“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
Статистика“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz! Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/yoshlar_kelajagimiz ✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com ☏ +998712074012
- Последний пост
- 14:57
- Последнее чтение
- 17 авг.
- Постов за неделю
- 19
- Всего постов
- 179
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 207
- 1/48двое суток
- 237
- 1/72трое суток
- 255
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida tashkil etilgan Lyaonin pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filiali va Konfutsiy instituti faoliyati bilan tanishdi. Majmuada 560 oʻrinli oʻquv bloklari, kutubxona, sport zali, 200 oʻrinli madaniyat saroyi va 118 oʻrinli oshxona mavjud. Ikkinchi toʻrt qavatli binoda 628 oʻrinli auditoriyalar hamda 224 oʻrinli talabalar turar joyi tashkil etilgan. 💬 Taʼlim kunduzgi va masofaviy shakllarda, oʻzbek, xitoy va ingliz tillarida olib boriladi. Bakalavriat bosqichida “Xalqaro xitoy tili taʼlimi”, “Turizm boshqaruvi”, “Xalqaro biznes”, “Sunʼiy intellekt”, magistraturada esa “Xitoy tili va madaniyatini oʻqitish metodikasi”, “Taʼlim boshqaruvi”, “Sunʼiy intellekt va taʼlim texnologiyalari” yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlanadi. 💬 Filial diplomi Oʻzbekistonda toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi. Iqtidorli bitiruvchilarga Xitoyning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida grant asosida oʻqishni davom ettirish va nufuzli tashkilotlarda stajirovka oʻtash imkoniyati yaratiladi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganchdagi Kasblar shaharchasida yoshlar bilan muloqot qildi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
#Qonunchilik_yangiliklari 📝 Endi o‘zbekistonlik yoshlar uchun dunyoning yetakchi universitetlarida ta’lim olish va xalqaro diplomga ega bo‘lish imkoniyatlari yanada kengayadi Bu borada Prezidentning “Respublikada xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim dasturlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2026-yil 17-iyuldagi PQ–269-son qarori qabul qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
🇺🇿⚡️ Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari hududda sanoat, ta’lim, transport, turizm va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar hamda yaratilgan infratuzilma bilan tanishadi. Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan. 🟡 Tashrif doirasida ertaga, 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
#BMTModeli #YoshlarTinchlikUchun 🙋♂️ Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati haqida eshitganmisiz? ⏰ Bugun, 17-avgust kuni soat 11:00 da Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati taqdimoti hamda “Yoshlar tinchlik uchun” Birlashgan Millatlar Tashkilotining Modeli bo‘lib o‘tadi. 👥 Jahon Yoshlarining tinchlik sari harakati tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ilgari surilgan bo‘lib, dunyo yoshlarini tinchlik yo‘lidagi global harakatga birlashtirishga qaratilgan. 👥 Tadbir xalqaro ekspertlar va yoshlar yetakchilarini tinchlik, totuvlik va o‘zaro hamkorlik yo‘lida bir maskanda jamlaydi. 📢 Ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻting! Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
без подписи
без подписи
🥇 O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro olimpiadada oltin medal qo‘lga kiritdi! Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan XXI Xalqaro standartlar olimpiadasida O‘zbekiston vakillari munosib ishtirok etib, oltin medal sohibi bo‘ldi. 🟡 Bu natija yoshlarimizning standartlashtirish sohasidagi bilim va salohiyati, izlanishi hamda xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini yana bir bor namoyon etdi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
💸 20 ming dollargacha ta’lim krediti: xorijda o‘qish imkoniyatlari kengaymoqda Dunyoning eng nufuzli universitetlarida tahsil olishni rejalashtirayotgan yoshlar va pedagoglar uchun yangi imkoniyat! 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan yoshlar hamda pedagog xodimlarni xalqaro reytinglarning QS yoki THE TOP-300 ro‘yxatiga kiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmi joriy etildi. 📎 Yangi tartibga ko‘ra, bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olish uchun bir o‘quv yiliga 20 000 AQSH dollarigacha ekvivalent miqdorda milliy valyutada ta’lim krediti ajratiladi. 💵 Kreditning asosiy qarzi o‘qishning rasmiy muddati tugaganidan keyin 7 oy o‘tgach boshlanib, 7 yil davomida qaytariladi. 📑 Kredit oluvchi bankka murojaat qilishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: ▫️ ariza; ▫️ shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi; ▫️ taklifnoma-xat (1-kurslar uchun); ▫️ akademik o‘zlashtirish natijalari (2-kursdan boshlab); ▫️ to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha shartnoma hamda oliy ta’lim tashkilotining bank rekvizitlari ko‘rsatilgan invoys; ▫️ birgalikda qarz oluvchilarning so‘nggi 12 oylik daromadlari yuzasidan ma’lumot; ▫️ mehnat daftarchasidan ko‘chirma (30 yoshdan oshgan pedagoglar uchun). 📈 Kredit bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
#Bilasizmi #Yoshlar #Maktab #OTM 🎓⚡️ So‘nggi besh yilda O‘zbekistonda ta’lim sohasida muhim natijalarga erishildi. Maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 59,5 foizdan 78 foizga oshgan bo‘lsa, oliy ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichi qariyb 18,7 foizdan 47,7 foizga yetdi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
📲 Biznesni QR-kod orqali tekshirish tizimi ishga tushdi. U qanday ishlaydi? Davlatimiz rahbari aprel oyida tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 1-avgustdan barcha davlat xizmatchilari tadbirkorlar huzuriga har bir tashrifini QR-kodni skanerlash orqali maxsus “Yagona davlat nazorati” tizimida ro‘yxatdan o‘tkazishi shart. Maqsad — biznesni norasmiy tazyiqlardan hamda mansabdor shaxslarning “ishchi uchrashuvlar” niqobi ostidagi noqonuniy aralashuvidan himoya qilishdan iborat. 📲 Ushbu talab idorasi va lavozimidan qat’i nazar, barcha davlat xizmatchilariga birdek taalluqli hisoblanadi. 📲 Tadbirkorning oldiga qilingan, rejali yoki rejadan tashqari tekshiruv hisoblanmaydigan har qanday tashrifni ro‘yxatdan o‘tkazish zarur. Bunga suhbatlar, maslahatlar, hujjatlarni so‘rab olish va shu kabilar kiradi. 📲 Batafsil o‘qish Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
🇺🇿UWC: Oʻzbekistonlik maktabning yuqori sinf o'quvchilari hamda kollej/litsey oʻquvchilari uchun oʻqishni xorijda grant asosida davom ettirish imkoniyati! United World Colleges — dunyoning 4 ta qitʼasida joylashgan 18 ta maktab va kollejlar tizimidir. Oʻzlari tanlagan davlatdagi kollej/maktabga qabul qilingan oʻquvchilar u yerda 2 yillik “International Baccalaureate (IB) Diploma” kursini oʻqiydi. 💬 UWC qabul qilingan oʻquvchilarning moliyaviy holatida qarab, toʻliq yoki qisman grant ajratadi. 💬 Toʻliq grant quyidagilarni oʻz ichiga oladi: – Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi. – Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminalandi. – Darsliklar olib beriladi. 💬 Bu yilgi qabul 2026-yil 30-sentabrgacha davom etadi. Qabul qilinganlar 2027-yil sentabrdan oʻqishni boshlaydi. Batafsil Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
❓ Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi? Prezident farmoniga ko‘ra, 31-avgust — dushanba barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. Shunga ko‘ra: ➖5 kunlik ish haftasida — 29-avgustdan 1-sentyabrgacha 4 kun dam olinadi; ➖6 kunlik ish haftasida — 30-avgustdan 1-sentyabrgacha 3 kun dam olinadi. 📅 1-sentyabr — Mustaqillik bayrami. 2-sentyabr, chorshanba — odatiy ish kuni. Asos: 2025-yil 24-dekabrdagi PF-257-sonli Prezident farmoni. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
