ABITURIYENT 🆙
Статистика📈 ABITURIYENT 🆙 – Yuqoriga intilib! Ta'lim sferasidagi yangiliklarning qisqa (short) variantidan bahra oling va vaqtingizni tejang! Reklama uchun: t.me/Click_Edu/27 Tijoriy hamkorlik: @talim_reklamalari
- Последний пост
- 9 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
❗️Kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarini onlayn kuzatish platformasi ishga tushirildi Oliy ta’lim tashkilotlarining sport, jurnalistika, madaniyat va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli efirda namoyish etiladi. Mazkur platforma imtihon jarayonlarining ochiqligi, shaffofligi va xolisligini ta’minlashga xizmat qiladi hamda ota-onalar, nazoratchilar va keng jamoatchilikka imtihonlarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatini yaratadi.
#Qabul2026 #Abituriyent2026 📣 DIQQAT, ABITURIYENTLAR! Abituriyentlar ruxsatnomalari tayyor bo‘ldi 🧾 2026-2027-o‘quv yilida oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda yuklab olishlari mumkin. 🆔🧾⏰ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. 📕 Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! 📈 ABITURIYENT 🆙 – Yuqoriga intilib!
❗️ 7-iyuldan “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olish boshlanadi! ✅2026–2027-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish maqsadida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga 7-iyul kunidan boshlab “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish yo‘lga qo‘yiladi. 📥 Ruxsatnomani qayerdan yuklab olish mumkin? 🖱️Abituriyentlar ruxsatnomani Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus portali (my.uzbmb.uz) orqali shaxsiy kabinetiga kirgan holda yuklab olishlari mumkin. ⚠️ Muhim eslatma: 🖱️ Ruxsatnomada test sinovlari o‘tkaziladigan sana, vaqt va aniq manzil (bino) ko‘rsatilgan bo‘ladi. Imtihonga borishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID-karta) va ushbu ruxsatnomani chop etilgan (qog‘oz) shaklda o‘zingiz bilan olib borishni unutmang! #ijodiy #imtihon #abituriyent #qabul2026 📈 ABITURIYENT 🆙 – Yuqoriga intilib!
😀😀😀😀 VATAN UNIVERSITETIDA 2026/2027 O'QUV YILI UCHUN QABUL DAVOM ETMOQDA ! ✅ Bakalavriat yo'nalishlari: 🟢Pedagogika 🟢Psixologiya 🟢Xorijiy til va adabiyoti 🟢Iqtisodiyot 🟢Moliya va moliyaviy texnologiyalar 🟢Menejment 🟢Logistika 🟢Axborot xavfsizligi 🟢Kompyuter injiniringi 🟢Dasturiy injiniring 🟢Infokommunikatsiya injiniringi 🟢Sun’iy intellekt ✅ Magistratura mutaxassisliklariga suhbat asosida qabul qilinadi: 🟢Raqamli iqtisodiyot 🟢Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti 🟢Telekommunikatsiya injiniringi Zero bugungi tanlovingiz ertangi karyerangizni belgilaydi. ✅ Siz qaysi yo'nalishimizga imtihon topshirmoqchisiz? ✍️ Hoziroq ariza topshirish 👈 📄 Litsenziya 😀😀😀😀😀😀😀😀😀 📌 Manzil 🌐 Web-site | 🌐555068888 🌐Telegram | 🌐Instagram 🌐Facebook | ▶️ Youtube
❗️Kasbiy (ijodiy) imtihoni bor abituriyentlar uchun ruxsatnomalar ertaroq chiqadi Ruxsatnomalarni shaxsiy kabinet orqali yuklab olish mumkin bo'ladi. Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan OTMingizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib borish tavsiya etiladi. Barcha OTMlar imtihonlar haqida e’lon joylashtiradi. #ijodiy #imtihon #abituriyent #qabul2026 📈 ABITURIYENT 🆙 – Yuqoriga intilib!
