Muhammad Kamil | Blog
СтатистикаPerformance Marketer | AI zero human specialist Digital marketing bo’yicha insight va keyslarimni larimni bo’lishib boraman Hamkorlik: @dilshodovmuhammadkomil
- Последний пост
- 7 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Маркетинг
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 125
- 1/48двое суток
- 143
- 1/72трое суток
- 154
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Obsidianda guruhlar rangini o’zgartirganimni o’zida eng katta miyyalar aynan strategiya va marketing haqida ekan (ko’k bo’lim) Sizga ayta olishim mumkin bo’lgani strateg uchun qadamlar oydinlashdi va asoschilar savol va shubhalari ancha kamaydi. Sabab oddiy har kun achchot beramiz. Holatlarni bizdan emas AI dan so’raydi. Mijozlarning deyarli barcha datasi bor. Menga qiziq qismi esa 5 yilda bu obsidian qanchalik bo’lib ketar ekan? AI ning o’zini tahminini rasm ko’rinishida kommentga qo’ydim
Ushbu videodagi ongda mening raqobatchilarim bor. Ularning har bir posti, har bir va’dasi, narxni qachon o’zgartirgani, qaysi gapni oylab takrorlab yurgani. Hammasi bitta joyda, bir-biriga ulangan holda turibdi. Har bir nuqta ularning bitta harakati. Nuqtalarni bog’lab turgan chiziqlar esa o’sha harakat ortida qaysi psixologik instrument ishlayotganini ko’rsatadi. O’rtadagi yirikroq nuqtalarni ko’ryapsizmi, o’sha ular eng ko’p suyanadigan qurol. Men buni yon tomondan kuzatib turibman. Ularning o’zi esa buni ko’rmaydi. Bir yil oldin men ham xuddi shu ishni qo’lda qilardim. Xodimga topshiraman, u bir hafta yig’adi, oxirida kelib “ular bizdan arzonroq” deydi. Tamom. Bir haftalik mehnat shu bitta gapga sig’ib ketardi. Hozir har kuni ertalab soat 8 da oltita raqobatchi bo’yicha to’liq hisobot tushadi. So’rashim ham shart emas, o’zi yuboradi. Endi sizdan so’rayman. Raqobatchingiz haqida bugun nima yangilik bildingiz? Scaleup | @scaleupuz
Salkam 6 oylik AI miyyasi shu yerda 6 oyda yig’ilgan ma’lumotlar bazasi. Ish oddiy vazifa har kunlik xatolaringni shu yerga yoz, biz ishlatuvchi 30 xil instrument asosida raqobatchilarning kunlik analizlari va xatolardan chiqarilgan xulosalar ortidan son sanoqsiz g’oyalar va eslatmalar yaraldi.
без подписи
Marketing loyihalarimizda AI agentlarni 5 oydan buyon ishlatib kelamiz. 28 ta agent quribmiz, lekin bu haqida chuqurroq birorta post yozmagan ekanman. Kelinglar, bunday ish qilamiz. Buyog’iga AI agentlar bo’yicha nimalar qilayotganimiz to’g’risida doimiy post yozib boraman. Nima qilayabmiz? Qanday qilayabmiz? Va Nima qilish kerak emas? Sizdan faqatgina aktivlik kutib qolamiz :)
AI agent orqali hech qaysi raqobatchi ko’z qirrasidan qochmaydi
без подписи
без подписи
без подписи
Raqobatchilarni tahlil qilish ilgari bir hafta olardi. Endi soat 8:00 da stolimda turadi. Ilgari bu ish odamga bog’langan edi. Xodimga topshirasiz, u bir hafta, ba’zan bir oy yig’adi. Natijada qo’lingizga qalin prezentatsiya keladi. Ochasiz - ma’lumot allaqachon eskirgan. Endi men kunimni raqobatchilar hisoboti bilan boshlayman. Har kuni, ertalab soat 8:00 da. Buni menga sun’iy intellekt ya’ni AI Agentlar tayyorlab beradi. U nima qiladi? Raqobatchilar kanaliga kirib savol beradi. Yangi offerlarini o’rganadi. Hammasining taklifini solishtiradi. Va oxirida aytadi - bugun aynan qaysi nuqtaga e’tibor berishim kerak. Bugungi hisobotdan nima chiqdi, ko’rsataman. 6 ta raqobatchi maktab. 143 ta yangi post. 895 ta post baholandi. Va 147 ta soxta taktika belgisi topildi. Soxta deganda nima? Uydirma taqchillik. Sotib olingan ijtimoiy dalil. Ichi bo’sh avtoritet. Bitta raqobatchida kontentning 33 foizi shunday. Bizda 8 va 10 foiz. Lekin eng qimmat topilma boshqa joyda edi. Agent barcha raqobatchilarni 30 ta psixologik instrument bo’yicha xaritaga soldi. Kim nimaga tayanadi. Va bitta bo’shliq ochildi: hech kim yo’qotish og’rig’i va to’lov og’rig’i bilan ishlamayapti. Hammasi avtoritet va taqchillikni takrorlayapti, bir xil qatorda turibdi. Demak o’sha maydon bo’sh. Va u bo’sh turganini bilgan odam u yerga birinchi bo’lib kiradi. Shu bitta xulosa uchun ilgari bir oy kerak edi. Bugun u ertalabki kofegacha stolimda turgan. Endi asosiy fikr. Bozorda eng katta byudjetli yutmaydi. Eng ko’p gapiradigan ham yutmaydi. Bozorda diqqati, fokusi va tahlili bor odam yutadi. Chunki qolganlar taxmin qiladi, u esa biladi. Raqobatchingiz bugun nima qildi? Qaysi offerni chiqardi? Nimani takrorlayapti va qayerni bo’sh qoldiryapti? Bu savollarga javobingiz bo’lmasa, siz bozorda emas, o’z tasavvuringizda ishlayapsiz. Scaleup | @scaleupuz
без подписи
🤔 Nega CAC ni hisoblashda xodim oyligi hisobga olish eng ahmoqona qaror? Yoki qanday qilib CAC ni to’g’ri va masshtabli hisoblash mumkin? Keling tushuntiraman. CAC (Customer acqisition cost - Mijozni tortish narxi) da xodim oyligini hisoblash COO, Finance…
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🤔 Nega CAC ni hisoblashda xodim oyligi hisobga olish eng ahmoqona qaror? Yoki qanday qilib CAC ni to’g’ri va masshtabli hisoblash mumkin? Keling tushuntiraman. CAC (Customer acqisition cost - Mijozni tortish narxi) da xodim oyligini hisoblash COO, Finance va Marketing jamoalari orasidagi katta jang. Kimdur hisoblash keraj desa kimdur hisoblash kerak emas deydi. Aslida qaysi biri to’g’ri? Buni hisoblashdan avval Fixed Cost va Variable Cost tushunchalarini bilishimiz kerak. Fixed costs -> Arenda, oyliklar va obunalar kabi to’lashingiz shart bo’lgan harajatlar. Odatda uzoq muddatda o’zharadi yoki o’zgarmaydi. Variable costs -> Bu doimiy o’zgaruvchi harajatlar. Reklama harajati, logistika, influencerlar summasi vahokazo. CAC o’z nomi bilan mijoz jalb qilish summasi demak biz bu yerda faqat jalb qilishdagi summani hisobga olishimiz kerak. Bu hisob kitob ichida variable cost lar bo’ladi. Endi oylikni hisoblash kerakmi? Manashu qismida haqiqiy jang boshlanadi. Siz juda kuchli mutaxassis oldingiz - oyiga $5.000 to’layabsiz lid narxi, reklama harajati optimalligi, brand tanlishi oshdi. Endi uni ishdan olib yubordik, CAC tushadimi? Menimcha oshsa oshadiki kamaymaydi. • Mantiqqa teskari holat: Zoʻr marketing jamoasini ishga olish, odatda, reklama xarajatlaringiz samaradorligini oshiradi. • Matematik illyuziya: Yangi mutaxassisni ishga olgan kuningizdanoq CAC keskin oshib ketadi va bu qogʻozda biznesingiz samaradorligini bir kechada pasaytirib koʻrsatadi. • Kechikadigan ROI: Yangi xodimning mijozlar oqimiga taʼsir koʻrsatishi uchun oylab vaqt ketadi, ammo uning maoshi CAC da darhol namoyon boʻladi. Bu esa uzoq muddatda fikrlashni batamom cheklaydi. Agar juda juda aniq natija xohlasangiz yoki investorlar bilan ishlasangiz Variable yoki Fully loaded CAC dan foydalaning. Fully loaded bu oylikni ham hisobga oluvchi, Variable esa Fixed costlar hisobga olinmagani. CAC ni shishirib ko’rsatishdan foyda yo’q uzoq muddatli fikrlang) @muhammadkamilblog
без подписи