Otabek MD | Beyond Medicine
Статистика✨Knowledge is not power. It is potential. It will become power when use it. ✨Instagram: https://instagram.com/dr.sobirov700
- Последний пост
- 4 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 196
- 1/48двое суток
- 224
- 1/72трое суток
- 242
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
• Birovlar bilan band bo'lmang, o'ziz bilan band bo'ling. 𝓨𝓸𝓶𝓰’𝓲𝓻 🌧
Dunyoni yaxshilanishiga hissa qoʻshishning qanday oddiy yoʻllari bor, oʻzi imkoni bormi? Hammamizda boʻlsa kerak, ulkan maqsadlar. Masalan, kimdir millarder boʻlsam masjid quraman, maktab quraman, mana shuncha odamni xursand qilib pul beraman va hokazo. Ya’ni moddiyatga borib taqaladigan katta-katta maqsadlar. Ha bular juda yaxshi, jamiyatda juda beqiyos ishlar boʻladi agar amalga oshsa. Lekin ungacha jamiyatga yordam berish mumkinmasmi. Bugun oddiy bir shaxs sifatida, moddiyatga ega boʻlmasdan turib jamiyatni islohotiga qanday qilib hissa qoʻshish haqida gaplashamiz. Bular boʻlishi mumkin, har koʻrgan odamingiz tabassum bilan salom berish, liftlarda joy berish, qandaydir navbat kutganda galingizni berish yoki mashinada ketayotganingizda boshqa mashinaga yoki piyodaga shunchaki yoʻl berish. Tasavvur qiling, siz bir insonni rahmatiga sazovor boʻldingiz, sizdan u xursand boʻladi, ha bu fakt, oʻzimni boshimdan oʻtgan. Kayfiyat koʻtariladi, ey Xudo dunyoda yaxshi odamlar bor-a haliyam deb qoʻyadi. Natijada, oʻzini qarzdordek his qiladi, keyingi safar qandaydir vaziyatda qarzini uzish kerak degan his bilan u ham boshqa odamga yaxshi muomalada boʻladi, yoʻl berish kabi. Hech boʻlmaganda, oʻsha odamni kayfiyati koʻtarilyapti-ku toʻgʻrimi, davom ettirmagan taqdirda ham. Lekin ishonamanki, qalbida iymoni bor odam davom ettiradi bu zanjirni aniq. Bir odam 1 kunda 3 ta shunday vaziyatda yaxshi muomalada boʻldi deylik, u 3 odam yana boshqa 3 ta odamni xursand boʻlishiga sababchi boʻldi. Bu degani geometrik progressiya kabi. Ya’ni: 1 ta odam => 3 ta odamga 3 ta odam => 9 ta odamga 9 odam => 27 ta odamga 3*3*3*…*3=3ning darajalariga oshyapti bu daxshat natija! Tasavvur qiling a, bitta siz tufayli bir kunda minglab odamlar fikrlashi oʻzgarishi mumkin. Mana bu - qachon odam oʻzini isloh qilsa jamiyat isloh boʻladi degan gapni isboti. Dunyoni oʻzgartirmoqchimisan, birinchi boʻlib oʻzingni oʻzgartir deb bekorga aytishmaydi… Oʻzimizni isloh qilaylik, har kuni ertalab kiyimimizni tozaligiga qaraymizku, shu payt qalbimizga ham bir nazar solib qoʻyaylik🙂 Dr.Otabek Saudi Arabia 27.07.2026
Koʻrishga arziydi!
Siz dangasa emassiz Tekinga video koʻryapmiz deb oʻylaymiz. Aslida esa hayotimizning eng qimmat boʻlagi — vaqtimiz va diqqatimiz bilan toʻlayapmiz. Insonlarning diqqati oʻrtacha 8-12 soniyaga tushib qolibdi. Bu hatto akvariumdagi oʻyinqaroq baliqning diqqatidan ham kamroq. Nega 15 daqiqa kitob oʻqiy olmaymiz? Nega maqsadlarimizga erisha olmayapmiz? Sababini esa dangasaligimizda deb oʻylaymiz. Aslida siz dangasa emassiz, diqqatingiz zaiflashgan. Uni algoritmlar parchalab tashlagan. Diqqatni jamlash — bu hozirgi zamonda omon qolish strategiyasidir. Uni qaytadan tarbiyalash kerak. @Doniyor_Nasriddinov
Shu yozda full IELTS kurs oʻqib, qutulmoqchi boʻlganlar bormi?
Миллат учун қилинган ҳар бир ишни қўллаш бурчимиздир. Фаҳшнинг албатта жазоси муқаррар. Бузуқликнинг математик таҳлили. Манба
o'rganish oson. o'zgarish qiyin.
Avtoturargoh bepul deb yozib qoʻyibdi, lekin uning xodimi chiqqan mashinalardan pul olyapti. Vaholanki, avtoturargoh xodimi soʻramaydi, haydovchini oʻzi beradi. Sababi oddiy, ertaga yaxshiroq munosabat bilan yaxshi joyni band qilish uchun. Tibbiyotda ham shunaqa, vrachlar bevosita pul soʻrash holatlari juda kam, aksariyat holarda bemorlarni oʻzlari pul berib ketishadi va bu hol takrorlanaverganidan pul soʻrash odatini shakllantirib qoʻyishadi. Tibbiyotda ham bepul xizmat turlaridan shunchaki foydalanishmaydi, pul bersam navbatsiz yoki yaxshiroq munosabatda boʻladi deyishadi. Biz koʻp noliymiz, bu kabi sohalardan. Aslida bunday vaziyatni keltirib chiqaradigan omil fuqarolar. Agarda fuqarolar oʻz huquqlarini bilsa, bu katta kuch, u taraf hech narsa qilolmaydi, qonun bu - qonun. Har qanday sistemada bu narsa ishlaydi, har bir odam oʻzini isloh qilsa bu katta kuch. Butun soha isloh boʻladi. Dr.Otabek Toshkent 26.02.2026
Yigitlarga achinaylik, qizlar! Toshkentga kelib biroz kuzatdim. Qimmat kafelarda ham yigit-qizlarni (talabalarni) bemalol uchratish mumkin. Surishtirsam, tashqarida ko'rishish uchun bu holat tabiiy bo'lib, hatto sevishganlar bo'lsa yigit har 2 haftada shunday 'erib' turishi kerak ekan. Agar bu rost bo'lsa, bizda jiddiy muammo borligi oydinlashadi. Yaponiyada yoshlar juda kam hollarda qimmat joylarda ko'rishishadi. Ular cho'ntaklari ko'taradigan, hamma ham kirib, qahva icha oladigan joylarni tanlashadi. Istisnolar albatta mavjud. Shunday bo'lsada, yapon qizlarini o'z yigitlaridan qimmat joyga olib borishini, qimmat sovg'alar kutishini men kuzatmaganman. Teskarisi, yaponkalar doimo narigi tomonni o'ylab, uning pulini asrash va kelajagi uchun qayg'urib, ko'rishish uchun arzon joylarni tanlashadi. Agar yigitlar talaba bo'lmay, biror firmada ishlayotgan bo'lsa, tushunaman. Ammo, talaba yigitlarga bunday yukni yuklash turgan bitgani INSOFSIZLIK va ularni o'qishidan ko'ra pul topishga itqitib yuborishdan o'zgasi emas.
Barakali kunlar🌅 Avtomoshinamiz ko’chadagi chang bilan kir va iflos! Uni suv bilan yuvamiz va tozalaymiz. Qalblarimiz nafsning xohishi bilan ifloslangan! Allohning rahmi va kechiruvi qalblarni suv kabi poklaydi. Qalbimiz poklangunicha buni yaratgandan so‘raymiz va shunga ishonamiz. Bu jarayon bir necha kun, hafta, oy davom etadi. Bu ruhimiz uchun iloj. Biz qo‘ldan kelgancha so‘raymiz va qalbni isloh qilishga o‘zimiz ham chin yurakdan harakat qilamiz. Va bu so‘raladigan kunlarning eng afzallari oldimizda. Ramazon muborak! stay hard Mannheim, 18.02.26 Malik Abdulloh
Baxt nimada? Internetda koʻp uchratganmiz bunday savollarni, baxt oddiylikda, baxt pulda, baxt sogʻlikda va hokazo. Bugun bu fikrlarni jamlaymiz. Avval baxtli inson boʻlish uchun zarur resurslarni ajratamiz. Birlamchi resurs - sogʻliq, tinchlik. Ikkilamchi resurs - pul (mashina, uy-joy, predmetlar >>> pul orqali sotib olsa boladigan istalgan narsa) Uchlamchi resurs - xotirjamlik. Ana endi qiziq joyiga keldik masalani. Bir odam baxtni sogʻliqda, bir odam esa shunchaki urush boʻlmasligida, yana biri esa pulda, va yana bir boshqasi esa xotirjamlikda deb hisoblaydi?! Nega… shunday ekan baxt har xil tushunchami? Yoʻq baxt bir ma’noni anglatgan, doim, barcha davrva zamonlarda. Faqat odam oʻziga qaysi resurslar kamligini hisobga olib oʻshanga nisbatan baxtni tasavvur qiladi… Qorni toʻq odam ovqatni baxt deb hisoblamaydi, sogʻligʻi joyida odam oyoq-qoʻli butun ekanligini baxt deb hisoblamaydi, puli bor odam baxt pulda emas deb hisoblaydi. Tasavvur qiling, hammasi bir insonda mujassam boʻlishi qiyinroq-a? Sababini ham aytaman, chunki bu dunyo sinov dunyo. Bu dunyo baxtli boʻlish uchun yaralmagan dunyo. Bekorga mashoyixlar “bir kam dunyo” deyishmaydi. Kimdadir nimadir doim kam, yetishmaydi. Sababi kimdir nima bilandir sinaladi, boshqa yoʻl yoq. Faqat biz oʻzimiz ta’sir qila oladigan darajada baxt darajasini maksimal koʻpaytirishimiz mumkin. Masalan, koʻpchilikka sogʻliq, tinchlik, vaqt resurslari berilgan. Bular bebaho ne’matlar. Lekin qolgan resurslarga oʻzimiz harakat qilishimiz kerak, koʻproq va aqlliroq ishlab pul resursini toʻldirishimiz mumkin. Dunyoni oʻylashni kamaytirish orqali xotirjamlik resursini hosil qilishimiz mumkin. Bizni qoʻlimizdan kelaldigan yagona narsa baxtga olib boradigan yoʻlni maksimal koʻpaytiramiz… Shuning uchun puli bor odamlar baxt - oddiylikda, deydi. Rost haqiqatan ular uchun shunday. Kambagʻal uchun esa baxt - pulda. Demak kambagʻal pul resursini toʻldirolmagani uchun baxtni pulda deb oʻylaydi. Boy esa stressni koʻp olgani uchun xotirjamlikka erisholmaydi. Vaholanki, faqirlarda xotirjamlik juda oddiy hol, e’tibor ham berishmaydi. Doʻstlar, kimlarnidir tanqid qilmaylik, baxtni har xil narsalarda deb bilishlari uchun. Odamzot shunday, oʻzidagi yoʻq narsalarda deb hisoblaydi, Baxtni. Aslida baxtli boʻlish uchun koʻp narsa kerak emas, universal yechim shuki, shunchaki bor narsalarga “shukr” hissini shakllantirish. Yechim oddiy, shukr qiling, baxtli boʻlasiz. Nafas olayotgan har qanday odam shukr qilish orqali oʻzini baxtiyor hisoblaydi… 12.01.2026 Qoʻqon Dr.Otabek
Qilishingiz mumkin bo‘lgan eng zo‘r ish: • Insholarni A4 ga chop etish. • Quloqchinlar taqish • Audioni x1.5 tezlikka qo‘yish • Bir vaqtni o‘zida ham o‘qish, ham eshitish. Foydasini bittada ko‘rasiz⚡️
Marhamat, kitobingiz⚡️ A4 qog‘ozga chiqarib o‘qishingizni juda xohlardik. Hech qanday ekranlarsiz, hech qanday chalg‘ishlarsiz. Eslatma: Matn kattaligi A4 qog‘ozga to‘liq chiqarish uchun mo‘ljallangan.
Hozir biz iste’mol qilayotgan kontentlar va kunlik vaqtimizni oʻtkazayotgan ishlar chalgʻituvchi faktorlarmi yoki foydalimi bilish uchun muhim tavsiya! => distractions feel good now => depth feels hard now, but rewards you later Original note to filter: Will this still matter to me in 5–10 years? If the answer is no → distraction. If yes → worth pursuing.
🎤 Germaniya va Mening yo’lim. Javohir Xabibullayev (Jack Hobbs) ➖ Nemis tilidan Rezidenturagacha 👉 @JackHobbs
Smart dunyo XXI asr texnologiya asri deganini mana shu yillarga kelib toʻliq anglayapman. Smart mashinalar, smart televizor, smart telefon, smart robot va hokazo. Bu texnologiyalarni yaratayotganlarni miyasi qanchalik darajada smart ekanligini tasavvur qilavering? Lekin bizni miyamizchi, biz faqat xaridor boʻlib qolaveramizmi? 24/7 ishlab qimmat narx evaziga ularni sotib olish, bu shunchaki moddiyat bilan bogʻliq emas, bu ayni umrimiz bilan bogʻliq. Tushuntiraman, nega pul=umr ? Pul topish uchun vaqt sarflaymiz, bu vaqt degani, kunlar, haftalar, oylar, yillar… Har bir kun bizni bir qismimiz, va shu bir qismimiz yemirilyapti, tugayapti, evaziga biz pul topyapmiz. Nimaga sarflayapmiz, yuqoridagi smart dunyoga. Shunday emasmi?! Qanchalik arziydi, smart yaxshi, komfort, zamonaviy. Bir soʻz bilan aytganda eng zoʻri! Lekin umrimizni ayni shu narsalarga erishish niyati bilan oʻtkazib yuborishlik…??? Bir kuzating, nega odamlar koʻp ishlayapti, uylariga qimmat konstruksiyalar ishlatyapti, mashinalarni qimmatini olyapti ya’ni ayni smart predmetlarga fokus qaratilgan. Erishdi ham deylik, vaqtga qarasa hamma smartga erishgandan soʻng, qolgan umri sanoqli! Endi aytingchi, arziydimi? Doim aytaman, ehtiyoj va xohish. Yaxshi farqlab olish kerak. Baxtga erishish uchun smart dunyoda yashash shart emas, minimalizm evaziga ham baxtga erishish mumkin. Natijada, siz smart dunyoga erishish hchun ketkazgan vaqtingizni, smart odamlar bilan xotiralarga joylaysiz… Kim qay yoʻlni tanlagan boʻlardi? Smart odamlar bilan butun umrlik esda qolarli xotirlar bilanmi, yoki smart jonsiz predmetlar bilanmi😊 Smart dunyoda oʻzimiz smart odamni ishini qilyapmizmi? Yoki boshqarilgan robotdek, qay tarafga jalb etilsa oʻsha tarafga qarab yuguryapmizmi? Xulosa oʻzingizdan. Dr.Otabek 02.12.2025 Toshkent
Yolgʻizlik Oxirgi paytlar menga yoqadigan holat. Kimlar uchundir zerikarlidir, lekin men uchun emas. Qachonki yolgʻiz qolsam, shu qadar savollarim koʻpayadi va javoblar qidiraman. Ha albatta, social mediaga kirmasam, aks holda yolgʻizlik foydasiz. Odam koʻproq yolgʻiz boʻlishi kerak bu zamonda, chunki atrofda juda katta shovqinlar mavjud. Shu qadarki bular, hattoki yoʻlda ketayotib manzilimizni esdan chiqaradigan darajada. Chalgʻish faktorlar eng katta dushmanimiz boʻlib qoldi. Social mediadan butkul ma’lum daqiqalarga uzilib, oʻzingiz, hayotingiz, karyerangiz haqida oxirgi marta qachon oʻyladingiz. Boʻsh qoldikmi, qoʻlda telefon va reels boʻlimi tanlanadi, natijada vaqt oʻldi tamom! Aynan biz lahzalardan zavq olmay qoʻydik, shu chalgʻishlar hisobiga, shukrni unutib qoʻydik, ayni shovqinlar hisobiga. Hattoki tagimizda inomarka” boʻlsayam qimmatrogʻini korib, qaniydi shunaqa mashinam boʻlsa deydigan boʻldik. Nahotki? Nega? Sabab? Tushuning, shukr qilish uchun odamga koʻp narsa kerak emas. Koʻpchiligimiz gapimizda haaaa shukr qilaman’ deymiz-u lekin harakatlarimiz hecham shukr belgisi emas. Doʻstlar, bor narsalarimizga razm solaylik, dunyo shovqinidan chetlashib, oʻzimizni hayotimiz haqida oʻylaylik. Nima keragi bor, uyqudan uygʻonib, uygʻonmasdan birovlarni hayotini kuzatib???!!! Agarda oʻsha narsalar bizga dunyo va oxiratimizga manfaatli boʻlsa, ustimizda ishlashimiz kerak. Tamom. Bu sferani tark etish kerak, chalgʻiganlar sferasini. Tark etmas ekansiz, umringiz qandoq oʻtayotganini his qilmay yoshingiz bir joyga yetganda, tushunasiz. Unda kech boʻladi! Dr.Otabek Toshkent 04.11.2025
Anor Shirin hayot istaganlar uchun… @Muhammadali_Eshonqulov
Qizcha: Dada, qachon mashina olasiz, pulingiz koʻpayib ketsami🥹 Dada: jim… atrofida boshqa odamlar bor! Ha, qizim. Kecha oʻz koʻzim bilan guvohi boʻlgan voqea. Doʻstlar, shu holatga tushishni istamaymiz-ku-a? Demak harakatni bosish kerak. Aytishadi-yu ba’zida motivatsiya teskari tarzda ya’ni odam kelajakda oʻsha holatda boʻlmaslikni oʻylab harakat qilishi kerak deydi-yu. Ota-onangiz, ayolingiz kasal boʻlib yaxshi doktorlarga koʻrsatolmaslik, farzandlaringizni yaxshi maktablarda oʻqitolmaslik, oilaviy qimmat restoranlarga borib ovqatlana olmaslik kabilarni oʻylash menimcha harakatga keltirsa kerak…
Don’t put your future at risk for short-term gain. Tarjimasi: qisqa lazzat uchun kelajagingni xavf ostiga qoʻyma Bu safar izohni yozmayman. Hayotiy izohlarni kutaman!👇