tgindex
Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal

Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal

Статистика

Sharqshunos-afg‘onshunos va siyosatshunos Suhrob Bo‘ronovning Afg‘on muammosi, Afg‘onistondagi vaziyat, qolaversa, Sharq makoni va mintaqamizda sodir boʻlayotgan eʼtiborga molik voqea-hodisalar haqida tahliliy fikr-mulohazalari taqdim etib boriladi.

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
5
Всего постов
55
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
3 312
−5 за 3 дн.
Сутки
−2
−0,06%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 572
40 постов
Вовлечённость
47,5%
к подписчикам
Постов в день
0,7
всего 55
Упоминаний
7
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
682
1/48двое суток
781
1/72трое суток
842

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 12 авг.64275из jurnalistSardorAli

    “Makka pakti Yaqin Sharqda sunniy-shia qarama-qarshiligini kuchaytirishi mumkin” — siyosiy fanlar doktori, dotsent Suhrob Bo'ronov "Siyosatshunoslar bu kelishuv ortida AQSH manfaatlari ham borligini ta’kidlamoqda. Ularning fikricha, NATOning Turkiyada o‘tgan sammitida ilgari surilgan g‘oya sunniy davlatlar ittifoqini shakllantirish va shu orqali sunniy-shia qarama-qarshiligini kuchaytirib, Eronni zaiflashtirishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Bu kelishuv AQSHning ruxsati bilan tuzilganmi yoki uning bosimi ostida shakllanganmi — hozircha aniq emas. Ammo siyosatshunoslar bunday ittifoq Vashingtonning strategik manfaatlariga mos kelishini aytmoqda", — deydi u. Manba 👉SardorAli

  • 🇮🇷Eronning yangi harbiy rahbariyati 👉@suhrob_buranov👈

  • 11 авг.770105из jurnalistSardorAli

    Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston nima uchun birlashdi? Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston Makkada qo‘shma mudofaa paktini imzoladi. Bu ittifoq Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinlik fonida qanday maqsadni ko‘zlamoqda va unga yana qaysi davlatlar qo‘shilishi mumkin? Ushbu mavzuda doirasida siyosiy fanlar doktori, dotsent Suhrob Bo’ronov bilan xaritalar ustida suhbatlashdik. https://youtu.be/kP19eJFJ8bo?si=3fUWBioijjiPTsSJ

  • 10 авг.93896из nigoh_01

    "Хитой-Қирғизистон-Ўзбекистон" темир йўли қурилиши жараёнлари қандай кетмоқда? Манба Telegram | YouTube

  • 9 авг.1 13215

    Eron mediasi Mujtaba Xumanaiyning videosini namoyish qildi. Video qachon olingani nomaʼlum, biroq lavha Eron Oliy rahbarining sog‘lig‘i bilan bog‘liq turli mish-mishlar fonida eʼlon qilingani eʼtiborga molik. 👉@suhrob_buranov👈

  • 7 авг.1 354132

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarning izchil amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etilib, strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. O‘zaro hamkorlikning deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan ikki tomonlama muloqot va almashinuvlarning jadal sur’atiga yuqori baho berildi. Xalqaro ahamiyatga molik masalalar muhokama qilinar ekan, global xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro va mintaqaviy mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi sa’y-harakatlarni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi. Yetakchilar bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar. Suhbat yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Donald Trampga o‘zi uchun qulay vaqtda rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelishni taklif qildi. 👉@suhrob_buranov👈

  • 7 авг.1 6167

    видео или голосовое, без подписи

  • 7 авг.1 431177

    Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston o‘rtasida mudofaa pakti imzolandi "Makka Qo‘shma mudofaa shartnomasi" deb nomlangan kelishuvning muhim xususiyati shundaki, u uch davlatdan biriga qilingan qurolli hujum ushbu hujjatni imzolagan barcha davlatga qilingan hujum sifatida baholanuvchi strategik va harbiy ittifoqni ko‘zda tutadi. Hujjatga ko‘ra, harbiy kelishuv faqat mudofaa maqsadlariga yo‘naltirilgan bo‘lib, boshqa davlatlarga hujum qilishni nazarda tutmaydi va boshqa harbiy ittifoqlardagi nizom va xalqaro huquq tamoyillariga zid kelmaydi. Sharhlovchilar "Makka kelishuvi"ni Yaqin Sharqda sodir bo‘layotgan qurolli ziddiyatlar fonida, jumladan, AQSh/Isroil va Eron o‘rtasidagi urushning davom etishi, Isroilning mintaqadagi geosiyosiy manfaatlari kengayishi shuningdek, Eronning ayrim arab davlatlaridagi harbiy obyektlarga bo‘layotgan hujumlari va boshqa mintaqaviy tahdidlar bilan bog‘lamoqda. Turk matbuoti esa buni "musulmon NATO"si sifatida tasvirlamoqda. 👉@suhrob_buranov👈

  • 5 авг.5 1751418

    The National Interest: AQSh va Xitoy Markaziy Osiyodagi muhim minerallar uchun raqobatni kuchaytirmoqda The National Interest nashrining yozishicha, Markaziy Osiyo mintaqasi yarimo'tkazgichlar, batareyalar, sun'iy intellekt texnologiyalari va mudofaa mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida zarur bo'lgan muhim minerallarga kirish uchun AQSh va Xitoy o'rtasidagi global raqobatning asosiy hududiga aylanib bormoqda. Nashrning ta'kidlashicha, Vashington mintaqadagi ishtirokini faol ravishda kengaytirmoqda. Iyun oyida bo'lib o'tgan Ostona Minerallar va konchilik konferensiyasida AQSh rasmiylari hamkorlikning uzoq muddatli rejalarini e'lon qilishdi. Jumladan, AQSh savdo kotibi yordamchisi Devid Vogel quyidagicha taʼkidlagan: "Biz bu yerda uzoq muddatli istiqbol uchun turibmiz. Endi harakat qilish vaqti keldi". Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari dunyo uran zaxiralarining taxminan 40 foizini, marganetsning 39 foizini va xromning 31 foizini, shuningdek, lityum, mis, volfram va boshqa strategik resurslarning katta zaxiralarini saqlaydi. AQSh allaqachon yangi loyihalarga, jumladan, Qozog'istonda volfram konini qurish bo'yicha 1,1 milliard dollarlik kelishuvga sarmoya kiritmoqda. Biroq, The National Interest ta'kidlaganidek, Xitoy "Bir makon, bir yo'l" tashabbusi doirasida keng ko'lamli investitsiyalar, geografik yaqinlik va infratuzilmani rivojlantirish tufayli ustunlikni saqlab qolmoqda. Nashr muallifining so'zlariga ko'ra, Xitoy kompaniyalari allaqachon Markaziy Osiyo mineral eksportining taxminan yarmini nazorat qiladi va bir nechta mamlakatlarda konchilik litsenziyalarining aksariyatiga egalik qiladi. Maqola so‘nggida muallif AQShning mintaqaga qiziqishi tez sur'atlar bilan o'sib borayotgani, ammo investitsiyalarni tezlashtirmasdan va savdo cheklovlarini bartaraf etmasdan, Vashington strategik resurslar uchun raqobatda Xitoy bilan farqni yopishga qiynalishi haqida xulosa chiqaradi. Ikki davlatning manfaatlari tushunarli. Ammo, bu mintaqaning o‘zi uchun qanchalik ahamiyatli? Umuman, ikkita gigant iqtisodiyotning mintaqadagi raqobati Markaziy Osiyo davlatlariga katta foyda keltirishi mumkin. Zeroki, bu katta sarmoyalar oqimining kirib kelishini anglatibgina qolmay, mintaqani dunyo bozorlariga olib chiqish va jozibador ko‘rsatishda qo‘l kelishi mumkin. 👉@suhrob_buranov👈

  • 5 авг.1 222114

    Faylasuflar dunyoni faqatgina har xil talqin qilish bilan cheklanib qolishgan, uni o‘zgartirishga esa harakat qilishmagan! ✍Karl Marks Sizningcha, bu fikrlar qanchalik o‘rinli? Surat Berlin shahridagi Gumboldt universitetidan olingan. 2026-yil fevral. 👉 @suhrob_buranov 👈

  • 5 авг.1 5122216

    Тарихий кун: Ўзбекистоннинг "Samarkand-2028" сунъий йўлдоши орбитага муваффақиятли чиқарилди Бугун 5 август куни STAR.VISION компанияси томонидан Хитойнинг Шаньдун провинцияси қирғоқлари яқинидаги денгиз старт платформасидан "Samarkand-2028" ва Lampung-1 гиперспектрал сунъий йўлдоши учирилди. Батафсил: https://yuz.uz/a/oz/148675 👉@suhrob_buranov👈

  • 4 авг.2 2961916

    ҚИТЪА Истасанг тоза кўнгилга қўнмасин зарра ғубор, Пок сўзу пок иш ва пок дил, пок хаёл бўлмоқ керак. Жисму жонимга, десанг, бегона бўлсин хасталик, Ишқ завқу дарди бирлан хастаҳол бўлмоқ керак. Қалбга истарсан шифо гар, бўл ёмон сўздан йироқ, "Карвалол" ичмоқ керакмас, кар ва лол бўлмоқ керак. ✍ Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов, 1991 йил. 👉@suhrob_buranov👈

  • 3 авг.1 20885из policylaab

    🇸🇦 Foreign Affairs: Fors ko‘rfazida yangi yadroviy inqiroz xavfi Foreign Affairs nashrida Yoel Guzansky yozishicha, AQSH va Saudiya Arabistoni o‘rtasida 22-iyulda e’lon qilingan 30 yillik yadroviy kelishuv Yaqin Sharqda yangi yadroviy raqobat xavfini kuchaytirmoqda. Kelishuv AQSH kompaniyalariga Saudiya yadroviy infratuzilmasini rivojlantirish imkonini beradi. Eng bahsli masala esa Ar-Riyodga kelajakda o‘z hududida uran boyitish imkoniyati berilishi ehtimolidir. Saudiya Arabistoni tinch atom dasturini rivojlantirishga qat’iy qaror qilgan va bu masalani nafaqat energetika, balki suverenitet, xalqaro mavqe va strategik mustaqillik masalasi sifatida ko‘rmoqda. Ayniqsa, Eron omili muhim, 2018-yilda valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Eron yadroviy qurolga ega bo‘lsa, Saudiya Arabistoni ham shunday yo‘l tutishini bildirgan edi. 2025-yilda Ar-Riyodning yadroviy qurolga ega Pokiston bilan o‘zaro mudofaa kelishuvini imzolagani ham bu masalaga qo‘shimcha strategik ahamiyat bermoqda. Muallif fikricha, asosiy xavf shundaki, agar AQSH Saudiya Arabistoniga mustaqil uran boyitishga yo‘l ochsa, Turkiya, Misr va BAA kabi boshqa mintaqa davlatlari ham xuddi shunday imkoniyatni talab qilishi mumkin. Natijada hozircha asosan tinch atom sohasida kechayotgan raqobat kelajakda haqiqiy yadroviy qurollanish poygasiga aylanishi ehtimoli bor. Guzansky buning o‘rniga Saudiya Arabistoni hududida MAGATE nazoratidagi mintaqaviy yadroviy yoqilg‘i bankini yaratishni taklif qilmoqda. Qozog‘istonda shunga o‘xshash xalqaro yoqilg‘i banki mavjud. Bunday tizim mintaqa davlatlariga tinch atom energetikasini rivojlantirish imkonini beradi, biroq ularning har biri alohida uran boyitish texnologiyasini yaratishiga ehtiyojni kamaytiradi. Maqolaning asosiy xulosasi shuki, Saudiya Arabistonining yadroviy dasturini endi to‘xtatish emas, uni qanday nazorat qilish masalasi muhim. Guzansky nazarida, AQSH uchun Yaqin Sharqda yadroviy qurollarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik Saudiya Arabistoni va Isroil munosabatlarini normallashtirishdan ham ustuvor vazifa bo‘lishi kerak.

  • 31 июл.1 504103

    Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlatlari rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvi 👉@suhrob_buranov👈

  • 31 июл.1 855143

    Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Livan janubiga harbiylarni yubormoqchi Turkiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, BMTning Livandagi Muvaqqat kuchlari mandati tugashi bilan Turkiya Livan suvereniteti va xavfsizligini taʼminlash maqsadida harbiy kuchlarini yuborishga tayyor. Shunday vaziyatda Livan Yaqin Sharqdagi geosiyosiy raqobatning yana bir olovli nuqtasiga aylanishi mumkin. Zeroki, bu hududda Isroil, Eron, Turkiya va Yevropa davlatlarining strategik manfaatlari bir-biriga qarshi shakllanmoqda. 👉@suhrob_buranov👈

  • 31 июл.1 498205

    🇦🇫😈

  • 31 июл.1 744102

    🇮🇷🇺🇸 Eron armiyasi Kuvaytdagi AQSh bazasiga hujum uyushtirganini e'lon qildi. Eron armiyasi matbuot xizmati kecha kechqurun "Amerika armiyasining so'nggi tajovuzkor harakatlariga" javoban Kuvayt janubidagi Ahmad al-Jaber aviabazasidagi AQSh harbiylariga tegishli qiruvchi samolyotlar aerodromi, sun'iy yo'ldosh aloqa tizimlari va uskunalar omborlariga hujum qilingani haqida xabar qildi. Bayonotda ushbu baza "AQSh harbiylariga havo yordamini ko'rsatish uchun asosiy markaz" ekanligi ta'kidlangan. 👉@suhrob_buranov👈

  • 30 июл.1 720228

    Norasmiy muloqotlar Manba 👉@suhrob_buranov👈

  • 30 июл.1 499164

    Davlatimiz rahbari Qirg‘izistonning I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlandi. 👉@suhrob_buranov👈

  • 30 июл.1 5681

    видео или голосовое, без подписи