tgindex
Marketing bo'limi

Marketing bo'limi

Статистика

Marketing haqida oʻzbek tilidagi birinchi kanal. Muallif: Otabek Sharapov - 605 Agentligi hammuassisi, Duv-Duv Gap School - birinchi kreativlik maktabi asoschisi. ______ Hamkorlik uchun: @marketingdaishla_admin

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
8
Всего постов
27
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Маркетинг
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
9 940
+11 за 5 дн.
Сутки
−5
−0,05%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 921
26 постов
Вовлечённость
29,4%
к подписчикам
Постов в день
1,1
всего 27
Упоминаний
11
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 862
1/48двое суток
2 133
1/72трое суток
2 301

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 15 авг.1 269115

    без подписи

  • 15 авг.1 3828

    без подписи

  • 15 авг.1 552178

    без подписи

  • 14 авг.1 967566

    “Shuhrat” medali bilan tabriklaymiz Hamkasblarimiz, Ma'no Branding hammuassisi va dizayn direktori - Temur Sa'di va Tasnif Group asoschisi Lazizbek Xamidovlarni shuhrat medali bilan tabriklaymiz. Shaxsiy va bizneslaridagi ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz. 🥳🥳🥳 Kecha, 13-avgust kuni prezident tadbirkorlar kuni munosabati bilan bir qancha tadbirkorlarni turli xil medal va ko'krak nishonlari bilan mukofotladi. Barcha sovrindorlarni ham shu o'rinda qutlaymiz. Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi

  • 13 авг.2 2333320

    Instagram yozuvi yangilandi Instagram wordmark - ya’ni ilovi nomining yozilish uslubini yangiladi. Bu degani, ilova ichidagi yuqorida turadigan yozuvingiz oʻzgaradi. Avvalgisi 2016-yildan beri ishlayotgan edi. Demak, 10 yildagi birinchi yangilanish. Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi

  • 13 авг.2 2874738

    Bu haqiqiy challenge. Endi Buchet ham qo'shildi Texnomartning metrodagi reklamasiga Buchet ham qo'shildi. Buchet shunchaki mahsulot reklamasi emas, ilovasidan buyurtma berishni ham ko'rsatib ketibdi. Good. Kim kreativroq kontent o'ylab toparkin yana. Kuzatamaiz. 🔥🍿 Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi

  • 11 авг.2 6345045

    Chortoq Qahva Hammamizga mashhur Chortoq brendi yangi mahsulot chiqarishni boshlabdi. Kompaniya Chortoq Coffee nomi ostida Latte va Kappuchino ichimliklarini taqdim etdi. Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi

  • 11 авг.3 6077755

    Kamolon kampotlarida bir nima bor shekilli Texnomart ajoyib kreativ reklama chiqargan ekan. Kamolon esa uni ikki taraf foydasiga ishlatib oldi 👌 Xullas, Texnomart - kino, futbol va boshqa kontentlarni telefonda koʻrish noqulayligiga ishora qilib - kaaatta bannerga kichkiiinagina rasm joylab, “katta televizorlarga 35% chegirma” deb yozib qo’yibdi. Yozuvi ham kichkina. Mana shu reklamani Kamolon osh markazi ham Texnomartni maqtab, ham oʻzining foydasiga ishlatib olibdi. Qoyil. Kamolon keysini boshqa brend egalari koʻrib, marketing jamoasiga biroz erkinlik berishadi degan umiddaman ;) Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi

  • 11 авг.2 403187

    🔥 1-sentabr yaqinlashgani sari reklama ham ko‘payadi. Natijada brendning boshqalar orasida ajralib turishi tobora qiyinlashadi. Avgust oyining o‘zida Yandex Ads’dagi umumiy reklama byudjetlari yillik o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 24% ga oshadi. Shu sababli maktab mavsumidagi marketingni so‘nggi haftalarga qoldirmaslik muhim. Talabni qachondan shakllantirish, auditoriya bilan qaysi kanallarda ishlash va yuqori mavsumda reklama kampaniyalaridan maksimal natija olish haqida — havola orqali.

  • 10 авг.2 74526

    без подписи

  • 10 авг.2 6013627

    Netflix yana bir marta tashqi reklamani qanday qilish kerakligini ko‘rsatib qoʻydi The Last House filmini targ‘ib qilish uchun Los-Anjeles ko‘chalaridan birida oddiy bilbord emas, balki… bilbordli uy o‘rnatishdi. Haqiqiy xonadon. Eshik, mebellar, derazalar va ichida yashaydigan haqiqiy odami bilan. Bir necha kun davomida u odam haqiqatan ham shu yerda yashayapti. Ko‘chadan o‘tayotgan minglab odamlarning ko‘z o‘ngida. Kitob o‘qiydi, durbin orqali atrofni kuzatdi, o‘z ishlari bilan shug‘ullandi va hatto oʻtgan-ketganlar bilan oq doska yordamida gaplashadi. Nega yanna bunaqa kreativ qilishgan? Chunki film syujetiga mos ish bu. Film syujetiga ko‘ra, bir oila o‘z uyining ichida qamalib qoladi. Mana, unung reklamasidan ham endi shunday ) Ya’ni Netflix shunchaki film gʻoyasini - ekrandan real hayotga olib chiqdi. Va haqiqiy marketing aynan shu yerdan boshlanadi. Keling, buni qisqacha tahlil qilamiz: 1. Manaaa, bizda falon kino chiqdi, koʻrilar - deb chiqmadi. Oddiygina katta bilbord qo‘yib, treylerini oʻzini chiqarib, «Netflix’da tomosha qiling» deyishlari mumkin edi. Buning o‘rniga Netflix e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan vaziyat yaratdi. Har doim shunaqa qiladi. Oʻzi netflix marketingi alojida tahlil qilinadigan yoʻnalish. 2. Tashqi reklamani internet kontentga aylantirdi. Oddiy bilbord faqat odam unga qarayotgan paytda «ishlaydi». Netflix konstruksiyasi esa ko‘rilganidan keyin ham yashashda davom etyapti. 3. Eng muhimi, g‘oya mahsulotning o‘zi bilan bog‘liq. Bu toʻgʻri strategiyadan kelib chiqadi. Bu bilbord shunchaki «kreativ uchun kreativ» emas. Buni boshqa filmga moslashtirsak, ishlamaydi. Film kontekstini bilganingizda esa g‘oya yanada kuchayadi. Oʻrganishimiz kerak ;) Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi

  • 7 авг.3 52947

    без подписи

  • 7 авг.3 5538348

    Evos bayrami munosabati bilan Oqtepa Lavash mehmon qilyapti ekan ;) Evos brendi 20 yilligini nishonlayapti. Oqtepa Lavash esa shu munosabat bilan 20% chegirma e’lon qilibdi. Manba: @bolajak_marketer va @marketingclub_event Oʻzbekistonda ham qiziqarli marketing keyslari paydo boʻlyapti a? ) Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi

  • 7 авг.3 3053922

    Ona suti bilan ozuqalantirishni qoʻllab quvvatlaymiz Chaqaloqlarni ona suti bilan ozuqalantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun aksiya amalga oshirildi. Aksiya doirasida, Korzinka, Kids Plate, Peppito kabi tarmoqlarga “ona suti” nomli bolalar kashasini eslatuvchi qutilar joylashtirildi. Aynan bolalar bo‘limiga. Qutida ona suti haqida xalq ichidagi noto‘g‘ri shakllangan tushunchalarga izoh, foydali maslahatlar, QR kod orqali esa maxsus video treninglar ham joylangan. Albatta, sog‘lig‘i tufayli kasha berishga majbur insonlar bor. Maqsad hammaga birdek “aql o‘rgatish” emas. Ammo tan olish kerak-ki, aynan kashalarning nolegal va keragidan ortiq reklamasi, ayrim meditsina mutaxassislari bilan “yaqindan ishlashlari” natijasida, ona suti bilan emizish ko‘rsatkichi yuqori darajada emas. Sun’iy aralashmalar sotuvi esa yiliga ikki barobardan o‘sib boryapti. Bolaga avvalgi 6 oy davomida ona sutidan boshqa istalgan qo‘shimcha taom berish - bolaning rivojlanishi va immunitetiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi

  • 6 авг.3 2423312

    Bu Kamolon SMMchisi nima qilyaptiiii Ishlagan narsani oxirgacha suvini chiqarish - bu nozik mahorat. Kamolon SMM mutaxassisi bu ishni uddalayapti. “Bunaqa kreativ uchun nima chekyapslar” deb so’rasa, Kamolondagilar “biz chekmaymiz, biz kompot ichyapmiz”…

  • 6 авг.3 0551934

    Asakabank uzukpay nomli mahsulotini taqdim qildi🔥 Bundan ortiq tavsif kerak emas 👌 Qolganini esa izohlarda muhomama qilsak boʻladi. Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi

  • 28 июл.4 65139238

    Marketing psixologiyasi: 30 ta ishlaydigan instrument Bu shunchaki postlar to'plami emas - bu mijozning miyasi qanday qaror qabul qilishining to'liq xaritasi. Mijoz sizni birinchi ko'rganidan qaytib kelgunicha, har bir bosqichda ishlaydigan aniq qurol. ⚪️Yakor effekti ⚪️Decoy (aldov varianti) ⚪️Yo'qotish og'rig'i ⚪️Egalik effekti ⚪️Ijtimoiy dalil ⚪️Taqchillik ⚪️Veblen effekti ⚪️IKEA effekti ⚪️To'lov og'rig'i ⚪️Eksklyuzivlik ⚪️Tanlov falaji ⚪️Ramka effekti ⚪️Von Restorff ⚪️Avtoritet ⚪️Qarz hissi ⚪️Yoqimli kutilmaganlik ⚪️Charm pricing (9 effekti) ⚪️Default effekt ⚪️Zeigarnik effekti ⚪️FOMO ⚪️Pratfall effekti ⚪️Yangilik effekti ⚪️Aniqlik effekti ⚪️Halo effekti ⚪️Kognitiv yengillik ⚪️Kontrast prinsipi ⚪️Maqsad yaqinligi ⚪️Hikoya ustunligi ⚪️Goodhart tuzog'i ⚪️30 ta instrumet bitta promptda Faqat bitta shart bor. O'qib qo'yish yetmaydi. Ochib, bittasini bugun o'z biznesingizga qo'llash kerak. Bitta instrument, bitta hafta, bitta o'lchov. Keyin ikkinchisi. Bilim natija bermaydi. Qo'llangan bilim beradi. Ushbu ro'yxatni o'zingizga saqlang va marketing bilan shug'ullanadigan tanishingizga yuboring - unga aynan shu kerak. Scaleup | @scaleupuz Reklama Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi

  • 24 июл.4 85815665

    Bu Kamolon SMMchisi nima qilyaptiiii Ishlagan narsani oxirgacha suvini chiqarish - bu nozik mahorat. Kamolon SMM mutaxassisi bu ishni uddalayapti. “Bunaqa kreativ uchun nima chekyapslar” deb so’rasa, Kamolondagilar “biz chekmaymiz, biz kompot ichyapmiz” - deydi )) Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi

  • 23 июл.3 800362

    Charchamang xona O’zbekistonning Samarqand, Navoiy va Qarshi shaharlaridagi bozorlarida “Charchamang xona” ochildi. Charchamang xonada insonlar yaxna suv ichishlari va muzdek havo chiqarayotgan konditsioner ostida hordiq olishlari mumkin. Bu albatta,…

  • 23 июл.3 7441512

    Sprite ham salqinlanish arkasini oʻrnatibdi Tasodifni qarang. The Coca Cola Company’ga tegishli Sprite brendi ham salqinlanish uchun instalyatsiya oʻrnatibdi. Toshkentning bogʻlaridan birida. Sprite tomonidan oʻrnatilgan salqinlanish arkasidan oʻtsangiz, biroz muzlab olishingiz mumkin. Yuqorida PepsiCo’ning 7up brendi oʻrnatgan salqinlanish xonasini koʻrgan edik. Umuman, bu ikkalasi ham yaxshi yurish. Chunki reklama odamlarga foyda keltirishi kerak. Mayli, boshlanishiga bir dona qurilma bilan boʻlsa ham. Shunchaki “bajarildi belgisi” uchun boʻlsa ham. Mayli. Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi