tgindex
AFG'ONISTON | ERON | TAHLILI

AFG'ONISTON | ERON | TAHLILI

Статистика

AFG'ONISTON va ERON tarixi, siyosati, madaniyati hamda hozirgi kundagi ijtimoiy-siyosiy hayoti bo'yicha tahliliy ma'lumotlar berilib boruvchi kanal. AFG'ONSHUNOSLIK nuqtai nazaridan tahlil qilamiz. 📩 Murojaat va takliflar uchun: @Afghan_analysis_bot

Последний пост
12 апр.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
35
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
906
+1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
821
35 постов
Вовлечённость
90,6%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 35
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 😎​​PASHTU TILI KOSMOSDA SO'ZLASHILGAN TO'RTINCHI RASMIY TIL HISOBLANADI 🇺🇳Bu haqda BMTning Afg‘onistondagi yordam missiyasi (UNAMA) Xalqaro kosmonavtika kuni (12-aprel) munosabati bilan berilgan bayonotda yana bir bor ma'lum qildi. 🇦🇫Gap shundaki, 1988-yilda afg'on kosmonavti Abdul Ahad Momand Sovet Ittifoqining "Mir" orbital stantsiyasida koinotda bo'lib, onasi bilan telefonda gaplashgan (pashtu tilida) natijada pashtu tili kosmosda rasman gapirilgan to'rtinchi til bo'lib qoldi. ➡️Eslatib o'taman, kapitan Abdul Ahad Momand kosmosga chiqqan birinchi va hozircha yagona Afg'oniston fuqarosi hisoblanadi. ❓Siz Afg'onistonning asosiy tillaridan biri pashtu tili haqidagi ushbu ma'lumotni bilarmidingiz? Fikringizni izohlarda qoldiring... 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

  • 10 мар.1 103152

    🇮🇷ERONNING UCHINCHI OLIY RAHBARI — OYATULLOH SEYYID MUJTABO XOMANAIY HAQIDA QISQACHA...         🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍 🇮🇷 Oyatulloh Sayyid Mujtabo Xomanaiy Eronning marhum sobiq Oliy rahbari Oyatulloh Seyyid Ali Xomanaiyning ikkinchi o‘g‘li bo‘lib, 1969-yil 8-sentyabrda Mashhadda tug‘ilgan. 🇮🇷🚀🇮🇶O'rta maktabni tugatgandan so'ng, u 1986-1987-yilda Islom inqilobi muhofizlari ko'rpusiga qo'shiladi. 1986-yili 17 yoshida Eron-Iroq urushida ko‘ngilli sifatida "Habib" batalyonida frontning oldingi saflarida xizmat qiladi. Shundan so'ng Islom inqilobi muhofizlari ko'rpusi bilan yaqin aloqalar o'rnatishni boshlagan. Eron-Iroq urushida (1980-1988 yy) bir nechta yirik harbiy amaliyotlarda ishtirok etgan, jumladan: ➡️“Bayt ul-Muqaddas (2,3,4)” ➡️“Val-fajr (10)” ➡️“Mirsod” (1988-yildagi urushning so‘nggi yirik jangi). 🔸Eron-Iroq urushi tugaganidan so‘ng, ilohiyot ilmini davom ettirish uchun Qum shahrida yashashni boshlagan. U yerda ilohiyotning oliy darajalarini Qumning eng oliy ustozlaridan o‘rgangan. Fiqh va usul fanlarini esa marhum otasi Ali Xomanaiydan saboq olgan. 17 yildan ortiq vaqt mobaynida turli oliy ilohiyot kurslarida faol qatnashib kelgan. 💬Izoh: Suratlarda Eron-Iroq urushi davridagi Mojtabo Xomanaiy 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

  • 9 мар.888152

    📣🎉📹Oyatulloh Seyyid Mojtabo XOMANAIYni Eron Islom Respublikasining OLIY RAHBARI lavozimiga saylanganligini rasmiy e'lon qilish jarayoni va bunga eronliklarning reaksiyasi... 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

  • 🇮🇷​​ 🎉Qumdagi Eron Ekspertlar Kengashi marhum sobiq Oliy rahbar Ali Xomanaiyning o‘g‘li Oyatulloh Seyyid Mojtabo XOMANAIYni Eron Islom Respublikasining navbatdagi (uchinchi) OLIY RAHBARI etib sayladi. 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

  • 3 мар.984121

    🚨🇺🇸🇮🇱➡️🇮🇷AQSH-ISROIL–ERON "URUSHI"NING UCHINCHI KUN YAKUNLARI BO'YICHA XULOSALAR 🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍 🔥​​Mojaroning uchinchi kunida Eron tomonidan harbiy-siyosiy eskalatsiya davom etmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yana yetti nafar yuqori martabali harbiy amaldorning halok bo‘lgani tasdiqlangan. Eron vaziyatni keskinlashtirmoqda, AQSh armiyasining talafotlari ortib boryapti. ⚡️Kurdiston viloyatida xavfsizlik, harbiy va razvedka infratuzilmasiga keng ko‘lamli hujumlar amalga oshirilmoqda. Mazkur zarbalar mintaqadagi boshqaruv va aloqa tizimlarini izdan chiqarishga qaratilgani kuzatiladi. Ayrim tahlillarga ko‘ra, bu harakatlar hududda Vashington va Tel-Aviv tomonidan ichki beqarorlikni kuchaytirish strategiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 🔄Internet to‘liq o‘chirilganiga qaramay, joylardan hamon juda yuqori sifatli tasvirlar kelib tushmoqda. Ko‘rinib turibdiki, Starlink tizimi bu vazifani a’lo darajada uddalayapti. ➡️🔄⬅️Eron zarbalar geografiyasini kengaytirib, mintaqaviy va transmilliy obyektlarga hujum qilmoqda. Jumladan, Buyuk Britaniyaning Kiprdagi harbiy bazasiga zarba berildi – bu Yevropa Ittifoqi hududiga qilingan ilk hujumdir. Shuningdek, Saudiya Arabistonidagi neftni qayta ishlash zavodlari va Fors ko‘rfazidagi tankerlar ham hujumga uchramoqda. Bu holat mojaroni kengroq geosiyosiy maydonga olib chiqmoqda va qaror qabul qilish jarayonida keskin pozitsiya ustun kelayotganini ko‘rsatadi. 🔥Eronning bosim o‘tkazish omili sifatida Fors ko‘rfazi mamlakatlariga zarba berish strategiyasi o‘zini qisman oqlamoqda. Bloomberg nashrining yozishicha, Qatar va BAA Eronga qarshi urushni tezroq to‘xtatishni talab qilmoqda, chunki ularning raketaga qarshi mudofaa tizimlari zaxiralari qisqarib bormoqda. 🇺🇸🔫🎖Ayni paytda AQShning talafotlari ham ortib bormoqda. Eronga qarshi urush kampaniyasi boshlanganidan beri olti nafar amerikalik harbiy halok bo‘ldi, yana 18 nafari og‘ir yaralangan. AQSh uchta F-15 samolyotini yo‘qotdi (o‘zaro o‘t ochish oqibatida). Agar bu tendensiya saqlanib qolsa, talafotlar AQSh ichki siyosiy muhitida norozilik omiliga aylanishi mumkin. 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

  • 🇮🇷🇮🇷🚀​​Islom inqilobi muhofizlari korpusi Eronning so‘nggi raketa hujumi Isroil Bosh vaziri Netanyahuning ofisiga va Isroil Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonining qarorgohiga yo‘naltirilganini ma’lum qildi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, ushbu zarbadan keyin Netanyahuning…

  • 🇮🇷🇮🇷🚀​​Islom inqilobi muhofizlari korpusi Eronning so‘nggi raketa hujumi Isroil Bosh vaziri Netanyahuning ofisiga va Isroil Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonining qarorgohiga yo‘naltirilganini ma’lum qildi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, ushbu zarbadan keyin Netanyahuning taqdiri “noma’lum”ligicha qolmoqda. Agar rostan ham bu tasdiqlansa urushdagi "hisob" tenglashadi: "1:1". 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

  • 🇺🇸🇮🇱🔥🇮🇷AQSH-ISROIL–ERON "URUSHI"NING  IKKINCHI KUN YAKUNLARI BO'YICHA AYRIM XULOSALAR      🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍 🇮🇷Xabaringiz bor, hozirda Eron bo'yicha tadqiqotchiman, mana shu nuqtayi nazaridan ushbu qarama-qarshilikning 2-kun yakunlari yuzasidan identiklik(o'zlik) yondashuvidan kelib chiqib bir necha xulosalarni sanab o'tmoqchiman: 1️⃣REJIM HALI HAM ISHLAMOQDA: 🎉Eron Islom Respublikasi modeli “shia identikligiga” asosida shakllangan "demokratik-teokratiya" hisoblanib, bu siyosiy tizimni faqat boshqaruv mexanizmi sifatida emas, balki normativ-ideologik loyiha sifatida legitimlashtiradi. Davlatni boshqarish yuzasidan vaqtinchalik yangi tayinlovlar va mitinglarga olib chiqilayotgan sodiq tarafdorlar olomoni rejimning IDENTIFIKATSION YADROSI (mas.: Basij, diniy elita, IIQK) hali parchalanmaganidan dalolat beradi. Ya’ni, hozircha biror o‘zgarish kuzatilmayapti: ayrim elita boshqalarining o‘rnini egallab, hammasini “yo‘riqnoma bo‘yicha” bajaryapti. Islom Respublikasi, albatta, ancha zaiflashgan. Biroq rejimning ramziy-siyosiy identikligi qayta shakllantirilmoqda, albatta rejimning qulashi ham hozircha ko‘zga tashlanmayapti (yana vaqt ko'rsatadi). 2️⃣ERON ZARAR YETKAZA OLADI (GARCHI CHEKLANGAN BO‘LSA-DA, QARSHILIK IDENTIKLIGI MAVJUD) 🇮🇷Kutilganidek, Tehronning siyosiy identikligi ancha zaiflashgan. Ammo ayni paytda u baribir o‘z dushmanlariga ma’lum darajada zarar yetkazishga qodir. Isroilda 8 kishi halok bo‘ldi. 3 nafar amerikalik harbiy xizmatchi vafot etdi, yana 5 nafari yaralandi. Himoyasi ancha kuchsiz bo‘lgan arab mamlakatlaridagi qurbonlar va talafotlar haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi. Bu esa kutilmagan “muvaffaqiyatli” zarbalar ham bo‘lishi mumkinligini anglatadi va Eron buni ramziy g‘alaba sifatida taqdim etishi ehtimoli bor. 3️⃣KUTILMAGAN HUDUDLARDAGI KURASH (TRANSMILLIY IDENTIKLIK) 🇮🇷🇵🇰Kutilmaganda "urush"ning ikkinchi kunida Pokiston aholisi Eronning asosiy ittifoqdoshi bo‘lib chiqdi. Ular AQShning Karachidagi konsulligiga hujum qilishdi. Bu esa identiklikning transmilliy xarakterini yaqqol ko'rsatdi. (Tushuntirish beraman: siyosiy identiklik faqat milliy chegaralar bilan cheklanmaydi, "imperializmga qarshi kurash" narrativi musulmon jamiyatlarida umumiy emotsional rezonansni yuzaga chiqaradi va odatda urushlar "jamoaviy (kollektiv) identiklik"ni safarbar qiluvchi katalizator vazifasini bajaradi) Pokistonda Amerikaliklarga qarshi noroziliklar to'lqini ko'proq, teologik (diniy) identiklik mahsuli sifatida namoyon bo'ldi. 4️⃣BU SAFAR HAM ICHKI NOROZILIK NAMOYISHLARI BOSHLANDI (ICHKI IDENTIKLIK INQIROZI) ⭕️"Urush" fonida, kecha Eron aholisining hukumatga qarshi norozilik chiqishlari qayd etildi va mamlakat miqyosida bu namoyishlarni kichik ham deb bo'lmaydi. Namoyishlar geografiyasi ham salmoqli: Karaj, Sheroz shahri bilan Fors viloyati, Qazvin, Isfahon,Tehron, Rasht, va boshqalar. O'z navbatida bu namoyishlar davlat siyosiy identikligining zaiflashganini ko'rsatadi. Agar davlat tomonidan taklif qilinayotgan "siyosiy-diniy identiklikka" asoslangan diniy demokratiya jamiyatning ma'lum qatlamlari tomonidan rad etila boshlasa, identiklik inqirozi yuzaga chiqayotganini bildiradi. (Eron ham bundan mustasno emas ham bundan mustasno emas) 5️⃣KESKINLIK PASAYISHI MUMKIN (ELITA IDENTIKLIGINING TRANSFORMATSIYASI) (lekin bu aniq emas...) 🇺🇸Trampning bayonotiga ko'ra, Eron rahbariyati muzokaralar o‘tkazishni so‘ragan. Bundan avvalroq esa Eron hukumati Hormuz bo‘g‘ozi bo'yicha pozitsiyani yumshatishini e’lon qilgan. Bundan kelib chiqadiki, bu elita identikligidagi ehtimoliy pragmatik siljishni anglatishi mumkin. Xomanaiy, Shamxoniy va yana bir qancha “elita” vakillari halok bo‘lgach, boshqaruvdagi odamlar inqilob g‘oyalariga biroz o‘zgacha qarayotgan va oxirigacha kurashishni istamayotgan bo‘lishi mumkin. (Ammo bu shunchaki taxmin va aytganimday hammasi butunlay boshqacha bo‘lib chiqishi ham ehtimoldan xoli emas) Post tugadi . 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

  • 1 мар.618131

    ​​🇮🇷Ayni paytda Eronda hokimiyatni favqulodda boshqarish mexanizmi ishlab chiqilmoqda. Oliy rahbar Ali Xomanaiyning vafoti tasdiqlangach, mamlakatni vaqtincha prezident Mas’ud Pezeshkiyon, sud hokimiyati rahbari G‘ulomhusayn Mohseni-Ejeiy va Konstitutsiya qo‘riqchilari kengashi vakili Ahmad Jannatiy boshqarib turadi. 🔥🔥🔥Shu bilan birga, AQSH-Isroil hujumi natijasida yuqori martabali harbiylar – admiral Ali Shamxoniy va Islom inqilobi muhofizlari ko'rpusi qo‘mondoni general Muhammad Pokpurning halok bo‘lganini tasdiqladi. 🇮🇷Eslatib o'taman. “Fars” nashri manbalariga ko‘ra, zarba Ali Xomanaiyning oilasiga ham berilgan – uning qizi, kuyovi va nabirasi halok bo'lgan. 🇮🇷📡Ayni soatlarda Eron keng ko‘lamli urushga tayyorlanmoqda: IIKQ oyatulloh Xomanaiyning o‘limiga javoban “o‘z tarixidagi eng qudratli hujum”ga tayyorgarlik ko‘rayotganini e’lon qildi. Vashington va Tel-Avivga ultimatum 1-mart kuni ertalab davlat ommaviy axborot vositalari efirida e’lon qilindi. Ayni paytda qo'shni davlatlar shia guruhlari hamda Eron proksilari AQSH-ISROIL ikkiligiga qarshi namoyishlar o'tkazishmoqda... 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

  • ​​🇮🇷 ISLOM INQILOBI POSBONLARI KORPUSI: 🇮🇷📡Yaqin daqiqalarda Eron Islom Respublikasi qurolli kuchlari tarixidagi eng shiddatli hujum amaliyotini boshlaydi va bosib olingan hududlar hamda amerikalik terrorchilarning bazalariga qarshi eng jangovar hujumlar boshlanadi...  🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

  • 1 мар.612181

    🚨​​RASMAN TASDIQLANDI ❌🇮🇷Eron Islom Respublikasi Oliy diniy rahbari Oyatulloh Sayyid Ali Xomanaiy AQSH-ISROIL hujumlari natijasida O'LDIRILGAN. 🗣Ayni paytda Eronda 40 kunlik motam e'lon qilindi. 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

  • 🇺🇸AQSh Prezidenti Donald Tramp Eron Islom Respublikasi Oliy rahbari SAYID ALI XOMANAIY hujumlar chog'ida O'LDIRILGANligini xabar bermoqda 🇺🇸D.Tramp: ...​​U bizning razvedkamiz va yuqori texnologiyali kuzatuv tizimlarimizdan qochib qutula olmadi... Bu Eron xalqi uchun o‘z mamlakatini qaytarib olish uchun eng katta imkoniyatdir.... Eslatib o'taman bu hali rasman tasdiqlanmadi... (endi tasdiqlandi...) Tasdiqlangan ma'lumotlarga ko'ra, hozirda Ali Xomanaiyning qizi, kuyovi, nabirasi va kelini halok bo'lgan. 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

  • ​​​​🚨🇮🇱🇺🇸🇮🇷"URUSH" BO'YICHA OXIRGI TAVSILOTLAR ​​🇮🇷🚀Eron tomonidan Isroil hujumlariga javoban, Bahrayn va Qatardagi Amerika harbiy bazalariga zarba bergani haqida xabarlar tarqalmoqda... 🚀Eron ballistik raketalarining BAAning Al-Dafra aviabazasiga kelib tushgani haqida xabarlar tarqalmoqda... 🚀Quvaytdagi portlashlar haqida xabarlar mavjud.... ✈️BAA o‘z havo hududini yopdi... 🌎Eron hududida xalqaro internet deyarli ishlamayapti... 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

  • ​​🚨🇮🇱🇮🇷 ISROIL ERON BILAN YANA BIR BOR URUSHGA KIRDI. 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

  • 🔠FG'ONLARDA HAM  "JANNA D’ARK" BORLIGINI BILASIZMI?...        🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 🧕Mayvandlik Malalay - 1880-yil 27-iyuldagi Buyuk Britaniyaga qarshi "Mayvand jangida" hal qiluvchi rol o‘ynagan Afg‘onistonning milliy qahramon hisoblanadi. U afg‘onlarni britaniyaliklarni yengishga ruhlantirgan. Malalay jasorat va xalq qarshiligining timsoli sanalib, ko‘pincha "Afg‘on Janna d’Ark"i deya e'tirof etiladi. 🇦🇲Malalay, 1861-yilda Xige qishlog‘ida - Mayvanddan taxminan uch mil janubi-g‘arbda, hozirgi Qandahor viloyatining janubida tug‘ilgan bo'lib, pushtunlarning Nurzoy qabilasidan edi. 🇬🇧🏴XIX asr oxirida Afg‘oniston Ikkinchi ingliz-afg‘on urushiga (1878-1880) tortildi va Britaniya imperiyasi keng ko‘lamli harbiy bosqinni boshladi. Britaniyaning asosiy garnizonlaridan biri mamlakatning janubidagi muhim strategik nuqta - Qandahorda joylashgandi. Afg‘on qo‘shinlariga amir Sher Alixonning o‘g‘li Ayubxon qo‘mondonlik qilardi. 📝Malalayning otasi, asli cho‘pon bo‘lib, uning kuyovi 1880-yil iyul jangida Ayubxon qo‘shiniga qo‘shilishdi. Ko‘plab afg‘on ayollari kabi, Malalay ham armiya bilan bo‘lib, yaradorlarga yordam berdi, suv va o‘q-dorilar yetkazib turdi. 🇦🇫Britaniya armiyasi afg‘onlarni siqib keldi va natijada afg'on qo'shinida sarosima boshlanib ketdi. Mana shunday paytda, Malalay oldinga chiqadi, afg'on bayrog‘ini ko‘tarib, landay (afg‘on ayollarining xalq qo‘shig‘i) kuylab, inglizlarga qarshi jang qiladi. O‘sha kuni Britaniya og‘ir mag‘lubiyatga uchradi, Malalay nomi esa Afg‘oniston tarixiga abadiy muhrlandi. 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

  • 🔠UGUN 15-FEVRAL AFG‘ON XALQINING SOVETLARGA QARSHI G‘ALABA KUNI         🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍 💬O'ylab qarasam, oxirgi paytlarda Afg'oniston xususida kam ma'lumot beryapman ekan. Xullas bugungi mavzu Afg'oniston(Tolibon) haqida. 1️⃣5️⃣- fevral kuni, Tolibon tomonidan Afg‘onistonda davlat bayrami hisoblangan, "Afg‘on xalqining sovet bosqinchiligiga qarshi g‘alaba kuni" munosabati bilan dam olish kuni e’lon qilingan. 🇦🇫Ushbu bayram Afg‘onistonda 2022-yildan beri yana ham aniqrog'i toliblar hokimiyatga qaytganidan keyin rasman nishonlana boshlangan. ❕E’tiborli jihati shundaki, tarixan Tolibonning Afg‘onistondagi sovet qo‘shinlari bilan urushga hech qanday aloqasi yo‘q. Chunki Sovet armiyasi 1989-yil fevralda oyidan Afg‘oniston zaminini tark etgan, Tolibon esa besh yildan so‘ng, 1994-yilda siyosat maydoniga chiqqan (rasman 1996-yildan). 🫥Shunday bo‘lsa-da, Tolibon rejimi bu voqeani keng nishonlamoqda va hatto Sovet qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqib ketish kunini o‘z amirligida rasmiy bayram deb e’lon qilgan. Bu bilan ular Tolibonning Sovet-Afg‘on urushida Sovet armiyasining mag‘lubiyatiga aloqadorligini har tomonlama ko‘rsatishga urinmoqda (balki ular o'sha paytlarda mujohidlar tarkibida ekanligi bilan da'vo qilsa ham ajablanmasa bo'ladi.) 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

  • 🇮🇷📡ERONNING RAKETA SALOHIYATI 🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍 💬Izoh: 🚀"Xorramshahr" va "Sejil" raketalarining haqiqiy uzoqqa uchish masofasi 3000-4000 kilometrgacha yetishi mumkin. Ushbu infografikada ko‘plab raketalar, jumladan, Eronda minglab mavjud bo‘lgan "Foteh" va "Zulfiqor" kabi qisqa masofali yer-havo sinfidagi raketalar ko'rsatilmagan. 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

  • без подписи

  • 12 февр.1 342184

    ⭐️😈ERONDA SATANIZM RAMZI YOQIB YUBORILDI 🇮🇷Tehrondagi Inqilob maydonida eronliklar tomonidan Islom Inqilobining 47-yilligini nishonlab, Epshteyn orolida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va boshqa shaytoniy xatti-harakatlarga qarshi norozilik belgisi sifatida Tehrondagi BAAL HAYKALI (but) YOQIB YUBORILDI. 🦬 Baal (Vaal) haykali Isroil va AQShdagi satanizmga(shaytoniylik) qarshi norozilik belgisi sifatida yoqib yuborildi. Bu esa JEFFRI EPSHTEYNNING OSHKOR ETILGAN HUJJATLARI FONIDA YUZ BERMOQDA. ⛔️Jeffri Epshteyn o‘zining bank hisobini "BAAL" deb nomlagan. Bu uning orolidagi nufuzli mehmonlar nafaqat pedofiliya bilan shug‘ullangani, balki shaytoniy marosimlarga juda o‘xshash marosimlar o‘tkazgani haqidagi mish-mishlarga mos keladi. ❕Izoh: O'z navbatida 🤩Baal – g‘arbiy semit xalqlarining but xudosi bo‘lib, Ossuriya-Bobil mifologiyasidagi qadimgi butparast ilohdir. Bibliyaga ko‘ra, unga sig‘inish marosimlarida odamlarni qurbonlik qilish va bolalarni marosim gulxanida yoqish kabi vahshiyliklar amalga oshirilgan. Qadimgi Isroil podshohligi hukmdori Axab Haq Xudodan voz kechib, mamlakatda Baalga sig‘inishni joriy etgan va hukmdorning xalqqa zararli faoliyatini fosh qilishdan to‘xtamagan payg‘ambarlarni ta’qib qilgan. Xristian diniga ko'ra, Baal jin(shayton) deb hisoblanadi va ko‘proq Velzevul (Baal-Zevuv) nomi bilan tanilgan. Hozirda zamonaviy satanistlar aynan unga sig‘inishadi. 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

  • 🇮🇷🎉 #Eron_tarixi #تاریخ_ایران 1️⃣9️⃣7️⃣9️⃣- yil 1️⃣1️⃣- fevral 👑Tehron aholisi 10-fevraldan 11-fevralgacha butun tun uxlamadi. Ko‘chalarda shiddatli otishmalar bo‘lib o‘tdi. Shaharning muhim strategik obyektlarini egallash uchun shoh qo'riqchilari va xalqning qurollangan otryadlari o'rtasida eng shiddatli janglar bo'lib o'tdi. 👑Soat 14:00 da radio orqali Armiya Oliy Kengashining bayonot berdi:  "Armiya Eron mustaqilligi va yaxlitligini himoya qilishi kerakligi, tartibsizliklarning oldini olish va bundan ham katta qon to'kilishini oldini olish uchun armiya o'zining betarafligini e'lon qiladi" Biroq, Oliy Harbiy Kengashning armiyaning betarafligi to'g'risidagi xabari deyarli butun poytaxt allaqachon qurollangan xalq qo'liga o'tgan va barcha davlat muassasalari, qamoqxonalar va harbiy garnizonlar inqilobchilar tomonidan bosib olingan bir paytda e'lon qilingan edi. 💐📣Soat 17:50 da radio orqali, butun davlat inqilobiy xalq qo'lidaligi e'lon qilinadi. Shundan so‘ng  Humayniy xalqqa murojaat qilib: “Eronning mard xalqi! Qodir Alloh yordami bilan g'alabamiz yaqin! Armiya orqaga chekinmoqda, ammo hushyor bo'ling, intizom va tartibni saqlang! Agar armiya hujum qilsa, barcha mavjud kuchlar bilan javob qaytaring, qonuniy Islom hukumatiga qo‘shilganlarni xalqning ajralmas qismi deb hisoblaymiz". 💬🇮🇷O'z navbatida Pahlaviy rejimining so'nggi Bosh vaziri Shopur Baxtiyor 36 kunlik hokimiyatdan so'ng iste’foga chiqdi. Shu tariqa Oyatulloh Humayniy boshchiligidagi Eron xalqining Islom inqilobi "2500 yillik imperiya" tuzumini ag‘darib tashladi... ERON ISLOM RESPUBLIKASI tashkil topdi. 💬Izoh: Bugun💐🇮🇷Eron Islom Respublikasida 1979-yil "ISLOM INQILOBI"ning g'alabasi va ERON ISLOM RESPUBLIKASI tashkil topganiga 47 yil to'ldi! ⬇️Mana shu munosabat bilan kanalda e'lon qilingan qisqacha voqealar xronologiyasi hamda ma'lumotlar siz uchun foydali bo'ldi degan umiddaman. E'tibor bilan postlarni o'qib bilim olganingiz uchun tashakkur!...❤️ 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis