tgindex
Strategic Focus: Central Asia

Strategic Focus: Central Asia

Статистика

Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating. @stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa @stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
10
Всего постов
119
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
14 001
−33 за 4 дн.
Сутки
−11
−0,08%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 609
40 постов
Вовлечённость
18,6%
к подписчикам
Постов в день
1,4
всего 119
Упоминаний
5
каналов
Охват размещения
по 4 постам
1/24сутки в ленте
1 708
1/48двое суток
2 402
1/72трое суток
2 590

Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.

Посты

  • 14 авг.96276из policylaab

    The Economist: Tolibon bilan muloqot qilish vaqti keldi The Economist yozishicha, AQSH Afg‘onistonni tark etganidan besh yil o‘tib, Tolibon hokimiyati mustahkam o‘rnashib oldi va yaqin kelajakda uning ketishi kutilmaydi. Shu sabab G‘arbning uni yakkalash siyosati deyarli natija bermayotgani tan olinishi kerak. Mamlakatda uzoq yillik urushlardan keyin nisbatan tinchlik o‘rnatilgan, ammo buning evaziga juda qattiq tartiblar joriy qilingan. Ayollarning ishlashi va universitetda o‘qishi cheklangan, qizlarning o‘rta maktabda ta’lim olishi taqiqlangan. Tolibon ichida nisbatan mo‘tadil qarashdagi vakillar mavjud bo‘lsa-da, amalda hokimiyat Haybatulloh Oxundzoda va uning tarafdorlari qo‘lida to‘plangan. AQSH va Yevropa Tolibonni tan olmadi, sanksiyalar joriy qildi va Afg‘oniston Markaziy bankining xorijdagi mablag‘larini muzlatdi. Biroq bu siyosat Tolibonning qarashlarini o‘zgartirmadi. Aksincha, Rossiya uni rasman tan oldi, Xitoy, Hindiston, Turkiya va BAA esa savdo, konchilik va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilmoqda. Shu bois jurnal G‘arbga yondashuvni o‘zgartirishni taklif qiladi. Avvalo, 2022-yildan beri qariyb 70 foizga qisqargan insonparvarlik yordamini kamaytirmaslik kerak, chunki aholining deyarli yarmi unga muhtoj. Shuningdek, ayrim sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqish zarur, chunki ular Afg‘onistonni xalqaro moliya tizimidan uzib, xususiy sarmoyalarning kirishiga ham to‘sqinlik qilmoqda. Eng bahsli taklif esa Tolibon bilan diplomatik aloqalarni tiklash. The Economist fikricha, bu ularning siyosatini ma’qullash degani emas. Elchixonalar faoliyati terrorchilik xavfini kuzatish, muzokaralar olib borish va Tolibon ichidagi nisbatan mo‘tadil kuchlar bilan aloqa qilish imkonini beradi. Kanalga a'zo bo'lish

  • 14 авг.885417из haqiqatdaIlyos

    Migratsiya agentligi sobiq xodimi Aziz Toshtemirov tomonidan e’lon qilinayotgan ma’lumotlar amaldagi boshqaruv tizimining asl yuzi va davlat idoralarida ildiz otgan ommaviy isrofgarchilikni yuzaga chiqarayotgandek. Da’vo qilinayotgan raqamlarga ko‘ra, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari va rahbarlarining maosh hamda qo‘shimcha xarajatlari tasavvur qilib bo‘lmas darajaga yetgan. Bunga agentlik rahbari Behzod Musayevga tegishli ekani aytilayotgan dabdabali hayot tarzi, shaxsiy bizneslar va xodimlarga yuklanayotgan asossiz talablar qo‘shilsa, ayrim amaldorlar xalq pulini qanchalik beminnat deb bilishi yanada oydinlashadi. Bugun O‘zbekiston tashqi qarzi 90 milliard dollarga yaqinlashmoqda. Biz allaqachon dunyoda tashqi qarzi eng tez o‘sayotgan davlatlardan birimiz. Achinarlisi, bu qarzlarning ma’lum bir qismi uzoq muddatli iqtisodiy qiymat yaratmaydigan joriy ehtiyojlar va byudjet kamomadini yopishga ishlatilmoqda. Ya’ni, bir tomonda byudjet yetishmovchiligi bahona qilinib, hatto tug‘ilgan chaqaloqlar uchun beriladigan suyunchi pullari kesilyapti, ijtimoiy imtiyozlar qisqartirilib, energetika tariflari uzluksiz oshirilmoqda, ammo ikkinchi tomonda bunday asossiz xarajatlar... Hukumat va uning tizimidagi bu qadar katta isrofgarchiliklarni to‘xtatish uchun zudlik bilan shaffof va murosasiz taftish o‘tkazilishi kerak. U xoh Bosh prokuratura bo‘lsin, xoh Prezident administratsiyasi, farqi yo‘q, lekin hozir shu taftish juda zarur. Hukumat xalq to'layotgan soliqlar hisobidan shakllangan byudjetni qimmat go'sht, qimmat avtomobil va xodimlariga 100 millionlab oylik to'lashga ishlatadigan nopoklardan tozalanishi kerak. @haqiqatdailyos

  • 13 авг.2 00012232

    Olim Davlatovning Prezidentning jamoat institutlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangani - ilm-fan vakillariga ishonch kuchayayotganining yaxshi va muhim belgisi. Davlat boshqaruvida ilm qilgan, tarix va adabiyotni chuqur o‘rgangan, jamiyatning ma’naviy ildizlarini anglaydigan insonlar ham katta mas’uliyatli lavozimlarda bo‘lishi kerak. Ayniqsa, Alisher Navoiy merosini yillar davomida o‘rgangan insonning yoshlar va jamoatchilik bilan ishlashi ramziy jihatdan ham juda kuchli. Navoiyni o‘rganish - faqat g‘azallarni o‘rganish emas. Bu halol va haromning, adolat va zulmning, vijdon va manfaatning o‘rtasidagi chegarani anglashdir. Eng muhimi, Navoiyshunos sifatida Olim Davlatov “halol nima, harom nima” degan savolga faqat nazariy emas, ma’naviy jihatdan ham javob izlab kelgan. Bugun jamiyatga aynan shunday odamlar kerak: ilmni biladigan, qadriyatni tushunadigan va katta vakolat oldida katta mas’uliyat borligini anglaydigan kadrlar. Ilm ahli davlat boshqaruviga kirsa - bu faqat bitta tayinlov emas. Bu bilim, tafakkur va ma’naviyatning qaror qabul qilish jarayonidagi o‘rni oshayotganidan darak. Navoiyni o‘qigan odamdan eng avvalo adolat kutamiz. Strategic Focus: Central Asia

  • 13 авг.1 54578

    2026-yil 7-avgust kuni Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston o‘rtasida “Makka kelishuvi” imzolandi. Dastlab u uch davlatning mintaqaviy xavfsizlik borasidagi strategik yaqinlashuvi sifatida baholangan bo‘lsa-da, oradan bir necha kun o‘tib, kelishuvning maqsadlari va uni kengaytirish masalasida tomonlar o‘rtasidagi tafovutlar yuzaga chiqa boshladi.   Turkiya: kelishuvni “blok” sifatida ko‘rsatmaslikka intilish   Turkiya Prezidenti Erdog‘an 12-avgust kuni bergan intervyusida “Makka kelishuvi” hech bir davlatga qarshi qaratilmaganini, uning asosiy maqsadi tinchlik, barqarorlik, birdamlik va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash ekanini ta’kidladi.   Anqara, shuningdek, kelajakda imkon qadar mintaqadagi barcha birodar davlatlarni ushbu kelishuv doirasiga jalb qilish maqsadini bildirmoqda. Turkiyaning bunday ehtiyotkor pozitsiyasi kelishuvni Eron yoki Isroilga qarshi yo‘naltirilgan harbiy blok sifatida qabul qilinishining oldini olishga qaratilgan. Bu esa Anqaraga 1) NATO a’zosi, 2) G‘azo bo‘yicha vositachi va 3) Tehron bilan muloqot qiluvchi davlat sifatidagi diplomatik manevr imkoniyatlarini saqlab qolish imkonini beradi.   Pokiston: kelishuvning mazmuni borasidagi ikki xil yondashuv   Pokiston tomonida esa vaziyat biroz boshqacha ko‘rinmoqda. Mamlakat Mudofaa vaziri Xoja Asif kelishuv imzolanganidan bir kun o‘tib, Isroilga qarshi yagona harbiy front shakllantirish zarurligi haqida bayonot berdi. U yangi mexanizm boshqa musulmon davlatlari uchun ham ochiq bo‘lishi va Isroilga qarshi umumiy qarshilikni kuchaytirishga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi.   Biroq Pokiston TIV rahbari Is’hoq Dar 9-avgust kuni ancha muvozanatli pozitsiyani ilgari surib, kelishuv mintaqadagi tinch yo‘l va o‘zaro hurmat tamoyillarini qo‘llab-quvvatlaydigan barcha davlatlar uchun ochiqligini bildirdi.   Mudofaa va TIV bayonotlari o‘rtasidagi tafovut Pokistonning kelishuvni qanday siyosiy formatda rivojlantirish borasida yagona yondashuvga ega emasligini ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, Pokiston ichidagi shia aholisi va Eron bilan mavjud tarixiy aloqalar Islomobod uchun Saudiya Arabistoni va Turkiya bilan yaqinlashish masalasida qo‘shimcha muvozanat zaruratini yuzaga keltiradi.   Saudiya Arabistoni: ehtiyotkorlik va tanlab kengaytirish   Saudiya Arabistoni esa kelishuvni muayyan davlatga qarshi qaratilgan harbiy yoki diniy blok sifatida ko‘rsatmaslikka harakat qilmoqda. Ar-Riyod kelishuvni umumiy mudofaa salohiyatini oshirish mexanizmi sifatida taqdim etmoqda.   Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni kelishuvni kengaytirish masalasida Turkiyaga qaraganda ancha ehtiyotkor yondashmoqda. Bu, ayniqsa, Misrning kelishuvga qo‘shilishi masalasida yaqqol namoyon bo‘ldi.   Turkiya Misrni kelishuvga jalb qilishni faol qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni hozircha Qohiraning ishtirokiga qarshi chiqmoqda.   Saudiya Arabistoni – BAA: yangi ziddiyatlar   “Makka kelishuvi” Saudiya Arabistoni va BAA o‘rtasidagi mavjud qarama-qarshiliklarni ham yanada ochiq ko‘rsatib berdi. BAAning ekspertlari kelishuvni tanqid qilib, avvalo Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi  doirasidagi harbiy va siyosiy birdamlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidlamoqdalar. Ular, shuningdek, yangi kelishuvda umumiy raqib kim ekani aniq belgilanmaganini savol ostiga oldi. Saudiya tomoni esa bunday tanqidlarni rad etib, kelishuvni imzolash Saudiya Arabistonining suveren huquqi ekanini bildirdi.   Mazkur ochiq bahs Ar-Riyod va Abu-Dabi o‘rtasidagi Yaman, OPEK va boshqa mintaqaviy masalalarda mavjud bo‘lgan tafovutlar hali ham saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.   Qatar va Eronning ehtiyotkor munosabati   Qatar ham kelishuvning asosiy muammosi sifatida aniq maqsad va umumiy raqibning belgilanmaganini ko‘rsatmoqda. 11-12-avgust holatiga ko‘ra, Misr, Qatar va Jazoir kabi yirik mintaqaviy davlatlarning kelishuvga qo‘shilish borasida aniq bayonot bermagani ham uning kelajagi yuzasidan savollar mavjudligini ko‘rsatadi.   Eronning rasmiy pozitsiyasi esa nisbatan ehtiyotkor. Tashqi ishlar vazirligi kelishuvni Eronga qarshi yo‘naltirilgan deb hisoblamasligini bildirgan. Biroq mamlakatdagi konservativ kuchlar, xususan “Kayhan” gazetasi, agar kelishuv doirasida Eronga aloqador qurolli guruhlarga qarshi harakatlar amalga oshirilsa, Tehron bunga javob berishini ogohlantirmoqda.   Umuman olganda, “Makka kelishuvi” hozircha to‘liq shakllangan harbiy blokdan ko‘ra, yangi mintaqaviy xavfsizlik arxitekturasini izlashga qaratilgan siyosiy va mudofaa mexanizmi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu borada kelishuv oldida bir nechta asosiy muammo mavjud: - Turkiya va Saudiya Arabistoni kelishuvni hech kimga qarshi emas, deb ko‘rsatmoqda, Pokistonning ayrim rasmiylari esa uni Isroilga qarshi yo‘nalishda talqin qilmoqda; - Misrning qo‘shilishi masalasida Turkiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasida jiddiy tafovut yuzaga keldi; - Saudiya Arabistoni va BAA o‘rtasidagi mavjud ziddiyatlar yana ochiq tus oldi; - kelishuvning aniq raqibi va amaliy harbiy majburiyatlari hanuz noaniq; - Turkiyaning NATO a’zoligi va yangi kelishuv doirasidagi majburiyatlari kelajakda huquqiy va siyosiy savollarni keltirib chiqarishi mumkin.   Shu sababli, 2026-yil avgustining dastlabki kunlarini “Makka kelishuvi”ning mustahkamlanish davri emas, balki uning ichki ziddiyatlari ilk bor yuzaga chiqayotgan bosqich sifatida baholash mumkin. Kelishuvning kelajagi, avvalo, uch davlatning umumiy strategik maqsadlarni belgilay olishi, yangi a’zolarni qabul qilish mezonlarini ishlab chiqishi va uning real xavfsizlik mexanizmlarini shakllantira olishiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, mintaqadagi uzoq muddatli xavfsizlik arxitekturasi Eron, Misr va Iroq kabi muhim davlatlarning ishtirokisiz to‘liq shakllanishi qiyin bo‘lib qoladi. Strategic Focus: Central Asia

  • 13 авг.1 19194

    O‘tgan haftada Saudiya Arabistoni Turkiya va Pokiston bilan Makkada imzolangan hujjatga Misrning qo‘shilishiga qarshi chiqdi. Anqara Qohirani ushbu paktga kiritish bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqib, bu borada faol harakat qilganiga qaramay, Ar-Riyod bunday kengayishni «kamida hozircha» istamayotganini bildirdi. Muhokamalardan xabardor saudiyalik manbalarga ko‘ra, bu pozitsiya Saudiya rahbariyatining Prezident as-Sisi hukumatidan tobora ortib borayotgan noroziligi, shuningdek, Misrning avvalgi strategik va harbiy ahamiyatini yo‘qotgani haqidagi qarashlar bilan bog‘liq. Ar-Riyod va Qohira o‘rtasidagi tanglikning asosiy sabablari quyidagilardan iborat: Birinchidan, harbiy salohiyat va jangovar shaylik masalasi. Saudiyalik manbalarga ko‘ra, Turkiya va Pokiston alyansga Misrdan ko‘ra ko‘proq real harbiy imkoniyat olib kirishi mumkin. Turkiya rivojlangan yuqori texnologiyali mudofaa sanoatiga, Pokiston esa mustahkam qurol-yarog‘ ishlab chiqarish bazasi va yirik doimiy armiyaga ega. Misrning harbiy-sanoat salohiyati esa, ushbu qarashga ko‘ra, so‘nggi yillarda yetarlicha modernizatsiya qilinmagan. Misr armiyasining resurslari va faoliyati ham tobora ko‘proq iqtisodiy hamda fuqarolik bizneslari bilan bog‘lanib bormoqda. Shu sababli Ar-Riyod Misr armiyasining zamonaviy urush sharoitidagi jangovar shayligi va mintaqaviy xavfsizlikka real hissa qo‘sha olishiga shubha bilan qaramoqda. Ikkinchidan, strategik yordam va sodiqlik masalasi. Saudiya Arabistoni 2013-yilgi siyosiy inqiroz va hokimiyat almashinuvidan so‘ng Sisi hukumatini qo‘llab-quvvatlash uchun taxminan 25 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatgan. Biroq Ar-Riyod keyingi yillarda asosiy xavfsizlik masalalarida, jumladan, Yamandagi xusiylarga qarshi urush hamda AQSH va Isroilning Eron bilan qarama-qarshiligi davrida Misrning rolini yetarlicha faol va ishonchli deb baholamadi. Shu bois Saudiya rahbariyatida Sisi hukumatining sodiqligi va unga Turkiya yoki Pokiston rahbariyatidek strategik jihatdan ishonish mumkinligi borasida savollar paydo bo‘lgan. Uchinchidan, BAA bilan yaqinlashuv va Ar-Riyod manfaatlariga ehtimoliy tahdid. Qohiraning Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bilan tobora yaqinlashib borayotgani Ar-Riyodda jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Saudiya nuqtayi nazaridan, BAAning Janubiy Yamandagi ayirmachi kuchlarni qo‘llab-quvvatlashi mintaqadagi kuchlar muvozanatiga, xususan, Saudiya Arabistonining milliy xavfsizlik manfaatlariga ta’sir qilishi mumkin. Bundan tashqari, BAAning Somalilenddagi faoliyati, Isroil bilan strategik aloqalari, Efiopiyadagi to‘g‘on loyihasiga munosabati hamda Sudandagi Tezkor Harakat Kuchlarini (RSF) qo‘llab-quvvatlashi kabi masalalarda Ar-Riyod va Abu-Dabi o‘rtasida yondashuvlar farq qiladi. Shunga qaramay, Misrning BAA bilan yaqin hamkorlikni davom ettirayotgani Ar-Riyodning Qohiraga bo‘lgan ishonchini yanada susaytirgan. To‘rtinchidan, bir tomonlama moliyaviy qaramlik. Saudiya Arabistoni Misrni teng huquqli strategik hamkor sifatida emas, balki Fors ko‘rfazi davlatlarining moliyaviy yordamiga qaram mamlakat sifatida ko‘ra boshlagani haqidagi qarashlar kuchaymoqda. Saudiyalik ayrim rasmiylar fikricha, Sisi hukumati yillar davomida Fors ko‘rfazi davlatlaridan katta miqdorda moliyaviy va iqtisodiy yordam olib, evaziga Ar-Riyod kutgan darajadagi siyosiy va strategik natijalarni taqdim eta olmagan. Shu sababli Saudiya siyosiy va jamoatchilik muhitida «bir tomonlama xayriya va imtiyozlar davri tugadi» degan pozitsiya tobora kuchaymoqda. Shunga qaramay, manbalar ushbu mudofaa kelishuvi kelajakda Misr uchun alyans eshiklarini butunlay yopmayotganini ta’kidlamoqda. Biroq hozirgi sharoitda Ar-Riyod Qohirani chetda tutishni ma’qul ko‘rmoqda. Bu esa Saudiya Arabistoni va Misr o‘rtasidagi munosabatlarda oddiy diplomatik kelishmovchilikdan ko‘ra chuqurroq strategik ishonch inqirozi shakllanayotganini ko‘rsatishi mumkin. Strategic Focus: Middle East and North Africa

  • 12 авг.1 44192из policylaab

    Geopolitical Futures: Yangi ittifoq Yaqin Sharqdagi kuchlar muvozanatini o‘zgartirmoqda Jorj Fridman yozishicha, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokistonning yangi xavfsizlik ittifoqi nafaqat Yaqin Sharq balki undan tashqaridagi geosiyosiy muvozanatga ham ta’sir qilishi mumkin. Pokiston yadroviy davlat, Turkiya NATOdagi ikkinchi yirik armiyaga ega, Saudiya Arabistoni esa AQSHning yaqin hamkori. Birinchi navbatda, ittifoq Eronga bosimni kuchaytiradi. Fridman fikricha, bu Tehronni AQSH bilan murosa izlashga va Hormuz bo‘g‘ozini ochishga undashi, natijada global energiya inqirozini yumshatishi mumkin. Bundan tashqari, Pokistonning Xitoy bilan yaqinligi Hindistonga bosimni oshiradi, Turkiya esa NATO, Qora dengiz, Janubiy Kavkaz va Yaqin Sharqni bog‘lovchi muhim davlatga aylanmoqda. Fridmanning asosiy xulosasi shuki, yangi ittifoq AQSH va Xitoy uchun foydali, Eron va Hindiston uchun esa yangi bosim omili bo‘lishi mumkin. Eng katta yutuq Turkiyaniki bo‘lib, u kelajakda Yaqin Sharqdagi yangi kuchlar tizimining markaziga aylanishi mumkin. https://t.me/policylaab

  • 12 авг.1 506192из jurnalistSardorAli

    Ishtirokchilar soni qancha ko‘paysa, ittifoqning amaliy ahamiyati shuncha pasayib borishi mumkin. Xo‘p, masalan, Qatar ham qo‘shildi, deylik. U bu ittifoqqa amalda nima bera oladi? Ertaga Isroil va Turkiya o‘rtasida konflikt yuzaga kelsa, Qatarning Turkiyani himoya qilish uchun biror jiddiy harbiy choraga borishi haqida o‘ylashning o‘zi kulgili. Siyosatshunos Hikmatilla Qozoqboyev 👉SardorAli

  • 12 авг.3 8182из jurnalistSardorAli

    Qatar ham Turkiya-Saudiya-Pokiston qo'shma mudofaa paktiga qo'shilmoqchi ekan. Agar Qatar ham qo'shilsa, bu ittifoqni Isroil jiddiy qabul qilib, kuzata boshlaydi. Va o'z-o'zidan hujum qilishga ikkilanadi. Ammo bu ittifoqni Isroilga qarshi deb bo'lmaydi. Chunki asosiy mamlakatlar Vashingtonning yaqin hamkorlari hisoblanadi. 👉SardorAli

  • 11 авг.2 569104из jurnalistSardorAli

    Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston nima uchun birlashdi? Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston Makkada qo‘shma mudofaa paktini imzoladi. Bu ittifoq Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinlik fonida qanday maqsadni ko‘zlamoqda va unga yana qaysi davlatlar qo‘shilishi mumkin? Ushbu mavzuda doirasida siyosiy fanlar doktori, dotsent Suhrob Bo’ronov bilan xaritalar ustida suhbatlashdik. https://youtu.be/kP19eJFJ8bo?si=3fUWBioijjiPTsSJ

  • 11 авг.5 8374911

    Aziz Hakimovga nisbatan sud hukmi chiqarildi! Bugun Shayxontohur tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi bloger Aziz Hakimovni 4 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi. U jazoni manzil-koloniyada o‘taydi. Sud hukmiga ko‘ra, Aziz Hakimov Jinoyat kodeksining 139-moddasi - tuhmat, 140-moddasi - haqorat qilish hamda 156-moddasi - milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qo‘zg‘atish bilan bog‘liq jinoyatlarda aybdor deb topilgan. Uning faoliyatida O‘zbekiston suverenitetiga qarshi chiqish, sobiq SSSRni targ‘ib qilish va uni qayta tiklash g‘oyalarini ilgari surish, shuningdek, 1930-yillardagi siyosiy repressiyalar qurbonlari hamda 1920-yillardagi milliy-ozodlik kurashi tarixini qoralash kabi qarashlar ham kuzatilgan. Bu holat yana bir muhim masalani ko‘rsatadi: ijtimoiy tarmoqlardagi katta auditoriyaga ega shaxslarning so‘zlari ham qonun oldida mas’uliyat bilan baholanishi kerak. Fikr bildirish va siyosiy qarashlarni ifodalash huquqi mavjud, biroq bu huquq tuhmat, haqorat yoki milliy va diniy adovatni qo‘zg‘atish bilan bir xil narsa emas. Shu bilan birga, davlat tegishli organlari kelgusida ham bunday holatlarni qonuniy va xolis asosda diqqat bilan kuzatib borishi, ayniqsa jamiyatda milliy, diniy yoki etnik adovatni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan kontentga o‘z vaqtida huquqiy baho berishi muhim. Bu yerda asosiy tamoyil oddiy: tanqid qilish mumkin, fikr bildirish mumkin, ammo qonunni buzish mumkin emas. Strategic Focus: Central Asia

  • 9 авг.2 18196из policylaab

    Foreign Affairs: Putindan keyin Foreign Affairs jurnalida yozilishicha, 73 yoshli Vladimir Putin kuchli shaxsiy hokimiyat tizimini yaratdi, ammo o‘zidan keyingi rahbarni ham, hokimiyatni topshirishning aniq mexanizmini ham tayyorlamadi. Shu sababli Putin ketgach, Rossiyada elitalar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash boshlanishi mumkin. Muammo shundaki, Putinning eng yaqin safdoshlari ham qarib bormoqda. FSB rahbari Aleksandr Bortnikov 74, Sergey Narishkin 71, Sergey Shoygu 71, Viktor Zolotov 72, Valeriy Gerasimov 70 yoshda. Ularning uzoq vaqt yuqori lavozimlarda qolishi 50–60 yoshdagi keyingi avlodning hokimiyatga ko‘tarilishi va boshqaruv tajribasi orttirishiga to‘sqinlik qilgan. Konstitutsiyaga ko‘ra, Putin ketgan taqdirda bosh vazir Mixail Mishustin vaqtincha prezident bo‘lishi va uch oy ichida saylov o‘tkazilishi kerak. Ammo muallif fikricha, haqiqiy vorisni saylovdan ko‘ra, Kreml, FSB, Xavfsizlik kengashi, hukumat va parlamentdagi tor doiradagi kuchli elitalar belgilaydi. Bu holat 1953-yilda Stalin vafotidan keyingi hokimiyat kurashiga o‘xshashi mumkin. Ehtimoliy vorislar orasida Aleksey Dyumin (53 yosh), Mixail Mishustin (60), Vyacheslav Volodin (62) va Sergey Kiriyenko (64) tilga olinadi. Biroq muallif hech birini aniq voris deb hisoblamaydi. Maqolaning asosiy xulosasi shuki, Putin va uning keksa safdoshlari hokimiyatda qancha uzoq qolsa, keyingi hokimiyat almashinuvi shunchalik murakkab va tartibsiz bo‘lishi mumkin. Eski avlod ketishga tayyor emas, keyingi avlod esa davlatni boshqarish uchun yetarli tajriba va o‘zaro ishonchga ega emas. Shu sababli vorislik masalasi Putin yaratgan siyosiy tizimning eng katta zaif tomonlaridan biridir.

  • 9 авг.1 77130из Islomxon_Gafarov

    Яна бир факт: агар кимдир қайсидир давлат ёки минтақани ўрганишни бошласа, шу заҳотиёқ ўша соҳа бўйича мутахассис, ҳатто «шунос» бўлиб қоляпти. Яқинда бир инсон ҳақида «у - эроншунос» деган гапни эшитдим. Ўзи билан гаплашсам, отасининг бизнеси сабабли Эронда бор-йўғи 2 кун бўлган экан. Агар инсон 2 кунлик сафари туфайлиёқ эроншунос бўлиб қолса, билмадим, унда мен ҳам ўтган йили Балида 10 кун бўлган эканман, ўзимни бемалол «Балишунос» деб аташим муболаға бўлмаса керак 🙂

  • 9 авг.1 66762из Islomxon_Gafarov

    Ҳозирги кунда таҳлил соҳаси кадрларга шу қадар муҳтожки, ушбу соҳага қизиқиши ва хоҳиши бор ҳар бир киши таҳлилчи бўлиб кетяпти. Таҳлилчилик кўникмаларидан кўра, талабгорнинг истаги ва хоҳиши асосий ўринни эгалламоқда. Ушбу "хоҳиши кучли" кадрларнинг аксариятида салоҳият етарлича шаклланмаган бўлиб, улар асосан ChatGPT имкониятларига таянилмоқда. Билмадим, қачонгача "пуч" ва "сохта қаҳрамонлар"ни олдинга олиб чиқишда давом этамиз. Таажжуб!

  • 7 авг.3 1721996

    7-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Samir Pol Kapur bilan uchrashuvi hamda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSh Prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi telefon muloqoti O‘zbekiston - AQSh munosabatlari yangi institutsional bosqichga kirayotganidan dalolat beradi. E’tiborlisi, muloqotlar bir vaqtning o‘zida ikki darajada - tashqi siyosat idoralari va davlat rahbarlari darajasida tashkil etildi. Bunday ketma-ketlik odatda tomonlar joriy masalalarni muhokama qilish bilangina cheklanmay, uzoq muddatli strategik kun tartibini shakllantirish va muvofiqlashtirishga kirishganini anglatadi. Shu nuqtai nazardan strategik sheriklikni chuqurlashtirish, C5+1 formatini rivojlantirish hamda yaqin istiqboldagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik masalalarining muhokama qilingani bejiz emas. Shu bilan birga, O‘zbekiston - AQSh muloqotining mazmuni ham sifat jihatidan o‘zgarib bormoqda. Agar avvalgi yillarda hamkorlik asosan xavfsizlik, mintaqaviy barqarorlik va islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lsa, bugungi kunda asosiy urg‘u iqtisodiyot, investitsiyalar va yuqori texnologiyalarga berilmoqda. Uch yillik iqtisodiy hamkorlik dasturi, Amerika - O‘zbekiston Biznes va investitsiyalar kengashi, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, energetika, infratuzilma, aviatsiya va sanoat sohalaridagi qo‘shma loyihalar ikki tomonlama munosabatlar tobora amaliy va uzoq muddatli iqtisodiy manfaatlarga asoslanayotganini ko‘rsatmoqda. Muzokaralarning geosiyosiy o‘lchovi esa bundan ham muhimroqdir. Bugungi kunda AQShning Markaziy Osiyoga bo‘lgan e’tibori mintaqaning ichki rivojlanishidan tashqari, global kuchlar raqobati bilan ham bevosita bog‘liq. Rossiyaning Ukrainadagi urush fonida mintaqadagi ta’sirini saqlab qolishga urinayotgani, Xitoyning "Bir makon – bir yo‘l" tashabbusi orqali iqtisodiy ekspansiyasini kuchaytirayotgani AQShni Markaziy Osiyoda faolroq siyosat yuritishga undamoqda. Shu sharoitda O‘zbekiston o‘zining geografik joylashuvi, iqtisodiy salohiyati va muvozanatli tashqi siyosati tufayli Vashington uchun mintaqadagi eng muhim strategik hamkorlardan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, avval ham ta’kidlaganimizdek, AQShning Eronga nisbatan bosim siyosati kuchayib borayotgan bir paytda Markaziy Osiyoning geostrategik ahamiyati yanada ortmoqda. Shu nuqtai nazardan, Vashingtonning Toshkent bilan muloqotida Eron masalasi ham kun tartibidagi muhim mavzulardan biri bo‘lgani ehtimoldan xoli emas. Xususan, AQSh O‘zbekistonni Eronga nisbatan xalqaro bosimni kuchaytirish, sanksiyalar rejimining samaradorligini oshirish yoki hech bo‘lmaganda Tehronning mintaqadagi iqtisodiy va logistika imkoniyatlarini cheklashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash masalasida maslahatlashayotgan bo‘lishi mumkin. Biroq O‘zbekistonning ko‘p vektorli va muvozanatli tashqi siyosatini hisobga olsak, Toshkent bunday masalalarda ehtiyotkor va pragmatik pozitsiyani saqlab qolishga intilishi tabiiy. Bu kontekstda, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Donald Trampni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan taklif qilgani alohida geosiyosiy ahamiyat kasb etadi. Bugungi xalqaro vaziyat, AQShning Yevrosiyo yo‘nalishidagi faollashuvi hamda Donald Trampning siyosiy uslubini hisobga olganda, bunday tashrif ehtimolini inkor etib bo‘lmaydi. Aksincha, Trampning ramziy va tarixiy tashabbuslarga alohida e’tibor berishini inobatga olsak, u O‘zbekiston va umuman Markaziy Osiyoga rasmiy tashrif buyurgan ilk amaldagi AQSh prezidenti sifatida tarixda qolishni istashi mumkin. Bu esa nafaqat ikki tomonlama strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqadi, balki AQShning Markaziy Osiyoga qaytayotganini ko‘rsatuvchi muhim geosiyosiy signal bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Xulosa qilib aytganda, 7-avgust kuni kuzatilgan diplomatik faollik AQShning Markaziy Osiyo bo‘yicha yangilanayotgan strategiyasi, Rossiya va Xitoy bilan geosiyosiy raqobatning kuchayishi, Eron atrofidagi vaziyatning murakkablashuvi hamda O‘zbekistonning mintaqadagi siyosiy va iqtisodiy salohiyati ortib borayotganining mantiqiy natijasidir. Shu bois yaqin oylar ichida O‘zbekiston - AQSh strategik sherikligining yanada chuqurlashishi va yuqori darajadagi yangi tashriflar amalga oshirilishi ehtimoli yuqori. Strategic Focus: Central Asia

  • 7 авг.3 2722

    видео или голосовое, без подписи

  • 7 авг.3 1062

    видео или голосовое, без подписи

  • 7 авг.2 1822из bakhtiyor_saidov

    AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari boʻyicha yordamchisi Samir Pol Kapur janoblari bilan mazmunli uchrashuv oʻtkazdik. Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi strategik sheriklik soʻnggi yillarda mutlaqo yangi bosqichga koʻtarilganini mamnuniyat bilan qayd etdik. Mamlakatlarimiz Rahbarlari oʻrtasidagi yaqin muloqot bugungi hamkorligimizga yangi surʼat bagʻishlamoqda. Suhbatimiz davomida ikki tomonlama munosabatlarni yanada chuqurlashtirish, turli darajadagi boʻlajak tadbirlarga puxta tayyorgarlik koʻrish masalalarini atroflicha muhokama qildik. Shuningdek, “C5+1” formati doirasidagi hamkorlik hamda mintaqaviy va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashdik. *** Had a productive meeting with U.S. Assistant Secretary of State for South and Central Asian Affairs H.E. Samir Paul Kapur. Noted with satisfaction that the strategic partnership between Uzbekistan and the United States has reached a qualitatively new level in recent years. The close dialogue between the Leaders of our two countries continues to give new momentum to our bilateral cooperation. During our discussion, we thoroughly reviewed ways to further deepen bilateral relations and ensure careful preparations for upcoming engagements at various levels. Also exchanged views on cooperation within the C5+1 format, as well as on key regional and international issues. *** Провели содержательную встречу с помощником Государственного секретаря США по делам Южной и Центральной Азии Е.П. Самиром Полом Капуром. С удовлетворением отметили, что за последние годы стратегическое партнерство между Узбекистаном и Соединенными Штатами вышло на качественно новый уровень. Близкий диалог между Лидерами наших государств придает новый импульс двустороннему сотрудничеству. В ходе беседы подробно обсудили вопросы дальнейшего углубления двусторонних отношений и тщательной подготовки предстоящих мероприятий на различных уровнях. Кроме того, обменялись мнениями по вопросам сотрудничества в формате «C5+1», а также по актуальным вопросам региональной и международной повестки. X | Facebook | Instagram | Telegram

  • 7 авг.2 3181632из shmirziyoyev

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. — Cостоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Соединенных Штатов Америки Дональдом Трампом. #Mirziyoyev #muloqot #AQSh #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  • 7 авг.7 7281412

    Saudiya Arabistonida imozlangan tarixiy hujjatga Strategic Focus ekspertlarining munosabati M.Imomov: Turkiyaning harbiy qudrati, Pokistonning yadroviy salohiyati va Saudiya Arabistonining moliyaviy-diniy taʼsiri birlashishi printsipial jihatdan yangi kuch blokini hosil qilmoqda. Ushbu pakt shia Eronining taʼsiriga qarshi qaratilganiga shubha yoʻq. Biroq, Isroil ham bu kelishuvni xavf deb qabul qilishi ehtimoldan xoli emas, chunki uning uch davlat orasida yahudiy davlatini rasman tan oladigan yagona mamlakat - Turkiya bilan munosabatlari tobora yomonlashib bormoqda. Amalda biz sunniylar NATOsini shakllanayotganiga guvoh boʻlyapmiz. S.Pinxasova: Hujjat imzolangan vaqt va joy - juma kuni, Makka shahri - ulkan ramziy maʼnoga ega, ammo ushbu kelishuvning qanchalik mustahkamligi amalda koʻrinadi. Beqaror hududda "bir davlatga hujum - barchaga hujum" tamoyilining qoʻllanishi har uchala mamlakatni boshqalarning nizolariga tortib ketishi mumkin. Yangi harbiy paktning paydo boʻlishi qurollanish poygasini kuchaytiradi va Yaqin Sharqdagi tarixiy ziddiyatlarni yanada chuqurlashtirishi xavfini tugʻdiradi. A.Fayzullozoda: Bayonotlar balandparvoz, lekin bunday alyansning amaliy yashovchanligi soʻroq ostida. Anqara, Islomobod va Ar-Riyodning milliy manfaatlari va geosiyosiy ustuvorliklari bir-biridan juda farq qiladi. Turkiya NATO aʼzosi sifatida Shimoliy Atlantika alyansi majburiyatlari bilan bogʻlangan, Pokiston jiddiy iqtisodiy muammolarga botgan, Saudiya Arabistoni esa diversifikatsiya loyihalarini xavfga qoʻyishni xohlamaydi. Hech shubhasiz, bu alyans yangi harbiy blok emas, balki Tehronni tiyib turuvchi kuchli strategik qalqondir. K.Ametov: Ushbu bitim Yaqin Sharqda AQSh va Gʻarbning anʼanaviy xavfsizlik kafolatlariga boʻlgan ishonch pasayib borayotganidan dalolat beradi. Mintaqaviy yetakchilar oʻz xavfsizlik arxitekturasini tashqi kuchlarsiz, oʻzaro manbalar evaziga shakllantirishga oʻtmoqda. Hujjat mintaqadagi kuchlar muvozanatini katta ehtimol bilan tubdan oʻzgartiradi. Strategic Focus: Central Asia

  • 7 авг.3 0294014из stratfocusmena

    Bugun Saudiya Arabistonida tarixiy kelishuv imzolandi. Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston mudofaa sohasida yangi uch tomonlama bitimni imzoladi. Endi uch davlatdan biriga qarshi amalga oshirilgan har qanday qurolli hujum uchalasiga qarshi qilingan hujum sifatida baholanadi. Hujjatning rasmiy nomi - “Makka kelishuvi”. Strategic Focus: Middle East and North Africa

Strategic Focus: Central Asia — tgindex