❗️Qabul tugashiga 5 kun qoldi 19-iyun, soat 18:17 holatiga ko’ra, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 371 ming 429 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. 📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti: 🔹 o‘zbek tili — 328 ming 949 nafar; 🔹 rus tili — 35 ming 79 nafar; 🔹 qoraqalpoq tili — 6 ming 524 nafar; 🔹 boshqa tillar — 877 nafar. 📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti: 🙋🏻♂️ o‘g‘il bolalar — 174 ming 53 nafar 🙋🏻♀️ qizlar — 197 ming 376 nafar
📊 2026–2027 o‘quv yili qabuli: abituriyentlar soni keskin oshdi! 2026–2027 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 85 825 nafarga yetdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 26 913 nafarga (+45,7%) ko‘p. 🔹 Jami ro‘yxatdan o‘tganlar: 85 825 nafar 🔹 2025-yil shu davrida: 58 912 nafar 🎓 Abituriyentlar tarkibi: • Joriy yil bitiruvchilari – 39 408 nafar (45,9%) • Avvalgi yillar bitiruvchilari – 46 417 nafar (54,1%) 👥 Jins bo‘yicha taqsimot: • Erkaklar – 49 456 nafar (57,6%) • Ayollar – 36 369 nafar (42,4%) 📚 Ta’lim tili bo‘yicha: • O‘zbek tili – 75 658 nafar (88,2%) • Rus tili – 8 866 nafar (10,3%) • Qoraqalpoq tili – 1 122 nafar (1,3%) • Boshqa tillar – 179 nafar (0,2%) 📍 Hududlar kesimida TOP-5: 1️⃣ Toshkent shahri – 18 178 nafar (21,2%) 2️⃣ Samarqand viloyati – 9 534 nafar (11,1%) 3️⃣ Andijon viloyati – 8 252 nafar (9,6%) 4️⃣ Farg‘ona viloyati – 7 691 nafar (9,0%) 5️⃣ Qashqadaryo viloyati – 6 352 nafar (7,4%) 📌 Hozircha eng kam ro‘yxatdan o‘tgan hududlar: • Nurofshon shahri – 725 nafar • So‘x tumani – 139 nafar 📈 Dastlabki statistika shuni ko‘rsatmoqdaki, bu yil oliy ta’limga kirish istagidagi yoshlar soni sezilarli darajada ortmoqda. Qabul jarayoni davom etar ekan, ko‘rsatkichlar yanada o‘zgarishi mumkin. 📈 ABITURIYENT 🆙 – Yuqoriga intilib!
INHADA GRANT ASOSIDA TAHSIL OLISH IMKONIYATI!🎓 Google, Microsoft, Amazon kompaniyalarida ishlash yoki o‘z startapingizni yaratishni orzu qilasizmi? Toshkent shahridagi Inha universiteti sizga sifatli ta’lim va yorqin kelajak sari yo‘l ochadi. Koreya 🇰🇷 Buyuk Britaniya 🇬🇧 va Italiya 🇮🇹 dasturlari Bu ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! • Eng yaxshi abituriyentlar uchun grantlar • Xalqaro diplom • Butun dunyo bo‘ylab eng yaxshi professorlar • Mintaqadagi eng zamonaviy IT va biznes ta’limi • Ingliz tilidagi muhit va global karyera imkoniyatlari 🖱 Ro‘yxatdan o‘tish boshlandi 🗂 Qabul tartibi ✈️ Murojaat uchun telefon: 71 289 99 94 @admissioniut @askinhabot
⚡️71 446 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi! 9-iyun soat 18.47 holatiga ko‘ra oliy ta’lim tashkilotlariga jami 71 446 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Eslatma: abituriyentlar 25-iyunga qadar (shu kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi. 📈 ABITURIYENT 🆙 – Yuqoriga intilib!
📹 OneID’da ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma OneID — ko‘plab davlat elektron xizmatlariga kirish uchun yagona identifikatsiya tizimi. 📌 Ushbu videoyo‘riqnoma barcha fuqarolar, ayniqsa abituriyentlar uchun zarur bo‘lgan amaliy qo‘llanma hisoblanadi. ✅ Videoni saqlab qo‘ying va ulashishni unutmang. 📈 ABITURIYENT 🆙 – Yuqoriga intilib!
#Qabul2026 ⚡️Rasman: 2026-2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi 🔰 2024-yildan boshlab, davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilangan. 📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi. 🗓 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi. ✅ Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi. 2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. Oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlamagan abituriyentlar yakuniy tanlovga qo‘yilmaydi. 🖥 Professional ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar professional ta'lim muassasasini , kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi. 📈 ABITURIYENT 🆙 – Yuqoriga intilib!
😍 MAKTAB BITIRUVCHILARIGA SOVG‘AMIZNI YUBORIB QO‘YING! 🥳 30 ming yoshlar tanlagan ALFRAGANUS UNIVERSITETIDA qabul ochilibdi 🔵Qabulga oid savollar: 78 122 75 57 🔵T/m: @Alfraganus_callcenter 🔵T/m kanal: @Alfraganusuniversity 🔵Instagram: havolalink
📹 Ruslar nega bosib olgan? | Shayx Husayn Buxoriy 📈 ABITURIYENT 🆙 – Yuqoriga intilib!
