tgindex
Strategic Focus: Middle East and North Africa

Strategic Focus: Middle East and North Africa

Статистика

Yaqin Sharq va Mag’ribdagi yangiliklarni bizda kuzating. @stratfocusca - Markaziy Osiyo @stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa @xorijiyoav - yetakchi nashrlar

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
25
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
3 778
−4 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
856
25 постов
Вовлечённость
22,7%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 25
Упоминаний
4
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
736
1/48двое суток
843
1/72трое суток
909

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 2026-yil 7-avgust kuni Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston o‘rtasida “Makka kelishuvi” imzolandi. Dastlab u uch davlatning mintaqaviy xavfsizlik borasidagi strategik yaqinlashuvi sifatida baholangan bo‘lsa-da, oradan bir necha kun o‘tib, kelishuvning maqsadlari va uni kengaytirish masalasida tomonlar o‘rtasidagi tafovutlar yuzaga chiqa boshladi.   Turkiya: kelishuvni “blok” sifatida ko‘rsatmaslikka intilish   Turkiya Prezidenti Erdog‘an 12-avgust kuni bergan intervyusida “Makka kelishuvi” hech bir davlatga qarshi qaratilmaganini, uning asosiy maqsadi tinchlik, barqarorlik, birdamlik va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash ekanini ta’kidladi.   Anqara, shuningdek, kelajakda imkon qadar mintaqadagi barcha birodar davlatlarni ushbu kelishuv doirasiga jalb qilish maqsadini bildirmoqda. Turkiyaning bunday ehtiyotkor pozitsiyasi kelishuvni Eron yoki Isroilga qarshi yo‘naltirilgan harbiy blok sifatida qabul qilinishining oldini olishga qaratilgan. Bu esa Anqaraga 1) NATO a’zosi, 2) G‘azo bo‘yicha vositachi va 3) Tehron bilan muloqot qiluvchi davlat sifatidagi diplomatik manevr imkoniyatlarini saqlab qolish imkonini beradi.   Pokiston: kelishuvning mazmuni borasidagi ikki xil yondashuv   Pokiston tomonida esa vaziyat biroz boshqacha ko‘rinmoqda. Mamlakat Mudofaa vaziri Xoja Asif kelishuv imzolanganidan bir kun o‘tib, Isroilga qarshi yagona harbiy front shakllantirish zarurligi haqida bayonot berdi. U yangi mexanizm boshqa musulmon davlatlari uchun ham ochiq bo‘lishi va Isroilga qarshi umumiy qarshilikni kuchaytirishga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi.   Biroq Pokiston TIV rahbari Is’hoq Dar 9-avgust kuni ancha muvozanatli pozitsiyani ilgari surib, kelishuv mintaqadagi tinch yo‘l va o‘zaro hurmat tamoyillarini qo‘llab-quvvatlaydigan barcha davlatlar uchun ochiqligini bildirdi.   Mudofaa va TIV bayonotlari o‘rtasidagi tafovut Pokistonning kelishuvni qanday siyosiy formatda rivojlantirish borasida yagona yondashuvga ega emasligini ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, Pokiston ichidagi shia aholisi va Eron bilan mavjud tarixiy aloqalar Islomobod uchun Saudiya Arabistoni va Turkiya bilan yaqinlashish masalasida qo‘shimcha muvozanat zaruratini yuzaga keltiradi.   Saudiya Arabistoni: ehtiyotkorlik va tanlab kengaytirish   Saudiya Arabistoni esa kelishuvni muayyan davlatga qarshi qaratilgan harbiy yoki diniy blok sifatida ko‘rsatmaslikka harakat qilmoqda. Ar-Riyod kelishuvni umumiy mudofaa salohiyatini oshirish mexanizmi sifatida taqdim etmoqda.   Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni kelishuvni kengaytirish masalasida Turkiyaga qaraganda ancha ehtiyotkor yondashmoqda. Bu, ayniqsa, Misrning kelishuvga qo‘shilishi masalasida yaqqol namoyon bo‘ldi.   Turkiya Misrni kelishuvga jalb qilishni faol qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni hozircha Qohiraning ishtirokiga qarshi chiqmoqda.   Saudiya Arabistoni – BAA: yangi ziddiyatlar   “Makka kelishuvi” Saudiya Arabistoni va BAA o‘rtasidagi mavjud qarama-qarshiliklarni ham yanada ochiq ko‘rsatib berdi. BAAning ekspertlari kelishuvni tanqid qilib, avvalo Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi  doirasidagi harbiy va siyosiy birdamlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidlamoqdalar. Ular, shuningdek, yangi kelishuvda umumiy raqib kim ekani aniq belgilanmaganini savol ostiga oldi. Saudiya tomoni esa bunday tanqidlarni rad etib, kelishuvni imzolash Saudiya Arabistonining suveren huquqi ekanini bildirdi.   Mazkur ochiq bahs Ar-Riyod va Abu-Dabi o‘rtasidagi Yaman, OPEK va boshqa mintaqaviy masalalarda mavjud bo‘lgan tafovutlar hali ham saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.   Qatar va Eronning ehtiyotkor munosabati   Qatar ham kelishuvning asosiy muammosi sifatida aniq maqsad va umumiy raqibning belgilanmaganini ko‘rsatmoqda. 11-12-avgust holatiga ko‘ra, Misr, Qatar va Jazoir kabi yirik mintaqaviy davlatlarning kelishuvga qo‘shilish borasida aniq bayonot bermagani ham uning kelajagi yuzasidan savollar mavjudligini ko‘rsatadi.   Eronning rasmiy pozitsiyasi esa nisbatan ehtiyotkor. Tashqi ishlar vazirligi kelishuvni Eronga qarshi yo‘naltirilgan deb hisoblamasligini bildirgan. Biroq mamlakatdagi konservativ kuchlar, xususan “Kayhan” gazetasi, agar kelishuv doirasida Eronga aloqador qurolli guruhlarga qarshi harakatlar amalga oshirilsa, Tehron bunga javob berishini ogohlantirmoqda.   Umuman olganda, “Makka kelishuvi” hozircha to‘liq shakllangan harbiy blokdan ko‘ra, yangi mintaqaviy xavfsizlik arxitekturasini izlashga qaratilgan siyosiy va mudofaa mexanizmi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu borada kelishuv oldida bir nechta asosiy muammo mavjud: - Turkiya va Saudiya Arabistoni kelishuvni hech kimga qarshi emas, deb ko‘rsatmoqda, Pokistonning ayrim rasmiylari esa uni Isroilga qarshi yo‘nalishda talqin qilmoqda; - Misrning qo‘shilishi masalasida Turkiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasida jiddiy tafovut yuzaga keldi; - Saudiya Arabistoni va BAA o‘rtasidagi mavjud ziddiyatlar yana ochiq tus oldi; - kelishuvning aniq raqibi va amaliy harbiy majburiyatlari hanuz noaniq; - Turkiyaning NATO a’zoligi va yangi kelishuv doirasidagi majburiyatlari kelajakda huquqiy va siyosiy savollarni keltirib chiqarishi mumkin.   Shu sababli, 2026-yil avgustining dastlabki kunlarini “Makka kelishuvi”ning mustahkamlanish davri emas, balki uning ichki ziddiyatlari ilk bor yuzaga chiqayotgan bosqich sifatida baholash mumkin. Kelishuvning kelajagi, avvalo, uch davlatning umumiy strategik maqsadlarni belgilay olishi, yangi a’zolarni qabul qilish mezonlarini ishlab chiqishi va uning real xavfsizlik mexanizmlarini shakllantira olishiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, mintaqadagi uzoq muddatli xavfsizlik arxitekturasi Eron, Misr va Iroq kabi muhim davlatlarning ishtirokisiz to‘liq shakllanishi qiyin bo‘lib qoladi. Strategic Focus: Central Asia

  • 13 авг.1 43344

    O‘tgan haftada Saudiya Arabistoni Turkiya va Pokiston bilan Makkada imzolangan hujjatga Misrning qo‘shilishiga qarshi chiqdi. Anqara Qohirani ushbu paktga kiritish bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqib, bu borada faol harakat qilganiga qaramay, Ar-Riyod bunday kengayishni «kamida hozircha» istamayotganini bildirdi. Muhokamalardan xabardor saudiyalik manbalarga ko‘ra, bu pozitsiya Saudiya rahbariyatining Prezident as-Sisi hukumatidan tobora ortib borayotgan noroziligi, shuningdek, Misrning avvalgi strategik va harbiy ahamiyatini yo‘qotgani haqidagi qarashlar bilan bog‘liq. Ar-Riyod va Qohira o‘rtasidagi tanglikning asosiy sabablari quyidagilardan iborat: Birinchidan, harbiy salohiyat va jangovar shaylik masalasi. Saudiyalik manbalarga ko‘ra, Turkiya va Pokiston alyansga Misrdan ko‘ra ko‘proq real harbiy imkoniyat olib kirishi mumkin. Turkiya rivojlangan yuqori texnologiyali mudofaa sanoatiga, Pokiston esa mustahkam qurol-yarog‘ ishlab chiqarish bazasi va yirik doimiy armiyaga ega. Misrning harbiy-sanoat salohiyati esa, ushbu qarashga ko‘ra, so‘nggi yillarda yetarlicha modernizatsiya qilinmagan. Misr armiyasining resurslari va faoliyati ham tobora ko‘proq iqtisodiy hamda fuqarolik bizneslari bilan bog‘lanib bormoqda. Shu sababli Ar-Riyod Misr armiyasining zamonaviy urush sharoitidagi jangovar shayligi va mintaqaviy xavfsizlikka real hissa qo‘sha olishiga shubha bilan qaramoqda. Ikkinchidan, strategik yordam va sodiqlik masalasi. Saudiya Arabistoni 2013-yilgi siyosiy inqiroz va hokimiyat almashinuvidan so‘ng Sisi hukumatini qo‘llab-quvvatlash uchun taxminan 25 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatgan. Biroq Ar-Riyod keyingi yillarda asosiy xavfsizlik masalalarida, jumladan, Yamandagi xusiylarga qarshi urush hamda AQSH va Isroilning Eron bilan qarama-qarshiligi davrida Misrning rolini yetarlicha faol va ishonchli deb baholamadi. Shu bois Saudiya rahbariyatida Sisi hukumatining sodiqligi va unga Turkiya yoki Pokiston rahbariyatidek strategik jihatdan ishonish mumkinligi borasida savollar paydo bo‘lgan. Uchinchidan, BAA bilan yaqinlashuv va Ar-Riyod manfaatlariga ehtimoliy tahdid. Qohiraning Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bilan tobora yaqinlashib borayotgani Ar-Riyodda jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Saudiya nuqtayi nazaridan, BAAning Janubiy Yamandagi ayirmachi kuchlarni qo‘llab-quvvatlashi mintaqadagi kuchlar muvozanatiga, xususan, Saudiya Arabistonining milliy xavfsizlik manfaatlariga ta’sir qilishi mumkin. Bundan tashqari, BAAning Somalilenddagi faoliyati, Isroil bilan strategik aloqalari, Efiopiyadagi to‘g‘on loyihasiga munosabati hamda Sudandagi Tezkor Harakat Kuchlarini (RSF) qo‘llab-quvvatlashi kabi masalalarda Ar-Riyod va Abu-Dabi o‘rtasida yondashuvlar farq qiladi. Shunga qaramay, Misrning BAA bilan yaqin hamkorlikni davom ettirayotgani Ar-Riyodning Qohiraga bo‘lgan ishonchini yanada susaytirgan. To‘rtinchidan, bir tomonlama moliyaviy qaramlik. Saudiya Arabistoni Misrni teng huquqli strategik hamkor sifatida emas, balki Fors ko‘rfazi davlatlarining moliyaviy yordamiga qaram mamlakat sifatida ko‘ra boshlagani haqidagi qarashlar kuchaymoqda. Saudiyalik ayrim rasmiylar fikricha, Sisi hukumati yillar davomida Fors ko‘rfazi davlatlaridan katta miqdorda moliyaviy va iqtisodiy yordam olib, evaziga Ar-Riyod kutgan darajadagi siyosiy va strategik natijalarni taqdim eta olmagan. Shu sababli Saudiya siyosiy va jamoatchilik muhitida «bir tomonlama xayriya va imtiyozlar davri tugadi» degan pozitsiya tobora kuchaymoqda. Shunga qaramay, manbalar ushbu mudofaa kelishuvi kelajakda Misr uchun alyans eshiklarini butunlay yopmayotganini ta’kidlamoqda. Biroq hozirgi sharoitda Ar-Riyod Qohirani chetda tutishni ma’qul ko‘rmoqda. Bu esa Saudiya Arabistoni va Misr o‘rtasidagi munosabatlarda oddiy diplomatik kelishmovchilikdan ko‘ra chuqurroq strategik ishonch inqirozi shakllanayotganini ko‘rsatishi mumkin. Strategic Focus: Middle East and North Africa

  • 7 авг.64041из StratFocusCA

    Saudiya Arabistonida imozlangan tarixiy hujjatga Strategic Focus ekspertlarining munosabati M.Imomov: Turkiyaning harbiy qudrati, Pokistonning yadroviy salohiyati va Saudiya Arabistonining moliyaviy-diniy taʼsiri birlashishi printsipial jihatdan yangi kuch blokini hosil qilmoqda. Ushbu pakt shia Eronining taʼsiriga qarshi qaratilganiga shubha yoʻq. Biroq, Isroil ham bu kelishuvni xavf deb qabul qilishi ehtimoldan xoli emas, chunki uning uch davlat orasida yahudiy davlatini rasman tan oladigan yagona mamlakat - Turkiya bilan munosabatlari tobora yomonlashib bormoqda. Amalda biz sunniylar NATOsini shakllanayotganiga guvoh boʻlyapmiz. S.Pinxasova: Hujjat imzolangan vaqt va joy - juma kuni, Makka shahri - ulkan ramziy maʼnoga ega, ammo ushbu kelishuvning qanchalik mustahkamligi amalda koʻrinadi. Beqaror hududda "bir davlatga hujum - barchaga hujum" tamoyilining qoʻllanishi har uchala mamlakatni boshqalarning nizolariga tortib ketishi mumkin. Yangi harbiy paktning paydo boʻlishi qurollanish poygasini kuchaytiradi va Yaqin Sharqdagi tarixiy ziddiyatlarni yanada chuqurlashtirishi xavfini tugʻdiradi. A.Fayzullozoda: Bayonotlar balandparvoz, lekin bunday alyansning amaliy yashovchanligi soʻroq ostida. Anqara, Islomobod va Ar-Riyodning milliy manfaatlari va geosiyosiy ustuvorliklari bir-biridan juda farq qiladi. Turkiya NATO aʼzosi sifatida Shimoliy Atlantika alyansi majburiyatlari bilan bogʻlangan, Pokiston jiddiy iqtisodiy muammolarga botgan, Saudiya Arabistoni esa diversifikatsiya loyihalarini xavfga qoʻyishni xohlamaydi. Hech shubhasiz, bu alyans yangi harbiy blok emas, balki Tehronni tiyib turuvchi kuchli strategik qalqondir. K.Ametov: Ushbu bitim Yaqin Sharqda AQSh va Gʻarbning anʼanaviy xavfsizlik kafolatlariga boʻlgan ishonch pasayib borayotganidan dalolat beradi. Mintaqaviy yetakchilar oʻz xavfsizlik arxitekturasini tashqi kuchlarsiz, oʻzaro manbalar evaziga shakllantirishga oʻtmoqda. Hujjat mintaqadagi kuchlar muvozanatini katta ehtimol bilan tubdan oʻzgartiradi. Strategic Focus: Central Asia

  • видео или голосовое, без подписи

  • 7 авг.50372из suhrob_buranov

    Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston o‘rtasida mudofaa pakti imzolandi "Makka Qo‘shma mudofaa shartnomasi" deb nomlangan kelishuvning muhim xususiyati shundaki, u uch davlatdan biriga qilingan qurolli hujum ushbu hujjatni imzolagan barcha davlatga qilingan hujum sifatida baholanuvchi strategik va harbiy ittifoqni ko‘zda tutadi. Hujjatga ko‘ra, harbiy kelishuv faqat mudofaa maqsadlariga yo‘naltirilgan bo‘lib, boshqa davlatlarga hujum qilishni nazarda tutmaydi va boshqa harbiy ittifoqlardagi nizom va xalqaro huquq tamoyillariga zid kelmaydi. Sharhlovchilar "Makka kelishuvi"ni Yaqin Sharqda sodir bo‘layotgan qurolli ziddiyatlar fonida, jumladan, AQSh/Isroil va Eron o‘rtasidagi urushning davom etishi, Isroilning mintaqadagi geosiyosiy manfaatlari kengayishi shuningdek, Eronning ayrim arab davlatlaridagi harbiy obyektlarga bo‘layotgan hujumlari va boshqa mintaqaviy tahdidlar bilan bog‘lamoqda. Turk matbuoti esa buni "musulmon NATO"si sifatida tasvirlamoqda. 👉@suhrob_buranov👈

  • Isroilning mavjudligi muzokara mavzusi emas – Netanyaxu “Tramp – bizning eng buyuk do‘stimiz, lekin men aniq qilib aytmoqchiman: Isroilning mavjudligi muzokara mavzusi emas. Kelishuv bo‘ladimi yoki yo‘qmi – biz kelajagimizni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha ishni qilamiz”, deb bayonot berdi Isroil Bosh vaziri. Strategic Focus: Middle East and North Africa

  • 🇮🇷Eronning “Xaybar Shekan” raketasi radioelektron kurashga chidamliligi aytilmoqda Eronning “Xaybar Shekan” raketasining jangovar kallagi (atmosferaga qayta kiruvchi bloki) aks etgan yangi paydo bo‘lgan surat uning radioelektron kurashga chidamli zamonaviy sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi va boshqariladigan jangovar qism bilan jihozlanganini tasdiqlamoqda. Bu raketaning aniqligi hamda radioelektron kurash vositalariga qarshiligi sezilarli darajada oshganidan dalolat beradi. Uning antennasi Xitoy harbiy GNSS (sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasi) konstruksiyalariga juda o‘xshash bo‘lib, bu Xitoy texnologiyasi yoki dizayni ta’siriga ishora qilishi mumkin. Strategic Focus: Middle East and North Africa

  • 🇮🇱Netanyaxu Isroil Oliy sudiga Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirni lavozimidan ozod etish uchun hech qanday huquqiy yoki ma’muriy asoslar yo‘qligini aytdi. Strategic Focus: Middle East and North Africa

  • 7 авг.3 9861624

    Bugun Saudiya Arabistonida tarixiy kelishuv imzolandi. Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston mudofaa sohasida yangi uch tomonlama bitimni imzoladi. Endi uch davlatdan biriga qarshi amalga oshirilgan har qanday qurolli hujum uchalasiga qarshi qilingan hujum sifatida baholanadi. Hujjatning rasmiy nomi - “Makka kelishuvi”. Strategic Focus: Middle East and North Africa

  • 7 авг.3 06299

    Isroildan kelgan ma’lumotlarga koʻra, “Mossad” rahbari Gofman Erondagi rejimni ag‘darishga qaratilgan urinish muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng razvedkaning ikki nafar yuqori martabali xodimi - razvedka boshqarmasi rahbari hamda Eron bo‘limi boshlig‘ini lavozimidan chetlatdi. Strategic Focus: Middle East and North Africa

  • 🇮🇱🇱🇧Isroil harbiy-havo kuchlari Livan janubiga zarba berdi Kamida ikki nafar isroillik askarning o‘limiga va yetti nafarining yaralanishiga sabab bo‘lgan portlovchi moslama portlashidan so‘ng, Isroil harbiy-havo kuchlari Livan janubidagi Al-Mansuri qishlog‘ini nishonga olib zarba bergan. Strategic Focus: Middle East and North Africa

  • 6 авг.4303из Muxtor_Nazirov

    #Ўзбекистон #Қирғизистон Марказий Осиёда иттифоқчилик сари яна бир қадам? Президент Шавкат Мирзиёевнинг Қирғизистонга давлат ташрифи Ўзбекистон-Қирғизистон муносабатларида янги босқични бошлаб бериши мумкин. Саммитнинг асосий натижаси сифатида имзоланган Иттифоқчилик муносабатлари тўғрисидаги шартнома икки мамлакат ўртасидаги ҳамкорликни янада тизимли ва узоқ муддатли асосда ривожлантиришга мўлжалланган. Иттифоқчилик муносабатларида иқтисодий асос мустаҳкам бўлиши даркор. Ўтган йилларда ўзаро савдо ҳажми барқарор ўсиб, 2025 йилда 1,2 миллиард долларга етгани ижобий динамикадан далолат беради. Эндиликда бу кўрсаткични 3 миллиард долларга ошириш мақсад қилинмоқда. Бунинг учун саноат, энергетика, қишлоқ хўжалиги ва бошқа тармоқларда янги қўшма лойиҳалар амалга ошириш зарур бўлади. Ҳамкорликка кучли импулсни транспорт соҳаси бериши мумкин. "Хитой-Қирғизистон-Ўзбекистон" темир йўли лойиҳаси минтақадаги савдо ва транзит имкониятларини кенгайтириши кутилмоқда. Сув-энергетика соҳасида эса трансчегаравий сув ресурсларидан самарали фойдаланиш ва Қамбарота ГЭСи бўйича ҳамкорликни давом эттириш юзасидан келишувларга эришилди. Умуман олганда, ушбу саммит Ўзбекистон ва Қирғизистон муносабатлари изчил ривожланаётганини яна бир бор тасдиқлади. Имзоланган келишувлар икки давлатнинг иқтисодий алоқаларни мустаҳкамлаш, транспорт боғлиқлигини кенгайтириш ва минтақадаги амалий ҳамкорликни кучайтиришга тайёр эканини кўрсатади. Чўлпонотада имзоланган иттифоқчилик шартномаси Марказий Осиёда давлатлар ўртасидаги ҳамкорликнинг янги босқичи ҳақидаги баҳсларни яна фаоллаштиради. Агар минтақада ўзаро ишонч ва иқтисодий боғлиқлик шундай давом этса, келгусида ҳамкорликнинг янада чуқур шакллари кун тартибига чиқиши эҳтимолдан холи эмас. @muxtor_nazirov

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 🇦🇪Dubayning Jebel Ali porti va sanoat zonasida portlashlar yuz berdi BAA rasmiylari ushbu hodisani sanoatdagi baxtsiz hodisa deb baholamoqda. Eron OAVlari esa portlashlarni Yamandan husiylar uyushtirgan raketa yoki dron hujumi deb ko‘rsatmoqda. Strategic Focus: Middle East and North Africa

  • 🇸🇦🇺🇸Saudiyaning PIF jamg‘armasi va Jared Kushner EA kompaniyasini 55 mlrd dollarga sotib oldi Saudiya Arabistonining Davlat investitsiya jamg‘armasi (PIF) boshqa investorlar, jumladan Jared Kushnerning Affinity Partners firmasi bilan birgalikda Electronic Arts (EA) kompaniyasini 55 milliard dollarga sotib olish bo‘yicha kelishuvni yakunlagan va kompaniyani xususiy mulkka aylantirgan. Strategic Focus: Middle East and North Africa

  • 🇹🇷Turkiyada bosh muxolifat yetakchisi O‘zgur O‘zel hibsga olinishi mumkin Anqara Bosh prokuraturasi muxolifat yetakchisi va deputat O‘zgur O‘zelning deputatlik daxlsizligini bekor qilishni so‘rab Adliya vazirligiga rasmiy murojaat yubordi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, siyosatchiga tizimli ravishda pora olish ayblovi qo‘yilmoqda. U o‘z lavozimi va ta’siridan moddiy manfaat olish uchun foydalanganlikda gumon qilinmoqda. Hujjat Adliya vazirligiga yuborilishi deputatlik daxlsizligini bekor qilish jarayonini boshlaydi. Agar parlament O‘zelning daxlsizligini bekor qilishga ovoz bersa, tergov organlari unga nisbatan odatiy tartibda ish yuritishi mumkin bo‘ladi. Bu esa uning ehtimoliy hibsga olinishi va sud jarayoni davomida qamoqda saqlanishiga yo‘l ochishi mumkin. Strategic Focus: Middle East and North Africa

  • Husiylar Saudiya neft tankeri Wafaga ballistik raketalar bilan zarba berganini ma’lum qildi Husiylar harbiy vakili raketalar Qizil dengizning shimoliy qismida, Yanbu qirg‘oqlari yaqinida joylashgan kemaga aniq tekkanini bildirgan. Bu 22-iyul kuni dengiz blokadasi boshlanganidan beri hujum nishoniga aylangan sakkizinchi Saudiya neft tankeri bo‘lgan. Yana 29 ta tanker esa Qizil dengiz va Arab dengizidagi yo‘nalishini o‘zgartirib, ortga qaytishga majbur bo‘lgan. Strategic Focus: Middle East and North Africa

  • 🇮🇱 Netanyaxu Isroil G‘azo bo‘yicha taklif qilingan kelishuv loyihasini rad etganini aytdi Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning ma’lum qilishicha, mamlakat AQSH Prezidenti Donald Tramp va uning jamoasi tomonidan taklif qilingan G‘azo bo‘yicha kelishuv loyihasiga rozi bo‘lmagan. “Tramp va uning jamoasi HAMASni qurolsizlantirish va G‘azoni demilitarizatsiya qilishga erishishlari mumkin, deb hisoblamoqda. Ular bizga kelishuv loyihasini yuborishdi, biroq biz bunga rozi bo‘lmadik. Bu bizning loyihamiz emas. Biz o‘z izoh va takliflarimizni yubordik. Biz fikrlarimizni bu masala bo‘yicha ommaviy axborot kampaniyasi boshlanishidan oldin ham taqdim etgan edik. Bu bizning pozitsiyamiz. Biz o‘z manfaatlarimizni qat’iy himoya qilmoqdamiz va buni oqilona hamda qat’iyat bilan amalga oshiryapmiz”, dedi Netanyaxu. Strategic Focus: Middle East and North Africa

  • 5 авг.4951из policylaab

    Geopolitical Futures: Eron urushidan keyin Yaqin Sharq qanday o‘zgaradi? Kamran Bokhari fikricha, Eron bilan urushning asosiy maqsadi Tehronni butunlay mag‘lub etish emas, balki uning qariyb 50 yil davomida shakllangan mintaqaviy ta’sirini zaiflashtirib, Yaqin Sharqda yangi kuchlar muvozanatini yaratishdir. Eronning ta’siri 1980-yillarda Suriya bilan yaqinlashishi, 2000-yillar boshida Iroqdagi Baas rejimining qulashi, 2011-yilgi Arab bahori va 2014-yilda husiylarning Yamanda kuchayishi ortidan sezilarli kengaydi. Biroq 2024-yilda Hamas va Hizbullohning zaiflashishi, Suriyadagi eski tartibning qulashi hamda Iroqda Eronparast kuchlarga bosimning ortishi Tehronning mintaqadagi pozitsiyalarini zaiflashtirdi. Muallifga ko‘ra, urushdan keyin Eron rejimi saqlanib qoladi, chunki AQSh quruqlik qo‘shinlarini kiritmayapti va mamlakat ichida rejimga kuchli muqobil yo‘q. Ammo urush va Eron rahbariyatidagi yo‘qotishlar Tehronni o‘z mintaqaviy strategiyasini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Eronning zaiflashishi natijasida yangi mintaqaviy tartibning asosiy kuchlari sifatida Turkiya, Saudiya Arabistoni, Pokiston va Misr oldinga chiqishi mumkin. Qatar, BAA, Iordaniya va Ozarbayjon esa bu tizimni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar bo‘ladi. Ayniqsa, Eronning Suriya va Iroqdagi ta’siri kamayishi Turkiyaning rolini kuchaytiradi. Biroq yangi tizimni yaratishdagi eng murakkab masala - Isroilni ushbu mintaqaviy xavfsizlik arxitekturasiga integratsiya qilish. 2023-yil 7-oktabrdagi hujumlardan keyingi urush arab va musulmon jamoatchiligida Isroilga qarshi kayfiyatni kuchaytirdi. Shunga qaramay, Bokhari fikricha, ko‘plab arab va musulmon hukumatlari uchun Eronning mintaqaviy ambitsiyalari Isroildan ham fundamentalroq strategik tahdid hisoblanadi. Chunki Tehron qurolli guruhlar orqali mintaqa davlatlari davlat suverenitetini zaiflashtirib (Suriya, Iroq, Yaman), mintaqadagi kuchlar muvozanatini o‘z foydasiga o‘zgartirishga harakat qilgan. https://t.me/policylaab

Strategic Focus: Middle East and North Africa — tgindex