring va OXU bilan kelajagingiz sari qadam qo‘ying! Ro’yxatdan o’tish uchun: qabul.oxu.uz Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 📍Buxoro filiali: +998553050009|Online murojaat 📍Xorazm filiali: +998553100009|Online murojaat
#tezkor ❗️Mandat ertaga e’lon qilinadi! — Oliy ta’lim vaziri Ertaga degani bugun 00:00 dan keyingi istalgan vaqt bo’lishi ham mumkin. Sayt qotib qolganda telegram botlar sizga yordamga keladi! Abituriyentlar va ularning yaqinlariga qulaylik yaratish maqsadida mandat natijalariga oldindan buyurtma xizmati ishga tushirilgan. Buyurtma berish uchun qilish kerak? 1️⃣. @DTMSTAT_BOT da ro'yxatdan o'ting; 2️⃣. "MANDATGA BUYURTMA" ni bosing; 3️⃣. Abituriyent ID raqamini kiriting; 4️⃣. Buyurtma tayyor! Ushbu @DTMSTAT_BOT natijalar chiqishni boshlashi bilan buyurtma bergan abituriyent natijalarini birinchilardan bo'lib sizga yuboradi. ❌ Foydalanish mutlaqo bepul! Quyidagi botga ID raqamni yuboring: 👉 @DTMSTAT_BOT 👉 @DTMSTAT_BOT
📣 Pedagoglar uchun 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni e’lon qilindi Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ishlash istagida bo‘lgan pedagoglar uchun davlat bog‘chalari va maktablarida ochiq vakansiyalar taqdim etildi. Endilikda o'qituvchi va tarbiyachilar uydan chiqmagan holda o'zlariga mos ish topishlari mumkin. 🖱️Asosiy ma'lumotlar: 🟢Vakansiyalar soni: 700 dan ortiq ochiq ish o'rni 🟢Ta'lim turi: Maktabgacha ta'lim (bog'chalar) va umumiy o'rta ta'lim (maktablar) 🟢Hudud: Respublika miqyosida o'zingizga mos tuman yoki ta'lim muassasasini tanlash imkoniyati 🟢Ariza topshirish tartibi: To'liq onlayn shaklda 🖱️Qanday qilib ariza yuborish mumkin? 🟢Maxsus platformaga kiring va shaxsiy kabinetingizni oching. 🟢"Bo‘sh ish o‘rinlari" bo‘limidan hududingizdagi mavjud vakansiyalar bilan tanishib chiqing. 🟢O'zingizga ma'qul kelgan ish o'rnini tanlab, to'g'ridan-to'g'ri onlayn ariza yuboring. 🌐 Platforma manzili: pedagog.uzedu.uz @Talim_kanali — Ta'limdagi eng muhim yangiliklar!
🎓 2027-yildan barcha OTMlarda Karyera markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi Oliy ta’lim tashkilotlarida karyera markazlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. 📌 Loyihadagi asosiy yangiliklar va o‘zgarishlar: 🖱️Umumiy majburiylik: 2027-yil 1-yanvardan idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar (davlat va nodavlat) barcha OTMlarda karyera markazlari tashkil etiladi. 🖱️Sertifikatlangan kadrlar: Markaz rahbar va xodimlari 144 soatlik (72 soat onlayn, 36 soat oflayn, 36 soat amaliy) “Karyera markazi menejeri” dasturini o‘qib, sertifikat olgan bo‘lishi shart. 🖱️OTM reytingi va akkreditatsiya: Karyera markazi ko‘rsatkichlari OTMlar reytingi va davlat akkreditatsiyasidan o‘tishda alohida indikator sifatida baholanadi. 🖱️Sanktsiyalar va jazo choralari: 🟢Bitiruvchilarning ishga joylashish ko‘rsatkichi 50 foizdan kam bo‘lsa, OTMga keyingi o‘quv yili uchun yangi ta’lim yo‘nalishlarini ochishga ruxsat berilmaydi. 🟢2028-yil 1-yanvardan yangi nodavlat OTMlarda 2-yildan karyera markazi ochilmasa, litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudga da’vo kiritiladi. 🟢Davlat OTMlarida esa karyera markazisiz yangi muassasa tashkil etish taqiqlanadi. 💼 Karyera markazlari nima bilan shug'ullanadi? Talabalarni kasbga yo‘naltirish, amaliyot va stajirovkalarni tashkil etish, ish beruvchilar bazasini va talabalar uchun karyera portfoliolarini shakllantirish, bitiruvchilar bandligini monitoring qilish va sun’iy intellekt asosida karyera maslahatlarini berish bilan shug'ullanadi. @Talim_kanali — Ta'limdagi eng muhim yangiliklar!
❗️2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi. ✅ Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi. Kvotalar quyidagicha belgilangan: 🟢 stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; 🟢 tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; 🟢 doktoranturaga — 540 ta. @Talim_kanali — Ta'limdagi eng muhim yangiliklar!
🎓 Xorijda olingan diplomlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 13-avgust kuni bo‘lib o‘tadi Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha navbatdagi imtihon sanasi va tafsilotlari e’lon qilindi. 📌 Asosiy ma’lumotlar va eslatmalar: 🟢Imtihon kuni: 2026-yil 13-avgust. 🟢Kerakli hujjat: Bino kirishida shaxsni tasdiqlovchi pasport yoki ID-karta bo‘lishi shart. 🟢Ro‘yxat va fanlar: Test topshiruvchilar ro‘yxati, ajratilgan fanlar va imtihon manzillarini my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazi orqali berilgan ariza raqami yordamida aniqlash mumkin. 🔄 Imtihon hududi yoki tilini o‘zgartirish: O‘zgartirish kiritmoqchi bo‘lgan talabgorlar Telegram bot orqali murojaat qilishlari mumkin: 👉 @NostrifikatsiyaBBA_bot (Murojaatda ariza raqami hamda to‘liq F.I.Sh. ko‘rsatilishi lozim). @Talim_kanali — Ta'limdagi eng muhim yangiliklar!
⚡️2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) qabul boshlandi Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-avgustdan 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. 🖱️Tibbiyot texnikumlariga kechki, dual ta’lim shakllari va xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul jarayonlari ham Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. 🖱️Tibbiyot texnikumlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha mahalliy ta’lim dasturlarida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadilar. 🖱️Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi. 2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 641 ta texnikumga jami 134 960 ta (shundan 61 550 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan: 🟢kunduzgi ta’limda – 87 700 ta (39 390 ta davlat granti), 🟢kechki ta’limda – 4 440 ta, 🟢dual ta’lim shaklida – 42 820 ta (22 160 ta davlat granti). ✈️Texnikumlar ro‘yxati bilan kasbedu.uz sayti orqali tanishing. @Talim_kanali — Ta'limdagi eng muhim yangiliklar!
⚡️ Davlat test imtihonida ishtirok etgan abituriyentlar diqqatiga! Osiyo Xalqaro Universiteti 70 dan ortiq xorijiy universitet bilan hamkorlikka ega bo'lgan, zamonaviy ta'lim tizimini o'zida mujassam etgan bu ta'lim maskani sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: 💎Ichki imtihon orqali qabul — universitet imtihonidan o'tib talaba bo'lish,belgilangan ballni to'plaganlar esa grantga da'vogar bo'lishadi. 💎 DTM ball bilan qabul — davlat test natijalaringiz asosida, qo'shimcha imtihonsiz talaba bo'lish imkoniyati Bundan tashqari, abituriyentlar va talabalarga quyidagilar taqdim etiladi: 💎 Stipendiya — moliyaviy qo'llab-quvvatlash 💎Chet elda bepul amaliyot — xalqaro tajriba orttirish imkoniyati 💎Hamyonbop kontrakt narxi—12 mln so'mdan boshlanadi 💎 Simulyatsiya markazi va zamonaviy laboratoriyalar — nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun zarur infratuzilma 💎Osiyo Xalqaro Universitetida qabul kvotalari to'lib bormoqda — hujjat topshirishga ulgurib qoling! 💎Ro’yxatdan o’tish uchun: qabul.oxu.uz Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 📍Buxoro filiali: 553050009|Online murojaat 📍Xorazm filiali: 553100009|Online murojaat
📌 DIQQAT, ABITURIYENTLAR: VAKANT O‘RINLARGA O‘QISHGA KIRISH IMMONIYaTI YARATILADI! Hukumatning 578-sonli qaroriga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, imtihonlarda minimal ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga OTMlardagi bo‘sh (vakant) o‘rinlar bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi. ⚡️ Jarayon qanday amalga oshiriladi? 🔢 Ro‘yxatdan o‘tish: Imtihon natijalari e’lon qilingandan 1 hafta o‘tib, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos keladigan vakant yo‘nalishlarga 1 hafta davomida ro‘yxatdan o‘tiladi. 🔢 Reyting asosida saralash: Abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga (reytingga) qat’iy rioya qilingan holda bo‘sh o‘rinlarga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. 🔢 Hujjatlashtirish: BMBA tomonidan shakllantirilgan qaydnomalar oliy ta’lim tashkilotlarida qabul buyrug‘ini rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladi. 🔄 Qarorning 74-bandiga kiritilgan o‘zgartirishlar: 🖱️ Mas’uliyat OTM rahbarlarida: Ilgari ayrim qarorlar Davlat komissiyasi tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, endilikda bu vakolat va mas’uliyat bevosita OTM rektori (direktori) zimmasiga o‘tkazildi. 🖱️ Tahririy o‘zgarishlar: 74-bandning ikkinchi xatboshisi amaldan chiqarildi; uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshi deb qayta raqamlandi. @Talim_kanali — Ta'limdagi eng muhim yangiliklar!
🚨 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni 10-avgustgacha tahrirlash mumkin! O‘qishini ko‘chirish uchun ariza topshirgan, biroq hujjatlaridagi kamchiliklar sababli arizasi rad etilgan talabalarga 10-avgustga qadar arizalarini qayta tahrirlash va kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati berildi. ⚠️ Eslatma: Belgilangan muddat tugaganidan so‘ng arizalarni tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Kamchiliklari bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. Arizalar yo‘nalishga qarab quyidagi platformalar orqali tahrirlanadi: 🖱️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun; 🖱️ transfer.edu.uz — davlat OTMlari o‘rtasida hamda bir OTM doirasida o‘qishni ko‘chirish uchun. @Talim_kanali — Ta'limdagi eng muhim yangiliklar!
❗️Ertaga abituriyentlar uchun OTM va yo‘nalish tanlashning oxirgi kuni ⏰Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-iyuldan 8-avgustgacha (shu kuni ham) 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. 🖱️Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. 📌Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi. 🟢Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin. ✈️Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi. 🖱️Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin. ✈️ Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. @Talim_kanali — Ta'limdagi eng muhim yangiliklar!
🧠 Til o‘rganish miyani haqiqatdan ham o‘stiradimi? Xorijiy tillarni o‘rganish nafaqat rezyumengizni boyitadi, balki miya faoliyatiga ham sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xo‘sh, ilmiy tadqiqotlar bu haqida nima deydi? 📌 Til o‘rganishning ilmiy isbotlangan foydalari: 🔹 Altsgeymerdan ximoya: 2010-yilda Kanadada o‘tkazilgan tadqiqotlar bir nechta tilda so‘zlashadigan odamlar altsgeymer (xotira yo‘qolishi) kasalligiga kamroq chalinishini ko‘rsatgan. 🔹 Kognitiv rivojlanish: Italiyalik olimlar chet tili o‘rganish 59–79 yoshdagi insonlarda ham fikrlash va xotirani yaxshilashini aniqlashgan. 🔹 Diqqat va diqqatni jamlash: Ko‘p tilli insonlar bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajarishga va e’tiborini tezda o‘zgartirishga mo‘ljallangan yangi neyron aloqalarini shakllantiradi. ⚖️ Biroq, qarama-qarshi qarashlar ham bor: Shotlandiya va Ispaniya (Basklar mamlakati) olimlari o‘tkazgan ba’zi testlarda ikki tilli va bir tilli insonlarning kognitiv natijalarida keskin farq aniqlanmagan. Bu esa ushbu mavzuda ilmiy izlanishlar hamon davom etayotganini ko‘rsatadi. 🎯 Miyani chiniqtirish uchun qaysi tilni tanlash kerak? 🟢Xitoy tili: 4 xil ohang va murakkab ierogliflar eshitish va ko‘rish xotirasini kuchaytiradi. 🟢Arab, tay va ivrit tillari: O‘zgacha yozuv tizimi sababli miya uchun ajoyib "gimnastika" vazifasini o‘taydi. 🟢Island va kelt tillari: Murakkab talaffuz qoidalari nutq va eshitish organlarini rivojlantiradi. 💡 Miya aynan qiyin va yangi vazifalarni hal qilish jarayonida rivojlanadi. Shunday ekan, siz uchun eng foydali til — sizni qiziqtiradigan va o‘rganishda ma’lum darajada murakkablik tug‘diradigan tildir! @Talim_kanali — Ta'limdagi eng muhim yangiliklar!
⚡️ Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar va pedagoglar uchun yangi imtiyoz hamda mukofotlar belgilandi 🖱️Prezidentning PQ–292-son qarori bilan ta’lim va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimida bir qator muhim o‘zgarishlar amalga oshiriladi: 🕒 Imtihonlarda 50 foiz qo‘shimcha vaqt (2027/2028-o‘quv yilidan) 🟢Nogironligi bo‘lgan abituriyentlar hamda pedagoglarga kirish imtihonlari, attestatsiya va milliy sertifikat sinovlarida belgilangan vaqtning 50%i miqdorida qo‘shimcha vaqt beriladi. 🟢Imtihon materiallari Brayl alifbosi, audio va elektron formatlarda taqdim etiladi. 🏫 Korreksion sinf ochgan nodavlat maktablarga subsidiya (2026-yil 1-sentyabrdan) Har bir o‘quvchi uchun oylik subsidiya miqdori: 🟢Toshkent shahrida — BHMning 11 baravari; 🟢Viloyat markazlari va Nukusda — BHMning 9,5 baravari; 🟢Tuman va shaharlarda — BHMning 8,5 baravari. 🏆 Yil har yili o‘tkaziladigan tanlovlar va pul mukofotlari 🟢“Imkoniyatlar olimpiadasi” (Abilympics): G‘olib va sovrindorlarga BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha bir martalik pul mukofoti. 🟢“UPSHIFT” tanlovi: G‘oliblarga BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha grant hamda loyihalarini rivojlantirish uchun ko‘ngilli mentorlar biriktiriladi. 🦽 Vaucher tizimi va individual yondashuv 🟢2027-yil 1-maydan bolalarni zamonaviy assistiv (yordamchi) jihozlar bilan ta’minlash vaucher asosida yo‘lga qo‘yiladi. 🟢2026/2027-o‘quv yilidan ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qitish har bir bolaning imkoniyatidan kelib chiqib individual ta’lim rejalari bo‘yicha tashkil etiladi. 👩🏫 Kadrlar tayyorlash va malaka oshirish 🟢Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga xorijiy tillarni o‘rgatuvchi pedagoglar maqsadli qabul asosida tayyorlanadi. 🟢Boshlang‘ich sinf bo‘lajak o‘qituvchilariga maxsus pedagogika fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘tiladi. 🟢Maxsus pedagoglar uchun onlayn va oflayn malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yiladi. #RasmiyNews #Ta_lim #Imtiyozlar #Talabalar #Pedagoglar @Talim_kanali — Ta'limdagi eng muhim yangiliklar!
❗️ Jasorat maktablari uchun jismoniy tayyorgarlik sinovlari boshlanmoqda! 🖱️Joriy yilning 5–6-avgust kunlari "Jasorat maktablari"ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich — jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkaziladi! ⏰ Boshlanish vaqti: Har ikki kunda ham soat 8:00 da (manzillar tegishli faylda ko‘rsatilgan). 📌 Muhim eslatmalar: 🟢Ruxsatnomani yuklab olish: Hujjat topshirgan talabgorlarga SMS-xabarnomalar yuborilgan. Ruxsatnomani ariza.piima.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olishingiz mumkin. 🟢Baholash tizimi: Sinovlar davomida har bir oʻquvchiga 5 tadan jismoniy mashq beriladi va ular “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining turlari hamda mezonlariga muvofiq 50 ballik tizim asosida baholanadi. 🟢Kerakli hujjatlar: Talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 soat oldin quyidagilar bilan hozir bo‘lishlari shart: 🟢Tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi 🟢Imtihon ruxsatnomasi @Talim_kanali — Ta'limdagi eng muhim yangiliklar!
DTM (UZBMB) natijangiz bilan imtihonsiz talaba bo‘ling! Universitet faqat ta’lim yo‘nalishi bilan emas, sizga yaratadigan qulayliklari bilan ham tanlanadi. Ayniqsa, o‘qish bilan birga ishlashni yoki boshqa rejalaringizni davom ettirmoqchi bo‘lsangiz. Shu jihatdan Osiyo Xalqaro Universitetida 90 dan ortiq zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari, kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari hamda hamyonbop kontrakt narxlari taklif etiladi.Bu esa har kimga o‘z imkoniyati va hayot tarziga mos ta’limni tanlash imkonini beradi. 🎓Talabalikni ortga surmang.DTM natijangiz bilan imtihonsiz talaba bo'ling! Batafsil ma’lumot uchun pastdagi raqamga bog‘laning. Ro’yxatdan o’tish uchun: qabul.oxu.uz Call markaz: 📍Buxoro filiali:+998553050009 📍Xorazm filiali:+998553100009