Durust media 🇺🇿
Статистика🇺🇿 Durust media tahliliy axborot sahifasi • Iqtisodiy tahlillar • Geosiyosiy yangiliklar • Ijtimoiy fanlar • San'at va madaniyat
- Последний пост
- 10 сент. 2025 г.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 113
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Қудратхўжа_кейси_борасида: *** Инсон психологияси – уникал ҳодиса. Зулм қанчалик чуқур ва узоқ муддатли бўлса, инсонлар зулмнинг “ҳақиқати”ни шунчалик баланд байроқ қилиб боришади. Эркинлик қанчалик кенг ва мустаҳкам бўлса, инсонлар ўша эркинлик берган шахслар ва тизимнинг айбларини “фош” қилишда фаол бўлади. Бу – қонуният. Шунинг учун, ўтмишда, буни билган ҳукмдорлар, кўпинча “шу халққа эрк бериб қурбон бўлгандан кўра, уни қул қилиб, узоқ тахтда ўтирган яхши эмасми?!” деганлари кўп бўлган. Эркни, кучли лидерлар англайди ва парваришлаб боради. *** Сталин ўн миллионлаб одамларни ўлдирди, лекин ҳалига қадар СССР тарихидаги “энг тўғри раҳбар” дея эътироф қиладиган одамлар миллионларни ташкил қилади. Ўша одамлар ҳам Сталинни золим бўлганлигини тан олишади, лекин “бу давр тақозоси бўлган” дея, уни оқлашади. Мао ҳам ўн миллионлаб инсонларни ўлдирди, лекин унинг ҳам тарафдорлари кам эмас. Инсон онги шундай қурилган. У қанчалик узоқ муддат ва қаттиқ қўрқитилса – жамиятнинг маълум қисми ўша золимни шунчалик “тушунади”, ҳурмат қилади, яхши кўради. Ҳатто вақтлар ўтиб ҳам, зулмкор тузумнинг архитекторларини ҳимоя қилишади. *** Ҳақиқат – (1) англанганда, ва (2) имкон бўлганда айтилади. Ҳақиқат учун курашиш – ўзини аҳмоқона қурбон қилиш эмас. Мусо алайҳиссалом Фиръавн билан йиллар давомида битта қасрда яшади, бир дастурхондан овқат еди. Лекин, Аллоҳ имкон берганда тоғутга қарши чиқди. Муҳаммад алайҳиссалом ҳам мушриклар даврида оз яшадими? У ҳам бой-бадавлат оиладан эди. Фақат Аллоҳ ваҳий бергач, мушрик амакиларига ва ҳукмдорларга қарши чиқди. Ўзгаришларни англаш ҳар доим ҳукмдорларнинг атрофида кечади, ва фурсат етилгач, бу ўзгаришлар бошланади. *** Оммавий репрессиялар – объектив ўлчаса бўладиган ҳодиса. Оммавий қамашлар, ахборот сарҳадининг ягона маҳсулоти – оммавий ва қақшатқич қўрқитишлар, диндорларга ва динга қарши қақшатқич репрессиялар, ҳафтасига қамоқларда ўликлар чиқиши ва ҳ.к... Репрессив машина шу ҳолатга етган эдики, ҳатто ўша архитекторнинг Лондондаги невараси ҳам интервью бериб, “ахир бу режим – репрессив бўлса...” деган эди. Зулм шундай нарсаки, у оддий одамлардан бошланади, ва салтанатнинг тепасидаги одамлар билан, оила билан тугайди... *** Тушунаман, ҳукмдорларнинг яқинлари ўзлари манфаат кўрган шахсни, тизимни – у қанчалик зулмкор бўлмасин, оқлашга ҳаракат қилади. Лекин, миллионлаб инсонларнинг тақдири мажруҳ қилинган режим ҳақида гап кетганда, балки халққа ёқиш ва “отани” оқлаш учун, “агар сиз ўша даврда ўзингизни азият чеккан деб ҳисобласангиз – отам учун мана мен сиздан кечирим сўрайман!” деб бошланса, бу кучлироқ пиар бўлмайдими? Сурия ва Ироқ билан қўрқитиш... Сурия ҳам, Ироқ ҳам диктатура эди. Бу давлатларнинг бошини еган – айнан диктатура. Ўзбекистонда ҳам оммавий норозиликлар бўлди-ку? Андижонда қанча одам отиб ташлангани ҳалига қадар очиқ эмас... Еки, одамларни отиб ташлаб, оммавий қамаб, қўрқитиб ушлаб турилган тоталитар “тинчликка" маҳкум қилинган халқ шукр қилиши керакми? *** Энг ачинарлиси – халқимиздаги қуллик психологияси. Жуда диктатурапоб халқмиз! Эркинликни, ҳурриятни англай олмасдан, ўтиб кетган золимга таъзим қилишда давом этаётганлар қанча... Расмий саҳифалар: 🌐 Тelegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook
🇳🇴 BBC: Norvegiyada saylovlarda so‘l koalitsiya yana g‘alaba qozondi, muhojirlarga qarshi partiya ikkinchi o‘ringa chiqdi Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari yakunlariga ko‘ra, bosh vazir Yonas Gar Styore boshchiligidagi Mehnat partiyasi yetakchiligidagi so‘l koalitsiya hokimiyatni saqlab qoldi, deya xabar bermoqda nashr. Mehnat partiyasi dastlabki natijalarga ko‘ra 26% ovoz va Norvegiya parlamenti — Stortingdagi 53 o‘rinni qo‘lga kiritdi. Umumiy hisobda so‘l qanotdagi besh partiya 169 mandatdan 87 tasini egalladi. Kutilishicha, Yonas Gar Styore boshchiligidagi ozchilik hukumati mamlakatni boshqarishda davom etadi va qolgan to‘rtta so‘l partiya ham uni qo‘llab-quvvatlaydi. Muhojirlarga qarshi siyosati bilan mashhur Taraqqiyot partiyasining keskin oshgan ommabopligi uni ikkinchi o‘ringa olib chiqdi. Ushbu partiya saylovda 24% ovoz va 48 deputatlik o‘rniga ega bo‘ldi. Bu 2021 yilgi saylovlarga nisbatan ikki baravardan ko‘proqdir. #tahlil 🇺🇿 @Durustmedia kanalimizga obuna boʻling
🇰🇿 To‘qayev Qozog‘iston parlamentini bir palatali qilishni taklif etdi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat parlamenti tuzilishi bo‘yicha muhim siyosiy tashabbus bilan chiqdi. Unga ko‘ra, amaldagi ikki palatali parlament — Senat va Majlisdan iborat tizim qayta ko‘rib chiqilib, bir palatali modelga o‘tilmog‘i mumkin. To‘qayevning fikricha, bir palatali parlament xalq irodasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifoda etadi va qonunchilik jarayonini soddalashtiradi: «Bir palatali parlamentga saylovlarni partiya ro‘yxatlari asosida o‘tkazish lozim, deb hisoblayman», — dedi prezident. Shu bilan birga, Senatni tugatish masalasi keng jamoatchilik muhokamasi va xalq irodasi asosida hal qilinishi belgilanmoqda. Prezidentga ko‘ra, bu masala bo‘yicha referendum 2027 yilda o‘tkazilishi mumkin. Qozog‘istonda ikki palatali parlament tizimi 1995 yilgi Konstitutsiyadan keyin shakllangan edi. Senat davlat boshqaruvidagi «ikkinchi filtr» sifatida xizmat qilib keldi, ammo so‘nggi yillarda parlament vakolatlarini kuchaytirish, partiyalar rolini oshirish va demokratik islohotlarni chuqurlashtirish haqidagi muhokamalar ortib bordi. Bir palatali tizimga o‘tish: - qonun chiqarish jarayonini tezlashtirishi, - partiyalar raqobatini kuchaytirishi, - hokimiyatning shaffofligi va hisobdorligini oshirishi mumkin. Biroq ayrim tahlilchilar Senatning yo‘q qilinishi hududiy muvozanatga ta’sir etishi, markaz bilan viloyatlar o‘rtasidagi institutsional aloqalar susayishi mumkinligini ham ta’kidlashmoqda. To‘qayevning tashabbusi mamlakatda siyosiy tizimni yangilash jarayonining bir qismi sifatida baholanmoqda. Agar 2027 yilda referendum o‘tkazilsa va xalq bu qarorni ma’qullasa, Qozog‘iston mustaqillikdan keyingi eng yirik konstitutsiyaviy o‘zgarishlardan biriga qadam qo‘yishi mumkin. #tahlil 🇺🇿 @Durustmedia kanalimizga obuna boʻling