🇺🇿 12-avgust — Soliq organlari xodimlari kuni... Bugun yurtimizda yana bir bayram — Soliq organlari xodimlari kuni ham nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan barcha soliq organlari xodimlarini ushbu kasb bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Soliq tizimining samarali faoliyati mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini rivojlantirish va davlatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan muhim omillardan biridir. 🇺🇿 Fursatdan foydalanib, Sizlarga mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va yangi muvaffaqiyatlar tilayman. Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
🥳 👨🎓 "Yoshlar — kelajagimiz" jamg‘armasi jamoasi barcha yoshlarimizni 12-avgust — Xalqaro yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etadi... Butun dunyoda yoshlar, ularning yetakchilik, ijodiy salohiyati, kuch-qudrati va joʻshqinligi dunyo jamiyatining doimiy rivojlanishi, taraqqiy etishi uchun oʻta muhim omil hisoblanadi. 🎓 Yurtimizda ham yoshlar oldida bilim olish, kasb-hunar egallash, tadbirkorlik qilish, yangi g‘oyalarni amalga oshirish va o‘z iste’dodini namoyon etish uchun tobora ko‘proq imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. 🥰 Barcha yoshlarimizni Xalqaro yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy muborakbod etamiz! Sizlarga katta orzular, dadil qadamlar, yangi g‘oyalar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
💡G‘oyangiz bor, uni amalga oshirish uchun imkoniyat izlayapsizmi? Endi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tadbirkorlik va startap yo‘nalishlaridagi g‘oya va tashabbuslarini "Yoshlar yagona elektron platformasi" orqali taqdim etib, loyihalarini rivojlantirish uchun zarur bo'lgan ko'maklardan foydalanishi mumkin. 🟡 Buning uchun platformaga OneID orqali kirib, g‘oyangiz yoki loyihangiz haqida ma’lumot qoldirasiz. Shundan so‘ng uni amalga oshirish uchun moliyaviy imkoniyatlardan foydalanishga ariza yuboriladi. 🟡 Platformaga hali to‘liq shakllanmagan g‘oyangiz, yangi tashabbusingiz yoki rivojlantirmoqchi bo‘lgan startap loyihangiz haqida ham ma’lumot qoldirish imkoni yaratilgan. Ariza topshirishga havola 👈 Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
#Bilasizmi #Darslik #Maktab 📚 Qonunchilikka ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab maktab darsliklarining ijara to‘lovi to‘liq Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi belgilangan. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
#Mashshurlardan_iqtibos Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
✅ “Yoshlar Tinchlik Uchun” BMT Modeli 2026 uchun arizalar qabul qilinmoqda! O‘z fikringizni bildirishga tayyormisiz? Unda biz sizni kutamiz. 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ilgari surgan tashabbusi doirasida tashkil etilayotgan “Yoshlar Tinchlik Uchun” BMT Modeli 2026 mamlakatimizning turli hududlaridan 200 nafar iqtidorli yoshni bir maydonda jamlaydi. Loyiha yoshlarning diplomatiya, muzokara olib borish, xalqaro hamkorlik va omma oldida nutq so‘zlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, kelajakda xalqaro maydonda O‘zbekiston manfaatlarini munosib ifoda eta oladigan yosh liderlar va diplomatlarni aniqlashga xizmat qiladi. • Ishtirok etish bepul Yoshlar ishlari agentligi, BMT vakolatxonalari hamda xalqaro miqyosda faol yosh liderlar bilan yaqindan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo’ling. Eng yaxshi delegatlar xalqaro imkoniyatlarga tavsiya etiladi, jumladan BMTning ECOSOC Yoshlar Forumida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🗓 17–18-avgust, 2026-yil 📍 Toshkent shahri, Central Asian University (CAU) 👉 Ro'yxatdan o'ting Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt