Komiljon Sattarovich Suyarov🇺🇿
Статистика"Do'st tanlashda aslo adashmang. Sizning kim bo'lishiz yoki qanday darajaga erishishingiz yonizdagi do'stizga aloqasi juda katta" Yoshlar parlamenti raisi oʻrinbosari, OʻzLiDeP yoshlar guruhi rahbari. Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi boʻlim boshligʻi
- Последний пост
- 6 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 44
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 90
- 1/48двое суток
- 103
- 1/72трое суток
- 111
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#PayshanbaYoshlarKuni #OchiqMuloqot 🙋♂️ Rahbar va yoshlar uchrashuvi: ochiq muloqot, yangi g‘oya va tashabbuslar 👥 “Sanoat Qurilish Bank”da yosh kadrlar ishtirokida “Millatlararo muloqot va intellektual salohiyat” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, Prezidentimiz tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” doirasidagi muloqotlarning ahamiyati, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi. 👥 Shuningdek, turli sohalarda TOP–100 yosh kadrlar zaxirasini shakllantirish, salohiyatli yoshlarni aniqlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar haqida fikr almashildi. 💬 Muloqot davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan amalga oshirilayotgan “Kitob olami” festivali, IELTS marafon, “Suvni birgalikda asraymiz”, Milliy Fashion Show, “Milliy dialog”, “Yo‘lovchi”, “Ajdodlar izidan”, “Munozara” va “Yoshlar Quiz” loyihalarining mazmun-mohiyati hamda yoshlar hayotidagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berildi. 🔍 Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, shuningdek, yangi taklif, g‘oya va tashabbuslarini bildirdilar. 🔗 Fotosuratlar Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining bakalavr bosqichini yakunladim. Ha, endi rasman oliy maʼlumotliman! Toʻgʻri, hozir inson taqdirini diplom hal qilmaydigan zamonda yashayapmiz. Lekin shu ikki varoqli diplom bizga asrga tatigulik hissiyotlarni taqdim etadi, ishoning. Vaqt juda ham tez oʻtyapti. Sharqshunoslikdagi birinchi kunlarim haligacha esimda: begona chehralar, begona maskan... Lekin zamon zayli meni shu davralarga olib kirishini, ahil jamoa bilan mehnat qildirishini, quvontirib, gohida yigʻlatishini hech oʻylamagandim. Biz koʻp kunlarni birgalikda oʻtkazdik, qiyinchiliklarda bir-birimizga yelkadosh boʻldik. Buning oʻzi bir katta hikoya. Bugun esa barchamiz oʻz yoʻlimiz sari odimlayapmiz. Kecha biz yurgan yoʻllar oʻsha-oʻsha boʻlishi mumkin, lekin unda endi biz yoʻqmiz. Aslida eng ogʻiri ham shuni anglash: biz takrorlanmaydigan bir davrni yashab boʻldik. Men hozir koʻplab ismlarni tilga olishim mumkin, lekin hammasini umumlashtirib, birgina soʻzga sigʻdira olaman - “oila”, Sharqshunoslik oilasi! Va oxirida bir haqiqatni anglab yetdim. Inson eng koʻp nimani sogʻinadi, bilasizmi? - Oʻzi bilmagan holda baxtli boʻlgan kunlarini!
Rasman magistrman! 🎓 Bugun hayotimdagi yana bir unutilmas kun magistrlik diplomini qabul qilib oldim. Haqiqatan ham vaqt oqar daryo ekan. Kechagina katta orzu va maqsadlar bilan Toshkentga kelgandim, bugun esa magistraturani muvaffaqiyatli tamomladim. Bu yillar menga juda ko‘p tajribalar, yangi bilimlar hamda soham bo‘yicha muhim amaliy natijalarni berdi. O‘qish davomida nafaqat ilm oldim, balki hayotiy tajriba va katta saboqlarni ham o‘rgandim. Bugungi kunga yetib kelishimga sababchi bo‘lgan oila a’zolarimga, barcha ustozlarimga, do‘st-u birodarlarimga, ishdagi rahbariyat va hamkasblarimga o‘zimning cheksiz minnatdorligimni bildiraman. Menga ta’lim-tarbiya bergan, hayotimni butunlay o‘zgartirgan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetidan faxrlanaman. Sharqshunoslik - juda katta maktab. Ushbu maktabni ko‘rgan inson hech qachon kam bo‘lmaydi, deb ishonaman. "Sharqshunos" degan nomga munosib bo‘lish uchun doimo o‘zim ustida ishlashdan va harakat qilishdan to‘xtamayman. Rahmat senga, aziz Sharqshunoslik! Oldimda hali amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ko‘plab rejalarim, ezgu maqsadlarim va yuksak missiyalarim bor. Ularning barchasiga erishish uchun yanada ko‘proq mehnat qilishim, izlanishdan va o‘rganishdan to‘xtamasligim kerakligini chuqur his qilaman. Bu esa mening yangi bosqichdagi yo‘limning boshlanishi, xolos.
без подписи
⏺🟦🟦🟦 #kokrak_nishoni 🇺🇿 Sobitov Mirshod Isoqjon o‘g‘li — “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sovrindori. 🗣 Ma’lumot uchun, Toshkent shahar hokimining tavsiyasiga asosan taqdirlangan Sobitov Mirshod hozirda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda. #etirof #poytaxt_yoshlari ✏️ Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube
#OʻzbekistonBelgisi #TaqdirlashMarosimi 🙋 Yangi marralar sari ilhom baxsh etuvchi e’tirof 🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ijod saroyida “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi! Marosimning eng yorqin lahzalarini ushbu videoda tomosha qiling! 🔗 Fotosuratlar Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи