tgindex
Turakulov Economics

Turakulov Economics

Статистика
@v_turakulovанглийский

💼 Trade economist | Professor 🔖 Iqtisodiy va siyosiy fikrlar 📚 Tafakkur: @v_turakulov_mutolaa 🎯 "An excellent example is Uzbekistan that has liberalized its economy and..." —The NY Times, 08.07.2039 📮 @XSB_bot | @VTurakulov

Последний пост
06:40
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
9
Всего постов
106
Тип
открытый
Язык
английский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
7 804
+1 за 6 дн.
Сутки
−4
−0,05%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 227
40 постов
Вовлечённость
28,5%
к подписчикам
Постов в день
1,3
всего 106
Упоминаний
25
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 531
1/48двое суток
1 754
1/72трое суток
1 892

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 06:401 1133423

    Rostan ham Oliy ta'lim kerakmi? Diplom bergan oliy ta'lim maskanini ham bir "savol-javob" qilish kerakdek. Mana saralash boshlandi. Universitetlar ochilganda ko'pchilik xavotir olgan edi "Juda ham ko'payib ketyapti" deb. Mana bozorni o'zi saralashni boshlayapti. Shunchaki bu jarayon endi rasmiy tusga kirsa kifoya. Bizga mana shunday ta'lim platformali startuplar kerak. Bir tomonda universitetlar, bir tomonda ishga oluvchi bizneslar. "Sizga eng munosiblarini mana biz saralab beramiz" degan g'oyani olib chiqadigan startuplar kerak.

  • 17 авг.1 088129

    #yangi_nashr #yangi_kitob Oliy ma’lumot shartmi? Xorijda o‘qish imkonlari qanday? Hayotda o‘z yo‘lingizni topishda nimaga e’tibor berish kerak? 🎓 Siz kutgan "OLIY TA'LIM KERAKMI?" kitobi sotuvda! 🎓 Talabalik, xorijda o‘qish va hayotiy tanlovlar haqida aniq va amaliy tavsiyalar jamlangan ushbu qo'llanma har bir yosh va izlanuvchan inson uchun haqiqiy yo'lboshchiga aylanadi. Kitobda nimalar bor? 🏛 Xorijda universitetlariga kirish va o‘qish sirlari; 🎯 Aniq maqsad – Shaxsiy rivojlanish va hayotiy yo‘nalishni to‘g‘ri belgilash; 💡 Hayotiy motivatsiya – Oliy ta’lim muvaffaqiyatga erishish kalitlari; ❓ 85 savol-javob – Yoshlarni eng ko'p o'ylantiradigan dolzarb savollarga atroflicha javoblar. Kitob haqida: Muallif: Alisher Umirdinov (Nagoya universiteti professori) Tili: O'zbek (lotin) Muqova: yumshoq Narxi: 55 000 so'm Hajmi: 309 bet 📱  Do‘konlarimiz manzili: Мuqimiy ko‘chasi: Геолокация ☎️ +998 99-554-70-70 〰️ Sayilgoh ko‘chasi: Геолокация ☎️ +998 99-517-70-70 ✍️Мurojaat qilish ☎️ +998 93-554-63-70

  • 17 авг.1 604382

    Yaqinda shu rasmni Instagramimga joylagan edim. Ko'pchilik yigitlar "Agar biz sovchi qo'ymasak, boshqa kimdir olib ketib qoladi" deb aytib qolishdi. Shu bahona ushbu postni ba'zi bir iqtisodiy terminlarga bog'lasa bo'lar ekan deb o'ylab qoldim. "Men qilmasam boshqasi qiladi" deyishlikni o'yin nazariyasi bilan tushuntirilsa bo'ladi va bu bozordagi sotuvchilar nima uchun narx qo'yishda juda ham ehtiyotkorlik bilan ish yuritishini tushuntirib beradi. Ya'ni, aslida hamma sotuvchi qimmatroq sotishni afzal ko'radi lekin butun bir bozorni boshqaridgan ko'rinmas qo'l -- narxni ayni shu tushuncha "men qimmat qo'ysam, boshqa kimdir arzon qo'yadi" degan o'y boshqarib turadi. Bu esa narxlarni kelishmagan holatda pastroq ushlab turilishiga sabab bo'ladi. Bu bir ne'mat!

  • 17 авг.1 5494411

    Ba'zan sizning jamiyat uchun eng katta foydangiz — o'sha qizni o'qishidan chalg'itmaslik uchun sovchi yubormasligingiz bo'ladi. Bakalavr 1-kursni "o'zim o'qitib olaman" deyishingiz budilnikni "yana 5 minut"ga qo'yishingizdan ham yolg'on! @v_turakulov_mutolaa

  • 15 авг.1 663108

    Yangi ochilgan kompaniya necha yilda $300mln investitsiya jalb qiladi?💰 Kontekstni bekorga bunday savol bilan boshlamadik. Hamyurtimiz Aleksey o'zlari faoliyat yuritayotgan kompaniya haqida qisqacha gapirib berdilar. Kompaniya qanday qilib qisqa vaqtda bunday darajaga erishdi, bunday kompaniyaga qanday qilib ishga kirish mumkin, bu savollarning barchasiga javobni bugungi podkastimizdan topasiz. Podkast premyerasi bugun 19:00 da Podkast premyerasi uchun havola: https://youtu.be/PyKa0_0ib6k 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 LinkedIn | 📱 Instagram

  • 15 авг.1 790269

    Yana Afg'oniston haqida gap ketganda... Rasmdagi Qo'shtepa kanali ayni paytda muammoli vaziyat bo'lib turibdi. Suv bermaymiz deb ham bo'lmaydi (chunki ularning ham haqqi bor), beraylik ham deb bo'lmaydigandek. Sababi muammo suv tanqisligining o'zida emas, balki mana shu tanqislikni hal qila oladigan mexanizmning eskirganidan. Bu maqolaga ko'ra, o'zi eskirib qolgan Markaziy Osiyoning Sovetcha suv taqsimlash institutlari Qo'shtepadan keyin yanada aniq ko'rinib qoldi, deb aytilyapti. Muammo suvning yo'qligida emas, zamonaviy sug'orish tizimining haligacha joriy qilinmayotganida.

  • 14 авг.2 004381

    #yangiliklarga_kura Tolibon kelganida xalqiga ikki narsani va'da qilgan edi: tinchlik va farovonlik. Hozir tinchlik rostan ham bor ekan. Odamlar o'zlarini ancha erkin his qilayotgan ekan. Lekin, afsus, hali farovonlik yetib kelmagan. Iqtisodiyot juda ham tang ahvolda. Bir odatiylik qoidasi bor: o'tish davrida albatta bir "to'fon" bo'ladi. Bu narsa - giperinfliyatsiya ko'rinishida Sovet Ittifoqi qulab, yangi davlatchilikni boshlagan sobiq Sovet davlatlari, xususan, O'zbekistonda ham kuzatilgan. 90-yillar o'rtalarini 35 yoshdan o'tganlar yaxshi eslashadi. Shunga umid bor. Bu yog'i Tolibonning ekstrim bo'lmagan boshqaruv siyosatiga bog'liq...

  • 13 авг.2 506256

    Avvalo vafot etgan vatandoshlarimizning Alloh rahmatiga olgan bo'lsin! Otabek akani emotsional tomondan tushunsam-da va postdagi ba'zi nuqtalar, masalan, xorijiy sarmoyadorlar ishchilarni 50/50, ya'ni ham O'zbekistonliklar, ham o'z yurtidagilarni tengma-teng ishga olish kab taqiqlarni shartli ravishda oqlash mumkin bo'lsa-da, lekin taksi va yetkazib berish xizmati haqidagi fikrlarga qo'shila olmayman. #sabab Yuqoridagi 50/50 kabi taqiqlar ham aslida yaxshi emas. Chunki bu holatda yuqori malakali kadrlar yetishmayaotgan O'zbekiston ishchi bozori endi chet ellik mutaxassislardan ham mosuvo bo'ladi. Natijada investorning biznesida kadrlar muammosi paydo bo'ladi, eksport mahsulotlari raqobat qila olmaydi, marja kamaygach boshqa sarmoyadorlar ham bundan "saboq" oladi va yurtimizga kelmay qo'yadi. Taksi va yetkazib berish xizmatlariga taqiq qo'yish esa bundan ham yomon: odatda bu xizmatlardan oddiy odamlar foydalanadi. Taqiq esa bu xizmatlarni qimmatlashtiradi. Natijada yana oddiy odamlar zararga tushadi. Masalan, Toshkentda taksischilik qilishni faqat Toshkentliklarga qo'yib beraylik degan gap chiqqanda hamma qarshi chiqqanku. Bu ham xuddi shu holat, faqat Respublika miqyosida. Qisqa qilib aytganda bu taqiq juda ham noto'g'ri bo'lgan bo'lar edi. Va shuning o'zi bilangina muxojirlarimizning ko'plarini ham ish bilan ta'minlay olmaymiz... @v_turakulov

  • 12 авг.2 2202614из iqtisod4i

    Академия — спринт эмас, марафон. Бунда муваффақиятга эришадиган инсонлар ҳаракатдан тўхтамайдиган, ўзига ишонадиган,  ва амбицияли инсонлардир. Илм-фаннинг менга энг маъқул келадиган жиҳати шундаки, у бир ёки икки йиллик иш эмас. У бир марталик муваффақият ёки муваффақиятсизликдан иборат эмас. Сиз бу иш билан 40 ёки 50 йил давомида шуғулланасиз. Шунинг учун ҳам бу ерда ниманидир нолдан барпо этиш, билимлар тўплаш, инвестиция киритиш, катта мақсадлар сари интилиш учун реал имконият мавжуд. Ёшлар учун бу жуда мураккаб ва ҳаддан ташқари қийин бўлиб туюлиши мумкин, лекин шунчаки биттадан қадам ташланг, аммо орзуларингиз катта бўлсин (с).

  • 10 авг.2 472304

    2020 yil, 07 iyul 6 yil bo'libdi bu gapga. Shu yil Martda a'zolikni tugatmoqchi edik. Bo'lmay qoldi. Eng so'nggi yangiliklarga ko'ra, yil oxirigacha baribir a'zolikni tugatamiz degan qatiat bor!

  • 10 авг.2 8839622

    O'zgarmabmiz! 1995 yilda ham, 2025 yilda ham o'sha-o'sha lower-middle income country, ya'ni o'rta-quyi daromadli iqtisod bo'lib qolyapmiz. 23.8% nominal o'sish bilan bu yil ko'tarilib olsak kerak, a? Biroz yetmaydigandek ko'rinyapti. Agar shu o'sish yuza bersa, kishi boshiga to'g'ri kelevchi YaIM 4,588$ dan to'g'ri kelar ekan. Lekin upper-middle income — yuqori-o'rta daromadli deb tan olinishimiz uchun esa daromad 4,636$ dan bo'lish kerak. Yo'li bor. Yo yilni oxirigacha ishlab chiqarish hajmini ko'tarishimiz kerak yoki aholi soni o'sishini biroz sekinlatib turishimiz kerak. Ikkinchisiga endi kech! @v_turakulov

  • 10 авг.2 7014715

    без подписи

  • 8 авг.2 405274

    Quyidagi jumlada — "Бу доллардаги ЯИМнинг 2025 йилга нисбатан 23,8 фоизга ўсишини англатади" — bir nyuans bor. 23,8% — bu dahshatli o'sish! Tasavvur qilyapsizmi? Iqtisodiyot chorak barobarga, ~25% ga kattalashyapti. Lekin bu yerdagi 23,8% — dollardagi nominal o'sish. Aslida bu o'sishni uchta unsurga bo'lib olsak bo'ladi: - Ichki narx o'sishi (deflyator) ~9,2 foiz band Ha, shunchaki narxlar o'sishi sababli ham YaIMning xarajatlar qismi hisobiga iqtisodiyot kattalashgandek ko'rinaveradi. - So'm kursining mustahkamlanishi ~4,9 foiz band Ha, shunchaki so'mning mustahkamlanishi ham so'mdagi iqtisodiyot dollarga konvertatsiya qilinganda kattalashgandek ko'rinaveradi. Masalan, 1$=13 ming so'm bo'lganda, 130 ming so'mlik iqtisodni biz dollarda ~10$ deb ataymiz. Iqtisodiyot xuddi o'sha 130 ming so'mlik qiymatga ega bo'lsayu, kurs 1$=12,4 ming so'mgacha mustahkamlansa, endi bizning iqtisodiyotimiz dollarda ~10,5$ bo'lgandek ko'rinaveradi — real hech narsa o'zgarmagan bo'lsa ham. - Va nihoyat, real o'sish ~8,1 foiz band (XVJning 2026-yil yakuni bo'yicha yangilangan prognozi, 21-iyul) Ha, mana bunisi haqiqiy o'sish. Bu haqiqiy iqtisodiyotning — ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishning kattalashgan hajmini ko'rsatadi.

  • 7 авг.2 576285из Mirkonomika

    Ярим йилликдаги ўсиш билан йил якунида иқтисодиётимиз қанчага етади? Ярим йилликда мамлакатимизда ЯИМ ҳажми 1072 трлн сўмни ташкил этиб,  номинал ўсиш суръати 19,1 фоизни ташкил этган.  Агар йил якунигача мазкур ўсиш суръати сақланиб қолса, ҳамда ҳозиргача кузатилган ўртача валюта курси билан иқтисодиётимиз ҳажми 182 млрд долларга етиши мумкин. Бу доллардаги ЯИМнинг 2025 йилга нисбатан 23,8 фоизга ўсишини англатади. Бу янги давр учун мутлақ рекорд ҳисобланади. Жон бошига ЯИМ ҳажми эса (аҳолини рўйхатга олиш натижалари ҳамда ҳозирги ўсишини ҳисобга олиб) 4588 долларни ташкил этади (2025 йилга нисбатан 18,1 фоиз ўсиш).   @Mirkonomika

  • 7 авг.2 253196

    #tip_3 #oldin Kelajak rejasi 10 yillik aniq planlar. #endi Kelajak rejasi tez moslasha oladigan yo'nalish. Buni o'ylab ko'ring!

  • 7 авг.2 7902761

    Men ham farzandimni Rahimov School'ga beraman. "Nima uchun" deyilsa, shunchaki mana shu podkastni ulashib qo'ygan bo'lar edim: https://youtu.be/Jb6DcwN6mTg?si=H25sucuVv50GuypE Azizbek — kitob odami. Shu birgina podkastning o'zida ham kitoblar, mualliflar yoki tadbirkorlar fikriga asoslangan (bunday podkastlar kamdan-kam bo'ladi): ### Kitoblar 1. "The Entrepreneur Roller Coaster" (Darren Hardy) 2. "Good to Great" (Jim Collins) 3. "What You Do Is Who You Are" (Ben Horowitz) 4. "Conscious Business" (Fred Kofman) 5. "Grit" (Angela Duckworth) 6. "Talent" (Tyler Cowen va Daniel Gross) 7. "G'olib Marg'iloniy" (Marg'ilonlik tadbirkor haqidagi tarixiy kitob) 8. "12 Rules for Life" (Jordan Peterson: matnda muallif nomi bilan qisman tilga olingan [Approximate]) ### Mualliflar, olimlar va mutafakkirlar 1. René Girard (Antropolog: Mimesis nazariyasi) 2. Imom G'azzoliy (Tarixiy olim) 3. Darren Hardy (Yozuvchi) 4. Ben Horowitz (Yozuvchi va investor) 5. David Hume (Faylasuf: matnda faqat "David" deb aytilgan [Approximate]) 6. Friedrich Nietzsche (Faylasuf) 7. Fred Kofman (Yozuvchi) 8. Angela Duckworth (Yozuvchi va olima) 9. Nassim Taleb (Yozuvchi va olim) 10. Yuval Noah Harari (Yozuvchi va tarixchi) 11. Jordan Peterson (Yozuvchi va klinik psixolog) 12. Aziz Sancar (Olim: Nobel mukofoti sovrindori) 13. Omar Yaghi (Olim va kimyogar) ### Tadbirkorlar va investorlar 1. Albaik asoschisi (Shakkour AbuGhazalah: matnda nomi aytilmagan, kompaniya va uning o'g'li tilga olingan) 2. Tata oilasi / Ratan Tata (Hindistonlik tadbirkorlar va mehmonxona biznesi egalari) 3. Yevgeny Chernyak (Tadbirkor va intervyuyer) 4. Charlie Munger (Investor va tadbirkor) 5. Jensen Huang (Nvidia asoschisi) 6. Elon Musk (Tadbirkor) 7. Sam Altman (OpenAI asoschisi: matnda "ChatGPTdan chiqib ketgan shaxs" sifatida ta'riflangan) 8. Paul Graham (Y Combinator asoschisi) 9. Steve Jobs (Apple asoschisi) 10. Arnold Schwarzenegger (Aktyor va tadbirkor) *Gemini videodan ajratib berdi. G'oyalari kitoblarga va qadryatlarga asoslangan maktab bu. Podcastni albatta ko'rishni tavsiya qilaman!

  • 7 авг.1 617810из rahimovschool

    🎉 Rahimov School'da bepul o'qing! Barcha maktablarimiz: • Lokomotiv filialida — 9-10; • Ibn Sino filialida — 9-10-11; • Farg'ona filialida — 9-10-11- sinflar uchun 100% lik grant e'lon qilyapmiz 🔥 Imtihonni 4 bosqichda o'tkazamiz: • Matematika • Ingliz tili • Insho • Suhbat ⚡️Qachon? • 11-avgust, 9:00 da 📍Qayerda? • Toshkent va Farg'onada 👉 Ro'yxatdan o'ting: forms.gle/Wo6DfzVGSHq1YvGQ7 @RahimovSchool

  • 7 авг.2 4562013

    "Meniki kuniga ekan" Ajoyib bo'ldi. Facebook'da bu rasmni ko'rib qolib tepadan pastga tushyapman va "kuniga" degan joyiga kelganda o'ng tomondagi summalar make sense, ya'ni tushunarli bo'la boshladi. Keyin o'ylab qoldim. Demak sonlarni shunchaki bilish emas, ularni tushuna olish odamlarda turlicha bo'lar ekan. Masalan, 7,5 million yevroni biz katta son ekanligini bilamiz, lekin uni xuddi 100 ming dollarga uy, 10 ming dollarga Cobalt, ming dollarga iPhone kabi narsalarni xarid qila olishligimizga taqqoslab, chinakam anglay olmaymiz. Lekin bu sonlar katta-katta loyihalarda ishlaydigan hukumat ishchisi, biznes egasi, korporativ buxgalterlarga aniq bir son sifatida — bir qarashda — tushunarli bo'la oladi. Buni status demoqchi emasman. Bu — shunchaki tajriba. Kim har kuni katta summalar bilan ishlasa, o'sha kishining miyasi bu sonlarni tezroq "joyiga qo'ya oladi". Xuddi til o'rganish kabi: necha marta eshitsang, shuncha tez tushunasan. @v_turakulov

  • 7 авг.2 503198

    #tip_2 #oldin CVga qarab kompaniyalar nima qilganingizga qarashar edi. #endi CV+Portfolioga qarab nima qila olishingizga qarashadi.

  • 6 авг.2 985348

    "Kongo demokratik respublikasi dunyodagi eng kambag'al davlatlardan biri bo'lib, unda taxminan har 10 nafar boladan bittasi besh yoshdan ortiq yashamaydi, vaholanki Yevrozonada ming nafar boladan to'rttasigina 5 yoshga yetmaydi, xolos." Bu matn Yolong'och iqtisodiyot kitobidan. To'g'ri bu ma'lumotlar biroz eskirgan (lekin hali ham reallikka yaqin) bo'lsa-da, nuans boshqa joyda. Ya'ni masala ma'lumotning eskirganida emas, balki o'z vaqti uchun yangi bo'lganida. Aytmoqchi bo'lganim, vaqt o'tganligi va yangi statistika o'sha paytda o'lib ketgan bolachalar sonini oqlamaydi. Yuqoridagi matn bir misol, xolos. Biz yaxshi iqtisodchi sifatida bu narsani yaxshi tushunishimiz kerak: noto'g'ri iqtisodiy qarorlar har doim kimlarningdir boshini yeydi — bu to'liq o'lim shaklida bo'ladimi yoki qisman o'lim shaklida (masalan, chang sababli kamroq yashash), farqi yo'q! Ma'lumotlarning eskirganligi unchalik ham ahamiyatli emas! Ular shunchaki noto'g'ri yoki to'g'ri qarorlarga oyna bo'ladi.