⚡️Barcha xususiy oliygohlar qabuli oktyabrda yakunlanadi 🇺🇿 Prezident farmoni bilan, davlat, nodavlat va xorijiy OTMlar hamda ularning filiallari bakalavriati va magistraturasiga qabul bir o‘quv yilida bir marta (iyun — sentyabr oylari oralig‘ida) amalga oshirilishi belgilangan. Bu degani davlat OTMlaridan yiqilgan talabalarning xususiy OTMlarga hujjat topshirish imkoni cheklanishi mumkin. Sababi davlat OTMlarining mandati sentyabrga yaqin qolganda e’lon qilinadi, tabiiyki, abituriyent juda oz muddatda xususiyda o‘qish qarorini qila olmasa, keyingi yilni kutishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. 📈 ABITURIYENT 🆙 – Yuqoriga intilib!
❗️O'qishga kirolmaganlar diqqatiga! 6-yo'nalish tanlash imkoni berilishini kutmasdan talaba bo'lish imkoni paydo bo'ldi! Respublikamizdagi nufuzli davlat va xalqaro universitetlar bo'sh qolgan kvotalarga qabulni davom ettirmoqda: 👉 Bakalavr yo’nalishlari ro'yxati 👉 Magistratura yo’nalishlari ro'yxati 💡 Afzalliklari : ✅ Davlat namunasidagi diplom; ✅ Davlat litsenziyasiga ega; ✅ Barcha ta’lim shakllari mavjud; ✅ Qulay va shinam yotoqxonada joylashish. Hujjat topshirishga ulgirib qoling! 📑 Hoziroq online ro’yxatdan o’ting! Qabul bo’limi: +998900383223 / Onlayn murojaat
📈 ABITURIYENT 🆙 - Yuqoriga intilib!
😅 Chigirtkachilikka grantga kirganlar bormi? O'shalarga tashlab qo'ying! "Zato" grant-a?) 📈 ABITURIYENT 🆙 - Yuqoriga intilib!
1 kurs talabalarimiz Toshkentda...😁 Talabalik sargushatlari boshlanish arafasida turgan yaqinlarga yuborib qo'ying 📈 ABITURIYENT 🆙 - Yuqoriga intilib!
⚡️Bolangiz oʻqishga kiribdi! Yaxshi gap totlidir qanddayin, El ichra xushxabar yuribdi, Sir bermay turibsiz qandayin, Bolangiz oʻqishga kiribdi?! Eshitdik, koʻp boʻlmang kamtarin, Nishonni bexato uribdi. E qoyil! Tasanno! Ofarin! Bolangiz oʻqishga kiribdi! Kim deydi: "Oʻzi zoʻr bola-da", Kim yuzin, kim labin buribdi... "Olmaning tagiga olma... "-da, Bolangiz oʻqishga kiribdi! Kim sotgan molingiz sanagan, Kim deydi: "Qancha pul beribdi?!" Qanday zoʻr baxt ota-onaga, Bolangiz oʻqishga kiribdi! Sannasin miyasi aynigan, Har kimsa ekkanin oʻribdi. "Byudjet"mi... "kontrakt"... mayliga, Bolangiz oʻqishga kiribdi! El aro yorugʻdir yuzingiz, Fayzingiz yarashib turibdi. Davrada yangroqdir soʻzingiz, Bolangiz oʻqishga kiribdi! Baraka topgaysiz oʻgʻildan, Xudoyim tashvishdan qoʻribdi. Qiz boʻlsa, sovchilar yogʻilgay, Bolangiz oʻqishga kiribdi! U bugun haqiqiy qahramon, Mehnatin rohatin koʻribdi. Nafidan el boʻlgay bahramand, Bolangiz oʻqishga kiribdi. Havasda qarindosh, oʻzga ham, Hasadgoʻy toshini teribdi... Yuqsin-yuqsin, deymiz bizga ham, Bolangiz oʻqishga kiribdi. Siz bugun xoʻb koʻkrak kerasiz, Ulfatlar koʻp tomoq qiribdi... Qadrdon, qachon haq berasiz?! Bolangiz oʻqishga kiribdi! Nuriddin Egamov O'qishga kirganlarga yuboring👇 📈 ABITURIYENT 🆙 - Yuqoriga intilib!
⚡️ Yakuniy mandat natijalari e’lon qilindi! Natijangizni @DTMSTAT_BOT orqali darhol ko‘ring. 1️⃣ “MANDAT NATIJASI” ni bosing 2️⃣ Abituriyent ID raqamingizni kiriting 3️⃣ Natijangiz chiqadi Holat turlari: 🟢 Davlat granti 🟡 To‘lov-kontrakt 🔴 Talabalikka tavsiya etilmadi + tanlangan yo‘nalish va tafsilotlar 👉 Hoziroq kiring: @DTMSTAT_BOT #tezkor #rasman