tgindex
Talabalar faoli

Talabalar faoli

Статистика

Reklama uchun: @Freelance_link_admin O’z xabarlaringizni joylash uchun adminga murojaat qiling 😊 🏛 Bizning kanalda: - talabalarning muammolari; - talabalar hayoti; - taʼlimga oid fikrlar. Hamkorlarimiz: ➡️ @freelance_link ➡️ @ofisishlari

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
5
Всего постов
135
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
4 962
−22 за 2 дн.
Сутки
+1
+0,02%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
183
40 постов
Вовлечённость
3,7%
к подписчикам
Постов в день
0,7
всего 135
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
149
1/48двое суток
170
1/72трое суток
184

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • ❓ Agar talaba yana boshqa OTMga o'qishga kirsa nima bo'ladi? U bir vaqtning o'zida 2 ta OTMda o'qishi mumkinmi? O‘zbekistonda amaldagi tartibga ko‘ra, talaba bir vaqtning o‘zida 2 ta OTMda kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiy olmaydi. Buning bir necha asosiy sabablari bor: 1️⃣ Diplom asl nusxasi: OTMga qabul qilinayotganda maktab, litsey yoki kollej diplomingizning originali talab qilinadi. Bir vaqtning o‘zida ikkita joyga original hujjat topshirib bo‘lmaydi. 2️⃣ HEMIS tizimi: Barcha talabalarning ma’lumotlari "HEMIS" axborot tizimiga kiritiladi. Tizim bir kishini bir vaqtda ikkita kunduzgi ta’lim yo‘nalishida talaba sifatida ro‘yxatga olishga yo‘l qo‘ymaydi. Bu vaziyatni qanday hal qilish mumkin? Bittasini tanlash: yangi OTM ma’qul bo‘lsa, avvalgisidan hujjatlaringizni olib (talabalar safidan chiqib), yangisida o‘qishni davom ettirasiz. Ikkinchi mutaxassislik: Birinchi OTMni bitirganingizdan so‘ng, 2-mutaxassislik bo‘yicha boshqa OTMda o'qib olish imkoniyati bor. 📲 Shunday vaziyatdagi do‘stlaringizga ham ulashing! Eng soʻngi yangiliklar 👇 https://t.me/talabalar_faoli

  • 💵 Bakalavriat talabalari qancha stipendiya oladi? 🔹 Bazaviy stipendiya — reyting 71–85 ball (barcha fanlardan asosan "4" va "5"): 569 670 so‘m 🔹 Oshirilgan stipendiya — reyting 86 balldan yuqori (barcha fanlardan "5"): 683 604 so‘m (bazaviy stipendiyaning 20% ustamasi bilan) 🔹 Nogironligi bo‘lgan (I–II guruh) va yetim talabalar — o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i nazar: 854 505 so‘m (bazaviy stipendiyaning 50% ustamasi bilan) 📌 Muhim shartlar: 🔹 Semestrda fanlarning 30% va undan ortig‘idan "qoniqarli" (71 balldan past) baho olinsa, keyingi semestr davomida stipendiya to‘lanmaydi. 🔹 Kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar faqat stipendiyali kontrakt shaklini tanlagan taqdirda bazaviy stipendiya olishlari mumkin. ℹ️ Ma’lumot uchun: 2026-yil 1-sentabrdan stipendiyalar miqdori yana 7 foiz oshirilishi ko‘zda tutilgan. Eng soʻngi yangiliklar 👇 https://t.me/talabalar_faoli

  • Nodavlat OTM rektorlariga davlat OTM rektorlari kabi malaka talablari qo‘yiladi 📁Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi muhokamaga qo’yildi. Unga ko‘ra, nodavlat OTM rektorlari: ➖ oliy ta’lim tashkilotlarida boshqaruv lavozimida ishlash uchun zarur kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatiga, ta’lim sohasida rahbarlik tajribasi va tegishli bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lishi; ➖ intellekt, madaniyat, yetakchilik, ijodkorlik, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik kabi shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lishi; ➖ OTMda bakalavr yoki magistrlar tayyorlash yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha fan doktori (DSc) yoki fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga, shuningdek, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi; ➖ kafedra mudiri, fakultet dekani yoki uning o‘rinbosari, prorektor kabi rahbarlik lavozimlarida yoxud oliy ta’lim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida kamida 5 yil samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur. Shuningdek, hujjatga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni yangi talablarga muvofiqlashtirish uchun ikki oy muddat beriladi. Eng soʻngi yangiliklar 👇 https://t.me/talabalar_faoli

  • Abituriyentlarga telefon qilishsa, shunaqa xabar kelayotgan emish;) Eng soʻngi yangiliklar 👇 https://t.me/talabalar_faoli

  • Meksikaning eng yirik va nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Meksika Milliy avtonom universiteti kirish imtihonlarida ommaviy ko‘chirish holatlari kuzatilgan bo‘lishi mumkinligi sababli qariyb 58 ming abituriyent imtihonni qayta topshirishini ma’lum qildi. Eng soʻngi yangiliklar 👇 https://t.me/talabalar_faoli

  • O‘zbekistonda o‘quvchi, talaba va o‘qituvchilar uchun sun'iy intellekt o‘quv materiallari ishlab chiqiladi Batafsil: https://talimxabarlari.uz/76666/ Eng soʻngi yangiliklar 👇 https://t.me/talabalar_faoli

  • 😱 OTM va yo‘nalishni 8-avgustgacha tanlamaganlar mandatda qatnashmaydi (talaba bo‘la olmaydi) 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish test sinovlarida qatnashgan abituriyentlar 8-avgustga qadar, shu kuni ham, oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi kerak. Belgilangan muddat ichida tanlovini amalga oshirmagan yoki ma’lumotlarini SMS-kod orqali tasdiqlamagan talabgor yakuniy tanlovda qatnashmaydi va 📣 Batafsil axborot ushbu havolada 👉👉👉 https://abt.uz/blog/otm-va-yonalishni-8-avgustgacha-tanlamaganlar-mandatda-qatnashmaydi-talaba-bola-olmaydi ‼️ Barcha abituriyentlarga tarqating Eng soʻngi yangiliklar 👇 https://t.me/talabalar_faoli

  • ❓ Yotoqxona qaysi kurs talabalariga ko'proq ajratiladi? ◾️ Talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: ▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; ▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; ▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. 📌 Bo'lajak 1-kurslar, xavotir olmanglar, sizlar uchun asosiy o'rinlar band qilib qo'yilgan. Eng soʻngi yangiliklar 👇 https://t.me/talabalar_faoli

  • ⁉️ Kunduzgi va kechki yo‘nalishlar birga tanlansa, grant ustuvorligi qanday ishlaydi? Abituriyent beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashda kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllarini o‘zaro aralashtirishi mumkin. Bunda talabgor “Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligidan birini belgilaydi. 📣 Batafsil axborot ushbu havolada https://abt.uz/blog/kunduzgi-va-kechki-yonalishlar-birga-tanlansa-grant-ustuvorligi-qanday-ishlaydi ‼️ Barcha abituriyentlarga tarqating 🗓 Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda Eng soʻngi yangiliklar 👇 https://t.me/talabalar_faoli

  • ✅ Maqsadli qabul qanday ishlaydi? Grant, tanlov va 5 yil ishlab berish majburiyati 2026/2027-o‘quv yilida ayrim hududlarda yetishmayotgan mutaxassislarni tayyorlash uchun maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash va san’at yo‘nalishlariga alohida maqsadli davlat granti o‘rinlari ajratildi. Maqsadli qabul oddiy grant tanlovidan ayrim jihatlari bilan farq qiladi. Unda abituriyentning doimiy yashash hududi, tanlangan yo‘nalish va ... Batafsil maʼlumot olish uchun: https://abituriyent.info/news/24-105 Eng soʻngi yangiliklar 👇 https://t.me/talabalar_faoli

  • Testda 234 ming nafar abituriyent eng kam 56,7 ballni ham to‘play olmadi DTMStat Ai tahlillariga ko'ra, joriy yilgi test sinovlarida qatnashgan jami abituriyentlarning 37,6 foizi — 234 072 nafari — oliy ta’limga kirish uchun belgilangan minimal 56,7 ballga yeta olmagan. 👉 Batafsil: edu-talim.uz/news/818 Eng soʻngi yangiliklar 👇 https://t.me/talabalar_faoli

  • 🗓 2025-2026 oʻquv yilida TOSHKENT viloyatidagi OTMlarda qayd etilgan oʻtish ballari 1. Cyber University 2. Olmaliq davlat texnika instituti 3. Toshkent davlat agrar universiteti 4. Toshkent davlat tibbiyot universitetining Chirchiq filiali 5. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Angren fakulteti 6. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 7. Chirchiq davlat pedagogika universiteti Eng soʻngi yangiliklar 👇 https://t.me/talabalar_faoli

  • #kanal Telegram kanallar sotiladi 🛍 Agarda siz biror sohada kanal yuritmoqchi bo’lsangiz bu imkon aynan siz uchun 👍 1-kanal: https://t.me/ChatGPTbrat Narxi: 200 000 sum 2-kanal: https://t.me/+O13SOhp2THM5N2Qy Narxi: 500 000 sum Murojaat uchun: @freelance_link_admin ✔️

  • 💥 Savol-javob ensiklopediyasi - Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p beriladigan savollarga qisqa, aniq va tushunarli javoblar Ushbu bo‘limda oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish, ro‘yxatdan o‘tish, test sinovlari, fanlar majmuasi, imtiyozlar, grant va kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinish, o‘tish ballari hamda ta’lim yo‘nalishini tanlash bilan bog‘liq eng ko‘p uchraydigan savollarga javoblar jamlangan. Har bir savolga abituriyentlar uchun qulay, sodda va tushunarli shaklda qisqa hamda aniq ma’lumot beriladi. Bu orqali abituriyentlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tezkor javob topib, qabul jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin. 👉 Batafsil maʼlumot olish uchun: https://abituriyent.info/qa Eng soʻngi yangiliklar 👇 https://t.me/talabalar_faoli

  • Xotiralar qanday shakllanishini tushunishdan tortib, xulq-atvorning biologik asoslarini o‘rganishgacha, neyrofan (nevrologiya) insonni inson qiladigan eng qiziqarli savollarga javob topishga intiladi. Neyrofan sohasidagi kashfiyotlar tibbiyot, texnologiya, ta’lim va ruhiy salomatlikni tobora o‘zgartirib borayotgan bir paytda, bu sohaga St. Olaf College talabalari orasida qiziqish ham juda tez ortmoqda. Eng soʻngi yangiliklar 👇 https://t.me/talabalar_faoli

  • 🇺🇿🇯🇵 Toshkentda Oʻzbekiston–Yaponiya qoʻshma universiteti tashkil etiladi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yaponiyaning Sukuba universiteti oʻrtasida Toshkentda Oʻzbekiston–Yaponiya qoʻshma universitetini tashkil etish boʻyicha hamkorlik kelishuvi imzolandi. Dastlab universitetda sunʼiy intellekt, raqamli transformatsiya va biznes boshqaruvi yoʻnalishlarida magistratura dasturlari yoʻlga qoʻyiladi. Keyingi bosqichlarda bakalavriat va doktorantura dasturlarini ochish rejalashtirilgan. Taʼlim ingliz tilida, Yaponiya oliy taʼlimi modeli asosida tashkil etiladi. 🗓 Rejaga koʻra, 2026-yil sentyabrdan Toshkent shahrida tayyorgarlik ofisi ish boshlaydi. Magistratura dasturlariga ilk qabul 2028/2029-oʻquv yilidan boshlab amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Eng soʻngi yangiliklar 👇 https://t.me/talabalar_faoli