🇵🇸⚡️🇮🇱 “Isroil urushni to‘xtatishga rozi bo‘ldi” AQSH prezidenti Donald Tramp HAMAS guruhiga murojaat qilib, Isroil G‘azodagi urushni tugatish shartlarini qabul qilganini ma’lum qildi va guruhni zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qilishga chaqirdi. Bu haqda Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib, bu ogohlantirishni HAMAS uchun “so‘nggi” deb atadi. Taklifning batafsil shartlari haqida Tramp aniqlik kiritmagan bo‘lsa-da, ma’lumotlarga ko‘ra, taklif AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff tomonidan HAMASga yuborilgan. Unga ko‘ra, AQSH quyidagilarni kafolatlaydi: • Garovga olinganlarni ozod qilish: HAMAS G‘azoda qolgan barcha garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilishi shart. Ayni paytda 48 nafar garovga olingan shaxs G‘azoda ekani, ulardan 20 ga yaqinigina tirik bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. • Isroilning harbiy operatsiyasini to‘xtatish: AQSH barcha garovga olinganlar ozod etilgandan so‘ng Isroilning G‘azodagi harbiy operatsiyasi to‘xtatilishini kafolatlaydi. • Mahbuslarni almashish: Bunga javoban, Isroil o‘z qamoqxonalarida saqlanayotgan uch mingga yaqin falastinlik mahbusni ozod qilishga rozilik bergan. 🇺🇸 Trampning so‘zlariga ko‘ra, hamma garovga olinganlarning qaytishini va urushning tugashini istaydi. Bu uning HAMASga birinchi ultimatumi emas. Mart oyida ham u guruhga shunga o‘xshash “so‘nggi ogohlantirish” bergan edi. Vashington bu yangi taklifning uzoq davom etayotgan mojaroga chek qo‘yishiga umid qilmoqda. Hozircha HAMAS guruhi bu taklifga qanday munosabat bildirgani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Vaziyatning rivojlanishi va guruhning qarori mojaroning kelgusi taqdirini belgilab berishi mumkin. #tahlil 🇺🇿 @Durustmedia kanalimizga obuna boʻling
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🇺🇦⚡️🇷🇺 DW: Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlari oqibatida bir necha kishi halok bo‘ldi, o‘nlab insonlar jarohatlandi Kiyev meri Vitaliy Klichkoning yozishicha, Rossiya zarbalari oqibatida shahar hududida uch kishi — ikki ayol va bir yoshga to‘lmagan chaqaloq halok bo‘lgan, kamida 20 kishi jarohat olgan. Krivoy Rog Mudofaa kengashi rahbari Aleksandr Vilkulning so‘zlariga ko‘ra, shaharga hujumlardan so‘ng uch kishi yaralangan. Zaporojega berilgan zarba oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana 15 kishi jarohatlangan, deb xabar berdi mahalliy harbiy ma’muriyat rahbari Ivan Fedorov. Kremenchug meri shaharning ayrim hududlarida o‘nlab portlashlar va elektr ta’minoti uzilishlari haqida ma’lum qildi. Odessa viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Kiper dronlar zarbasi oqibatida fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetganini bildirdi. 🇺🇿 @Durustmedia kanalimizga obuna boʻling
🇺🇿🇹🇲🇦🇿 Pragmatik uchlik: O‘zbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon 22-avgust kuni Avazada O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tarixiy uchrashuv yangi pragmatik ittifoqlar kamarining shakllanayotganini tasdiqladi, bu jarayonda Toshkent asosiy koordinator sifatida maydonga chiqmoqda. Agar ilgari gap bir-biriga ramziy qadamlar tashlash haqida bo‘lgan bo‘lsa, bugun biz uchburchakning institutsionallashuvini kuzatmoqdamiz: qo‘shma “yo‘l xaritasi” va vazirliklarning muntazam uchrashuvlari bo‘yicha kelishuv barqaror tizimni vujudga keltirmoqda. Ushbu konfiguratsiyaning asosiy farqi shundaki, u soxta mafkura yoki majburiy ittifoqlarga emas, balki aniq manfaatlarga asoslanadi. Asosiy e’tibor transport va tranzit yo‘nalishlarini rivojlantirish, Kaspiy portlarini modernizatsiya qilish, tariflarni pasaytirish, yangi logistika loyihalarini ishga tushirish hamda energetika hamkorligini kengaytirishga qaratiladi. 🇺🇿 @Durustmedia kanalimizga obuna boʻling
🇺🇦⚡️🇷🇺 Zelenskiy Putinni Kiyevga taklif qildi: “Men Moskvaga bora olmayman” Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Kiyevga muzokaralarga taklif qildi. Uning ta’kidlashicha, Ukraina har kuni raketalar va hujumlar ostida turgan…
ShHT geosiyosiy blokka aylandi Hammaga ma’lumki, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston ishtirokida chegaralarda ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni kamaytirish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 1996 - yilda “Shanxay beshligi” tuzilgandi. 2001 - yilda mazkur klubga O‘zbekiston qo‘shilgach, tashkilot rasmiy ravishda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) deb nomlandi va uning vazifalari terrorizm, ekstremizm, separatizmga qarshi kurash hamda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bilan kengaydi. Oradan 20 yil o‘tishi bilan tuzilma kengaydi va maqsadlari ham sezilarli darajada o‘zgardi. Tashkilotga Hindiston, Pokiston, Eron va Belarus qo‘shilganidan so‘ng u keng qamrovli geosiyosiy blokka aylandi. Markaziy Osiyo esa e’tiboridan chetda qola boshladi, ya’ni dastlabki mintaqaviy masalalar kun tartibidan chiqib ketmoqda. Shu bilan birga, real ta’sir Pekin va Moskva qo‘lida bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatlari tashkilot kun tartibiga cheklangan darajada ta’sir o‘tkaza oladi. Shunga qaramay, ShHT mintaqa uchun katta ahamiyatga ega. Tashkilot bugun Markaziy Osiyo davlatlari uchun geosiyosiy sahnaga chiqish, ikki tomonlama uchrashuvlar orqali yirik kuchlar bilan aloqalarni mustahkamlash va o‘z ovozini xalqaro maydonda eshittirish imkonini beruvchi qulay platforma vazifasini bajarmoqda. Mintaqa davlatlari ShHT orqali Xitoy bilan aloqalarni chuqurlashtirish, Rossiya bilan munosabatlarni muvofiqlashtirish hamda xalqaro maydonda o‘z subyektligini namoyish etish imkoniga ega. ShHT ko‘p tomonlama xavfsizlik mexanizmi formatidan pragmatik diplomatiya va strategik signal berish sahnasiga aylanmoqda. Shu sharoitda O‘zbekiston o‘zini yanada faol va ambitsiyali o‘yinchi sifatida namoyon etishga intilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan Yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi Deklaratsiya tashabbusi Toshkentning ShHT doirasida kun tartibini shakllantirishga qodir markazlardan biriga aylanish istagini yaqqol ko‘rsatadi. Bu taklif o‘z vaqtida ilgari surildi: global beqarorlik kuchayib borayotgan, ko‘p tomonlama institutlar zaiflashayotgan va yangi yadroviy qurollanish poygasi belgilari paydo bo‘layotgan bir davrda aynan ishonch va barqarorlikni ta’minlaydigan yangi mexanizmlar eng zarur masalaga aylandi. O‘zbekistonning yondashuvi yadro xavfsizligini faqat qurollarni nazorat qilish va tarqalishini cheklash bilan bog‘lamaydi. Aksincha, bu masalani texnologik rivojlanish, atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bilan uyg‘un holda ko‘rib chiqadi. Shu tarzda Toshkent xavfsizlik hamkorligining doirasini kengaytirib, uni ShHTning barcha a’zolari manfaatlariga moslashtirmoqda. Mazkur tashabbus bir nechta strategik o‘lchovlarga ega. Birinchidan, u global fragmentatsiya sharoitida ShHTni Yevrosiyodagi barqarorlikning tayanchiga aylantiradi. Ikkinchidan, Markaziy Osiyo uchun bu faqat deklarativ ritorikadan tashqari chiqib, amaliy hamkorlikka yo‘naltirilgan ishonch vositasini taqdim etadi. Uchinchidan, u O‘zbekistonning diplomatik profilini mustahkamlaydi va uni global ahamiyatga ega g‘oyalarni ilgari sura oladigan konstruktiv aktor sifatida namoyish etadi. Xulosa qilib aytganda, ShHT dastlab mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida yaratilgan bo‘lsa-da, bugun u keng qamrovli geosiyosiy blok darajasiga ko‘tarildi. Markaziy Osiyo davlatlari bu jarayonda cheklangan ta’sirga ega bo‘lsalar-da, ShHT ular uchun yirik kuchlar bilan muloqot qilish, geosiyosiy maydonga chiqish va o‘z subyektligini namoyon etishning muhim platformasiga aylanmoqda. Shu nuqtada O‘zbekistonning tashabbuslari nafaqat mintaqaviy, balki global miqyosda ham dolzarb bo‘lib, Toshkentni ShHT doirasida kun tartibini faol belgilay oladigan va konstruktiv g‘oyalarni ilgari suradigan o‘yinchi sifatida ko‘rsatmoqda. M.Imomov, mustaqil ekspert #tahlil 🇺🇿 @Durustmedia kanalimizga obuna boʻling
ShHT geosiyosiy blokka aylandi M.Imomov, mustaqil ekspert Hammaga ma’lumki, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston ishtirokida chegaralarda ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni kamaytirish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 1996 - yilda “Shanxay beshligi” tuzilgandi. 2001 - yilda mazkur klubga O‘zbekiston qo‘shilgach, tashkilot rasmiy ravishda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) deb nomlandi va uning vazifalari terrorizm, ekstremizm, separatizmga qarshi kurash hamda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bilan kengaydi. Oradan 20 yil o‘tishi bilan tuzilma kengaydi va maqsadlari ham sezilarli darajada o‘zgardi. Tashkilotga Hindiston, Pokiston, Eron va Belarus qo‘shilganidan so‘ng u keng qamrovli geosiyosiy blokka aylandi. Markaziy Osiyo esa e’tiboridan chetda qola boshladi, ya’ni dastlabki mintaqaviy masalalar kun tartibidan chiqib ketmoqda. Shu bilan birga, real ta’sir Pekin va Moskva qo‘lida bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatlari tashkilot kun tartibiga cheklangan darajada ta’sir o‘tkaza oladi. Shunga qaramay, ShHT mintaqa uchun katta ahamiyatga ega. Tashkilot bugun Markaziy Osiyo davlatlari uchun geosiyosiy sahnaga chiqish, ikki tomonlama uchrashuvlar orqali yirik kuchlar bilan aloqalarni mustahkamlash va o‘z ovozini xalqaro maydonda eshittirish imkonini beruvchi qulay platforma vazifasini bajarmoqda. Mintaqa davlatlari ShHT orqali Xitoy bilan aloqalarni chuqurlashtirish, Rossiya bilan munosabatlarni muvofiqlashtirish hamda xalqaro maydonda o‘z subyektligini namoyish etish imkoniga ega. ShHT ko‘p tomonlama xavfsizlik mexanizmi formatidan pragmatik diplomatiya va strategik signal berish sahnasiga aylanmoqda. Shu sharoitda O‘zbekiston o‘zini yanada faol va ambitsiyali o‘yinchi sifatida namoyon etishga intilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan Yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi Deklaratsiya tashabbusi Toshkentning ShHT doirasida kun tartibini shakllantirishga qodir markazlardan biriga aylanish istagini yaqqol ko‘rsatadi. Bu taklif o‘z vaqtida ilgari surildi: global beqarorlik kuchayib borayotgan, ko‘p tomonlama institutlar zaiflashayotgan va yangi yadroviy qurollanish poygasi belgilari paydo bo‘layotgan bir davrda aynan ishonch va barqarorlikni ta’minlaydigan yangi mexanizmlar eng zarur masalaga aylandi. O‘zbekistonning yondashuvi yadro xavfsizligini faqat qurollarni nazorat qilish va tarqalishini cheklash bilan bog‘lamaydi. Aksincha, bu masalani texnologik rivojlanish, atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bilan uyg‘un holda ko‘rib chiqadi. Shu tarzda Toshkent xavfsizlik hamkorligining doirasini kengaytirib, uni ShHTning barcha a’zolari manfaatlariga moslashtirmoqda. Mazkur tashabbus bir nechta strategik o‘lchovlarga ega. Birinchidan, u global fragmentatsiya sharoitida ShHTni Yevrosiyodagi barqarorlikning tayanchiga aylantiradi. Ikkinchidan, Markaziy Osiyo uchun bu faqat deklarativ ritorikadan tashqari chiqib, amaliy hamkorlikka yo‘naltirilgan ishonch vositasini taqdim etadi. Uchinchidan, u O‘zbekistonning diplomatik profilini mustahkamlaydi va uni global ahamiyatga ega g‘oyalarni ilgari sura oladigan konstruktiv aktor sifatida namoyish etadi. Xulosa qilib aytganda, ShHT dastlab mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida yaratilgan bo‘lsa-da, bugun u keng qamrovli geosiyosiy blok darajasiga ko‘tarildi. Markaziy Osiyo davlatlari bu jarayonda cheklangan ta’sirga ega bo‘lsalar-da, ShHT ular uchun yirik kuchlar bilan muloqot qilish, geosiyosiy maydonga chiqish va o‘z subyektligini namoyon etishning muhim platformasiga aylanmoqda. Shu nuqtada O‘zbekistonning tashabbuslari nafaqat mintaqaviy, balki global miqyosda ham dolzarb bo‘lib, Toshkentni ShHT doirasida kun tartibini faol belgilay oladigan va konstruktiv g‘oyalarni ilgari suradigan o‘yinchi sifatida ko‘rsatmoqda. #tahlil 🇺🇿 @Durustmedia kanalimizga obuna boʻling
O‘zbekistondan Afg‘onistonga: zilziladan jabr ko‘rgan aholiga 300 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami yetkazildi. 👉@suhrob_buranov
🇪🇺⚡️🇺🇸 YeI Google'ni 2,95 milliard yevro miqdorida jarimaga tortdi, Tramp javob qaytarishga va’da berdi — BBC Nashr xabariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Google'ni internet-reklama bozoridagi o‘z mavqeidan suiiste’mol qilganlikda ayblamoqda. Yevropa komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Google onlayn-reklama joylashtirish uchun o‘z dasturlariga ustunlik berib, YeIning raqobatga qarshi qonunlarini buzgan. Bunday siyosatdan raqobatchilar zarar ko‘rgan, deya xulosa qildi yevropalik rasmiylar va Google'ga bu amaliyotni to‘xtatish topshirig‘ini berdi. Kompaniya, shuningdek, 2,95 milliard yevro (3,5 milliard dollar) miqdorida jarima to‘lashi kerak bo‘ladi. Google vakillari BBC'ga bu qaror “noto‘g‘ri” ekanini bildirishdi va kompaniya apellyatsiya berilishini ma’lum qilishdi. AQSH prezidenti Donald Tramp esa Yevrokomissiyaning qaroriga o‘zining Truth Social tarmog‘ida g‘azabli munosabat bildirdi. “Amerikalik soliq to‘lovchi buni kechirmaydi!” – deya ta’kidladi Oq uy rahbari 🇺🇿 @Durustmedia kanalimizga obuna boʻling
🇺🇦⚡️🇷🇺 Zelenskiy Putinni Kiyevga taklif qildi: “Men Moskvaga bora olmayman” Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Kiyevga muzokaralarga taklif qildi. Uning ta’kidlashicha, Ukraina har kuni raketalar va hujumlar ostida turgan bir paytda Moskvaga borishi mumkin emas. “U Kiyevga kelishi mumkin. Mamlakatim har kuni raketalar va hujumlar ostida bo‘lganida men Moskvaga bora olmayman” — dedi Zelenskiy ABC News bilan suhbatda. 🇺🇦 Ukraina rahbari, Putinning Moskvada uchrashish haqidagi taklifini muzokaralar jarayonini cho‘zishga qaratilgan deb baholadi. Uning fikricha, Rossiya prezidenti “Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan o‘yin o‘ynayapti” va Moskvada uchrashishning amalda imkonsizligini yaxshi anglaydi. 🇷🇺 Shu hafta davomida Putin ikki marta Zelenskiy bilan Moskvada uchrashishga tayyorligini bildirgan edi. Rossiya rahbari 5 sentyabr kuni Sharqiy iqtisodiy forumda so‘zga chiqib, “Agar kimdir bizlar bilan chindan ham uchrashmoqchi bo‘lsa — biz tayyormiz. Buning uchun eng ma’qul joy — Rossiya Federatsiyasi poytaxti, qahramon shahar Moskvadir.” — degan edi Vladimir Putin. Shu bilan birga, Putin bunday uchrashuvdan katta natija kutmayotganini, ammo Zelenskiyni qabul qilishga va "100%"lik xavfsizlik kafolatlarini berishga tayyorligini ta’kidladi. 🇺🇿 @Durustmedia kanalimizga obuna boʻling
🇩🇪⚡️🇷🇺 Biz Putinga yetarlicha bosim o‘tkazolmayapmiz — Mers. Germaniya kansleri Frtidrix Mers Parijda bo‘lib o‘tgan “ko‘ngillilar koalitsiyasi” uchrashuvidan so‘ng, Yevropaning Putin ustidan bosim o‘tkaza olmayotganini va ularga bu uchun Amerikaning ko‘magi kerakligini tan olgan. Shuningdek, Mers SHHT haqida ham so‘z yuritgan. “Xitoy, Hindiston, Braziliya va boshqa davlatlar Rossiyani ochiqdan ochiq qo‘llab-quvvatlamoqda. Shanxay hamkorlik tashkiloti deb ataluvchi yangi ittifoq ham shakllanmoqda.” – degan Mers. 🇺🇿 @Durustmedia kanalimizga obuna boʻling
🇻🇪⚡️🇺🇸 Karibdagi taranglik: Maduro Trampni muloqotga chaqirdi Karib havzasidagi yangi inqiroz tobora kuchayib borar ekan, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSH bilan harbiy to‘qnashuvdan qochish zarurligini ta’kidlab, Donald Trampni bevosita muzokaralarga chorladi. “Men Trampni hurmat qilaman. Bizdagi kelishmovchiliklardan hech biri Janubiy Amerikada keng ko‘lamli harbiy to‘qnashuvga sabab bo‘lmasligi kerak”, — dedi Maduro televideniye orqali uzatilgan nutqida. Biroq voqelik hali ham keskin. Juma kuni u harbiy libosda xalq oldiga chiqib, millionlab fuqaroni o‘z ichiga oladigan “millitsiya bo‘linmalari”ni ommaviy safarbar qilish buyrug‘ini berdi. Maduro bu qadamni “tinchlik va mustaqillikni himoya qilish” yo‘lida qo‘yilgan ulkan qadam sifatida baholadi. 🇺🇸 Vashington esa Karibda narkokartellarga qarshi operatsiya bahonasida harbiy kuchini keskin oshirdi: 4000 dan ortiq askar, sakkizta raketa kemasi, atom suv osti kemasi va o‘nlab F-35 qiruvchi samolyoti mintaqada joylashtirildi. Yaqinda Trampning buyrug‘i bilan Venesuelaga tegishli deb gumon qilingan qayiq cho‘ktirilib, 11 kishi halok bo‘ldi. 🇻🇪Maduro AQSHni “yolg‘on ayblovlar orqali butun mamlakatga hujum tayyorlash”da ayblab, Venesuela koka barglari va kokain ishlab chiqarishdan mutlaqo xoli ekanini ta’kidladi. Shunga qaramay, Vashington uni narkobiznes bilan bog‘lab kelmoqda va hatto qo‘lga olishga yordam berganlarga 50 million dollar mukofot e’lon qilgan. Tramp esa o‘z navbatida Venesuelada “g‘ayriqonuniy saylovlar” bo‘lganini ta’kidlab, “rejim o‘zgarishi haqida gapirmayapmiz” dedi. Karibdagi vaziyat yanada taranglashib, harbiy kuch namoyishi davom etayotgan bo‘lsa-da, Maduroning murosaga chaqiruvi ehtimoliy muloqot eshigini ochiq qoldirmoqda. #tahlil 🇺🇿 @Durustmedia kanalimizga obuna boʻling
❗️Assalom aleykum hurmatli obunachilar, kanal o'z faoliyatini yana davom ettiradi. Siz Durust media tahliliy axborot sahifasida: – Iqtisodiy tahlillar; – Geosiyosiy yangiliklar; – Ijtimoiy fanlar; – San'at va madaniyat kabi mavzularda tahlillarni o‘qishingiz mumkin. Shu vaqtgacha biz bilan bo'lganingiz uchun rahmat❤️ 🇺🇿 @Durustmedia kanalimizga obuna boʻling