tgindex
TDTU | Talabalari

TDTU | Talabalari

Статистика

Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti talabalar kanali! Reklama: @tta_ads Aloqa: @Qabul24Bot

Последний пост
19:41
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
19
Всего постов
124
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Здоровье (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
7 789
+57 за 2 дн.
Сутки
+17
+0,22%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 074
40 постов
Вовлечённость
26,6%
к подписчикам
Постов в день
2,7
всего 124
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 788
1/48двое суток
2 049
1/72трое суток
2 209

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 19:4137671

    видео или голосовое, без подписи

  • 16:1476923

    видео или голосовое, без подписи

  • 15 авг.1 41215

    видео или голосовое, без подписи

  • 15 авг.1 599182

    видео или голосовое, без подписи

  • 14 авг.1 666111из eduuz

    ✅Amaliyot ofisi: 5-mavsum ❗️Davlat idorasida ishlashni xohlaysizmi? Tajriba orttirish bilan birga stipendiya olish imkoniyatini ham istaysizmi? Unda Amaliyot ofisi aynan siz uchun! 🔰Amaliyot ofisi orqali Yoshlar ishlari agentligida real ish jarayonida qatnashib, amaliy tajriba orttirasiz va eng yaxshi amaliyotchilar uchun oyiga 1 mln so‘mgacha stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Sizni nimalar kutmoqda? • Yoshlar ishlari agentligida real amaliyot. • Stipendiya olish imkoniyati. • Trening, seminar va uchrashuvlar. • Kasbiy va shaxsiy rivojlanish. • Kuchli jamoa va professional aloqalar. • Biznes, startap va ijtimoiy loyihalar bilan ishlash. Amaliyot vaqti: Dushanba–juma. Kuniga 6 soat. 📌 Ariza topshirish bosqichlari: 1️⃣ yoshlar.gov.uz saytiga kiring. 2️⃣ So‘rovnomani to‘ldiring. 3️⃣ CV'ingizni yuklang. 4️⃣ IQ testdan o‘ting. 5️⃣ Arizani yuboring. ☝️Muhim: Tegishli yo‘nalish bo‘yicha loyihangiz bo‘lishi zarur. ⏳Ariza topshirishning so‘nggi kuni 20-avgust! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Qo‘shimcha savollar uchun: @amaliyot_ofisi_menejer Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 14 авг.2 09014

    🎓 FUNDAMENTAL FANLAR BO‘YICHA ONLINE FAN OLIMPIADA Hurmatli talabalar! Sizlarni bilim va salohiyatingizni sinovdan o‘tkazishga mo‘ljallangan Fundamental Fanlar bo‘yicha Online Olimpiadada ishtirok etishga taklif qilamiz! 📚 Olimpiada quyidagi 10 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladi: 🔹 Normal anatomiya 🔹 Tibbiy kimyo 🔹 Biokimyo 🔹 Mikrobiologiya 🔹 Gistologiya 🔹 Tibbiy biologiya 🔹 Patologik anatomiya 🔹 Normal fiziologiya 🔹 Patologik fiziologiya 🔹 Farmakologiya 📝 Olimpiada formati: • Jami 100 ta test savoli • Har bir fandan 10 tadan savol • Har bir savol uchun 20 soniya vaqt • Kahoot uslubidagi tezkor baholash tizimi ⏰ Olimpiada vaqti: 📅 Sana: 17.08.2026 🕙 Boshlanish vaqti: 20:00 🕦 Yakunlanish vaqti: 21:30 🏆 Eng yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar taqdirlanadi. Registratsiyadan o‘tishning oxirgi muddati 16.08.2026 soat 23:59 ga qadar. Registratsiya uchun sayt — https://olympiad.tashmeduni.uz/ Universitetning olimpiadalar telegram sahifasiga qo'shiling. Telegram Qo'shimcha savollar uchun: @TDTU_ITITFTEB ToshDavTU talabalari hemis orqali kirishlari shart! 🇺🇿 Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi!

  • 14 авг.1 6416из eduuz

    “Raqamli avlod” onlayn IT oromgohiga roʻyxatdan oʻtish boshlandi 🚀Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Raqamli avlod” onlayn IT oromgohiga roʻyxatdan oʻtishga start berildi. Loyiha yoshlarning raqamli texnologiyalar sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy kasblarni egallashiga koʻmaklashishni maqsad qilgan. 🖥 Dastur doirasida ishtirokchilar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻladilar: 🔹 Vibe Coding; 🔹 Prompt Engineering (AI); 🔹 Sunʼiy intellekt; 🔹 Data Science; 🔹 Kiberxavfsizlik; 🔹 UI/UX; 🔹 AI Agent texnologiyalari. 🔗 Roʻyxatdan oʻtish ⏳ Imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Onlayn IT oromgohida ishtirok etish uchun hoziroq roʻyxatdan oʻting. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

  • 11 авг.2 1993

    видео или голосовое, без подписи

  • 11 авг.2 4093

    видео или голосовое, без подписи

  • 11 авг.2 4713

    видео или голосовое, без подписи

  • 11 авг.2 0543

    видео или голосовое, без подписи

  • 11 авг.2 0443

    видео или голосовое, без подписи

  • 11 авг.2 0163

    видео или голосовое, без подписи

  • 11 авг.1 8993

    видео или голосовое, без подписи

  • 11 авг.1 8753

    видео или голосовое, без подписи

  • 11 авг.1 7613

    видео или голосовое, без подписи

  • 11 авг.1 62434из shuxrat_boymuradov

    Bugun Buyuk Britaniyaning nufuzli University of Cambridge tibbiy ta’lim guruhi delegatsiyasi Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifning asosiy maqsadi — tibbiy ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish, zamonaviy ta’lim metodikalarini joriy qilish, klinik tayyorgarlikni takomillashtirish hamda ikki tomonlama akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat. Tashrifning dastlabki qismida delegatsiya Toshkent davlat tibbiyot universitetining klinik bazalari va tegishli kafedralari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlarga klinikalarda ta’lim va amaliyotning uyg‘unligi, talabalarning klinik tayyorgarligi, zamonaviy tibbiy texnologiyalardan foydalanish hamda o‘quv jarayonini amaliyot bilan integratsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, klinika bazasida ikki tomonlama uchrashuv tashkil etilib, unda tibbiy ta’limni rivojlantirish, klinik ta’lim sifatini oshirish va xalqaro tajribani o‘quv jarayoniga joriy etish masalalari muhokama qilindi. Tashrif davomida delegatsiya Toshkent davlat tibbiyot universitetining faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Jumladan, universitetdagi ta’lim jarayoni, raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar, zamonaviy ta’lim texnologiyalari hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Mehmonlarga, shuningdek, universitetda tibbiy ta’lim, klinik tayyorgarlik, ilmiy-tadqiqot faoliyati va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar taqdim etildi. Tashrifning yakuniy qismida Cambridge universiteti delegatsiyasi Toshkent davlat tibbiyot universitetining dekanlari hamda professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda tibbiy ta’limning dolzarb masalalari, zamonaviy o‘qitish metodikalaridan foydalanish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, klinik ta’limni takomillashtirish va ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuvlar davomida tomonlar o‘rtasida tajriba almashinuvini kengaytirish, akademik aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish hamda tibbiy ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan istiqbolli yo‘nalishlarni belgilab oldilar. Mazkur tashrif Toshkent davlat tibbiyot universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etish va zamonaviy tibbiy ta’lim modelini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok

  • 11 авг.2 68348

    ⚡️2026–2027-o‘quv yili uchun ijara xonadonlari bazasi shakllantirildi. Toshkent davlat tibbiyot universitetida 2026–2027-o‘quv yili uchun talabalarni ijara xonadonlariga joylashtirish maqsadida universitetning mas'ul xodimlari hamda tyutorlari tomonidan aniqlangan va tashkil etilgan ijara xonadonlari bazasi shakllantirildi. Quyidagi havola orqali ijara xonadonlari bazasi bilan tanishishingiz mumkin. Qulaylik yaratish maqsadida baza universitetning 3 ta o‘quv hududi kesimida alohida shakllantirilgan. Talabalar o‘zlari ta'lim olayotgan o‘quv hududini tanlab, unga yaqin joylashgan ijara xonadonlari ro‘yxati bilan tanishishlari hamda uy egalari bilan bevosita bog‘lanib, o‘zlari uchun qulay bo‘lgan xonadonga joylashishlari mumkin. 1-Kampus (Bosh bino hududi) 2-Kampus (1-2-Pediatriya fakultetlari ) 3-Kampus (1-2-Stomatologiya fakultetilari) Bizni kuzating! 🏛TDTU TALABALAR - Toshkent davlat tibbiyot Universiteti talabalar kanali

  • 10 авг.2 5803

    🔺 Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! ➡️Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. 🔹Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🔍 Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. ✈️ Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz⁠ 🔍 Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi. Bizni kuzating! 🏛TDTU TALABALAR - Toshkent davlat tibbiyot Universiteti talabalar kanali

  • 7 авг.2 38910из eduuz

    ⚡️ 10-avgustgacha o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin. Davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha belgilangan muddatlarda va tartibda ro'yxatdan o'tgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ayrim arizalar kamchiligi bo‘lganligi sababli rad etilgan. Fuqarolarga qo'shimcha imkoniyat berish maqsadida ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10-avgustgacha arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi. Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi. ➡️ my.uzbmb.uz platformasi orqali - xorijiy va nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga ko'chirish ➡️transfer.edu.uz platformasi orqali - davlat oliygohlariaro va oliygoh doirasida Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

TDTU | Talabalari — tgindex