tgindex
Diplomat (Sobirov)

Diplomat (Sobirov)

Статистика
@pan_diplomatВидеоузбекский

Tarix, siyosat va ideologiya. Muallif: @Tarix_tasvirlarda Youtube: www.youtube.com/@pan_diplomat Instagram: www.instagram.com/pan_diplomat Muallifga yozish: @pan_sobirov

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
4
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Видео
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
4 487
−4 за 4 дн.
Сутки
−6
−0,13%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 317
20 постов
Вовлечённость
51,6%
к подписчикам
Постов в день
0,6
всего 21
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 059
1/48двое суток
1 213
1/72трое суток
1 308

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 13 авг.9702414

    Davlatdagi yuqori qatlamni qaysi soha vakillari ko‘proq egallashi har doim qiziq mavzu bo‘lib kelgan. Ko‘pchilik iqtisodchilar va yuristlarda davlat boshqaruvida asosiy o‘rin egallaydi deb hisoblaydi. Lekin bu turli davlatlarda turli xil. AQSH — huquqshunoslar (yuristlar) AQSH parlamenti tarkibini tahlil qilgan Nik Robinson Amerika elitasining katta qismini yuristlar tashkil qilishini ta’kidlaydi. Ularning “oltin davri” XIX asr o‘rtalarida bo‘lgan: bu paytda Kongressdagi huquqshunoslarning ulushi 80 foizga yetgan. 2020-yil holatiga ko'ra esa, AQSH Kongressi Vakillar palatasi a'zolarining 36,6 foizi va senatorlarning 53 foizi yuridik ma'lumotga ega insonlar. Masalan, vitse-prezident JD Vens, Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson ma’lumoti bo‘yicha yurist. Yevropa — O‘qituvchilar/ziyolilar va biznes vakillari Yevropa mamlakatlari parlamentlarida ham yuristlar ustun edi, biroq hozir ularning roli pasayib bormoqda. 19 ta Yevropa davlati parlamenti tarkibini tahlil qilish natijalariga ko‘ra, o'qituvchilar va universitet professorlari – 16 foiz, ishbilarmonlar va tadbirkorlar esa 13 foizni ulushni tashkil etgan. Masalan, Makron iqtisodchi, Ursula fon der Lyayen shifokor, Meloni jurnalist, Merz yurist. Xitoy — huquqshunoslar va davlat biznesmenlari Negizi “Ishchi, dehqon, askar ittifoqi” hisoblanuvchi kommunistik Xitoyda oxirgi paytlar “ichchilar” ulushi tobora kamayib bormoqda. XVI chaqiriqdagi XKP Markaziy Qo'mitasi Siyosiy byurosi tarkibidagi “ko'k yoqalar(texniklar, ishchilar)” ulushi 75 foizga yetgandi, XVII-chaqiriqda esa ularning ulushi 40 foizga kamaydi va o'rinlarni professional huquqshunoslar, davlat kompaniyalari tadbirkorlari egalladi. Rossiya — iqtisodchilar va injenerlar Rossiya doimgidek SSSR merosini yo‘qotmay kelyapti. Federal darajadagi (barcha federal hududlardagi) deputatlar orasida hali ham “ishchilar” (injener, texniklar) yetakchi — 30-40 foiz. Biroq ijro hokimiyatida xususiy va davlat biznesmenlari yaqqol ustun. Bunga yirik korporatsiyalarda (Gazprom, Sber, Alfa-bank, VTB) ijro hokimiyatiga o‘z vakillarini qo‘yish uchun yetarlicha resusrlari borligi sabab bo‘lmoqda. Qolaversa, davlat oligarxlari va davlat tiziminin aralashib ketishi ham ijro hokimiyatida iqtisodchilar ulushi katta bo‘lishiga hissa qo‘shmoqda. @pan_diplomat

  • 12 авг.1 065352

    O‘zbeklar azaldan kam kuladirg‘on millatmu? @pan_diplomat

  • 12 авг.1 4451820

    O‘zbeklar azaldan kam kuladirg‘on millatmu? @pan_diplomat

  • 11 авг.1 3235612из sahifadansaboqlar

    Mahmudxo'ja Behbudiy, "Qasdi Safar": 2-iyunda Bokudan chiqib,Mineralni vo'da(Ma'dan suvlari) muxtasig'a mutavajjih bo'ldikkim, orasi 755 chaqirim bo'lub, bir kecha kunduz yuruldi... Xalqi bizning pirsiyon,lazgi,dog'istoniy degan xalqlar bo'lib, yana doxilan chechen, qumuq va boshqa ismlar ila ataladur... Biz turkistoniylar topganimizni to'y, o'luk va ko'pkarig'a sarf qilgandek,bu musulmon qardoshlarimizning aksari o'z molini qiz olib qochib, janjolig'a sarf etmoq, bir-birovlarini o'ldurub, yana qasosi nomashru' tariqida tarafayndan bir nechalab o'ldurub, so'ngra bor pullarini sud-u sinod yo'lig'a va umrlarini Sibiriyo cho'llarig'a sarf qilib, nobud bo'lar ekanlar".

  • 10 авг.1 6797128

    O‘zbekistonda Prezidentlik muddati o‘zgarishi va unga amal qilish borasida qiziq voqea bor. 2000-yilda Islom Karimov 5 yillik muddatga prezidentlikka saylanadi. 2002-yil O‘zbekistonda prezidentlik muddatini 5 yildan 7 yilga uzaytirish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi va Prezident vakolat muddati 7 yil bo‘ladi. Biroq shu yili yangi qoida bo‘yicha saylov bo‘lib o‘tmaydi. 2000-yil 5 yil muddatga saylangan Karimov muddati avtomatik ravishda 7 yilga o‘zgaradi va 2007-yil navbatdagi saylovlar bo‘lib o‘tadi. 2011-yil esa Prezidentlik muddati yana 5 yilga qisqartiriladi. Va shu yerda qiziq voqea sodir bo‘ladi. Prezident vakolat muddati 5 yildan 7 yilga o‘zgarganda avtomatik o‘zgargan muddat bu safar o‘zgarmaydi. Ya’ni, Karimov 2011-yilgi o‘zgarishga qaramay, eski Konstitutsiya bo‘yicha to‘liq 7 yil prezidentlik qiladi va 2015-yilda navbatdagi saylovlar bo‘lib o‘tadi. Bu keys birinchi ma‘muriyat iloji boricha muddatni surishga intilgani va bu yo‘lda rasmiy qoidalarni ikki xil talqin qilganini ko‘rsatadi. 2023-yilda ham prezidentlik muddati 5 yildan 7 yilga o‘zgardi. Biroq bu safar shu yilning o‘zida 7 yillik muddat uchun yangi, navbatdan tashqari saylov o‘tkazildi. @pan_diplomat

  • 10 авг.1 6471517

    O‘zbekistondagi birinchi terrochilik akti qachon sodir bo‘lgandi? (Spoyler: 1999-yil emas) @pan_diplomat

  • 7 авг.2 1762710

    Xalqaro moliyaviy donorlik — bir davlat soliq to‘lovchilarining boshqa davlat amaldorlari cho‘ntagini to‘ldirishimi? Nega xalqaro yordamlar aksariyat holatda samarasiz? @pan_diplomat

  • 5 авг.2 3886

    без подписи

  • 5 авг.2 413436

    Lekin Qohir Mahkamovni (Tojikiston Prezidenti) ko‘rsam doim Abulfaz Elchibey (Ozarboyjon Prezidenti) ham esga tushadi. Ularning nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki faoliyati va qarashlari ham o‘xshash. Ikkovi ham 1 yilcha rahbarlik qilgan, milliy g‘oyalarni qo‘llagan va ikkalasi ham yangi respublikaning ilk rahbari bo‘lsa-da, diktatorga aylana olmagan. @pan_diplomat

  • 5 авг.2 250406

    Shu rasmdan qiziq xulosa qilsa bo‘larkan — “uzoq muddatli hokimiyat istasang qora kostyum kiy”. Saparmurat Niyozov vafot etgani uchungina ketgan-ku, balki qora kiysa u ham ko‘proq yashardi, harholda Nazarboyevdan ham, Karimovdan ham yosh bo‘lgan. @pan_diplomat

  • 31 июл.3 0883930

    Shu maqolani yozish ham qiziq, ham qayg‘uli bo‘ldi. Biz qisqa va zerikarli deb hisoblaydigan mustaqillik davrida xalqimiz aslida juda og‘ir ko‘rguliklarni, kelajagiga keskin ta‘sir o‘tkazgan voqealarini ko‘rgan. Afsuski, ularning aksariyatdan xalqimiz hatto bexabar qolib ketgan. Balki shu uchun mustaqillik davridagi tarix bizga zerikarli ko‘rinar. Balki darsliklarda butun voqealarning o‘ta kam qismi yoritilgani uchundir — https://oyina.uz/uz/article/4922 @pan_diplomat

  • 29 июл.2 8013911

    “2001-yil 11-sentabr terakti islom fundamentalizmi tanazzulini vayronkor zoʻravonlik yordamida yengib oʻtishga urinish edi. Uning mualliflari goʻyoki musulmonlar manfaatlarini koʻzlab, kofirlarga qarshi tengsiz kurash olib borayotgan islom mujohidlariga nisbatan dunyo musulmonlarning xayrixohligini uygʻotishni maqsad qilgandi. Tarafdorlar topish va ularni safarbar etish vositasi sifatida zoʻravonlikdan foydalanish mutaassib oqimlar uchun yangi usul emas. Bu borada islomistlar hech qanday yangilik kashf etmadi. Bundan yigirma yil avval (1970-yillarda), kommunistik mafkura oʻzining jozibadorligini yoʻqotib, mehnatkashlar undan yuz oʻgira boshlagan paytda, Italiyada “Qizil brigadalar”, Germaniyada “Qizil Armiya fraksiyasi” va Braziliyada Karlos tashkiloti kabi guruhlar paydo boʻlgandi. Bu tuzilmalar uchun terrorizm raqibga sezilarli zarar yetkazishning ideal vositasi hisoblangan. Ommaviy terrorni uyushitruvchilar shu yoʻl bilan xalqning inqilobiy ongini uygʻotishga va “provokatsiya — repressiyalar” mexanizmi orqali ularni oʻz tomoniga ogʻdirishga umid qilgan. Bugungi islom fundamentalizmi va kechagi kommunizm tabiatan bir-biridan farq qiladi, shuningdek, ularning taʼsir koʻlami ham turlicha. Shunga qaramay, bir narsani eslatib oʻtish joiz: zoʻravonlik – kuchli emotsional reaksiya uygʻotsa-da, terrorizm doim ham kuchni ifodalamaydi. Terror xurujlari qanchalik shov-shuvli, uning oqibatlari qanchalik vayronkor boʻlmasin, bu yoʻl bilan dushman ustidan siyosiy gʻalabaga erishish va hokimiyatni qoʻlga kiritish mumkinligi ehtimoli juda past”. Fransiyalik islomshunos siyosatchi professor Jil Kepelning “Jihod: siyosiy islom izi” asaridan. Haqiqatdan 2000-yillarda islomiy guruhlar “zo‘ravonlik-repressiyalar” uslubidan foydalanishga uringan. O‘zbekistonning o‘zida ham 1999-yil (Toshkent), 2000-yil (Uzun-Sariosiyo) va 2004-yillarda (Toshkent-Buxoro) shu yo‘sindagi teraktlar uyushtirilgan. Bunda bu usul — “zo‘ravonlik-repressiyalar” ishlagan ham: hukumat teraktlarga javoban repressiyani kuchaytirgan, oqibatda 2005-yil Andijon voqealari yuz bergan. Biroq bu paytda dunyoda islom fundamentalizmi allaqachon o‘z nihoyasiga yetayotgandi. @pan_diplomat

  • 28 июл.2 75620

    без подписи

  • 28 июл.3 11220

    без подписи

  • 28 июл.2 3255821

    “Bir xalq, bir davlat, bir diktator”. Shunchaki o‘xshashlik, shekilli. @pan_diplomat

  • 23 июл.3 9074714

    “Bir kunlik anarxiyadan, 60 yillik tiraniya (diktatura) afzal” Ushbu hikmat arab teolog-muhaddisi Ibn Taymiya asarida uchraydi. Shubhasiz, hikmat tarixi ancha chuqurroq. Shia oqimi ma‘nosi va mohiyati haqidagi “The Shia revival” asari muallifi Vali Nasr ham bu hikmatdan ko‘p foydalangan. Umuman ushbu arab hikmati arab-musulmon olamidagi siyosiy tafakkurni ham qisman tushuntiradi. So‘nggi asrlarda islom mamlakatlarida diktaturalar nisbatan ko‘proq saqlanib qoldi. Albatta, bu G‘arb oldinroq monarxiyadan qutulgani (misol 1688-yil, 1789-yil), islom olamida esa bu jarayon keyinroq yuz bergani (1920-yillardan) bilan bog‘liq. Biroq, ba’zilar buni musulmonlarga xos yuqoridagi qoida bilan ham bog‘laydi. Harvard professori Noa Feldman buni biroz boshqacha tushuntiradi. U Iroq keysini misol keltirib, Saddam Husaynning diktaturasi qanchalik qonli bo‘lmasin, mamlakatni tartibda saqlab turganini ta’kidlaydi. AQSH bosqinidan keyin Iroqda xaos, maradyorlik va anarxiya hukm surgani, bu diktatura davridan ham dahshatliroq kechganini aytadi. Olim aslo ushbu hikmatga qo‘shilmasligini, biroq aslida bu hikmat diktaturani oqlamasligini, balki anarxiya qanchalik yomon ekanini ta’kidlashini aytadi. Ya’ni, arablar va musulmonlar tarixan juda ko‘p anarxiya ko‘rgani va bu jarayondan juda qo‘rqishini tushuntiradi. @pan_diplomat

  • 22 июл.3 353769

    Til masalasida nihoyat ko‘pchilik gapira boshlabdi. Qizig‘i, negadir olimlarimiz jim, balkim kimdir ularni hurkitgandir, harholda O‘zbekistonda mansabi va ta’siri katta olimlarda kichikroqlariga bosim qilish richaglari ko‘p. Yanayam kim biladi, balkim ular bu tashabbusni qo‘llar. Men o‘zgartirishga qarshi emasman, lekin bu hozirgidek chala-chulpa, shoshilinch bo‘lmasligi kerak. Obdon, bir martada deyarli barcha muammo hal qilinadigan tarzda o‘zgartirish lozim. Bu uchun esa fikrlarni tinglash va muloqot qilish kerak. Butun xalqqa doir qarorni 4 ta odam taklif kiritib, tezkor qaror qabul qilishi – noto‘g‘ri. Keyin, alifboni turkiylashtiramiz, o‘rta turk qilamiz deyishyapti. Bu — xomxayol. Turkiylik va turkiy birlik mavzusini asosan Turkiya (va qisman Ozarboyjon) trendga olib chiqdi. Chunki bu Erdo‘g‘on va uning partiyasi g‘oyalaridan biri. Turkiyada hokimiyat almashsa va proyevropa kuchlar hokimiyatga kelsa, ular yana e’tiborni G‘arbga qaratadi. Tabiiyki, turkiylik harakatlari ham Turkiyasiz oqsaydi. Qozog‘iston va Qirg‘iziston Turkiya bilan siyosiy aloqalar uchungina bu harakatni qo‘llab turibdi. Ularga Markaziy Osiyo do‘stligi ham yetarli. Albatta, turkiy birlikni olqishlayman, biroq avvalo o‘zbek alifbosi o‘zbeklarga qulay bo‘lishi kerak, keyin boshqa jihatlarni ham ko‘rib chiqsa bo‘ladi. Xullas, xalqdan so‘rab, so‘rovnomalar qilishsin, alifboni ishlatadigan odamlar ham fikr bildirsin, targ‘ibot qilinsin. Osmondan tushgandek qabul qilvorish kerakmas. @pan_diplomat

  • 22 июл.2 6314215из oyinauz

    O‘zbekistonning 3 rahbari bir suratda Ushbu rasm 1956-yil Xrushyovning O‘zbekistonga tashrifi vaqtida olingan. Chapdan birinchi SSSR rahbari Nikita Xrushchyov, uning yonida O‘zbekistonning o‘sha paytdagi rahbari Nuriddin Muhiddinov, undan so‘ng respublikaning bo‘lajak rahbari Sobir Kamolov turibdi. Kamolovning yonidan o‘sha davrda Oliy Soveti Prezidiumi raisi bo‘lgan, yana bir bo‘lajak rahbar Sharof Rashidov joy olgan. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | X | YouTube

  • 21 июл.2 7184711

    Tramp xarakter odami ekanini bir necha bor ko‘rsatdi. U qayta saylanmasligini, to‘liq erkinligi ham noyabrdagi saylovlargacha ekanini bilib turibdi. Shunday paytda Eron o‘z g‘alabasini ta’kidlovchi, AQSH, ayniqsa, Tramp qabul qilishi qiyin bo‘lgan shartlarni ilgari surishi – ikki tomonga ham foyda keltirmaydi. Isroil bundan unumli foydalandi va foydalanmoqda. Netanyahu Trampga Tehronni to‘liq taslim qilish orqali egosini qanoatlantirishni tavsiya qiladi. Tramp aslo mag‘lub maqomida qolishni istamaydi. Katta ehtimol, tez orada AQSH-Isroil yana Eronga qarshi keng ko‘lamli operatsiya boshlaydi. Tomonlar urush sharoitlariga ko‘nikdi. Har ikki taraf fuqarolari ushbu mojaroga odatlandi va to‘liq urushdan endi qattiq hayratlanmaydi. Yaqin Sharq ham yangi reallikka moslashdi. Bir necha oydan beri ular shu sharoitda yashayapti. Qolaversa kelishuv yo‘li bilan mojaroning yakunlashning iloji yo‘qligi borgan sari ko‘rinib boryapti. Agar yaqin haftada muzokaraga qaytilmasa, demak tomonlar radikal qadamlarga boradi. @pan_diplomat

  • 20 июл.2 301755

    Shunday davr keldiki, ochiq urushlar normal kundalik hodisaga aylandi. “AQSH Eronni uribdi”, “Rossiya Kiyevga raketa otibdi, Ukraina javoban omborni uribdi” degan xabarlar o‘ta odatiy qabul qilinmoqda. @pan_diplomat