HumbleBeeAI
СтатистикаHumbleBeeAI – bosh ofisi Janubiy Koreyada joylashgan, O‘zbekistonda ham faoliyat yurituvchi AI kompaniyasi. Ushbu kanalda HumbleBeeAI faoliyati, AI mahsulotlari, loyihalari va @humblebeeai_academy haqida axborot berib boriladi.
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 27
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 324
- 1/48двое суток
- 371
- 1/72трое суток
- 400
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Podkastimizning yangi sonini kutib oling: AI⌨️ va FinTech💸 Podkastimizning bu galgi mehmoni Salmon Group LTD kompaniyasida yetakchi dasturiy ta'minot muhandisi bo'lib faoliyat yurituvchi Aleksey Kim bo'ldilar. Suhbat davomida: 📖 AI moliya sohasini qanday o‘zgartirayotgani 📖 FinTech mahsulotlarida sun’iy intellektdan amaliy foydalanish 📖 Dasturchilar uchun AI ochayotgan yangi imkoniyatlar 📖 Zamonaviy texnologiyalar ortidagi muhandislik yondashuvlari 📖 AI va FinTech kelajakda qaysi yo‘nalishda rivojlanishi haqida fikr almashdik. Bu shunchaki texnologiyalar haqida suhbat emas – real tajriba, amaliy qarashlar va kelajak haqida mulohazalarga boy podkast bo‘ldi. Agarda AI, FinTech va dasturlash olamiga qiziqsangiz, ushbu sonimiz aynan siz uchun. To'liq podkastni 15-avgust (ertaga) soat 19:00 da Bee Podcast YouTube sahifasida tomosha qilishingzi mumkin. 📱 Telegram | 📱 YouTube 📱 LinkedIn | 📱 Instagram
видео или голосовое, без подписи
▶️Xususiy maktab ochish O'zbekistonda qanday kechadi? So'nggi yillarda O'zbekistonda xususiy maktablar soni tez o'sib bormoqda. Ota-onalar farzandiga sifatli ta'lim izlayapti, tadbirkorlar esa ta'limga investitsiya qilishni rejelashtiryapti. Lekin bu yo'lda qanday qiyinchiliklar bor? Xususiy va davlat maktablari bir-biriadan nimasi bilan farq qiladi? Va eng muhimi – AI davri maktablarni qanday o'zgartiryapti? Bu savollarga javob izlab, "Bee Podcast"ning ikkinchi soniga ikki maktab asoschisini taklif qilgan edik: Hasanxo'ja Muhammad Sodiq – Sodiq School asoschisi Doniyorbek Nasriddinov – Colba Maktabi asoschisi Suhbatda ochiq gaplashilgan mavzular: ➡ Xususiy va davlat maktablari orasidagi asl farqlar ➡ O'qituvchi sifatini oshirishning real yo'llari ➡ AI maktab hayotiga qanday kirib kelmoqda ➡ O'qituvchi va o'quvchi rolining o'zgarishi ➡ Ta'lim tizimidagi chuqur muammolar va ularning yechimlari Farzandingiz ta'limi kelajagi yoki o'z ta'lim loyihangizni qurish haqida o'ylayotgan bo'lsangiz – bu suhbat aynan siz uchun ▶️ To'liq suhbat uchun: havola "Suhbat foydali bo'lgan bo'lsa, obuna bo'lib bizni qo'llab-quvvatlashni unutmang!" 📱 Telegram | 📱 YouTube 📱 LinkedIn | 📱Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🌼ChatGPT bepul bo'lishni to'xtatsa nima qilasiz?🔆 OpenAI o'tgan yili $13 mlrd topdi, lekin $38 mlrd zarar ko'rdi. 1,1 milliard foydalanuvchining atigi 5%igina pullik versiyadan foydalanadi. Qolgan 95% esa "bepul bayram" ishtirokchisi. Hech o'ylab ko'rganmisiz, har bir yozgan so'rovingiz orqasida serverlar va serverlarni sovutish tizimlarining million dollarlik xarajatlari yotibdi. Xo'sh, Microsoft va boshqa yirik investorlar nega pullarini havoga sovurishmoqda? Agar sizga bu mavzu qiziq bo'lsa, to'liq tahlil: https://telegram.me/pivotuzbekistan/3288 📱 Telegram | 📱 YouTube 📱 LinkedIn | 📱 Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🚀Bizning iste’dodlarimiz Janubiy Koreyaning yetakchi muhandislik kampusida! "HumbleBeeAI Academy" talabalaridan biri – Mironshoh Janubiy Koreyaning nufuzli Hanyang University ERICA kampusiga magistratura bosqichiga qabul qilindi! 🔸 Yo‘nalish: Elektr va elektronika muhandisligi 🤖 Laboratoriya: Robototexnika (Robotics Lab) Hanyang ERICA – Janubiy Koreyaning sanoat va ishlab chiqarish bilan chambarchas bog‘langan muhandislik kampuslaridan biri hisoblanadi. Robototexnika esa – sun’iy intellekt (AI) real dunyo bilan birlashadigan eng ilg‘or yo‘nalishdir. Bu muvaffaqiyat bir narsani yana bir bor isbotlaydi: O‘zbekiston yoshlari dunyoning istalgan nuqtasida eng yuqori marralar uchun raqobatlasha oladi. Buning uchun faqat kuchli bilim, tinimsiz mehnat va to‘g‘ri yo‘nalish kerak, xolos. 😁😆😁 Siz ham AI va zamonaviy muhandislik yo‘nalishida o‘z yo‘lingizni topmoqchimisiz? Unda HumbleBeeAI Akademiyasida sizni kutib qolamiz. Yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizga obuna bo'lishni unutmang! 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔣🔠🔠💡1️⃣🔣 📱 Telegram | 📱 YouTube 📱 LinkedIn | 📱Instagram
🤔Hech o'ylab ko'rdingizmi, yaqin orada hayotimizda texnologiya sabab nimalar o'zgardi? Oldinlari aksariyatimiz yaqinlarimizni telefon raqamlarini, va ma'lum bir sanalarni eslab qolishda unchalik qiynalmas edik. Xattoki, oilaviy barchani karta raqamlarigacha yodimizda saqlab qola olar edik. Lekin, yaqin oradan beri bunga extiyoj sezilmay qoldi. Bunga sabab endi ularni qurilmamizdagi qaysidir ilova orqali saqlab qo'yish imkoniyati bor. Bu albatta bizni og'irimizni yengil qiladi, lekin boshqa tomondan esa, aks ta'sir xolatlari ham bor. 🎙"Bee Podcast"ning uchinchi sonida aynan shunday mavzular haqida suhbatlashdik. Suhbatni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: "AI va samaradorlik" ❓Sizningcha bunday texnologiyalar samaradorlikni oshirish bilan bir qatorda fikrlashimizni kengaytirishimizga ma'lum bir ma'noda to'sqinlik qilyaptimi? 📱 Telegram | 📱 YouTube 📱 LinkedIn | 📱Instagram
“Sun’iy intellekt qadriyatli insonni yenga olmaydi” – ekspert bilan suhbat Olimlar sun’iy intellekt rivoji uch bosqichdan iborat bo‘lishini aytadi. Hozirgi birinchi bosqich – har biri alohida yo‘nalishlarga ixtisoslashgan chatbotlar davri. Janubiy Koreyadagi Gachon universiteti sun’iy intellekt professori Jumabek Alixonov Kun.uz bilan suhbatda SIning mehnat bozoriga ta’siri va texnologiyaning keyingi avlodlari qanday bo‘lishi haqida so‘zlab berdi. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
💜 Takeda × Insilico Medicine: AI orqali dori kashf qilish bo'yicha yirik kelishuv 🔻Yaponiyaning farmatsevtika giganti Takeda Gonkongning Insilico Medicine biotexnologik kompaniyasi bilan strategik hamkorlik shartnomasini imzoladi. Shartnomadan ko'zlangan maqsad – sun'iy intellekt yordamida yangi dorilarni kashf qilish va ularni bozorga chiqarish jarayonini bir necha barobar tezlashtirish. 🔬Hamkorlik doirasida nimalar ko'zda tutilgan? Takeda kompaniyasi Insilico’ning mashhur Pharma.AI platformasidan to‘liq foydalanadi: 🟦PandaOmics – kasallik keltirib chiqaruvchi biologik sabablarni aniqlash; 🟦Chemistry42 – generativ AI orqali mutlaqo yangi molekulalarni sintez qilish; 🟦InClinico – klinik sinovlarning muvaffaqiyat ehtimolini tahmin qilish. 🔬Shartnoma bo'yicha ~$60 mln – boshlang'ich to'lov va'da qilingan, va muvaffaqiyatli natijalarga qarab umumiy qiymat $600 mlngacha yetishi mumkin; Kelajakda dorilar sotuvga chiqsa, Insilico sotuvdan alohida ulush olishi ham kafolatlangan. Insilico joriy yilda shunchaki "portlash" qilyapti – yanvar oyidan beri kompaniya jami $7 mlrddan ortiq qiymatdagi shartnomalarni imzoladi: Eli Lilly bilan – $2.75 mlrdgacha SK Biopharmaceuticals bilan – $2.5 mlrdgacha (neyroimmun kasalliklar bo'yicha) Va endi Takeda bilan – $600 mlngacha Eng muhimi, Insilico shunchaki IT-platforma emas. Kompaniyaning o‘z AI algoritmlari yordamida yaratgan o‘pka fibrozi dori vositasi (Rentosertib) allaqachon 2a-klinik bosqich sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib ulgurgan. Takeda uchun ham bu yilgi birinchi yurish emas – fevral oyida ular Iambic kompaniyasi bilan saraton va oshqozon-ichak kasalliklariga qarshi dori ustida $1.7 mlrdlik shartnoma tuzgan edi. ⚗️Mazkur yangilik ortidan soha insayderlari va investorlarning AI-biotexnologiyalarga bo'lgan ishonchi yanada ortdi. Farmatsevtikada to‘liq "AI inqilobi" davri boshlandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 📱 Telegram | 📱 YouTube 📱 LinkedIn | 📱Instagram
O’z hamkasbingizni aybini o’ziga aytmaslik, kompaniyaga ham unga ham ziyon Atrofingizdagi hamkasblaringizni xato qilayotganini, o’z ishini to’g’ri bajarmayotganini ko’ryapsizmi, buni avvalo o’ziga ayting. Bu kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan muammolarni oldini oladi va kompaniya rivojlanishiga yetarlicha hissa qo’shadi. Yuqorida Smartup va yana bir necha loyihalar asoschisi Abduqaxxor Tashmuhammedovning HumbleBeeAI jamoasi bilan o’tkazgan suhbatlaridan bir lavha keltirildi. 📱 Telegram | 📱 YouTube 📱 LinkedIn | 📱Instagram
390 applications. 16 final selections. This scholarship selection was not a single exam. Candidates went through several filters: English, technical fundamentals, problem-solving, and communication discipline. The goal was not only to find people who can pass a test, but to find people who can learn fast, communicate clearly, stay consistent, stay committed and handle real project expectations. From 390 applicants, 13 reached the final selection. Four of them have already started their one-month trial at HumbleBeeAI Academy, getting trained on real tasks, with real feedback and real expectations. 😁😆😁 The final stage has begun 📱 Telegram | 📱 YouTube 📱 LinkedIn | 📱Instagram
HumbleBeeAI pinned «🔥 Premyera boshlandi! https://youtu.be/uvXoRPY6rus?si=Td_nU0fjpH2RUmI2»
🔥 Premyera boshlandi! https://youtu.be/uvXoRPY6rus?si=Td_nU0fjpH2RUmI2