tgindex
Luna Khusan

Tinch odam Bu yerda qalbim va aqlimdagilarni bo‘lishaman. Bu kanalda postlar o‘rgatish uchun emas, o‘rganish uchun yoziladi

Последний пост
7 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Маркетинг (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 637
−2 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 397
20 постов
Вовлечённость
85,3%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
935
1/48двое суток
1 071
1/72трое суток
1 155

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 7 авг.46431из sodiq_school

    Nihoyat, Grant imtihoniga qabul ochildi! 😍 Har yili yuzlab iqtidorli o‘quvchilar aynan shu kunni kutadi. Va siz ham bu kunni intiqlik bilan kutgansiz aniq. ❤️ Sodiq school uchun iqtidorlarni kashf qilish, qo‘llab-quvvatlash asosiy missiya. Shu kungacha iqtidorli o‘quvchilar ta’limiga 14 milliard so’mdan ortiq grant mablag‘i yo‘naltirdik. Endi navbat sizniki… Bu grant imtihonimiz 9, 10 yoki 11-sinflar uchun. 12-avgust kuni, soat 10:00 da Labzak filialimizda bo’lib o’tadi. Imtihonda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘ting. Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/s13JF7ixxv8JBhyh8 👉🏻 Grant imtihoni tafsilotlari: Imtihon tartibi ⬇️Iqtidorli do‘stingiz yoki tanishingiz bormi? Bu imkoniyat haqida unga ham xabar bering. 🚀 Sodiq School — biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz! Bog’lanish uchun: ☎️ 788888080 Bizni tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

  • 5 авг.6283112

    Oxirgi oylar men uchun xuddi bir turnirga o’xshab qoldi. Go’yo oldimda aniq bir musobaqa bor. Sovrini ham ma’lum, muddati ham ma’lum. Endi faqat harakat qilish, chidash va g’alaba qozonish kerak. Bu hissiyotning yaxshi tomoni ham bor. U meni har kuni uyg’onishga, ishlashga, o’rganishga va o’zimni majburlashga undaydi. Ba’zan motivatsiya bo’lmasa ham, maqsadning o’zi harakat qilishga yetadi. Lekin boshqa bir tomoni ham bor ekan. Men xotirjamlikni keyinga qoldirib qo’yayotganimni sezdim. Go’yo ichimda bir ovoz: “Shu musobaqa tugasin, keyin dam olaman. Keyin xotirjam bo’laman. Keyin hayotim iziga tushadi”, deb turadi. Aslida esa bu juda xavfli fikrlash usuli. Chunki hayotda “oxirgi musobaqa” deyarli bo’lmaydi. Bu bosqich tugasa, boshqasi boshlanadi. Bir maqsadga erishasiz, keyingisi paydo bo’ladi. Agar xotirjamlikni faqat kelajakka bog’lasak, bugunni yashamay qo’yamiz. Men asta-sekin shuni tushunyapman: xotirjamlik manzil emas, ko’nikma. Uni barcha ishlar tugagandan keyin emas, aynan ishlar orasida ham saqlashni o’rganish kerak. Shunday bo’lsa ham, bu davr uchun shukr qilaman. Chunki aynan mana shu oylar menga ko’p narsani o’rgatyapti. O’zim haqimda, sabr haqida, intizom haqida va bosim ostida ham harakat qilish mumkinligi haqida. Balki eng katta sovrin ham manzilning o’zi emasdir. Balki yo’l davomida shakllanayotgan insondir.

  • 31 июл.1 0554312

    Odatda inson tabiatan barqarorlikni yaxshi ko’radi. Hammasi bir xil ketishini istaydi. Kayfiyat ham, motivatsiya ham, daromad ham, intizom ham doim bir xil bo’lishini xohlaydi. Lekin hayot unday ishlamaydi. Va bu - normal. Siz doim ham o’zingizni yaxshi his qilmaysiz. Doim ham katta daromad qilolmaysiz. Doim ham ertalab soat beshda uyg’onolmaysiz. Doim ham sportga chiqolmaysiz. Doim ham ibodatingiz, diqqatingiz yoki unumdorligingiz bir xil bo’lmaydi. Muammo shunda emaski, siz ba’zi kunlari yiqildingiz. Muammo - o’sha kunni o’zingizning kimligingizga aylantirib qo’yishingizda. Biz ko’pincha bitta yomon kunni “Men intizomsizman”, bitta muvaffaqiyatsizlikni “Mendan hech narsa chiqmaydi”, bitta xatoni esa “Men o’zgara olmayman” degan xulosaga aylantirib yuboramiz. Aslida esa rivojlanish to’g’ri chiziq emas. U ba’zan oldinga, ba’zan orqaga, ba’zan esa bir joyda turgandek tuyuladigan yo’l. Muhimi - to’xtab qolmaslik. Hayot keyingi bosqichga aynan mana shu kurashlar orasidan olib chiqadi. Intizom mukammal bo’lgan kunlarda emas, intizom yo’qolgan kunlardan keyin yana o’rningizdan turganingizda shakllanadi. O’zingizdan har kuni mukammallik kutmang. Har kuni qaytishni kuting. Chunki insonni muvaffaqiyatga olib boradigan narsa hech qachon yiqilmasligi emas, har safar yiqilgandan keyin yana yo’lini davom ettira olishidir.

  • Marketing psixologiyasi: 30 ta ishlaydigan instrument Bu shunchaki postlar to'plami emas - bu mijozning miyasi qanday qaror qabul qilishining to'liq xaritasi. Mijoz sizni birinchi ko'rganidan qaytib kelgunicha, har bir bosqichda ishlaydigan aniq qurol. ⚪️Yakor…

  • 30 июл.856422из scaleupuz

    Marketing psixologiyasi: 30 ta ishlaydigan instrument Bu shunchaki postlar to'plami emas - bu mijozning miyasi qanday qaror qabul qilishining to'liq xaritasi. Mijoz sizni birinchi ko'rganidan qaytib kelgunicha, har bir bosqichda ishlaydigan aniq qurol. ⚪️Yakor effekti ⚪️Decoy (aldov varianti) ⚪️Yo'qotish og'rig'i ⚪️Egalik effekti ⚪️Ijtimoiy dalil ⚪️Taqchillik ⚪️Veblen effekti ⚪️IKEA effekti ⚪️To'lov og'rig'i ⚪️Eksklyuzivlik ⚪️Tanlov falaji ⚪️Ramka effekti ⚪️Von Restorff ⚪️Avtoritet ⚪️Qarz hissi ⚪️Yoqimli kutilmaganlik ⚪️Charm pricing (9 effekti) ⚪️Default effekt ⚪️Zeigarnik effekti ⚪️FOMO ⚪️Pratfall effekti ⚪️Yangilik effekti ⚪️Aniqlik effekti ⚪️Halo effekti ⚪️Kognitiv yengillik ⚪️Kontrast prinsipi ⚪️Maqsad yaqinligi ⚪️Hikoya ustunligi ⚪️Goodhart tuzog'i ⚪️30 ta instrumet bitta promptda Faqat bitta shart bor. O'qib qo'yish yetmaydi. Ochib, bittasini bugun o'z biznesingizga qo'llash kerak. Bitta instrument, bitta hafta, bitta o'lchov. Keyin ikkinchisi. Bilim natija bermaydi. Qo'llangan bilim beradi. Ushbu ro'yxatni o'zingizga saqlang va marketing bilan shug'ullanadigan tanishingizga yuboring - unga aynan shu kerak. Scaleup | @scaleupuz

  • 28 июл.1 2165715

    “Yaxshi odamlar erta o’ladi…” Bu gapni deyarli hammamiz eshitganmiz. Ba’zida esa bunga ishonib ham qolamiz. Chunki atrofimizda juda mehribon, pokiza insonlarning erta ketganini ko’ramiz. Lekin biz sabablar dunyosida yashaymiz. Va ba’zan his-tuyg’ularimiz aytayotgan narsa ilmiy kuzatuvlar bilan bir xil bo’lmaydi. Shu haqida qiziq bir tadqiqot bor. 1921-yilda Stenford universiteti olimlari minglab insonlarni kuzatishni boshlashgan. Bu tadqiqot qariyb 90 yil davom etgan va inson umriga ta’sir qiluvchi omillar o’rganilgan. Eng qiziq xulosalardan biri shunday bo’lgan: “Hech narsani o’ylama, faqat xursand bo’l” degan hayot falsafasi uzoq umr bilan bog’liq emas ekan. Aksincha, eng uzoq yashagan insonlar vijdonli, mas’uliyatli, o’z burchini his qiladigan, hayotida ma’no va vazifa topgan odamlar bo’lgan. Bu menga bir narsani o’ylatadi. Umr faqat genetikaga yoki omadga emas, yashash sababimizga ham bog’liq bo’lishi mumkin. Har kuni uyg’onishga arziydigan maqsad, yaqinlar oldidagi mas’uliyat, halol mehnat, o’ziga e’tibor, sog’lom turmush tarzi, bularning barchasi umrning nafaqat davomiyligiga, balki sifatiga ham ta’sir qiladi. Albatta, har bir insonning umri Allohning taqdiri bilan belgilanadi. Hech bir tadqiqot kimning qancha yashashini ayta olmaydi. Lekin Alloh bizni sabablar dunyosida yashatmoqda. Sog’lig’imizga e’tibor berish, tanamizni omonat deb bilish, foydali odatlar orttirish va hayotimizni ma’noli o’tkazish, bular ham tavakkalning bir qismi. Balki savol “Qancha yashayman?” emasdir. Balki eng muhim savol: “Menga berilgan umrni qanday yashayapman?” (Bu fikr g‘oyasi Dr.Amenning bergan intervyusidan hayolga keldi)

  • 26 июл.1 1373912

    Ba’zida o’ylab qolaman: koinotdagi shuncha jarayonlar, harakatlar va qonuniyatlar aslida nima uchun? Menimcha hammasi inson yashashi uchun xizmat qiladi. Havo, suv, quyosh, yer, fasllar… Son-sanoqsiz ne’matlar bir-biri bilan mukammal uyg’unlikda ishlaydi. Shunday ulkan olamning markazida esa inson turadi. Shu o’rinda Qur’ondagi bir oyat yodga tushadi: “Men jinlar va insonlarni faqat Menga ibodat qilishlari uchungina yaratdim.” (Zoriyot surasi, 56-oyat) Go’yo butun olam bizning asl vazifamiz - Allohga ibodat qilishimiz uchun sharoit yaratib berayotgandek. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir hadislari ham shu ma’noni yanada chuqurroq anglatadi. U zot mo’minning holatiga hayrat bildirganlar: unga yaxshilik yetsa, shukr qiladi va buning uchun ajr oladi. Agar sinov kelsa, sabr qiladi va buning uchun ham ajr oladi. Shunday ekan, inson uchun hayotning o’zi ibodat maydonidir. Quvonch ham, qiyinchilik ham, ne’mat ham, sinov ham - barchasi Allohga yaqinlashish va ajr topish uchun berilgan imkoniyatdir.

  • 23 июл.1 4095413

    Qalbim shuni yozishni istayapti… Ba’zan hayotdagi eng qimmatli narsalar ortidan quvib topilmaydi. Ular nasib qilinadi. Chin sevgi ham, samimiy do‘stlik ham shunday. Ularni qanday topish haqida yuzlab maslahatlarni o‘qish mumkin, lekin bu tuyg‘ularni hech bir qoida yoki formula yarata olmaydi. Kecha kichik safar davomida yonimdagi insonlarga qarab bir narsani chuqur his qildim. Haqiqiy samimiyat mayda holatlarda bilinadi: bir-biringni kutib turishda, charchaganingni sezib yordam berishda, o‘zingdan oldin qarshingdagi insonning holatini o‘ylashda, uning quvonchini o‘zingnikidek his qilishda. Shunda angladimki, bunday munosabatlar mehnat bilan asraladi, ammo ularning o‘zi mehnat bilan yaratilmaydi. Bunday qalblarni hayotimizda uchratish Allohning eng go’zal ne’matlaridan biridir.

  • 19 июл.1 5113311

    Anchadan beri bu narsa haqida yozishni istardim… Insonni nima go’zal qiladi? Tashqi chiroy ilk taassurotni uyg’otishi rost. Ammo bolaligimdan beri bir narsani ko’p kuzataman: qachonki bir insonni yaxshiroq tanisam, uning tushunishni boshlasam, unga mehr qo’ysam, o’sha odam mening ko’zimga tobora chiroyliroq ko’rina boshlaydi. Har bir suhbatdan keyin huddi unga yana bir nur qo’shilgandek bo’ladi. Shunda tushunganman: biz odamlarni faqat ko’zimiz bilan emas, qalbimiz bilan ham ko’rar ekanmiz. Shuning uchun ham ba’zan hammaga oddiy ko’ringan inson kimningdir nigohida dunyodagi eng go’zal odam bo’ladi. Chunki go’zallik faqat yuzda emas, biz u inson bilan bog’lagan ma’nolarda. Menimcha, atrofimiz bizning ichki dunyomizning oynasi. Biz insonlarda ko’pincha o’z munosabatimizni, o’z fikrlarimizni va o’z qalbimizni ko’ramiz. Balki shu sababdan ham umr davomida eng esda qoladigan insonlar, yonida o’zingni xotirjam his qilgan, qalbingni yengil qilgan, mehri bilan seni o’zgartirgan insonlar bo’ladi. Oxir-oqibat, insonni eng go’zal qiladigan narsa uning qalbi, axloqi va boshqalarning hayotida qoldirgan iliqligi shekilli)

  • 16 июл.1 27393из scaleupuz

    Bu reels shunchaki reklama emas - pozitsiya. Nodavlat maktablar bozori ‘rus sinfisiz o’quvchi yig’ilmaydi’ qo’rquvida yashaydi. Biz shu qo’rquvni his emas, raqam bilan yengishga qaror qildik: mutaxassislik tili allaqachon ingliz, qadriyat esa faqat ona tilida singadi. Bozorga emas, faktga ergashing. Scaleup | @scaleupuz

  • 11 июл.1 7013820

    Yuqori standartlar hech qachon tashqi narsalar bilan o‘lchanmaydi. Qanday mashina minishingiz, qayerda yashashingiz yoki qancha daromad topishingiz, bular insonning haqiqiy darajasini belgilamaydi. Yuqori standart, avvalo, insonning shaxsiyati bilan o‘lchanadi. Odamlarga adolatli munosabatda bo‘la olish, bergan va’dasida turish, yaxshilik qilish, birovning qalbini og‘ritmaslik, imkon topganda yordam qo‘lini cho‘zish, hurmatni mansabga emas, insonga qarab ko‘rsatish - mana shu haqiqiy yuqori standartdir. Chunki axloq pul bilan sotib olinmaydi, insoniylik esa mavqe bilan kelmaydi. Men tanigan moliyaviy jihatdan juda muvaffaqiyatli insonlarning aksariyatida aynan shu fazilatlarni ko‘rganman. Ular muvaffaqiyatga erishgani uchun odamlarga yaxshi munosabatda bo‘lishmaydi. Aksincha, odamlarga qanday munosabatda bo‘lishni bilganlari uchun ham muvaffaqiyatga erishishgan. Haqiqiy yuqori standart, bu kiygan kiyimimizda emas, xarid qilgan buyumlarimizda emas. U bizning axloqimizda, insoniyligimizda va ortimizdan odamlar qanday duo bilan eslashida namoyon bo‘ladi.

  • 7 июл.1 474364

    Qanday qilib odam mas’uliyatdan bunchalik oson qochadi? Bir freelancerga muhim video montajini topshirdik. Deadline ham biz emas, uning o’zi qulay deb aytgan sanaga qo’yildi, 30-iyun. Muddat tugashiga bir necha soat qolganida hech bo’lmasa draftini ko’rsak deb bog’landik. Javob bo’lmadi. Ertasi kuni yozdi: “Mazam yo’q edi. Bugun kechgacha aniq tugataman.” Yana ishondik. Kech keldi lekin video kelmadi. Keyin yana bir va’da. Yana bir bahona. Yana kutish. Uch marta bir xil holat takrorlangach, endi sabr ham tugaydi. Uni tavsiya qilgan hamkasbimizdan qayerda bo’lsa ham topishini so’radik. Keyin bilsak, “mazam yo’q” degan odam boshqa syomkada bemalol ishlab yurgan ekan. Eng alam qiladigani esa boshqa narsa. Bitta odamning mas’uliyatsizligi butun soha haqida noto’g’ri tasavvur uyg’otadi. Shunday holatlardan keyin “freelancerlarga ishonib bo’lmaydi”, “media sohasidagi odamlar shunaqa” degan gaplar paydo bo’ladi. Holbuki, bu kasbning emas, insonning tanlovi. Iste’dod muhim. Tajriba ham muhim. Lekin ularning barchasi mas’uliyat bo’lmasa, qiymatini yo’qotadi. Iltimos, kasbingizni hurmat qiling. Odamlarning ishonchini qadrlang. Va eng muhimi, bergan so’zingizga vafo qiling.

  • 5 июл.1 8104517

    Ba’zida odamlar aytishadi: “Doim o’zingni birinchi o’ringa qo’y.” Men esa bu fikrga to’liq qo’shilmayman. To’g’ri, insonning o’z maqsadlari, o’z qadri va o’z chegaralari bo’lishi kerak. Lekin hayot faqat “men” atrofida aylanmaydi. Bilasizmi, ulamolar aytishadiki, dunyoni tushunish uchun Asr surasini o’qishning o’zi yetarli. “Asr bilan qasam, Albatta inson ziyondadir. Faqat iymon keltirganlar va solih amallar qilganlar, bir-birlarini haq yo’lga chaqirganlar va bir-birlarini sabrga chaqirganlar mustasno.” E’tibor bering, bu yerda insonning najoti faqat o’zi bilan bog’lanmayapti. Oyatda bir-birimizni haq yo’lga chaqirish va bir-birimizni sabrga undash ham najot sabablaridan biri sifatida zikr qilinmoqda. Ya’ni, biz faqat o’zimiz uchun yashab emas, balki bir-birimizga bo’lgan munosabatimiz orqali ham ziyondan holi bo’lamiz. Shuning uchun men “faqat o’zingni birinchi o’ringa qo’y” degan fikrni to’liq qabul qila olmayman. Ha, o’z rejamiz, o’z maqsadimiz, o’z hayotimiz bo’lishi kerak. Ammo atrofimizdagi insonlar bilan go’zal muomala qilish, kerak bo’lganda ularga tayanch bo’lish, haqni eslatish va sabr bilan yonida turish ham insonni kamolga yetkazadigan fazilatlardandir. Ba’zan insonning eng katta yutug’i faqat o’zi uchun yashashida emas, balki boshqalarning hayotiga ham oz bo’lsa-da yaxshilik qo’sha olishidadir.

  • 2 июл.1 535347

    Bilasizmi, aslida bizni nima qadrli qiladi? Insonning haqiqiy qiymati, uning qarashlari qanchalik mustahkamligida va uzoq muddatli qaror qabul qila olishidadir. Keling, tarixga qaraylik. Bundan 700 yil oldin Amir Temur oʻz saltanatini "Kuch - adolatdadir" degan yagona prinsip ustiga qurdi. Oʻsha asrda ham kuch adolatda edi, bugungi eng rivojlangan davlatlar poydevorida ham aynan shu qonun ustuvorligi turibdi. Yoki Ibn Sino va Enshteynni olaylik. Ularning bundan asrlar oldin, bitta qogʻoz va qalam bilan chiqargan ilmiy xulosalari bugun - texnologiya asrida ham oʻz toʻgʻriligini yoʻqotmadi. Mana ularni abadiy qilgan narsa: ular bir muddatli fikrlar emas, vaqt sinovidan oʻtadigan haqiqatni koʻra olishgan. Shuning uchun hayotda bugungi kunning mayda tashvishlariga chalinmay, uzoqni oʻylab qadam tashlash muhim. Bugun shoshilib qilingan oʻtkinchi tanlovlar unutiladi, uzoq muddatli va toʻgʻri prinsiplar esa doimiy qoladi.

  • 30 июн.1 9344117

    Biz o‘ylaganimizchalik odamlarga qiziq emasmiz. Ko‘pincha o‘zimizni boshqalarning nigohi bilan baholaymiz. Nima kiyishimiz, qanday gapirishimiz, qanday ko‘rinishimiz, biror xato qilib qo‘ymasligimiz haqida ortiqcha o‘ylashimuz. Huddi hamma bizni kuzatayotgandek tuyuladi. Aslida esa odamlarning ham o‘z hayoti bor. Ularning ham o‘z tashvishlari, maqsadlari, qo‘rquvlari va o‘ylari yetarli. Ko‘pchilikning bizni muhokama qilishga na vaqti bor, na ehtiyoji bor Biz esa ba’zan boshqalarning xayoliy fikrlari uchun o‘zimizni cheklab qo‘yamiz. Gapirmaymiz. Boshlamaymiz. Urinmaymiz. Shuning uchun xato qilishdan qo‘rqmang. Yiqilishdan qo‘rqmang. Nimadir birinchi urinishdayoq mukammal chiqmasligidan qo‘rqmang. Chunki sizni eng ko‘p kuzatayotgan odam, o‘zingizsiz. Boshqalar esa siz o‘ylaganchalik uzoq to‘xtab qarashmaydi. Hayotni boshqalarning nazari bilan emas, o‘zingizning orzularingiz bilan yashang. Axir bir kun ortga qaraganingizda, qilgan xatolaringizdan emas, jur’at etolmagan qadamlaringizdan ko‘proq afsuslanishingiz mumkin.

  • 29 июн.1 36032из scaleupuz

    Marketing psixologiyasi: 30 ta ishlaydigan instrument. 21 tasi tayyor. 9 ta eng kuchlisi oldinda. ScaleUp arxividagi tayyor checklist: ⚪️Yakor effekti ⚪️Decoy (aldov varianti) ⚪️Yo'qotish og'rig'i ⚪️Egalik effekti ⚪️Ijtimoiy dalil ⚪️Taqchillik ⚪️Veblen effekti ⚪️IKEA effekti ⚪️To'lov og'rig'i ⚪️Eksklyuzivlik ⚪️Tanlov falaji ⚪️Ramka effekti ⚪️Von Restorff ⚪️Avtoritet ⚪️Qarz hissi ⚪️Yoqimli kutilmaganlik ⚪️Charm pricing (9 effekti) ⚪️Default effekt ⚪️Zeigarnik effekti ⚪️FOMO ⚪️Pratfall effekti Har birida: nazariya + real loyihadan misol + qayerda qo'llash. Oldinda - 9 ta eng kuchli instrument. Mening kafolatim: Bu 30 ta instrumentni ongli o'rganib, o'z mahsulotiga qo'llagan mutaxassis bozorda raqobatbardosh taklif bera oladi - buni shaxsan kafolat beraman. Mahsulot, narx, paket, taklif tarkibi - hammasi boshqacha ko'rinadi. 21 ta post arxivda - bugundan o'qish mumkin. 9 ta yo'lda - bittasini ham o'tkazib yubormang. Scaleup | @scaleupuz

  • 26 июн.1 712318

    Ba’zi narsalar bor, men ularni aslo kamchilik deb hisoblamayman. Masalan, hozircha mukammal ovqat pishira olmasligimni... Ilgari uy ishlarini mutlaqo yoqtirmasdim, shunchaki majburlikdan bajarardim. Lekin vaqt o‘tishi bilan qarashlarim butunlay o‘zgardi. Bugun uy tozalash men uchun shunchaki yumush emas, o‘ziga xos “terapiyaga” aylangan: charchagan bo‘lsam ham, kayfiyatim bo‘lmasa ham, jarayonda o‘zimni qayta yig‘ib olaman, chalg‘iyman. Hozir ovqat pishirish masalasi ham xuddi o‘sha davrdagi uy ishlaridek gap, hozircha bunga ichimda na xohish, na ehtiyoj bor. Lekin bu mening qo‘limdan kelmasligini anglatmaydi. Istasam va chin dildan kirishsam, albatta o‘zim uchun eng yaxshisini qila olishimni bilaman. Bugun kutilmaganda aytilgan bir gap biroz ichimga tegdi. Lekin vaziyatga tahliliy ko‘z bilan qarasam, hammasi joyida ekanligini ko‘ryapman: men eplay olmayotganim yo‘q, shunchaki ichki ehtiyojim va chin istagim hali uyg‘ongani yo‘q. Har bir narsaning hayotimdagi o‘z vaqt-soati bor. Odamlar ko'pincha o'zlarining tayyorlik taymlaynlari bilan boshqalarnikini solishtirishni yaxshi ko'rishadi. Bu barchamizda bor.. Siz nimalarni hozir qilishni hoxlamaysiz?😅

  • 12 июн.1 8346713

    Umuman olganda, haqiqiy o'zingiz bo'lish — butun umrlik imtiyozdir. © Karl Yung

  • 9 июн.2 3413929

    Tashqarida yashang. Hislaringizni, fikrlaringizni, quvonchingizni ham, og’riqlaringizni ham faqat ichingizda saqlab yuravermang. O’zingizni doim kengroq qiling. Har qanday vaziyatda. Chunki inson ichiga qamalib qolsa, bir muddatdan keyin o’zining fikrlari bilan yolg’iz yashay boshlaydi. Dunyo torayadi. Hamma narsa faqat ong ichida sodir bo’layotgandek tuyuladi. Buni o’zimdan bilaman. Ba’zan shunchalik ichimda yashaymanki, hayotimning eng muhim lahzalari ham tashqariga chiqmay qoladi. Quvonchlarim ham, qo’rquvlarim ham, orzularim ham faqat menga ma’lum bo’lib qoladi. Go’yo butun bir hayotni ichimda yashab o’tayotgandek bo’laman. Lekin inson buning uchun yaratilmagan. Biz his qilish, bo’lishish, gapirish, kulish, yig’lash va iz qoldirish uchun yaratilganmiz. Ichimizdagi hamma narsani sukutga topshirib qo’ysak, uning og’irligi bir kun kelib tanamizga ham, ruhiyatimizga ham ta’sir qila boshlaydi. Shuning uchun ba’zan tashqariga chiqing. Odamlar bilan gaplashing. Fikrlaringizni yozing. Sevgan insonlaringizga mehringizni ayting. Ichingizdagi dunyoni faqat o’zingiz yashaydigan joyga aylantirib qo’ymang. Hayot ichkarida emas, tashqarida davom etadi. Va ba’zan insonning eng katta yengilligi, qalbida olib yurgan narsalarini dunyo bilan bo’lishishidadir.

  • 6 июн.1 785136

    Eng sevimli ishlarimizdan birining final qismi yuklandi. Barcha qismlar: Intro 1-qism 2-qism 3-qism