Strategic Focus: Atlantic
СтатистикаAQSh va Yevropa kun tartibidagi so’ngi yangiliklar, dolzarb mavzular bo’yicha chuqur tahlil. @stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib @stratfocusca - Markaziy Osiyo @xorijiyoav - yetakchi nashrlar
- Последний пост
- 7 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 306
- 1/48двое суток
- 350
- 1/72трое суток
- 378
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇺🇸Tramp Abdul al-Saidning g‘alabasini respublikachilar uchun foydali ekanini aytdi “Respublikachilar partiyasi uchun ajoyib xabar. Yahudiylar va Isroilni yomon ko‘radigan kommunist Abdul al-Said sotsialist bilan poygada g‘olib chiqishi kutilmoqda. Odatdagidek, bu gal ham so‘rovnomalar mutlaqo xato bo‘lib chiqdi. Uning bunday yaxshi natija ko‘rsatishi umuman kutilmagan edi. Endi ahmoq demokratlarning jinnicha siyosati yanada yomonlashadi”, dedi AQSH rahbari. Strategic Focus: Atlantic
видео или голосовое, без подписи
🇺🇸Abdul al-Said Demokratlar partiyasining AQSH Senati uchun praymerizida g‘alaba qozondi Progressiv nomzod Abdul al-Said Michiganda Demokratlar partiyasining AQSH Senati uchun o‘tkazilgan praymerizida g‘alaba qozonib, Vakillar palatasi a’zosi Heyli Stivensni kichik farq bilan mag‘lub etgan. Agar noyabr oyidagi saylovda al-Said g‘alaba qozonsa, u AQSH tarixidagi birinchi musulmon senatorga aylanadi. U raqibiga qaraganda ancha kam mablag‘ sarflagan edi. Xabarlarga ko‘ra, poygadagi tashqi moliyalashtirish miqdori 60 mln dollardan oshib ketgan bo‘lib, AIPAC va u bilan ittifoqdosh isroilparast guruhlar Stivensning eng yirik tarafdorlari bo‘lgan. Ushbu natija yirik elita xarajatlariga qarshi erishilgan sezilarli progressiv g‘alaba hisoblanadi. Strategic Focus: Atlantic
🇪🇺🇷🇺🇺🇦Yevropa Ittifoqi 1,4 mlrd yevro Rossiya aktivlarini Ukraina uchun ishlatmoqchi “Rossiya o‘zi yetkazgan vayronagarchiliklar uchun haq to‘lashi shart. Biz muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tushgan daromadning yana 1,4 mlrd yevrosini Ukrainaga ajratmoqdamiz”, dedi YI rahbari Ursula fon der Lyayen. Strategic Focus: Atlantic
🇺🇸🇺🇦Tramp Zelenskiyning Patriot raketalari bo‘yicha so‘rovini rad etdi Tramp AQSH zaxiralarida yetishmovchilik borligini vaj qilib, Eron bilan urush sharoitida ushbu raketalar Yaqin Sharq va Ko‘rfaz mamlakatlaridagi Amerika obyektlarini himoya qilish uchun zarur ekanligini bildirgan. Strategic Focus: Atlantic
“60 Minutes” ko‘rsatuvi Epshteynning bank tarmog‘i bo‘yicha surishtiruvni to‘xtatgani aytilmoqda Xabarlarga ko‘ra, Bari Vays CBS rahbarligini egallaganidan keyin amalga oshirilgan kadrlar o‘zgarishi jarayonida muxbir Sherin Alfonsi ishdan bo‘shatilgach, “60 Minutes” ko‘rsatuvi Jeffriy Epshteynning bank tarmog‘i bo‘yicha olib borilayotgan surishtiruvni to‘xtatib qo‘ygan. Hisobot senator Ron Vaydenning Deutsche Bank, JPMorgan Chase va Bank of America kompaniyalari Epshteyn bilan bog‘liq yuzlab mln dollarlik shubhali operatsiyalarni amalga oshirgani haqidagi topilmalariga qaratilgan edi. CBS mazkur lavhani bostirib yuborganini rad etib, surishtiruv hali yakuniga yetmaganini bildirdi. Strategic Focus: Atlantic
#Ўзбекистон #Қирғизистон Марказий Осиёда иттифоқчилик сари яна бир қадам? Президент Шавкат Мирзиёевнинг Қирғизистонга давлат ташрифи Ўзбекистон-Қирғизистон муносабатларида янги босқични бошлаб бериши мумкин. Саммитнинг асосий натижаси сифатида имзоланган Иттифоқчилик муносабатлари тўғрисидаги шартнома икки мамлакат ўртасидаги ҳамкорликни янада тизимли ва узоқ муддатли асосда ривожлантиришга мўлжалланган. Иттифоқчилик муносабатларида иқтисодий асос мустаҳкам бўлиши даркор. Ўтган йилларда ўзаро савдо ҳажми барқарор ўсиб, 2025 йилда 1,2 миллиард долларга етгани ижобий динамикадан далолат беради. Эндиликда бу кўрсаткични 3 миллиард долларга ошириш мақсад қилинмоқда. Бунинг учун саноат, энергетика, қишлоқ хўжалиги ва бошқа тармоқларда янги қўшма лойиҳалар амалга ошириш зарур бўлади. Ҳамкорликка кучли импулсни транспорт соҳаси бериши мумкин. "Хитой-Қирғизистон-Ўзбекистон" темир йўли лойиҳаси минтақадаги савдо ва транзит имкониятларини кенгайтириши кутилмоқда. Сув-энергетика соҳасида эса трансчегаравий сув ресурсларидан самарали фойдаланиш ва Қамбарота ГЭСи бўйича ҳамкорликни давом эттириш юзасидан келишувларга эришилди. Умуман олганда, ушбу саммит Ўзбекистон ва Қирғизистон муносабатлари изчил ривожланаётганини яна бир бор тасдиқлади. Имзоланган келишувлар икки давлатнинг иқтисодий алоқаларни мустаҳкамлаш, транспорт боғлиқлигини кенгайтириш ва минтақадаги амалий ҳамкорликни кучайтиришга тайёр эканини кўрсатади. Чўлпонотада имзоланган иттифоқчилик шартномаси Марказий Осиёда давлатлар ўртасидаги ҳамкорликнинг янги босқичи ҳақидаги баҳсларни яна фаоллаштиради. Агар минтақада ўзаро ишонч ва иқтисодий боғлиқлик шундай давом этса, келгусида ҳамкорликнинг янада чуқур шакллари кун тартибига чиқиши эҳтимолдан холи эмас. @muxtor_nazirov
🇺🇸 AQSH Senatida Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni tezkor ko‘rib chiqish to‘xtatildi Qarorni demokrat senator Rafael Uornok bloklagan. U sanksiyalarga qarshi emasligini, biroq hujjat Prezident Donald Trampga bojlarni joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berib, narxlarning oshishiga olib kelishidan xavotirda ekanini aytgan. Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar haqidagi qonun loyihasi Senatda 28-iyul kuni ko‘rib chiqila boshlagan edi. Tramp ma’muriyati bilan maslahatlashuvlardan so‘ng loyiha yumshatilgan. Rossiya energetika resurslariga nisbatan ikkilamchi bojlarning maksimal hajmi 500 foizdan 100 foizgacha tushirilgan, shuningdek, Eronga qarshi sanksiyalarni 2031-yilgacha uzaytirish bandlari qo‘shilgan. Strategic Focus: Atlantic
🇺🇦 Zelenskiy Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish yo‘lidagi 3 ta ustuvor yo‘nalishini aytdi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonidagi uchta asosiy yo‘nalishni ma’lum qildi. Ular qatoriga YIga to‘liq integratsiya, sohaviy hamkorlikni kuchaytirish hamda qish mavsumida barqarorlikni ta’minlash uchun zarur yordam va qarorlarni olish kiradi. Zelenskiy Ukrainaning YI bilan yaqinlashuvi xavfsizlik va geosiyosiy barqarorlik uchun ham muhim ekanini ta’kidladi. Strategic Focus: Atlantic
25 ta shtat Oq uy bilan sudlashmoqchi – AP Kecha, 3-avgust kuni Amerikaning yigirma beshta shtati Prezident Donald Tramp administratsiyasiga qarshi yangi bojlar sababli da’vo arizasi kiritgan va ularni ilgari AQSH Oliy sudi tomonidan bekor qilingan import soliqlarining o‘rnini bosishga urinish deb atagan. O‘tgan oyda AQSH 59 ta mamlakat hamda Yevropa Ittifoqiga nisbatan ikki xonali tariflarni joriy etib, ushbu davlatlar majburiy mehnatdan foydalanib ishlab chiqarilgan tovarlar importiga qarshi yetarlicha kurashmayotganini bildirgan. Yangi bojlar Trampning Oliy suddagi mag‘lubiyatidan so‘ng joriy etilgan vaqtincha tariflar muddati tugashi bilanoq kuchga kirgan. Da’vo arizasiga Arizona, Kaliforniya, Kolorado, Konnektikut, Delaver, Gavayi, Illinoys, Kentukki, Massachusets, Merilend, Men, Michigan, Minnesota, Nevada, Nyu-Jersi, Nyu-Meksika, Shimoliy Karolina, Oregon, Pensilvaniya, Rod-Aylend, Virjiniya, Vermont, Vashington va Viskonsin shtatlari qo‘shilgan. Strategic Focus: Atlantic
🇪🇸🇲🇦Ispaniya migrantlarning aksariyatini qaytarib yubordi Ispaniya Ichki ishlar vaziri Fernando Grande-Marlaska Seutaga yetib kelgan 72 ming migrantdan 70 ming nafari Marokashga qaytganini ma’lum qilgan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, YI mamlakatlari Seutadagi migratsiya inqirozi vaqtida Ispaniya hukumatining xatti-harakatlarini samarali deb tan olgan. Ispaniya hukumati, shuningdek, Seutadagi kuzatuvchisiz qolgan voyaga yetmagan migrantlarga yordam ko‘rsatish uchun qo‘shimcha 25 mln yevro ajratilishini e’lon qilgan. Ommaviy migrantlar oqimi oqibatida halok bo‘lganlar soni 75 kishiga yetdi. Strategic Focus: Atlantic
🇫🇮Finlyandiya dunyodagi birinchi doimiy ishlatilgan yadro yoqilg‘isini yo‘q qilish obyektini ochishga bir qadam yaqinlashdi Radiatsiya va yadro xavfsizligi boshqarmasi Posiva obyekti barcha xavfsizlik talablariga javob beradi va 2070-yilgacha foydalanish litsenziyasini berishni qo‘llab-quvvatlaydi degan xulosaga kelgan. Hukumat litsenziyani shu kuzda ko‘rib chiqishi kutilmoqda. Strategic Focus: Atlantic
🇺🇸🇮🇷Rubio Eron bilan Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish bo‘yicha muzokaralarda siljish borligini aytdi “Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish bo‘yicha muzokaralarda siljish bor, ammo hali yakuniy kelishuvga erishilgani yo‘q. Biz kelishuv juda yaqin orada yakunlanadi degan umiddamiz”, dedi AQSH Davlat kotibi. Strategic Focus: Atlantic
AQSH va Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha bugun yoki ertaga kelishib olishi mumkin – Bessent “Biz eronliklar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Ushbu nizoda bo‘g‘ozni ochish va vaziyatni yanada barqarorlashtirish sari sarhisob qilish uchun bugun yoki ertaga bitim tuzishimiz ehtimoli bor”, dedi AQSH Moliya vaziri. Eronning o‘tish uchun haq undirishiga ruxsat beriladimi degan savolga Bessent kelishuv kemalarning erkin harakatlanishini ta’minlashini ta’kidlagan. Vazirning bayonotlaridan so‘ng AQSHning Crude markali nefti fyucherslari taxminan 4 foizga arzonlab, bir barreli 77 dollardan pastga tushdi. Strategic Focus: Atlantic
🇪🇸🇲🇦Ispaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda “The Times” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Marokashdan Ispaniyaning Seuta eksklaviga o‘tgan minglab migrantlar oziq-ovqat, suv va boshpanasiz qolgan. Besh kun ichida chegarani kesib o‘tgan taxminan 60 ming kishidan uch mingdan besh minggacha bo‘lgan qismi shaharda qolmoqda, ularning yuzlab vakillari esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chalarda va plyajlarda tunamoqda. Huquqshunoslar va mahalliy aholining ta’kidlashicha, hokimiyat va politsiya migrantlarni Marokashga qaytishga majbur qilish maqsadida gumanitar yordam tarqatilishini qasddan bloklamoqda. Strategic Focus: Atlantic
Men Eronga Hormuzdan to‘lov undirishiga yo‘l qo‘ymayman. Agar kimdir to‘lov undiradigan bo‘lsa, uni biz undiramiz. Biz vaziyatni to‘liq nazorat qilamiz – Tramp. Strategic Focus: Atlantic
🇺🇦 Zalujniy Ukrainani NATOdan umid qilmaslikka chaqirdi Ukrainaning sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning aytishicha, Ukraina NATOga a’zo bo‘lish umidiga tayanishni to‘xtatib, xavfsizlik sohasida yangi ittifoqlar yaratishga e’tibor qaratishi kerak. “Har yili biz tez orada NATOga kirishimiz haqidagi gaplarni eshitardim. Afsuski, biz hech qachon NATOga kirmaymiz!”, degan Zalujniy. Strategic Focus: Atlantic
🇺🇸🇻🇪 Tramp Venesuela bilan “yarashib” olganini aytdi AQSH Prezidenti Donald Trampning aytishicha, Venesuela bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik ijobiy yakunlangan. U, shuningdek, Eron bilan bog‘liq vaziyat ham yaxshi rivojlanayotganini ta’kidlagan. Jurnalist Eron bilan muzokaralar to‘xtatilgani haqida savol berganida, Tramp muzokaralar ayni damda davom etayotganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron odatda muzokara olib borayotganini oshkor qilishni istamaydi. Trampning ta’kidlashicha, muzokaralar Eronning iltimosiga binoan Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar va boshqa davlatlar ko‘magida olib borilmoqda. U buni Eron uchun “yaxshi kelishuvni imzolashdagi so‘nggi imkoniyat” deb atadi. Shuningdek, Tramp muzokaralar tez yakunlanishini, avvalo bo‘g‘ozni to‘liq ochish, so‘ng esa Eronning yadroviy dasturi masalasini muhokama qilish rejalashtirilganini bildirgan. Strategic Focus: Atlantic
🇺🇸Oq uy SI yetakchilarini yangi ko‘ngilli nazorat tizimini muhokama qilishga taklif qildi Donald Tramp administratsiyasi sun’iy intellektni ko‘ngilli nazorat qilishning yangi tizimini muhokama qilish uchun OpenAI, Google, Anthropic va sun’iy intellekt ishlanmalari bilan shug‘ullanuvchi boshqa kompaniyalarni Oq uyga taklif etgan. Taklif qilinayotgan tashabbusga ko‘ra, kompaniyalar o‘z sun’iy intellekt modellarini hamkorlarga berishdan yoki ommaga chiqarishdan oldin tekshirish uchun hukumatga ko‘ngilli ravishda taqdim etishlari mumkin bo‘ladi. Strategic Focus: Atlantic
🇺🇸🇺🇦AQSH elchisi joriy yil Ukrainaga Patriot tizimi yetkazib berilmasligini aytdi AQSHning NATOdagisi elchisi Metyu Uaytaker Ukrainaga Patriot ishlab chiqarish litsenziyalarini berish bo‘yicha uzoq muddatli ishlab chiqarish kelishuvlari ushbu qishgacha kutilgan natijani bermasligini ma’lum qildi. Strategic Focus: Atlantic