tgindex
Paiziev24

Akmal Paiziev — MyTaxi, Express24, Workly, Maxtrack asoschisi va hozirda Numeo.ai ustida ishlayapman.

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
17 авг.
Постов за неделю
15
Всего постов
41
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Технологии (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
12 191
+13 за 6 дн.
Сутки
−1
−0,01%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
3 959
40 постов
Вовлечённость
32,5%
к подписчикам
Постов в день
2,1
всего 41
Упоминаний
52
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
2 635
1/48двое суток
3 019
1/72трое суток
3 256

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Kuch haqida post. @paiziev24

  • 15 авг.2 408128

    Menga a16z’ning Travis Kalanickning yangi Atoms startapiga $1.7 milliard investitsiya kiritgani juda qiziq tuyuldi. Travisning bir nechta chiqishlarini ko‘rdim - gaplari juda falsafiy (balandparvoz). U oxirgi 8 yil davomida CloudKitchens, ya’ni industrial oshxonalar biznesi bilan shug‘ullanib kelayotgan edi. Endi esa birdaniga food yoniga mining va transportni ham qo‘shib, Atoms Food, Atoms Mining va Atoms Transport degan uchta yo‘nalishni birlashtirdi. a16z buni “physical world uchun computer” qurish g‘oyasi sifatida tushuntiryapti. (Andreessen Horowitz⁠) Menda esa biroz boshqacha ta’surot qoldi. Nazarimda, CloudKitchens g‘oyasi investorlar uchun unchalik “sexy” eshitilmagan, unga AI, robotics va “atoms” falsafasi qo‘shilib, bir necha trillion dollarlik hot industriyalarni qamrab oladigan ancha katta g’oya yaratildi. Adashayotgan bo‘lishim mumkin, lekin hozircha u kirmoqchi bo‘lgan uchta industriya - food, mining va transport - orasida kuchli biznes bog‘liqligini ko‘rmadim. a16z’ning o‘z yozganidan esa men boshqa signalni oldim: ular bizneslarning o‘zidan ko‘ra Travis Kalanickning o‘ziga bet qilayotganga o‘xshaydi. Hatto maqolada “late stage venture’da founders are the asset class” degan fikrni keltirishgan. Ya’ni kuchli founder yangi texnologiyani ko‘rib, kapitalni qayta-qayta katta bozorlarga muvaffaqiyatli joylashtira oladi, degan tezis. (Andreessen Horowitz⁠) Balki bu safar investitsiya kompaniyaga emas, founderning keyingi 20 yilda nima qurishiga qilingandir. https://youtu.be/r8qKNFeBPXE?is=05NL84kMAUKSSwXr @paiziev24

  • 14 авг.3 0429

    без подписи

  • 14 авг.3 0369

    без подписи

  • 14 авг.2 9629

    без подписи

  • 14 авг.2 9599

    без подписи

  • 14 авг.2 9689

    без подписи

  • 14 авг.2 9609

    без подписи

  • 14 авг.2 9719

    без подписи

  • 14 авг.2 9709

    без подписи

  • 14 авг.2 8731089

    Toshkentdaligimda yangi qurilayotgan binolarni ko‘rib, ayniqsa Piramit Towerni, zamonaviy arxitektura haqida yozaman deb yurgandim, lekin qo‘lim tegmagan edi. Men magistraturani “Environmental Science” (Atrof-muhit ilmi) yo‘nalishida o‘qiganman. Bizga darslarda Sustainable Development (barqaror rivojlanish) tushunchasini ko‘p o‘rgatishgan. Zamonaviy katta oynali arxitektura bizning iqlimimizga mos kelmaydi. Qishda isitish, yozda esa sovutish uchun juda ko‘p energiya sarflanadi. Changli havoda oynalar tez chang yig‘adi va ularni doimiy tozalash ham qo‘shimcha resurs talab qiladi. Menimcha, bu - Dubay qilgan arxitektura xatosini ko‘chirish. Bunday binolar vizual jihatdan chiroyli ko‘rinsa ham, ularning tabiatga zarari, jumladan CO₂ emissiyasi, katta. Undan tashqari bunday binolarni ishlatish yillik harajati katta bo’ladi. Shundoq ham elektr energiyasi tanqisligi bor shaharda binolarni loyihalashda katta oynalarni quyoshdan himoya qiluvchi to‘siqlar bilan yopish haqida ko‘proq o‘ylash kerak. Hatto Sovet davrida qurilgan binolardan ham o‘rgansak bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi bizning iqlimimizga ancha moslashtirib qurilgan. @paiziev24

  • 14 авг.3 0714225

    Uyimizda Xfinity kompaniyasi internetidan foydalanamiz. Xfinity yaqindan boshlab wi-fi to’lqinlari orqali uyda kimdir bor yoki yo’qligini aniqlovchi servis taqdim etdi. Kamerasiz, faqat wi-fi radio to’lqinlari qaytishini o’zgarishini aniqlash hisobiga odam harakatini aniqlash texnologiyasi. Bu texnologiya xonaga kirmasdan turib, uning ichidagi harakatni radio to’lqinlari orqali ko’ra oladi. https://www.xfinity.com/hub/smart-home/wifi-motion @paiziev24

  • 14 авг.3 9271755

    Stop building AI apps. https://youtu.be/9uxGXRvH7IY @paiziev24

  • 13 авг.4 3191223

    Numeo’da yangi pozitsiyalar ochildi. Topshirishga ulguring: https://numeo.ai/careers @paiziev24

  • 13 авг.4 2596338

    Limonlar bozori: nega dispetcherlikda rostgo‘y bo‘lish qiyin (AQSh logostikasi) 1970-yilda iqtisodchi George Akerlof “The Market for Lemons” degan maqola yozadi. G‘oya oddiy: sotuvchi mahsulotining sifatini biladi, xaridor esa bilmaydi. Masalan, yaxshi mashina $2,000, nosozi $1,000 turadi. Xaridor qaysi biri yaxshi ekanini ajrata olmagani uchun o‘rtacha $1,500 taklif qiladi. Natijada yaxshi mashina egasi bozorni tark etadi. Yomonlari qoladi. Ishonch pasayadi, narx ham tushadi. Oxirida bozorda asosan “limonlar” qoladi. Dispetcherlik hizmatlari bozorida ham shunga o‘xshash holat bor. Haydovchi yoki kichik trucking kompaniya xizmat sifatini oldindan ko‘ra olmaydi. U faqat va’dani eshitadi: “Haftasiga $14K gross qilamiz.” “RPM $3.50 dan past bo‘lmaydi.” “Oyiga $50K yopamiz.” Rostgo‘y dispetcher esa realistik qilib: “Bozorga qarab haftasiga $7.5–8.5K,” desa, ko‘pincha yutqazadi. Chunki yonidagi kompaniya $14K va’da qilyapti, haydovchi esa qaysi biri rostligini hozir tekshira olmaydi. Keyin spiral boshlanadi: katta va’dalar → haydovchining hafsalasi pir bo‘ladi → dispetcherlarga ishonch kamayadi → hamma narxga qaraydi → 5% dan 4%, 3%, hatto haftasiga $150 gacha tushadi → bitta dispetcher 10–15 ta truck olib yuradi → sifat yanada tushadi → churn oshadi. Natijada bozorda eng yaxshi xizmat emas, eng yaxshi xizmatga o‘xshab ko‘rina oladigan xizmat yutadi. Akerlofning “limonlar bozori” nazariyasining eng qiziq tomoni ham shu: axborot assimetriyasi kuchli bo‘lsa, bozor har doim ham eng sifatli mahsulotni mukofotlamaydi. @paiziev24

  • Paiziev24 pinned «🚀 Hiring — Software Engineer Numeo AI is redefining logistics in the US. We're building tech that powers supply chains at scale. Growing fast—really fast. Looking for people who thrive in high-intensity environments. Who we're looking for: • Deep technical…»

  • 11 авг.6 71022531

    Yoshlar bilan suhbat: — UzAcceleratorga qabul qilindik! — So what? — Alchemist Silkroad’ga qabul qilindik! — So what? — Men O‘zbekiston va Qozog‘istondagi 3 ta venchur fonddan investitsiya oldim. — So what? — $10,000 MRR qilyapmiz. — So what? — 8 ta mijozimiz 5 oydan beri biz bilan. — Can you tell me more? @paiziev24

  • 10 авг.6 4055852

    Startaplarni tashqaridan kuzatadigan odamlardan ko‘pincha: "Bu kompaniya yaxshi g‘oya topibdi, mahsulotni ishga tushiribdi va o‘zi yurib ketibdi", degan fikrlarni eshitaman. Aslida esa bunday emas. Biz avvalgi kompaniyalarimizda ham o‘zimiz bilmagan holda turli eksperimentlar o‘tkazib kelganmiz. Express24 davridan boshlab esa growth eksperimentlariga tizimli yondasha boshladik. Buni bizga Seedstars akseleratorida o‘rgatishgan. O‘sha paytda kompaniya ichida birinchi marta alohida Growth jamoasini tashkil qilganmiz. Shundan keyin barcha kompaniyalarimizda ham Growth jamoalarini shakllantirishga harakat qildik. Numeo'da ham Growth Team kompaniya o‘sishini tezlashtirishga qaratilgan turli eksperimentlarni doimiy ravishda amalga oshirib boradi. Mahsulotning bozorga birinchi kundanoq mukammal Product-Market Fit bilan chiqish ehtimoli juda past. Ko‘pincha aynan to‘g‘ri jamoa mahsulotni sayqallab, foydalanuvchilar ehtiyojiga moslashtirib boradi va uning o‘sishini ta'minlaydi. Growth jamoasini marketing bilan adashtirmaslik kerak. Marketing Growth Team tomonidan ishlab chiqilgan eksperimentlarni amalga oshirishda muhim hamkor hisoblanadi, ammo Growth bundan ancha kengroq tushuncha. Kommentariyalarda biz amalga oshirgan ayrim real growth eksperimentlari bilan bo‘lishaman. Agar siz mahsulot yaratish yoki startapni o‘stirish haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, Growth Product yo‘nalishini o‘rganish siz uchun juda katta imkoniyatlar ochishi mumkin. Juda iltimos qilsangiz, balki bizda ham buni amaliyotda o‘rganish imkoniyatini topa olarsiz. //misollar izohlarda @paiziev24

  • 10 авг.6 4282275

    Facebook eslatdi. 5 yil avval shu kuni biz velosipedda yetkazish uchun kur’erlarni tizimga qo’shgan edik. Undan avval ovqatlar faqat mashinada tashilar edi. Velosipedda tashish tan narhi arzon bo’lgani bilan unday kontseptsiya hali rivojlanmagan edi. Rivojlantirish uchun 300 ga yaqin velosipedlar sotib olib tarqatganmiz. Buyurtmalar avval velo kur’erlarga ko’rinadigan qilganmiz. Har bir yetkazib berish ustiga pul to’lardik. Hozir juda ko’p kur’erlar velosiped va skuterda ishlamoqda. @paiziev24

  • 10 авг.6 10818523

    Toshkentda yosh dasturchilar bilan gaplashganimda qiziq bir fikr eshitdim. Yoshlar dasturlashda AI ishlatmaydigan tashkilotlarga ishga kirishni xohlamayotgan ekan. Agar davlat tashkilotlari va banklar o‘z siyosatini o‘zgartirmasa, kelajakda yaxshi xodimlarni topishga qiynalishi mumkin. Sababi yosh dasturchilar orasidagi xavotir bor, agar AI bilan ishlamaydigan tashkilotda bir necha yil ishlasam, ertaga u yerdan bo‘shaganimda bozorda keraksiz mutaxassis bo‘lib qolaman deb o’ylayaptilar. @paiziev24