tgindex
Islom Urolov
@islom_urolovанглийский

Research Analyst at IMF Contact: iurolov@imf.org

Последний пост
08:57
Последнее чтение
14:43
Постов за неделю
2
Всего постов
23
Тип
открытый
Язык
английский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 287
−9 за 3 дн.
Сутки
−2
−0,16%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 748
22 постов
Вовлечённость
135,8%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 23
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
338
1/48двое суток
387
1/72трое суток
417

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 08:57341154

    O'zbekistonda bakalavr uchun mandat javoblari chiqibdi. 189 maksimum balldan 185 ball to'plab ham o'qishga kira olmay qolish hech gap emas endi. Bu raqobat kuchayib o'quvchilar darajasi oshganidan emas, tizim noto'g'ri ekanligida. Avvallari cheklangan kvotaga oshib borayotgan talab yuklamasini yengillashtirish uchun kirish imtihoni savollarini absurd darajada qiyinlashtirib borishardi. Keyin savollarni yengillashtirishga o'tildi va bir qancha eksperimentlar qilinib ko'rildi. Keyin xalaqaro tajribada SAT, IELTS, TOEFL kabi sertifikatlar bor ekan deb Milliy sertifikatlar joriy qilindi. Lekin o'sha xalqaro tajribada faqat sertifikatlarning o'zi o'qishga kirishni kafolatlamasligini o'rganishmagan shekilli. Xullas, vaziyat shunday xunuk muvozanatga kelib qoldiki, talab etilgan maksimum darajadan bor yo'g'i 2-3 foiz kamroq natija ko'rsatsang ham o'zing xohlagan joyga o'qishga kirolmay qolishing mumkin.

  • 📚 “Kutilmalarni baholash” seminari Markaziy bank tomonidan Markaziy bank xodimlari, Tadqiqot kengashi a’zolari, iqtisodiyot va moliya yo‘nalishlaridagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar hamda soha mutaxassislari uchun navbatdagi ochiq seminar tashkil etilmoqda. Seminar mehmoni — Purdue University Mitch Daniels School of Business moliya professori Michael Weber. Professor Weberning ilmiy faoliyati makroiqtisodiyot, aktivlar narxlari, xalqaro va uy xo‘jaliklari moliyasi, xususan, inflyatsion kutilmalarni o‘rganishga qaratilgan. 🔹 Mavzu: “Inflyatsion kutilmalarni baholash va boshqarish: so‘rov metodologiyasi, empirik natijalar va markaziy banklar uchun xulosalar” 🗓 19-avgust, 2026-yil 🕚 11:00–13:00 — seminar davomiyligi 2 soat 📍 Markaziy bank, B-bino, katta majlislar zali 🌐 Seminar ingliz tilida olib boriladi. Seminarda inflyatsion kutilmalarni baholash usullari, so‘rovlarni tashkil etish, empirik natijalarni talqin qilish va ularning pul-kredit siyosatidagi amaliy ahamiyati muhokama qilinadi. 🏛 Seminarda bevosita ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish havolasi 💻 Seminarga onlayn qo‘shilish uchun havolasi Mavzuga qiziquvchi Markaziy bank xodimlari, Tadqiqot kengashi a’zolari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchi mutaxassislarni seminarda ishtirok etishga taklif qilamiz.

  • 2 авг.7561825из sukhrob_ilyosbekov

    Yarim yildan beri ishlab kelayotgan bitta proyektimni yaqinda tugatdim. Agar ish izlayotgan boʻlsayiz va sizda Claude Code yoki Codex boʻlsa unda shu proyektni sinab koʻrishingiz mumkin. Proyektda maxsus AI agent yaratilgan va avtonom ravishda ishlaydi. AI ga oʻzizni maqsadlarizni yozasiz (masalan, senior dasturchi X, Y skillar) keyin rezyumeni joylaysiz. Keyin AI oʻzi boshlaydi: oʻzi sizga toʻgʻri keladigan vakansiyalarni izlaydi, formalarni toʻldiradi, rezyumeni vakansiyaga qarab oʻzgartiradi, kompaniya rekruterlarni izlaydi va email yuboradi. Sistema tinmasdan 24/7 ishlaydi agar AI biron bir savoli chiqib qolsa sizni telefonizga notification yuboradi. https://jobpilot.suxrobgm.net

  • Soliq siyosatida rag'batlarga jiddiy e'tibor berish muhim. 1696-yilda Angliya qiroli Uilyam III qirollik xarajatlari va urushlarni moliyalashtirish uchun "Deraza solig'i" (Window tax)ni joriy qiladi. O'sha davrda shisha qimmatbaho mahsulot bo'lib, oynali derazalar uy egalarining daromadlari yuqoriligidan darak bergan. Shuning uchun qirol uydagi derazalar soniga qarab soliq solishni yo'lga qo'yadi. Odamlar esa soliqdan qochish maqsadida derazalarini g'isht bilan berkitishgan. Bu esa uylarning yorug'lik va havo aylanish tizimi buzilishiga hamda aholining salomatligi bilan bog'liq muammolarning yuzaga kelishiga olib kelgan. Biroz o'tib Angliyada bir necha o'n minglab odamlar o'limiga sabab bo'lgan tif (Typhus, 1781) va vabo (Cholera, 1832, 1848-49) epidemiyalari tarqalgan. 1851-yilda o'sha deraza solig'i rasman to'xtatilgan.

  • Omonotlar bo'yicha foiz daromadlariga soliq solish taklifini soliq siyosatining gorizontal adolat (horizontal equity) prinsipi bilan izohlasa bo'ladi. Ya'ni o'xshash daromad turlariga soliq nuqtayi nazaridan teng munosabatda bo'lish lozim. Masalan, agar aksiyalardan daromad topsangiz soliq to'laysiz, ijaradan daromad topsangiz soliq to'laysiz, lekin bank omonatlaridan oladigan foiz daromadingizga soliq to'lamaysiz. Bu farq odamlarni tabiiy ravishda mablag'larini depozitlarga yo'naltirishga undaydi. Samarali soliq tizimi mana shunday adolat buzilishlarini kamaytirishga intiladi. Lekin soliq tizimi butun iqtisodiy tizimning bir qismi sifatida iqtisodiyotdagi boshqa kamchiliklar va buzilishlarni hisobga olishga majbur. Ya'ni hali aksiya va obligatsiyalar bozori yaxshi shakllanmagan O'zbekiston moliyaviy bozorida gorizontal adolat haqida gapirish mantiqdan emas. Mana shu o'rinda nega bu taklif ishlashiga hali ertaligi tushuntirish uchun Botir aka keltirgan barcha fikrlarni sanab o'tsa bo'ladi

  • Biz doimiy ravishda uzoq muddatdli xotirjamlikka erishishga intilamiz. Ammo aynan shu yo’lda ko’pincha bugungi xotirjamligimizni yo’qotamiz. Lekin bugungi xotirjamlikni saqlash uchun uzoq muddatli xotirjamlikdan voz kechsak, oxir-oqibat bugungi xotirjamligimizni ham yo’qotamiz. Shuning uchun, menimcha, maqsad maksimal xotirjamlikka erishish emas, bugungi va uzoq davr o’rtasidagi muvozanat bo’lishi kerak. Iqtisodiyotdagi “intertemporal choice” tushunchasi shu holatga ham mos kelsa kerak.

  • 23 июл.10,5 тыс3077

    “You are what you eat” degan mashhur gap bor. Ma’nosi nima yesangiz, siz o’shasiz. Bu bilan odamlarni sog’lom ovqatlanishga targ’ib qilinadi. Shu gapni bugungi kunga moslab sal o’zgartirib, “You are what you watch” deyilsa ham to’g’ri bo’lsa kerak. Chunki bugungi kunda yosh-u qari doimiy ravishda online media maxsulotlaridan iste’mol qiladi. Bu albatta insonning biror yo’nalishda fikrlashiga ta’sir ko’rsatadi. Insonning fikrlash tarzi uning kimgiligini yeydigan narsasidan ko’ra ko’proq belgilab beradi menimcha. Masalan, so’ngi haftalarda ko’proq (aniqrog’i deyarli har kuni) futbol ko’rdim. Jahon Chempionati tugaganidan keyin hozir o’zimni ozroq boshqa odamdek his qilyapman. Hozir ovqatlanib o’tirib shu fikr kelib qoldi xayolimga.

  • 20 июл.1 537256из aslanov_futbol

    Вақтида кетиш ҳақида сўз борганда, албатта Зидан эсланади. У 2006 йилдаги жаҳон чемпионатининг энг яхшиси эди ва финалдан кейин футболни тарк этган. Биз ҳеч қачон Зиданни ожиз холда ё захира ўриндиғида кўрмаганмиз. Ҳамма шундай бўлиш керак деймиз доим. Ўшанда Зидан 34 ёшда эди. Тахминан Мессининг аввалги мундиалдаги ёши. Месси ўшанда футболни тарк этиши мумкин эди, худди Зиданга ўхшаш бўларди. Фаолиятининг чўққисида, ҳеч кимга ўз ожизлигини кўрсатмасдан кетиш. Месси яна тўрт йилга қолди. Хаваскор футбол ўйнаб юриб бўлса-да, умрини яна тўрт йилга сурди. Нима керак, ёшларга йўл бермайдими, дегандирмиз, кўп марта. Лекин қарангки, у яна ўша эски Месси даражасида намоён бўлди. Сал қолди жамоасини чемпион қилишига. Саккизта гол урди. Финалда ўйнади. Ассистлар қилди. Бу энди янада қийинроқ. Зидан тугаётганини сезиб вақтида тўхтатган бўлса, Месси ўша вақтни тўрт йилга сурди, уни бўйсундира олди. Менимча, мундиалнинг энг яхшиси сифатида фаолиятини тугатяпти. Месси йиғлади. Унда кубок бор, менимча, яна насиб қилмаганидан йиғламади. Чунки ҳеч ким футболни у каби ҳис қилмайди, Испания ҳақлироқ эканини тушуниб бўлган. Шунчаки, мана шу ажойиб умри якунига етаётганидан, энди балки бунчалик катта саҳнада турмаслигидан йиғлаётгандир эҳтимол. Аслида Месси билан тўрт йил олдин хайрлашиб бўлгандим. Уёғига нафақа даврини ўтказиб, пул олиб, футбол ўйнаб юришини тахмин қилганман. Мана шу мундиал эса бизга ўхшаганлар учун бир бонус бўлди - биз яна Мессини кўрдик, уни эсладик, янги юлдузлар, янги қаҳрамонлар ҳали унинг даражасидан қанчалик узоқлигини ҳис қилдик. Мана шу эртакнамо ой учун, бироз ёқимсиз, аммо соғинилган Месси-Роналду тортишувларига бизни қайтарганинг учун раҳмат. Пеле, Марадона, яна бошқаларни кўрмаганман, шунинг учун айта оламанки, Месси - мен кўрган футболчилар ичида энг яхшиси. Юз йиллик футболнинг қайси даврига гувоҳ бўлиш ихтиёримда бўлганида эди, Месси даврини танлаган бўлардим. @aslanov_futbol

  • 16 июл.1 421241

    Jahon Chempionati boshlanish arafasida ishxonamdagi hamkasblarim bilan qo’llab quvvatlaydigan va yutishi mumkin deb taxmin qilgan jamoalarimizni yozgandik. Men yutishini xohlagan ikki jamoa ham finalda. Bu dunyoda Messining hateri bo’lishdan xudo asrasin:))

  • 16 июл.1 3647

    Jahon chempionati boshlanishidan oldin yarim final uchun quyidagi jamoalar yetib borishini taxmin qilgan edim. 4-ta jamoadan 3-tasini to'g'ri topgan ekanman. Portugaliya esa Kongoni yutganida menimcha o'tgan turda Argentina bilan o'ynab hozir balki yarim finalda…

  • 15 июл.1 37315

    Ipak Yuli Bank email orqali verifikatsiya qilishni yo'lga qo'yibdi. Oldin faqat telefon nomerga sms kod yuborish orqali qilinar edi. AI yangi chiqqanda qanday hayratlanib xursand bo'lgan bo'lsam, hozir shunday xursandman.

  • 15 июл.1 226236

    Ipak Yuli Bank email orqali verifikatsiya qilishni yo'lga qo'yibdi. Oldin faqat telefon nomerga sms kod yuborish orqali qilinar edi. AI yangi chiqqanda qanday hayratlanib xursand bo'lgan bo'lsam, hozir shunday xursandman.

  • 28 июн.1 775113

    O’zbekiston - Kongo DR o’yini boshlanish arafasida. O’zbekistonlik muxlislar kongoliklarniyam o’ynatvorishdi;)

  • 28 июн.1 4289

    видео или голосовое, без подписи

  • 28 июн.1 433112

    видео или голосовое, без подписи

  • 27 июн.1 257261

    видео или голосовое, без подписи

  • 23 июн.2 0092114

    Menda hozir tugagan o’yindan keyin ikki savol paydo bo’ldi. Shu Portugaliyaga yengilamiz dedikmi? Shu Kongoni yutamiz dedikmi? Lekin ikkalasi ham aldamchi hissiyot bo’lishi mumkin. Chunki yaralangani xavfliroq, xotirjamlangani osonroq bo’lishi ham mumkin.…

  • 18 июн.1 52229

    Kecha O'zbekiston tarixidagi eng birinchi JCH goli urildi. Aksiga olib, bugun ertalabdan jamoaga qo'shilgan yangi xodimga o'zingni tanishtirishing kerak:)

  • 18 июн.1 55514

    Olg’a, O’zbekiston!

  • 17 июн.1 652191

    Menda hozir tugagan o’yindan keyin ikki savol paydo bo’ldi. Shu Portugaliyaga yengilamiz dedikmi? Shu Kongoni yutamiz dedikmi? Lekin ikkalasi ham aldamchi hissiyot bo’lishi mumkin. Chunki yaralangani xavfliroq, xotirjamlangani osonroq bo’lishi ham mumkin. Biz uchun o’yin durang bo’lgani yaxshi bo’ldi menimcha.

Islom Urolov — tgindex