tgindex
Uzbekonomics

Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics Substack: https://botir.substack.com/ Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/ Aloqa: @econ_feedback_bot

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
8
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Видео
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
20 179
−24 за 3 дн.
Сутки
−2
−0,01%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
9 367
21 постов
Вовлечённость
46,4%
к подписчикам
Постов в день
1,1
всего 21
Упоминаний
58
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
4 704
1/48двое суток
5 390
1/72трое суток
5 814

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 13 авг.4 2191147

    Bu ham mayli, lekin ch va sh tovushlarini yozayotganda matnlarimiz cho’zilib ketdi deb, shunga endi ch va sh deb emas c va s deb yozishlaridan go’yoki iqtisod bo’ladigan vaqtni nimaga ketqazishmoqchi? Keyingi alifboni yana qanday qilib o’zgartirsak bo’lar ekan deb o’ylashgami? https://t.me/iqtisodchi_kundaligi/4334 @uzbekonomics

  • 11 авг.5 460756

    O'zbekistonda yaxshiyam Gazeta bor! Bugun 18 yoshga to'lishibdi. O'zbekiston uchun qilayotgan muhim faoliyatlari davomiy bo'lishini tilab, Gazetadagi barcha jurnalist, muharrir, va xodimlarni tabriklayman. P.S. Kolonka yozmaganimga ham ancha bo'libdi... @uzbekonomics

  • 11 авг.5 0031113

    ​​Nyu Jersi. 2026 yil. Donald Tramp, golf va raketadan mudofaa tizimi. @uzbekonomics

  • 11 авг.4 820722

    Demak, shunda samolyot uchun xavf borligini bilishsa ham jurnalistlarni va hodimlarni o'zlariga aytmay samolyotga chiqarib yuborishgan bo'lyaptimi? https://t.me/davletovuz/26194 @uzbekonomics

  • 11 авг.5 1471419

    Hozirgi qonunchilikdagi g'alati holat shundaki, bunday haydovchilarning qilmishi kimdir jiddiy jarohatlanmaguncha yoki halok bo'lmaguncha, asosan ma'muriy huquqbuzarlik darajasida qolar ekan. Ya'ni haydovchi shaharda 210 km/soat tezlikda yurishi mumkin, yuzlab…

  • 11 авг.5 6598220

    Hozirgi qonunchilikdagi g'alati holat shundaki, bunday haydovchilarning qilmishi kimdir jiddiy jarohatlanmaguncha yoki halok bo'lmaguncha, asosan ma'muriy huquqbuzarlik darajasida qolar ekan. Ya'ni haydovchi shaharda 210 km/soat tezlikda yurishi mumkin, yuzlab odamlarning hayotini xavf ostiga qo'yishi mumkin ammo omad kelib, hech kimni urib ketmasa, jinoyat ham yo'q. Bor yo'g'i 6 million so'm ekan jarimasi, 15 kun ichida to'lasa 3 million so'm bo'ladimi? Juda kulguli va umuman arzimagan pul-ku bunday qilmish uchun. Qoidabuzarlar uchun bu arzon reklama desa ham bo'ladi, jazo emas. 200 km/s yuribdi deb barcha sahifalarda reklama qilib olarkan o'zini, yuziga vijir-vijir qo'ydirib. Menimcha, aynan shu joyi o'zgarishi kerak. Gap haydovchi kimnidir o'ldirishni qasd qilganida emas. Gap uning o'z xohishi bilan, ongli ravishda o'ta xavfli tezlikni tanlaganida. Hech kim 210 km/soat tezlikka o'zidan-o'zi chiqib qolmaydi. Gazni kimdir uning o'rniga bosib bermaydi. Bu ongli qaror. Va qonun faqat oqibatni emas, o'ta xavfli qilmishning o'zini ham jiddiy jazolashi kerak. Nega jinoiy javobgarlik masalasini ko'rish uchun avval kimningdir suyagi sinishi yoki jasadi paydo bo‘lishi kerak? Jazo faqat sodir bo'lgan fojiaga javob bo'lmasligi kerak. Jazoning vazifalaridan biri fojianing oldini olish bo'lishi kerak. 3-6 million so'mlik jarima bunday xatti-harakatlarning xavflilik darajasiga mutlaqo mos emas. Ayrimlar uchun bu jarima jazodan ko'ra shunchaki "tez yurish narxi"ga aylanib qolibdi. Shaharda bunday tezlikda yurganlar ma'muriy jazo emas, jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak, haydovchilik guvohnamasi 1-2 yilga olib qo'yilishi va shaxslar esa kamida 2-3 oyga qamalishi kerak. Shunda ertaga o'zi ham, boshqasi ham o'rnak oladi. Aks holda instagramda tekin reklama deb yuraverishadi, bunday bosar tusarini yoqotib qo'yganlar. Oliy Majlis bu masalani jiddiy ko‘rib chiqishi, qonunchilikni o'zgartirishi kerak deb takroran aytaman, bugun ham. Oddiy tezlik oshirish bilan o'ta xavfli, qasddan ekstremal tezlikda harakatlanish o'rtasida qonunda aniq farq bo'lishi kerak. Kuni kecha Rossiyada bir nechta vatandoshlarimiz urush natijasida halok bo'lishgan edi. O'zbekistonning ichida ham shunday ko'lamda har kuni odam o'ladi, to'g'rirog'i o'ldiriladi - yo'llarda. Bu ham urush. O'zimizning ichimizdagi urush. @uzbekonomics

  • 9 авг.6 28114628

    ​​O'zbekistonda temir yo'llar tizimida chipta sotish tizimi va amaliyoti to'g'irlanishi kerak, to'g'rirog'i 10 yil oldin qilinishi kerak edi. Menimcha, 2026 yilda bunday muammolar bo'lishi uyatli vaziyat. Bir yil oldin ham, 2025 yilda uyatli vaziyat deb yozgan ekanman. O'zbekistonliklar ham, xorijlik turistlar ham qiynaladi bilet topgani, sotib olgani. Tasodifan mana bu postga ko'zim tushib qoldi: "Бугун обедларда маълум бўлдики, эртага эрталаб 8:30 да Тошкентга тренингда иштирок этишим лозим экан. Табиийки самалётда билет йўқ, Афросиёб билетларини приложениядан излашга тушдим. Ҳар доимгидек билет умуман йўқ, бизнес класс ҳам. Таваккал қилиб, кутишга қарор қилдим. Агар 19:00гача билет чиқмаса, такси билан йўлга чиқишни мўлжаллаб қўйдим. Яхшиям 18:00да 18:50 даги Самарқанд-Тошкент йўналишида Бизнес классда 1 та билет пайдо бўлди, зудлик билан сотиб олиб, поездга чиқдим. Энг қизиғи Бизнес классдан 7 та ўрин БЎМ-БЎШ келди. Бу битта вагондан, қолган вагонлардан қанча жой бўш келаяпти худо билади. Кўп ҳолларда билет топа олмай таксида эзилиб келиб кетган кунларимни эслаб ёздим. Реално менга тушунарсиз, НЕГА ЖОЙЛАР БЎШ бўлсада реализацияга чиқармайсизлар?" Ko'pchilik uchun tanish vaziyat bo'lsa keark. Hukumat idoralari, turfirmalar oldindan bron qilib qo'yib oxirida kerak bo'lmay qolgan chiptalar yoki ularning qo'lida ishlatilmay qolib ketadi yoki jarimasi bilan qaytarib berilsada lekin ular qayta aylanmaga chiqishga ulgurmay qoladi. Yoki, ba'zi chiptalar shunchaki boshidan aylanmaga ham chiqmaydi, rezerv qilingan deyishadi. Tabiiyki ular sotilish-sotilmasligidan korxonaga rag'bat yo'q. Natijada, bilet tanish-bilish, telefon qilish orqali topilsa topildi, topilmasa yo'q. Buni o'zbekistonliklar ham, xorijdagi chet-elliklar ham biladi. Oldinlari hammani tanish valyutchiki bo'lsa, hozir tanish biletchisi bor. Redditda ham xorijliklar qanday qilib turli sxemalar orqali bilet olish mumkinligini, muammo haqida ulashib kelishadi. Bir, ikki, uch, to'rt, besh. Mana, pulimni oling deb turishsa ham to'lov tizimi o'tkazmaydi deyishadi, masalan. Bilet yo'qligidan ko'p o'zbekistonliklar mashinaga/taksiga chiqib yo'lda sarson bo'ladi, avariya bo'ladi, halok bo'ladi... Turistlarni qo'yib turaylik. O'zbekiston shaharlari o'zbekistonliklar uchun o'zaro transport (temir, avia) bilan yaxshiroq bog'lanishi, serqatnov bo'lishi, chipta topish, sotib olish osonroq bo'lishi kerak. Millionlab odamlar qatnaydi. O'qishga, uyga, ishga. Ijobiy tomoni shundaki, kapital xarajatlar yomon emas, poyezd, samolyotlar sotib olamiz. Lekin, shu biletni sotish tizimini to'g'ri yo'lga qo'ya olmaganimiz kamida uyatli vaziyat. @uzbekonomics

  • 9 авг.13,4 тыс23940

    O'zbekistonda elektromobillarni ommalashtirish, uni sotib olayotganlarga yengillik bo'lsin degan yaxshi niyat bo'lsa avvalambor uni kreditga sotib olayotganlarga foiz xarajatlarini byudjetdan qoplab berish emas, balki shu elektromobillarga bo'lgan barcha import boj va yig'imlarni olib tashlash to'g'ri va foydaliroq bo'ladi. Byudjetga ham, iste'molchiga ham, bozorga ham. @uzbekonomics

  • 7 авг.8 52816355

    ​​Kino haqida, aytgancha. Odysseyni ko'rdim. 70mm plyonkada to'liq sur'atga olingan birinchi filmni aynan 70mm ni proeksiya qila oladigan IMAX kinoteatrda ko'rdim. Bunday formatda ko'rsatadigan kinoteatrlar soni dunyoda bor yo'g'i 40 ekan deyishdi, AQShni o'zida 20ta. Shunga seansimizda Odysseyni ko'rgani nafaqat boshqa shtatlardan, balki boshqa mamlakatlardan kelganlar ham bor ekan. Mutlaq raqamlashgan zamonda shunday formatda film olinayotgani va proeksiya qilinayotgani qiziq, biroz o'qib ko'rdim. Raqamli kameralarda 4K, 6K bo'lsa 70mm IMAX plyonkada 18-20K bo'lar ekan. Filmning o'zi haqida nima deyish mumkin, Kris Nolan - buyuk ijodkor, nafaqat rejissor. Yunon mifologiyasi o'qimagan bo'lsangiz yoki yodingizdan chiqib qolgan bo'lsa biroz qaytarib olib keyin ko'rishni tavsiya etaman. 3 soat qanday o'tib ketganini odam sezmadi. Otning ichidagi sahna qanday mashaqqat bilan olingani, norgeyidan topilgan haqiqiy kemada eshkak eshishga o'rgatilgan aktyorlar, haqiqiy g'or topib, tog'ning tepasiga shu og'ir IMAX kameralarni olib chiqish, plyonkasini aylantiradigan kamera motori shunchalik balandligan dialoglarni sur'atga olish imkoni bo'lmaganidan uning ovozini kamaytiradigan g'ilof yasalgani - shularni barchasini odam bilganidan keyin bu filmni sur'atga olish juda qiyin bo'lganligini tushunish mumkin ekan. Repper Travis Scott ham masalan adashib chiqib qolmagan. Gomerning dostoni asrlar davomida og'zaki she'riyat sifatida avloddan-avlodga o'tib kelganiga zamonaviy repperchi orqali ishora qilingan. Xullas, Kris Nolan - geniy. Keyingi filmini 3 yildan keyin kutamiz. @uzbekonomics

  • 7 авг.7 97913426

    Masalan, kinochilarga yoki istalgan ijodkorlarga davlat yordam beraman deganda ingliz tilidagi shu gap esga tushadi. @uzbekonomics

  • 6 авг.8 6461016

    kanalda cho'milishni qonuniylashtirish muammoni hal qilish emas, balki kattaroq fojiaga taklifnoma yozishdek bo'lib qolishini xohlamayman.

  • 5 авг.8 50515828

    ​​Bugun Michigan shtatidan AQSh senatiga bo'lgan demokratik praymerizda Abdulrahmon El-Sayed g'olib bo'libdi. Noyabrda endi Mayk Rojersga qarshi saylovga chiqadi. Yutsa - AQSh senatori. Tarjimai holi juda qiziq. O'zi Detroitda tug'ilgan. Otasi Misrdan AQShga o'qishga kelib immigratsiya qilgan ekan, Detroytdagi Wayne State universitetida injenerlikka o'qigan ekan. Onasi hamshira ekan. Abdulrahmon Michigan universitetini o'qib keyin Rhodes stipendiyasini olib Oxfordda o'qigan va u yerda PhD qilgan ekan. Bu juda nufuzli stipendiya, kam sonli odamlar oladi. Keyin AQShdagi Kolumbiya universitetida tibbiyot yo'nalishida o'qib, M.D. ya'ni shifokorlik darajasini oligan. So'ng o'sha Kolumbiya universitetining epidemiologiya kafedrasida professor bo'lib ishlagan. Shifokorlik litsenziyasi bo'lsa-da, amaliyotda shifokorlik qilishdan ko'ra jamoat salomatligi (public health) sohasini tanlagan, keyin esa siyosatga o'tib ketgan. Qoyilmaqom. Shuncha ishni orasida Oxfordda lacross jamoasining kapitani bo'lishga ham ulgurgan ekan. All-American degan atama bormidi? Xullas, noyabrda yutib ketishi mumkin. @uzbekonomics

  • 5 авг.8 4231595

    Birovning uyiga noqonuniy kelib muzlatgich va oshxonani tintuv qilgandan ko'ra, o'sha muzlatgich va oshxona to'xtovsiz ishlab turishi uchun sharoitni (energiya) yaratish ustida ishlagani ma'qul edi. https://t.me/iqtisodchi_kundaligi/4325 @uzbekonomics

  • 3 авг.18,4 тыс20439

    Jamiyatimizda va o'zbek tilidagi axborot makonida kirill yozuvining qamrovi haligacha juda keng ekan. U nafaqat 30 yil o'tib saqlanib qolgan, balki faol ishlatilmoqda ham ekan. Menimcha, alifbo masalasidagi asosiy muammolardan biri aynan shu edi. Alifbo va til islohoti deyilganda men, avvalo, kirilldan batamom voz kechib, jamiyatni amaldagi lotin yozuviga to‘liq o‘tkazish haqida gap ketadi, deb o‘ylagandim. U o'tish uchun Sh bilan Ch halaqit qilmayotgan edi masalan, jiddiy bo'laylik. Kirill qamrovini sezish uchun O'zbekistonda kundalik hayotda axborot-kommunikatsiyaning mutlaq yetakchisi bo'lgan manbaga ya'ni Telegramga qarashning o'zi yetarli. Shu yerda pauza olib, o'zingiz o'qiydigan kanallarga bir qarang, ayniqsa kattaroq avlod a’zolari. Barmoq bilan ishora qilish yoki ayblash uchun emas, shunchaki misol tariqasida olaylik. O'zbek tilida yozadigan, obunachisi va o'qishlar bo'yicha birinchi o'rinda turuvchi va 1 milliondan ko'p obunchasi bor Kun.uzning asosiy telegram kanali ham, millionga yaqin obunachisi bor bloglar ham, 400 minglab obunchasi bor bo'lgan eng katta futbol blogerlari/sharhlovchilar ham, Milliy axborot agentligi ham, va telegramdagi boshqa 100-200 minglab obunchasi bor bo'lgan bloger va yangilik kanallari shu kungacha kirillda yozib kelishar ekan. Tabiiy savol tug'iladi: nega? Men ular amaldagi lotinga faqat ataylab yoki qasddan o'tmagan, demoqchi emasman. Aksincha, demak, kirilldagi kontentga talab bor. Millionlab odam bu kanallarni bekorga o'qimaydi. Ehtimol, kontent yaratuvchilarning o'zi lotinda yozishga qiynalar. Balki ularning auditoriyasi lotinda o'qishga qiynalar. Har qanday holatda ham aholining axborotni eng faol yaratadigan va iste'mol qiladigan qatlamida kirill hali ham keng tarqalgan va unga ehtiyoj mavjud. Buning ta'siri faqat sovet davrida maktabga borgan avlod bilan cheklanib qolmaydi. Ya'ni kirillda yozadigan yirik kanallar faqat kirillda savod chiqargan tengdoshlariga murojaat qilmayapti. Masalaning boshqa muhim tomoni ham bor - ular kirillda yanada ko'proq yozilishiga va ishlatilishiga yangi talabni ham uyg'otishmoqda. Mustaqillikdan keyin tug'ilgan, maktabda lotin yozuvida savod chiqargan yoshlar ham eng yaxshi futbol blogini, eng tezkor yangilik kanalini, parlament xabarlarini yoki davlat idorasining rasmiy sahifasini kuzatmoqchi bo'lsa, ko'pincha kirillda o‘qishga majbur bo'ladi. Ya'ni maktab bolaga lotinda savod beradi, jamiyat esa uni baribir kirillni o'rganishga va undan foydalanishga majbur qiladi. 1991-yildan keyin tug'ilganlarning ham kirillda blog yuritishi, yozishi, va o'qishi bunga dalil. Shunday ekan, asosiy muammo amaldagi lotin alifbosida Sh yoki Ch borligidami? Yoki 30 yil davomida lotinni jamiyatning haqiqiy, yagona va ustun yozuviga aylantira olmaganimizdami? Hozirgi lotinga 30 yil davomida o'tmagan odam yangi lotinga ertaga nimaga o'tishi kerak? Uni shu paytgacha kirillda ushlab turgan sabab Sh va Ch bo'lganiga qanday dalil bor? Hech qanday. Hech kim kafolat bermaydi, yuqorida tilga olinganlar va mutlaqo hamma ertadan kirilldan lotinga o'tadi deb. Baribir kirillda yozaverishadi, ayniqsa buni oqlayotganlar ko'pchilikni dumli Sh va Chga ro'para qilib o'zlari kirillda davom etaverishadi. O'tishga majburlangan taqdirda ham qiynaladi, yozuvchi ham o'quvchi ham. Aksincha, baribir kirill qulay ekan deb battar ommalashishi mumkin. Hozir amalda ikki yozuv - kirill va lotin yonma-yon yashayotgan bo'lsa, ertaga uchta yozuv paydo bo'ladi. Avval mavjud va juda katta muammoni - kirill va lotinning 30 yildan beri parallel yashayotganini hal qilmay turib, lotinning o'zini yana ikkiga bo'lish va parallel yashaydigan uch yozuvni yaratish qanchalik oqilona degan savol o'rinli. @uzbekonomics

  • 3 авг.8 30914324

    Men yuqorida tilga olgan misolda "ular ataylab lotinda yozishmaydi" demoqchimasman, yoki masalani shaxslarga bog'lamoqchi emasman, bu misollarni ataylab izlab topganim ham yo'q. Tasodifan yuqoridagi tezlik haqidagi yangilikning o'zidan chiqib keldi. Shu kirilda yozadigan odamlarning o'zlari ham aytishadiki - bizning savodimiz kirillda chiqqan, shuning uchun lotinga o'tishga qiynalamiz deb. Va ularning gapida jon ham bor, odam qaysi yozuvda savodini chiqarsa, birinchi alifbosini o'qisa tabiiyki o'shanda yozishga, o'qishga o'rganadi, ertaga boshqasiga o'tishga qiynaladi. Aynan shuning uchun ham ertaga 1 sentyabrda maktabga birincha marta qadam qo'yadigan yuz minglab bolalar uchun ham, maktabga qaytayotgan millionlab bolalar uchun ham yangi alifboga o'tish oson bo'lmaydi. Qolgan shartli 20 million odam, hozirgi lotinda savod chiqargan odamlar uchun ham o'tish oson bo'lmaydi - bor yo'g'i 4ta harf o'zgaryaptiku degan sous bilan taqdim etilsa ham. Darsliklar o'zgarmaydi deyishadi, vaqti kelganda yangi alifbo bilan bosib chiqariladi xolos deyishadi. Shu argumentni tagida katta masʼuliyat yotganini sezishmayapti, menimcha. Ertaga 1-2 sinfda eski Sh va Ch bilan o'qishadi deylik, lekin 5-6 sinfga yetib qolishganda yangi Ç va Ş da yozilgan kitoblarni o'qishadimi? Keyin ular ham 20-30 yildan so'ng katta bo'lib, "biz qiynalgan avlodmiz, haligacha yangi Ç va Ş da yozishga o'rgana olmadik, kelinglar yana alifboni o'zgartiramiz" deyishadimi? Misol uchun. @uzbekonomics

  • 3 авг.10,7 тыс46358

    Shunchaki qiziqib ko'rdim, kamida ikkita partiyaning Telegram kanali kirillda yuritilar ekan. https://t.me/uzlidep/40022 https://t.me/adolat_uz Alifboni isloh qilish kerak deb kirilda yozayotgan jurnalist/bloger/targ'ibotchilar avvalambor o'zlarini isloh qilib va keyin deputatlarni, va hokimiyatdagilarni ham kirildan voz kechishga chaqirishar? 30 yildan beri lotindamiz. Haligacha kirillda o'zlari yozishadi, lekin muammoni ch va sh dan ko'rishadi. @uzbekonomics

  • 3 авг.9 45314122

    Shaharda tezlik chegarasi 60km/s. Chegarani qo'shimcha 80km/s ga kimdir oshirsa, yani masalan 140km/s dan tezroq yursa uning haydovchilik guvohnomasini olib qo'yish taklif etilayotgan ekan. Bunday vaziyatlarda qonunbuzarga qamoq jazosini berish kerak Inson hayotiga tajovuz va jamoatchilik tinchligi uchun xavf tug'dirganligi uchun. Aql bovar qilmaydigan tezlikku. 140km/s dan keyin jarima kuchayadi degani 140km/s ga sal yetmasdan yurish mumkin degandek bo'lib qoladi. Kechasi do'konga sut olgani chiqqan ona va bola yo'ldan o'tayotganida bir ahmoq 135km/s poyga o'ynab o'tib ketishini tasavvur qilyapsizlarmi? Tasavvur qilish ham kerak emas, shundoq ham shahar yo'llarini poyga maydoni deb o'ylaydiganlar talaygina. Ularni hujjatini emas, o'zlarini yo'llardan olib tashlash kerak. Aytgancha, bu qonun loyihasi haqidagi xabarni kirillda yozishibdi. Partiyaning telegram kanali ham kirillda yuritilar ekan. Deputatlar va partiyalar, avvalo, o'zlari amaldagi qonunchilikka muvofiq o'zbek tilida - lotin yozuvida 100% yozishni boshlaganida, balki hech qanday alifbo islohotiga ehtiyoj ham qolmas edi. Asosiy muammo bizdagi “sh” va “ch” harflarida emas, sizlarning hanuz kirill yozuvidan lotin yozuviga o'ta olmayotganingizda, deb aytish mumkin - ayniqsa, o'zlari kirill yozuvida yozib turib, alifbo islohotini targ‘ib qilayotganlarga. @uzbekonomics

  • 2 авг.9 4265313

    Bu haftalik dayjestni yozib keldim. Aniqrog'i, siz uchun biroz situational awareness qilib qo'ydim) https://botir.substack.com/p/august-2-2026

  • 1 авг.22,9 тыс26869

    "Vahima qilyapsiz, bor-yo'g'i 2-4 ta harf o‘zgaryaptiku", "masalani chuqur o‘rganmay, yuzaki fikrlayapsiz", ham deyishadi. Albatta, aynan yuzaki! Men avval eng yuzada ko'rinadigan (lekin baribir muhim bo'lgan), hayolimga kelgan muammolarni sanadim, misol keltirdim: email, aviachipta, pasportdagi MRZ, ism-familiyaning turli bazalarda turlicha yozilishi, uzilgan avlodlar vhkz. Chunki bularni sodda misolda tushuntirish mumkin. Lekin o'sha aytilganidek chuqurroq kiradigan bo‘lsak, inobatga olinmagan va yanada jiddiy masalalari ham bor. Son-sanoqsiz. Bir misol keltiraman. Qo'rqmasdan "bu o'zgarishning hech qanday xarajati bo'lmaydi" deyilgan shiorlarni ko'rdim. Xarajat degani faqat yangi kitob chiqarishga, bannerni almashtirishga ketgan buxgalterlik chiqim tushinilmaydi. Asosiy xarajatlar ko'zga ko'rinmaydigan, o'lchab bo'lmaydigan va o'sha o'g'ziga urilayotgan iqtisodchilarning tilida aytiladigan opportunity cost orqali bo'ladi. Deylik yangi alifboga o'tildi. Kimlar birinchi frontda turibdi, kimlar o'tishga majbur bo'ladi? Byudjetdan oylik oladiganlar. O'zi o'qituvchi bilan shifokorni paxta dalasidan zo'rg'a chiqarib olgandik. Ularning mehnat unumdorligiga qayta tiklanmas darajada ziyon keltirilgandi. Endi ularning vaqtini yana asosiy ishidan olib, foydasi hali aniq o'lchanmagan, balki o'ylanmagan yangi ma'muriy kampaniyaga sarflamoqchimiz. Ular o'zi nima deb o'ylaydi, masalan? O'qituvchilar yangi qoidani avval o'zi o'rganadi, darslik va materiallarini moslashtiradi, bolalarga o'rgatadi, yillar davomida eski va yangi lotindagi yozuvlarni tekshiradi. Shifokor, bank xodimi yoki davlat xizmatchisi esa ism-familiya va hujjatlardagi turli yozuvlarni solishtirishga, xatolarni tuzatishga va bazalarni moslashtirishga vaqt sarflaydi. Bir odam uchun bu bir necha daqiqadek ko'rinadi. Lekin bir necha daqiqa millionlab odamga, yuz minglab xodimga va minglab tashkilotga yuklansa, bu mehnat unumdorligiga yaxshigina soliq bo‘ladi. Bu shunchaki ikki harfni yodlab olish emas. Bu - maktablar, shifoxonalar, banklar, universitetlar, davlat idoralari va xususiy bizneslarga yana bir o'tish davrini, mehnat unumdorligi solig'ini yuklashdir. Dasturchilar yangi mahsulot yaratish o'rniga eski va yangi yozuvlarni bog‘laydigan tizimlar, translitlar yozib o'tiradi. Tashkilotlar bir xil ma'lumotni uch xil yozuvda, databaseda saqlaydi. Fuqarolar esa xato chiqsa, o'zi bir odam ekanini idorama-idora yurib isbotlaydi. Shuning uchun "bor-yo'g‘i to'rtta harf" degan gapning o'zi yuzaki fikr. Harf to'rtta bo'lishi mumkin. Ammo u tegadigan hujjat, tizim, ish jarayoni va insonlar soni millionlab. Men vahima qilmayapman. Men chin dildan, oddiy savol beryapman: Bu o'zgarishdan olinadigan aniq va o'lchangan foyda, jamiyat zimmasiga tushadigan vaqt, xato, muvofiqlashtirish va unumdorlik xarajatidan, mehnat unumdoriligiga bo'lgan soliqdan kattami? Hozircha bunga jiddiy javob ko‘rmadim. Chunki u yo'q. Bo'lsa ham ha katta deb ko'rsatishsa gap bo'lishi mumkin emas edi. @uzbekonomics

  • 1 авг.16 тыс1227

    ​​Xullas, TL;DR qiladigan bo'lsam: @uzbekonomics