tgindex
Spot.uz – biznes va texnologiyalar

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

Статистика
@spotuz_uzузбекский

O’zbekistonda tadbirkorlik, innovatsiyalar, ta'lim va texnologiyalar yangiliklari. Rasmiy sayt: www.spot.uz/oz Tahririyat: @SpotuzMuloqotBot (+998) 78-555-60-40 Reklama: (+998) 90-919-1415, @AfishaMedia_Ivan

Последний пост
17:31
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
61
Всего постов
61
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
10 515
−40 за 4 дн.
Сутки
−15
−0,14%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
941
40 постов
Вовлечённость
8,9%
к подписчикам
Постов в день
8,7
всего 61
Упоминаний
8
каналов
Охват размещения
по 16 постам
1/24сутки в ленте
1 084
1/48двое суток
1 604
1/72трое суток
1 729

Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.

Посты

  • 17:3125932

    видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi? 15−16-avgust kunlari 23 ta bank valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlarini ko‘rsatadi. Ularning ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin. Shuningdek, 24/7 rejimida ishlovchi valyuta ayirboshlash bankomatlari va banklarning mobil ilovalari orqali onlayn operatsiyalar mavjud. Ro‘yxat: https://www.spot.uz/oz/2026/08/14/banks-holidays/ Telegram | Instagram | YouTube

  • ⚡️Mandat e’lon qilindi. Natijalarni qanday aniqlash mumkin? Yakuniy tanlov natijalarini quyidagi 4 xil usul bilan olish imkoniyati mavjud: 🌐my.uzbmb.uz sayti orqali; 🌐mandat.uzbmb.uz saytlari orqali; 🌐Bilimni baholash agentligining Telegram-botlari orqali; 🌐OTMlardagi test natijalari qaydnomasi orqali. Batafsil: https://www.spot.uz/oz/2026/08/15/mandat-26/ Telegram | Instagram | YouTube

  • 14 авг.1 2091210

    🌐 Biznesni QR-kod orqali tekshirish tizimi ishga tushdi. U qanday ishlaydi? 1-avgustdan barcha davlat xizmatchilari tadbirkor huzuriga qilgan, rasmiy tekshiruv hisoblanmaydigan tashriflarini QR-kod orqali “Yagona davlat nazorati” tizimida ro‘yxatdan o‘tkazishi shart. Tadbirkor QR-kodni yuklab olib, ko‘rinarli joyga joylashtirishi mumkin. Tashrif ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, tadbirkor amaldorni obyektga kiritmaslik, muloqot qilish va hujjat taqdim etishdan bosh tortish huquqiga ega. Tizim orqali tashriflar tarixi, tekshiruvchilar haqidagi ma’lumotlar va tekshiruv asoslarini ko‘rish, shuningdek shikoyat yuborish mumkin. QR-kodni skanerlamasdan tashrif buyurish qoidabuzarlikdir. Spot yangi tartib qanday ishlashi, QR-kodni qanday olish va inspektor qoidani buzsa, qayerga shikoyat qilish mumkinligini tushuntiradi: https://www.spot.uz/oz/2026/08/12/biznes-himoya/ Telegram | Instagram | YouTube

  • O‘zbekistonda dividendlar va obligatsiyalarga nol foizli soliqni 2038-yilgacha uzaytirish rejalashtirilmoqda ILMA boshqarma boshlig‘i Saulat Toreshevga ko‘ra, “Kapital bozori to‘g‘risida”gi qonun loyihasi imtiyozlarni yana 10 yilga uzaytirishni nazarda tutadi. Shuningdek, obligatsiyalar va sukuk qimmatli qog‘ozlaridan olinadigan ayrim daromadlarni 2038-yilgacha soliqdan ozod qilish taklif etilmoqda. ILMAga ko‘ra, uzoq muddatli imtiyozlar kapital bozori jozibadorligini oshirishi kutilmoqda. Fond bozoridagi investitsiyalar hajmini 2030-yilgacha 20 trln so‘mga yetkazish rejalashtirilgan: https://www.spot.uz/oz/2026/08/14/dividends-bonds/ Telegram | Instagram | YouTube

  • O‘zbekiston Afg‘onistonga ortiqcha elektr energiyasini eksport qiladi — energetika vaziri Sherzod Xodjayev O‘zbekiston kompaniyalari Afg‘onistonda elektr tarmoqlari va podstansiyalar qurishini ma’lum qildi. Loyiha Afg‘oniston tomoni tashabbusi bilan amalga oshiriladi va uning ijrosi alohida nazoratga olinib, har hafta hisobot beriladi. O‘zbekiston quyosh va shamol stansiyalarida hosil bo‘ladigan mavsumiy ortiqcha elektr energiyasini eksport qilishni rejalashtirmoqda. “Afg‘onistonga elektr energiyasi eksporti ichki talab to‘liq qondirilganidan keyin hosil bo‘ladigan ortiqcha elektr energiyasi hisobidan amalga oshiriladi”, — dedi vazir: https://www.spot.uz/oz/2026/08/14/afghanistan-energy/ Telegram | Instagram | YouTube

  • 💸 Dollar kursi yana pasaydi — 11 891,18 so‘m O‘zbekiston Markaziy banki 17-avgust kuni uchun valyutalarning yangilangan qiymatini e’lon qildi. Valyutalar kursining o‘zgarish dinamikasini saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin. Telegram | Instagram | YouTube

  • Toshkentda ko‘chmas mulk ommaviy baholandi — uylar narxi kadastrdagidan 7,4 baravar yuqori Xususan, poytaxtda 600 mingdan ortiq kvartira baholangan. Ularning amaldagi kadastr qiymati 57,8 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, baholash natijasida bu 426,7 trln so‘mga yetgan. Qayta baholangan 213 mingdan ortiq hovli-joylarning joriy kadastr qiymati esa 39,1 trln so‘mni tashkil etib, ommaviy baholashdan keyin bu 587 trln so‘m etib belgilandi. Baholash natijalari Toshkent hududlari kesimida ko‘chmas mulk qiymatida sezilarli tafovutlar mavjudligini ham ko‘rsatdi: kvartiralarning 1 kv.metri uchun qiymat 4,6 mln so‘mdan 35,8 mln so‘mgacha, bir sotix yer uchastkasining qiymati esa 115 mln so‘mdan 890 mln so‘mgacha bo‘lgan. Baholashda obyektning joylashuvi, maydoni, qurilgan yili, qurilish materiallari, infratuzilma va bozor ma’lumotlari hisobga olingan. Natijalar hozircha dastlabki bo‘lib, 60 kun davomida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Mulkdorlar baholash natijasidan norozi bo‘lsa, uni qayta ko‘rib chiqishni so‘rashi yoki mustaqil baholash tashkilotini jalb qilishi mumkin: https://www.spot.uz/oz/2026/08/14/property-valuation/ Telegram | Instagram | YouTube

  • Surxondaryo va Markaziy Osiyoning bir qator hududlarida elektr ta‘minotida uzilishlar kuzatildi Xorijiy nashrlarning yozishicha, Bishkek, Olmaota va Dushanbeda elektr energiyasi bilan bog‘liq uzilishlar qayd etilgan. Qirg‘iziston Energetika vazirligi mutaxassislari…

  • 14 авг.1 005213

    Surxondaryo va Markaziy Osiyoning bir qator hududlarida elektr ta‘minotida uzilishlar kuzatildi Xorijiy nashrlarning yozishicha, Bishkek, Olmaota va Dushanbeda elektr energiyasi bilan bog‘liq uzilishlar qayd etilgan. Qirg‘iziston Energetika vazirligi mutaxassislari uzilish sabablarini aniqlash ustida ishlamoqda. O‘zbekiston Energetika vazirligi uzilishlarga Markaziy Osiyo energetika tizimiga ta’sir ko‘rsatgan qo‘shni mamlakat energetika tizimidagi avariya sabab bo‘lganini ma’lum qildi. O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlariga ko‘ra, yagona energetika tizimida bir necha pog‘onali avariyaga qarshi avtomatika tizimi ishlashi oqibatida mamlakatning ayrim hududlarida favqulodda o‘chishlar kuzatilgan. Surxondaryo va boshqa ayrim viloyatlarda uzilgan elektr ta’minoti hozirda bosqichma-bosqich tiklanmoqda: https://www.spot.uz/oz/2026/08/14/power-outages/ Telegram | Instagram | YouTube

  • Samarqand elektr tarmoqlarini Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasi boshqaruviga berish tezlashtiriladi Prezident raisligidagi yig‘ilishida 265 ta mahallada 60 MVt elektr, 42 ta mahallada yiliga 47 mln kub metr gaz taqchilligi, 207 ta mahallada esa quvvat zaxirasi mavjudligi qayd etildi. Aholi va tadbirkorlarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha besh yillik dastur doirasida 721 ta mahallada 2 261 ta transformator va 7 449 km elektr tarmog‘ini yangilash belgilandi. Energetika sohasida muammolarni oldindan aniqlash, zarur choralarni rejalashtirish va ularning oldini olish tizimiga o‘tish maqsad qilingan. Shuningdek, Samarqand elektr tarmoqlarini Aksa Enerji boshqaruviga berish hamda Surxon-Puli-Xumri elektr uzatish liniyasi qurilishini jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi: https://www.spot.uz/oz/2026/08/14/fuel-energy/ Telegram | Instagram | YouTube

  • Elektromobillar importi yil boshidan buyon 2,6 baravarga oshdi Joriy yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga 37 874 ta elektromobil import qilingan. Elektromobillar importi qiymati $447,7 mlnni tashkil etib, o‘tgan yilgi jami avtoimportdan $25,6 mln oshdi. Xitoy elektromobil yetkazib berishda yetakchi bo‘lib, yil boshidan 37 560 ta yoki jami importning 99,2% ini yetkazdi. Shuningdek, Gonkongdan 141 ta, Janubiy Koreyadan 80 ta, Germaniyadan 42 ta va AQSHdan 21 ta elektromobil olib kelingan: https://www.spot.uz/oz/2026/08/14/ev-import-rise/ Telegram | Instagram | YouTube

  • 14 авг.1 010643

    Mirziyoyev Prezident Administratsiyasi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi Hujjat bilan Administratsiyaning maqomi, vakolatlari va asosiy vazifalari qonun darajasida belgilandi. Administratsiya prezident tomonidan shakllantiriladi, unga bevosita bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. U prezident farmonlari, qarorlari va topshiriqlarini tayyorlash hamda ijrosini nazorat qilish, yangi tashabbuslarni ishlab chiqish, aholi va tadbirkorlar bilan muloqotni tashkil etish kabi vazifalarni bajaradi. Shuningdek, Administratsiyaning davlat organlari bilan hamkorligi, mansabdorlarni tayinlash va Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatining qonuniy asoslari belgilandi: https://www.spot.uz/oz/2026/08/14/presidential-administration/ Telegram | Instagram | YouTube

  • 14 авг.1 043191

    Tadbirkorlikni litsenziyasiz boshlash uchun 3 oylik maxsus rejim joriy etiladi “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi doirasida tadbirkor ayrim faoliyat turlarini litsenziya yoki ruxsatnomasiz boshlashi mumkin. Buning uchun u maxsus elektron tizim yoki Yagona portal orqali vakolatli organga bepul xabar berishi kerak bo‘ladi. Maxsus rejim 3 oy davom etadi. Shu davrda tadbirkor litsenziyasiz ishlagani uchun javobgarlikka tortilmaydi. Bu vaqt ichida u faoliyatini belgilangan talablarga moslashtirib, tegishli litsenziya yoki ruxsatnomani olishi kerak: https://www.spot.uz/oz/2026/08/14/unlicensed-entry/ Telegram | Instagram | YouTube

  • 14 авг.1 068151

    Ish, magistratura va xorijda ta’lim: KIUT`da bitiruv marosimi o‘tkazildi Toshkent Kimyo xalqaro universitetida 2026 yilgi bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda bakalavriat va magistratura bosqichlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga diplomlar topshirildi (reklama). https://www.spot.uz/oz/2026/08/14/kiut/

  • 14 авг.1 081154

    Bolaga otasining ismi familiya sifatida berilishi mumkin bo‘ladi Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan bolaga otasining ismi yoki bobosining ismi asosida familiya berish mumkin bo‘ldi. Ilgari ota ismini familiya qilish nazarda tutilmagan edi. Shuningdek, elektron va nodavlat arxivlarni tashkil etish tartibi belgilandi. Elektron arxivlar uchun raqamlashtirish, hujjatlarni qidirish va saqlash, shuningdek axborot va kiberxavfsizlik talablari joriy etildi. Nodavlat arxivlar davlatga tegishli bo‘lmagan arxiv hujjatlarini saqlash va ulardan foydalanishni ta’minlaydi: https://www.spot.uz/oz/2026/08/14/legislative-changes/ Telegram | Instagram | YouTube