tgindex
Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

Статистика
@talaba_dostimgaузбекский

Nagoya Universiteti Oliy huquq fakulteti Professori - Umirdinov Alisher Isoqjonovich "Talaba do'stimga tavsiyalar" kanali; Murojat uchun: aumirdinov7@gmail.com Telegram kanal - @aumirdinov

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
2 892
+11 за 5 дн.
Сутки
−3
−0,10%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 545
22 постов
Вовлечённость
53,4%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 22
Упоминаний
13
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 109
1/48двое суток
1 270
1/72трое суток
1 370

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 12 авг.1 2513927

    #yangi_nashr #yangi_kitob Oliy ma’lumot shartmi? Xorijda o‘qish imkonlari qanday? Hayotda o‘z yo‘lingizni topishda nimaga e’tibor berish kerak? 🎓 Siz kutgan "OLIY TA'LIM KERAKMI?" kitobi sotuvda! 🎓 Talabalik, xorijda o‘qish va hayotiy tanlovlar haqida aniq va amaliy tavsiyalar jamlangan ushbu qo'llanma har bir yosh va izlanuvchan inson uchun haqiqiy yo'lboshchiga aylanadi. Kitobda nimalar bor? 🏛 Xorijda universitetlariga kirish va o‘qish sirlari; 🎯 Aniq maqsad – Shaxsiy rivojlanish va hayotiy yo‘nalishni to‘g‘ri belgilash; 💡 Hayotiy motivatsiya – Oliy ta’lim muvaffaqiyatga erishish kalitlari; ❓ 85 savol-javob – Yoshlarni eng ko'p o'ylantiradigan dolzarb savollarga atroflicha javoblar. Kitob haqida: Muallif: Alisher Umirdinov (Nagoya universiteti professori) Tili: O'zbek (lotin) Muqova: yumshoq Narxi: 55 000 so'm Hajmi: 309 bet 📱  Do‘konlarimiz manzili: Мuqimiy ko‘chasi: Геолокация ☎️ +998 99-554-70-70 〰️ Sayilgoh ko‘chasi: Геолокация ☎️ +998 99-517-70-70 ✍️Мurojaat qilish ☎️ +998 93-554-63-70

  • Juda ko'p kechikishlardan so'ng, bugun ertalab ushbu kitobning yangilangan 2- nashrini nashriyotga topshirdim. Yangi o'quv yiligacha kitobxonlar qo'liga yetib borishiga umid qilaman.

  • 9 авг.1 055962

    Bu hafta qiziq va harakatchan o'tdi: hafta boshida Mo'g'ulistonda, undan keyin Koreyada, undan so'ng Tokioda, hafta ohirida Xitoy Shanxayida va hozirda Toshkentdaman. Sharqning ushbu mamlakatlari va shaharlarining hech birida bolachalarning yurtimizchalik ko'pligi va hushchaqchaqligi, ota-onalarning farzandlari bilan bunchalik baxtli ekanligini ko'rmadim. Toshkentning bolajonlar shovqini bilan to'lganligi bu yurtning kelajagi borligi haqida kishiga umidlar beradi. Ilohim, bolajonlarning shovqin-suroni, hushchaqchaqligi bu yurtni tark etmasin. Youtube  |  Facebook  |  Telegram  |  Twitter  |  Instagram

  • 7 авг.1 6959219

    Millatimiz orasida bir toifa bor, soni kam, ammo juda xavfli... ・Aqli zahardek achchiq va o'tkir. Dunyoni chuqur anglaydi. ・Hulqi narsist, diniga bee'tibor, boshqalar bilan manfaati mos kelganidagina aloqaga kirishadi. ・Dunyoni, molu-mulk, qarshi jins va shuhratni yaxshi ko'radi. ・Millati va davlatini mensimaydi, ularni past sanab, doimo negativ qaraydi. ・Rivojlangan millatlar va davlatlarni o'zidan yuksak ko'rib, doimo ularga intiladi. Mana shundaylarga kunimiz qolmasin.

  • 7 авг.1 388366

    Sun'iy intellekt xorij tillarini o'rganish ehtiyojini yo'qotadimi? ・Keyingi paytlarda xatto ilmiy jurnallarda ham xorij adabiyotlarini SI orqali tarjima qilib, o'rganilganligini takidlovchi maqolalar uchramoqda. Xullas, jurnal tahririyati ham mualliflarga chet el adabiyotlarini SI texnologiyalari orqali tarjima qilib foydalanish va ilmiy ishlarda ularga tayanishga ruxsat berib, tan olishmoqda. ・Hozirgacha bir mamlakatni organmoqchi bolsang uni tilini bilmasang bolmaydi, degan qarash ilmiy akademiyada (eng kamida Yapon maktabida) juda kuchli. Ammo, SI kuchayib, uning tarjima qilish salohiyati va tarjimalarning tiniqligi ortiq borar ekan, balki yuqoridagi talab kamayib borishi mumkin. ・Buning yaxshisi shundaki, siz o'z ona tilingiz yoki yaxshi bilgan bir chet tili - masalan, ingliz tilida ko'proq adabiyotlarni o'rganib, uchinchi bir tilni o'rganishga ko'p vaqt sarflash yukidan xalos bo'lasiz. Xulosa: doimo chet tilining orqasidan quvavermay, (albatta ingliz tilining o'rni boshqa) dunyoni keng va sayoz anglashdan ko'ra, ona tilimizdagi manbalarda chuqurlashish balki bu davrda yanada aqlliroq tanlov bo'lishi ham mumkin.

  • 5 авг.1 235342из AUmirdinov_xalqarohuquq_sharxi

    Nega bu kanal ochildi, shuni izohlash bilan boshlasam. * O'zbekiston aholi soni bo'yicha dunyoda 43-o'rinda, nominal GDP bo'yicha 58-o'rinda va hududiy kattaligi bo'yicha 56-o'rinda turishiga qaramasdan davlatimizga oid o'zbekcha kontentning o'ta kamligi; * Xalqaro huquqning juda qiziqligi va tobora bizning hayotimizga ham ta'sir qilayotganligiga qaramasdan (AQSh-Isroil va Eron urushi tufayli oilaviy byudjetim zarar ko'rdi! Samolyot biletlari qimmatladi) tizimli tahlilning yo'qligi; * Yurtimga oid xalqaro huquq yangiliklarini nuqsonsiz va doimiy kuzatish mas'liyati biz olimlarda borligi tufayli ushbu kanalni tashkil qildim. Kuzatuvchilarga foydali bo'lishiga umid qilaman.

  • 5 авг.1 06611

    Soham bo'yicha kichkinagina loyiha boshladim. Qiziquvchilarni qo'shilishga taklif qilaman.

  • 5 авг.1 189234

    Mo'g'uliston kundaligi#2 + Aholisi 3 milliondan birozgina ortiq bo'lgan mo'g'ullar 1.5 million km kvadratlik katta hududga egalar. Mahsulotlarning juda katta qismi importga tayanadi. O'zi esa mineral resurslarni(ko'mir, mis va oltin) chetga sotish evaziga kun ko'radi. ++ Suveren davlat bo'lganligi uchun mo'g'ul intellektual elitasiga ham sira oson emas. Yaponiyada bir mavzuda 10 lab mutaxassislar topiladigan sohalarda ushbu davlatda deyarli mutaxassis topilmasligi mumkin. Bu esa yosh olimlarni yanada samaraliroq va kengroq doirada ishlashga majbur qiladi. Eng kamida, mo'g'ul talabalarimga shunday tavsiyalar berdim. +++ Tabiat bilan hamnafas yashaganliklari tufayli mo'g'ul qizlari ham otlardan sira qo'rqishmas ekan. Biz mingan otlar tizginini talaba qizlar tortib yurishaverdi. (Rosa uyaldim) ++++ Ko'plab so'zlarimizda o'xshashlikni ham sezdim: botir, ulus, quda, o'ga... Mo'g'ul madaniyatining o'zbek madaniyatiga ta'siri haqida yanada kengroq o'qishim kerakligini tushundim. +++++ Mo'g'uliston demokratik saylovlar bilan boshqariladigan, prezident va bosh vazir boshqaruvidagi yarim-parlamentar davlat. Shunday bo'lsada, O'zbekiston bilan o'xshash muammolar bisyor: talabalarga baho qo'yishda tepadan telefon qilishlar, juda osonlik bilan PhD darajasini olishlar.... * Ajralish soni ko'p ekan, lekin ayollarning jamiyat va oiladagi o'rni ancha baland. Bechora yigitlar fevral va mart oylaridagi bayram kunlarida tuzukkina chiqimga tushusharkan. Eng qizig'i, shuning uchun hammi, yigitlarning huquq kabi sohalardan qochib, ko'proq pul topish iloji bo'lgan IT kabi sohalarga kirish tendensiya kuzatilyapti ekan. ** Mo'g'ul madaniyatining to'poriligi va dasht madaniyati ta'sirini har qadamda ko'rish mumkin: xizmat ko'rsatishning oddiyligi, erkak-ayol xojatxonalarining o'ta yaqinligi. Shunday bo'lsada, mo'jazgina qilib qurilgan Chingizxon xalqaro aeroportidagi xizmatchilarning muomalasi yumshoq ekan. *** Xalol taomlar kam deyishgandi, unday emas ekan. O'zbekistondan import qilingan choylarni ham ko'rdim. Mo'g'uliston bozori tadbirkorlarimiz uchun yaxshigina bozor bo'lsa ajab emas. Bir o'rganib ko'rish kerak.

  • 4 авг.1 129322

    Mo'g'uliston kundaligi#1 Safar bilan Chingizxon yurtidaman. + Avvalo, cheksiz davom etuvchi yam-yashil qirlar va o'tlarning ajoyib hididan mast bo'lib qolasiz. Mo'g'ulistonning yozgi havosi juda ham yengi va yoqimli ekan. Lekin, havo tezda o'zgarib yomg'ir yog'ishiga ham tayyor turish lozim. ++ Chingizxonni juda ulug'lashar ekan. Poytaxt Ulan-Batorning ko'plab joyida va ayniqsa, markazida Chingizhonga bog'liq tarixni ko'rish mumkin. Maktabda tarix olimpiadisti bo'lganim uchun bularni oddiygina kuzatish va haqiqiy 'hurmat bajo keltirish' imkonsiz men uchun. +++ Mo'g'ul insonlar mehmondo'st, ochiqko'ngil, yumshoqqina bo'lishar ekan. Balki, ko'plari mening Yapioniyada birga o'qigan do'stlarim - mongol intelligensiyasiga a'zosi bo'lgani uchun shunday ko'ringandir. Ammo, ko'cha ko'yda ham qo'pollik bilan baqir-chaqirlarni sira eshitmaysiz. (Haydovchilarning asabiylashganini hisobga olmaganda) ++++ Bir millatning TOYOTA mashinalariga bu darajada katta mehr qo'yishini ilk bor shu yerda ko'rishim.

  • 28 июл.1 649197

    Ilmiy dekolonizatsiya ilgarilamoqda. Nima demoqchiman? Yaqin-yaqinlarchaga, O'rta Osiyo va xususan yurtimiz O'zbekiston haqida gap ketganida, unga oid sifatli ilmiy tahlillarni chet ellik mutaxassislar yozganlaridan o'qish mumkin edi. 2015-yillardan boshlab bu tendensiya o'zgarishni boshladi va xorijda ta'lim olgan mahalliy kadr qalami ham 'qitirlay boshladi'. Shulardan bir namuna bu <The Political Economy of Central Asian Law: A Law and Society Analysis> kitobi hisoblanadi. Diplomatiya Universiteti bitiruvchisi vatandoshimiz Rustam O'rinboyev tahriri ostidagi ushbu xalqaro kitobda jami 13 ta bob joy olgan. Kitobning asosiy markazida shubhasiz O'zbekiston turibdi. Rustam aka, anti-korrupsiyaga oid ilmiy ishlari bilingan va kitobda ham boblar mualliflarini ushbu mavzuga doir turli nuqtalardan O'zbekistonni tahlil qilishga undaganligi ko'rinib turibdi. Eng muhimi va O'zbekistonda juda juda yetishmaydigani bu - kitob nomidan ham ko'rinib turganidek, huquq sotsiologiyasi nuqtai nazaridan qilingan tahlillar bo'lib, har bir bob egasidan albatta insonlar bilan turlicha suhbatlar, intervyular, so'rovnomalar o'tkazish talab qilingan. Bu orqali bizga joylardagi haqiqiy holat yaqqol ko'rinadi va davlat va jamiyatning ushbu muammolarga nisbatan samarali chora-tadbirlar ko'rishi va siyosatni shakllantirishi yanada osonroq kechadi. Oldindan aytay: boblarning ba'zilari biroz ilmiy va sizni zeriktirishi ham mumkin. Ammo, AI/SI davrida biz mana shunday zerikarli matnlarni ham hazm qilgan holda, fikr yetakchisiga aylanmas ekanmiz, AI qullariga aylanib qolamiz. Kitob Open Access - ya'ni hamma uchun o'qish mumkin, bepul. Miyasini ilm bilan to'ldirmoqchi bo'lganlarga yaxshi bir urinish bo'lsa ajab emas. Kitobga doir tanqidlarim ham albatta yo'q emas, agar sizda kitobni o'qib chiqqach biror fikr bo'lsa, izohlarda qoldiring. Birgalikda fikrlashamiz. https://link.springer.com/book/10.1007/978-3-031-55341-7

  • 24 июл.1 8582816

    Ҳар бир китобнинг муқовасида битта муаллифнинг исми ёзилади. Аммо унинг ортида кўплаб инсонларнинг меҳнати, дуоси ва ишончи туради. Бугун қўлимдаги «Ўзингизни танийсизми?» китобига қарар эканман, энг аввало Аллоҳга беҳисоб ҳамд айтаман. Шунингдек, мени китоб ёзишга илҳомлантирган, йўл кўрсатган ва ишонч билдирган устозларимга чексиз миннатдорлигимни изҳор этаман. Аввало, Одинахон Муҳаммад Юсуф устозга чуқур ташаккур билдираман. Устознинг «Келинг, китоб ёзамиз!» лойиҳаси юртимизда янги муаллифларни кашф этиш, илм аҳлини қаламга чорлаш йўлида беқиёс хизмат қилмоқда. Мен ҳам ана шу хайрли лойиҳанинг илк меваси бўлиш бахтига муяссар бўлдим. Алоҳида миннатдорлигим устозим, Нагоя университети профессори, юридик фанлари доктори Алишер Умирдиновга. Устоз китоб ёзишнинг ҳар бир босқичида — ғояни шакллантиришдан тортиб, қўлёзма, таҳрир ва нашргача бўлган жараёнда ўз билимлари, тажрибалари ва қимматли маслаҳатларини аямадилар. Шунингдек, «Келинг, китоб ёзамиз!» лойиҳасининг барча менторларига, «Ҳилол Нашр» жамоасига, мени қўллаб-қувватлаган устозларим, ҳамкасбларим, оилам ва шогирдларимга самимий ташаккур айтаман. Мен бу китобни шахсий ютуғим деб эмас, балки устоз-шогирд анъанаси, жамоавий меҳнат ва Аллоҳнинг фазли самараси деб биламан. Аллоҳ таоло барча устозларимизни илмларига барака, умрларига зиёда ва хизматларига ажру савоб ато этсин. Иншааллоҳ, бу китоб — янги йўлнинг бошланиши. Олдинда халқимизга манфаатли бўладиган яна кўплаб илмий, амалий ва қадриятларимизга таянган китоблар ёзишни Аллоҳ насиб этсин. Китоб оз қолди. Китоб эгасига айланиб, ўзини танишни истаганлар @kitob_sotuvi_admin билан боғланинг. 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram | 🤖 TelegramBot

  • 24 июл.1 428539

    Kecha yosh olimlar bilan suhbatda, bir olim shunday deb qoldi: O'ylab qarasam, faqat o'zingni o'stirishing uchun oylik oladigan kasb - professorlar kasbi ekan. Dars ham professorlarni o'stiradi, tadqiqot ham. Qo'shilmasdan iloj yo'q.

  • 23 июл.1 7265

    без подписи

  • 23 июл.1 612615

    Oliy sud raisi bo'lsam, shunday hurmat va obro' bilan ishdan ketishni orzu qilardim.

  • 19 июл.2 077176

    14 асрнинг 90-йиллари ўрталарига келиб темурийлар салтанатида ижтимоий-сиёсий танглик кучая бошлайди. Темурийлар хонадонида ҳукмдор ўғиллари ўртасида юзага келган зиддиятлар эса бу тангликни янада кучайтиради. Ҳар бир шаҳзоданинг ўз тарафдорлари бўлиб, уларни муросага келтириш кўп вақт Алишер Навоий зиммасига тушар эди. Бош вазир Низомулмулк эса 1496—97 йилларда бу оилавий можароларда бир томонлама ҳаракат қилиб, Музаффар Мирзонинг онаси — Хадича бегимга ён босади. Шу асосда Ҳусайн Бойқаро билан Астрободда ҳокимлик қилаётган Бадиуззамон ўртасида ҳарбий тўқнашув юз берди. Саройдаги фитна, жумладан, Низомулмулкнинг қабиҳлиги натижасида Бадиуззамоннинг ўғли, Ҳусайн Бойқаронинг энг севимли набираси, Навоийнинг эса ихлос қўйган шогирди Мўмин Мирзо фожиали ўлдирилади. Бу қонли воқеалар рўй берган маъшум кунларда Навоий давлат ишлари билан Машҳадда эди. Шоир даҳшатли хабардан қаттиқ ларзага тушди. “Шайх Маждиддин Бағдодийнинг Хоразмшоҳ Муҳаммад томонидан қатл этилиши Чингизхон томонидан қирғинни бошлаб берган бўлса, Мўмин Мирзонинг ўлдирилиши ҳам худди шундай бўлажак”, деб бир неча бор такрорлаганини тарихчи Хондамир эслатиб ўтган. Bu borada milliy shoirimiz, marhum Abdulla Oripov janoblari ajoyib marsiya ham yozgan ekanlar. https://kh-davron.uz/yangiliklar/abdulla-oripov-momin-mirzoga-bagishlangan-ikki-sher-urfon-otajonning-momin-mirzo-qissasi-asosida-radiospektakl.html

  • 19 июл.1 659344

    Turkiyaning "Muhtasham 100 yil" seriali bizning diyorlarda ham xit bo'lgani va Usmonli shaxzodasi Mustafoga ko'pchilik ko'z yoshi to'kkani sir emas. Xatto, undan keyin farzandlariga Boyazid yoki Mustafo ismlarini bergan yurtdoshlarimiz ham kam emas. O'ta salohiyatli shaxzoda Mustafo haqida bir tarixsevar inson sifatida o'ylar ekanman, undan salkam yarim asr avval bizning diyorda ham o'xshash fojea sodir bo'lganini aslo unutmaslik kerak. Temuriy Mo'min Mirzo hodisasi xalqimizga kengroq va zamonaviy ijro asosida yoritilib tanishtirilsa, yomon bo'lmasdi.

  • 18 июл.2 0317712

    Xavotirdaman.... Nimadan? Yurtimiz boyib, yashash oson va qiziqarli bolib borgani sayin, xizmatlar soni va sifati ko’tarilgani sayin, vatan tobora o’ziga torta boshlaydi chet yurgan o’z avlodlarini. Agar topish-tutish yaxshi bo’lsa, obro joyida bo’lsa, ota-ona yonida vatanda yashashga nima yetsin?! Yaqinda Yaponiyada yashab ketgan bir tanishim menga: “Alisher aka, Ozbeksitonda yashash (Toshkent) menga yoqyapti. Juda qulay, hamma narsa bor!” deb qoldi. Yana bir Yaponiyani ko’rgan yigit esa: “Men Yaponiyaga borib nima qilaman, iqtisodiy jihatdan Yaponiya o’z jozibasini yo’qotgan”, deya intervyu ham berdi. Ammo bu xavotirlanarli vaziyat mening nazdimda: ・Chet eldagi o’zbeklar diasporasi kamayishi, ・Iqtisodiy diplomatiyamiz zayiflashishi, ・Aqlli vatan farzandlari chet el universitetlarida qolib akademik sohada qolishining kamayishi, Xullas, yumshoq kuchimiz ozayib, 448 ming km kv ichiga yana qaytib kirib ketishimiz degani bu. Hujumkor vaziyatdan himoyachi holatiga o’tib qolishimiz degani bu. Biz butun dunyoga tarqashimiz, vatanimizni dunyoning, kerak bo’lsa qo’shni sayyorlarning turli joylari bilan bog’lagan holda, tashqairga chiqishdan, u yerlarda eng yaxshi ishlarda mehnat qilib, bizneslar yuritadigan millat bo’lishdan chekinmasligimiz lozim. O’zbekistondagi iqtisodiy ko’tarilish mana shu maqsadga bolta urmasa kifoya. Bo’lmasa, kim ham vatanining kambag’al bo’lishini istaydiki?! Hech kim!

  • 15 июл.2 4533516

    O'zbekchilikni tushunishni istaysizmi? Unda Kangwon National University (South Korea) PhD tadqiqotchisi bo'lgan yurtdoshimiz G'aniyev Axrorjonga yordam beraylik. U kishi "O'zbek xalqining etnopsixologik qiyofasini aniqlash" nomli tadqiqotni yuritayotgan ekanlar. Tesha-tegmagan ajoyib savollarni tuzibdilar. Men ham biroz avval javob berdim, 20 minutda bemalol tamomladim. Agar o'zbekchilik nimaligini tushunmoqchi bo'lsak, yosh olim ukamiz Axrorjonga yordam beraylik. Shunda u kishi ilmiy natijalarini kelajakda e'lon qilib, biz xalqimizning asl qiyofasini ilmiy yo'l bilan ko'rishimiz mumkin. Javob berganlar, imkoni bo'lsa, izohlar qismida + belgisini qo'ysangiz, kanalim a'zolarining faolligini bilib olardim. Yosh olimga yordam berganliklaring uchun OLDINDAN RAHMAT! **************************************************** G'aniyev Axrorjon PhD Student, Kangwon National University (South Korea) DSc Researcher, Social Psychology and Ethnopsychology 📎 So'rovnoma havolasi: https://forms.gle/3zAHKCgpXjvdZeR88 ****************************************************

  • 14 июл.1 8975618

    U shunday dedi: "Ko‘pchilik universitetni tadqiqot maskani deb biladi. Yana ko‘pchilik ilmiy izlanish magistraturadan boshlanadi, deb o‘ylaydi. Men bunga qo‘shilmayman. Men bir vaqtlar Mitsubishi Motors kompaniyasida besh yil avtomobil sotuvchisi bo‘lib ishlaganman. Mijoz ba'zan sizdan mamnun bo‘lib turgandek ko‘rinadi. Ammo u aslida nimadan norozi ekanini bilish uchun uni gapirtira olishingiz, to‘g‘ri savollar bera olishingiz va muammoning ildiziga yetishingiz kerak. Bu ham tadqiqot. Bu ham qiziquvchanlik. Agar talaba bakalavr bosqichidayoq atrofidagi voqea-hodisalar va narsalarning asl mohiyatiga qiziqmasa, izlanmasa, keyinchalik hayotdagi muammolarni qanday aniqlaydi? Ular uchun qanday yechim taklif qila oladi?" Keyin u bolaligidan bir voqeani ham eslab berdi. Uyidagi bambuk daraxtining ildizi qanchalik chuqur ketganini bilish uchun yer kovlab, ildizning oxirigacha yetishga harakat qilgan ekan. Ota-onasi esa uni koyish o‘rniga qiziquvchanligini maqtab, qo‘llab-quvvatlagan ekan. Bu hikoyadan oladigan xulosa juda oddiy. Agar biz maktab, hatto undan ham oldingi davrlardan boshlab biror narsaning asl mohiyatini bilishga qiziqmasak, savol bermasak, izlanmasak yoki yosh avlodni shunday ruhda tarbiyalamasak, katta kashfiyotlar ham bo‘lmaydi. Nafaqat ilm-fanda, balki kundalik hayotda ham odamlarning muammolarini chuqur anglay olmaymiz. Natijada na yaxshi xizmat ko‘rsata olamiz, na haqiqatan foydali mahsulot yarata olamiz. Xulosa shuki, tadqiqot magistraturada emas, ancha oldin — qiziquvchanlik paydo bo‘lgan kundan boshlanadi.

  • 14 июл.1 662384

    Yaxshi sotuvchi bo‘lish uchun ham tadqiqotni bilish lozim Kuni kecha Murata Manufacturing kompaniyasi jamg‘armasi grantlarini topshirish marosimida ishtirok etish uchun Kiotoga bordim. Bu yil qariyb 1200 nafar nomzod orasidan 136 nafari Murata Science and Education Foundation grantiga sazovor bo‘ldi. Grantlarning umumiy qiymati qariyb 5 million AQSh dollarini tashkil etadi. Asosan elektrotexnika va keramika yo‘nalishidagi tadqiqotchilar qo‘llab-quvvatlangan bo‘lsa-da, kamina kabi gumanitar soha vakillariga ham grant ajratildi. Allohning inoyati bilan hozir amalga oshirayotgan ilmiy loyiham uchun bir yillik grantni qo‘lga kiritdim. Endi bemalol tadqiqotga e'tibor qaratish imkoniyati paydo bo‘ldi. Lekin bugun aytmoqchi bo‘lganim grant haqida emas. Marosim yakunida jamg‘arma vasiylik kengashi a'zolaridan biri so‘zga chiqib juda qiziqarli fikrlarni aytdi. Bu gaplar menga qattiq ta'sir qilgani va ularga to‘liq qo‘shilganim uchun esda qolganicha sizlar bilan bo‘lishmoqchiman.