  • ⚡️Rasman: Yo‘nalish tanlash 8-avgustgacha davom etadi Yoʻnalish tanlamagan abituriyent 189 ball toʻplagan boʻlsa ham talaba boʻlmaydi! ❌ Diqqat bilan yoʻnalish tanlang! Shoshilmang! 🤖 @DTMSTAT_BOT orqali o’tgan yillardagi o’tish ballarini sunʼiy intellekt yordamida bir necha soniyada tekshiring. • Ma’lumotga asoslanib tanlang. • Tavakkal qilmang. • Imkoniyatingizni boy bermang. 📌 Bir necha soniya vaqt ajrating. Bu qaror sizning keyingi 4 yilingizni belgilashi mumkin. 👉 @DTMSTAT_BOT 👉 @DTMSTAT_BOT Eng soʻngi yangiliklar 👇 https://t.me/talabalar_faoli

  • #imtiyoz 💥 😱 Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2025-yilgi o‘tish bali eʼlon qilindi. Ballar keskin tushgan UzBMBning mandat.uzbmb.uz saytida imtiyozli toifadagi abituriyentlar uchun o‘tish ballari e’lon qilindi. Joriy yilda, avvalroq taxmin qilganimizdek, tavsiyanoma olgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun o‘tish ballari keskin pasayganini ko‘rish mumkin. Bunga asosiy sabab joriy yil ushbu toifa uchun ... 📣 Batafsil axborot ushbu havolada 👉👉👉 https://abt.uz/blog/tavsiyanoma-olgan-xotin-qizlar-uchun-2025-yilgi-otish-bali-elon-qilindi-ballar-keskin-tushgan ‼️ Barcha abituriyentlarga tarqating Eng soʻngi yangiliklar 👇 https://t.me/talabalar_faoli

  • ⁉️ Magistraturaga til sertifikatisiz kimlar hujjat topshira oladi? 2026/2027-oʻquv yilidan magistraturaga qabul qilish tartibida ayrim bakalavrlar uchun yengillik joriy etiladi. Taʼlim dasturini rasman xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilardan milliy yoki xalqaro xorijiy til sertifikati talab qilinmaydi. Biroq ... 👉 Batafsil maʼlumot olish uchun: https://abituriyent.info/news/6-85 Eng soʻngi yangiliklar 👇 https://t.me/talabalar_faoli

  • 💥 Hududlar kesimidagi OTMlarda 2025/2026-yil uchun GRANT asosidagi ENG PAST oʻtish ballari Davlat granti uchun minimal tanlov bali 68,0 ball etib belgilangan. Bu maksimal 189 ballning 36 foiziga teng. Mazkur minimal talabni bajarmagan abituriyent davlat granti tanlovida qatnasha olmaydi. ABITURIYENT.INFO sayti va @uzabtinfo Telegram jamoasi tomonidan tayyorlangan ushbu maqolalarda 2025/2026-oʻquv yili uchun barcha hududlardagi OTMlarda 70 ballgacha boʻlgan grant oʻtish ballari jamlangan. Har bir yoʻnalish boʻyicha OTM nomi, mutaxassislik fanlari, grant va toʻlov-kontrakt koʻrsatkichlari, taʼlim shakli hamda taʼlim tili berilgan. ✅ Andijon viloyati - GRANT ballari ✅ Buxoro viloyati - GRANT ballari ✅ Fargʻona viloyati - GRANT ballari ✅ Jizzax viloyati - GRANT ballari ✅ Namangan viloyati - GRANT ballari ✅ Navoiy viloyati - GRANT ballari ✅ Qashqadaryo viloyati - GRANT ballar ✅ Samarqand viloyati - GRANT ballari ✅ Sirdaryo viloyati - GRANT ballari ✅ Surxondaryo viloyati - GRANT ballari ✅ Toshkent viloyati - GRANT ballari ✅ Toshkent shahri - GRANT ballari ✅ Xorazm viloyati - GRANT ballari Eng soʻngi yangiliklar 👇 https://t.me/talabalar_faoli