tgindex
Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy

Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy

Статистика
@tashmeduniМедицинаузбекский

Toshkent davlat tibbiyot universiteti yangiliklari / Новости Ташкентского государственного медицинского университета 📞 71 150-78-28 📧 info@tashmeduni.uz 🌐 www.tashmeduni.uz 📲 instagram.com/tashmeduni 📲 facebook.com/tashmeduni ©ToshDavTU Axborot xizmati

Последний пост
16 авг.
Последнее чтение
06:39
Постов за неделю
78
Всего постов
638
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Медицина
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
16 116
+363 за 4 дн.
Сутки
+161
+1,01%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
3 281
40 постов
Вовлечённость
20,4%
к подписчикам
Постов в день
11,1
всего 638
Упоминаний
45
каналов
Охват размещения
по 13 постам
1/24сутки в ленте
2 382
1/48двое суток
2 433
1/72трое суток
2 624

Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.

Посты

  • 16 авг.2 5231917

    🔺 Toshkent davlat tibbiyot universitetida texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari yakunlandi 🔺 Toshkent davlat tibbiyot universitetida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2-bosqichiga suhbat asosida qabul qilish jarayonlari yakunlandi. 🔺 Mazkur jarayon amaldagi tartib asosida tashkil etilib, unda tibbiyot texnikumlarini muvaffaqiyatli tamomlagan hamda belgilangan talablarga javob beradigan bitiruvchilar ishtirok etdilar. Suhbat jarayonlari davomida talabgorlarning tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga bo‘lgan qiziqishi va motivatsiyasi, kasbiy bilim va ko‘nikmalari, shuningdek, shaxsiy-kasbiy salohiyati baholandi. 🔺 Suhbat davomida ishtirokchilarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilimlari, kasbiy vazifalarni bajarishga tayyorgarligi, mustaqil fikrlashi, mas’uliyatliligi, jamoada ishlash qobiliyati hamda kelgusida oliy ta’limni davom ettirishga bo‘lgan intilishi yuzasidan fikr va mulohazalari o‘rganildi. 🔺 Jarayonlar belgilangan tartib va mezonlar asosida tashkil etilib, bitiruvchilar uchun o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etish imkoniyati yaratildi. Suhbat yakunlari asosida belgilangan talablarga javob bergan bitiruvchilarni tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2-bosqichida o‘qishini davom ettirish bo‘yicha tegishli jarayonlar amalga oshiriladi. 📚 Mazkur qabul jarayoni texnikum va oliy ta’lim bosqichlari o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash, tibbiyot sohasida tahsil olayotgan yoshlarning ta’limini davom ettirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda kelgusida malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlashga xizmat qiluvchi muhim bosqichlardan biri bo‘ldi. ✈️ Toshkent davlat tibbiyot universitetida suhbat jarayonlarida ishtirok etgan barcha bitiruvchilarga kelgusi ta’lim yo‘li va kasbiy faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz! ✅Rasmiy sahifalarimiz! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

  • 15 авг.4 3858168

    REKTOR TABRIGI Aziz talabalar! Sizlarni Toshkent davlat tibbiyot universitetiga talaba bo‘lganingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Sizning bugungi yutug‘ingiz — katta mehnat, izlanish va intilishlaringizning munosib natijasidir. Endilikda sizlarni hayotingizning yangi, mas’uliyatli va sharafli bosqichi kutmoqda. Tibbiyot — inson hayoti va salomatligi uchun yuksak mas’uliyatni talab qiladigan ulug‘ kasb. Ishonamanki, siz universitetimizda puxta bilim olib, zamonaviy tibbiyot sirlarini egallab, kelajakda xalqimiz salomatligini asrashga munosib hissa qo‘shadigan fidoyi va malakali shifokorlar bo‘lib yetishasiz. Sizlarga universitetimizning katta va ahil oilasiga xush kelibsiz, deyman! Yangi o‘quv yilida barchangizga mustahkam iroda, ulkan zafarlar, ilm yo‘lida yuksak marralar va yorqin kelajak tilayman. Talabalik baxti muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok

  • 15 авг.2 98954

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Shuxrat Boymurodovning Termiz shahridagi Tibbiyot klasteriga tashrifi doirasida aholi uchun tashkil etilgan sayyor tibbiy qabulda ishtirok etdi. Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularga tibbiy maslahat va zarur amaliy yordam ko‘rsatildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok

  • 15 авг.3 2311913

    🔵 Toshkent davlat tibbiyot universitetida texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari yakunlandi 🔺 Toshkent davlat tibbiyot universitetida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2-bosqichiga suhbat asosida qabul qilish jarayonlari yakunlandi. 🔺 Suhbatlar davomida bitiruvchilarning tanlagan ta’lim yo‘nalishiga bo‘lgan motivatsiyasi, shaxsiy-kasbiy xususiyatlari, soha bo‘yicha bilimlari va kasbiy ko‘nikmalari belgilangan mezonlar asosida baholandi. 🔵 Mazkur jarayon texnikum bitiruvchilarining o‘z mutaxassisligi bo‘yicha oliy ta’limni davom ettirishlari hamda tibbiyot sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimining uzviyligini ta’minlashda muhim bosqich bo‘ldi. ✈️ Suhbat jarayonlarida ishtirok etgan barcha bitiruvchilarga kelgusi ta’lim va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz! ✅Rasmiy sahifalarimiz! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

  • 15 авг.2 676226

    #vazir_tabrigi Aziz yoshlar! 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi. Avvalo, talabalikka tavsiya etilgan barcha yoshlarni ushbu quvonchli kun bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Bugun sizlar hayotingizdagi eng muhim va unutilmas kunlardan birini boshdan kechirmoqdasiz. Sizning bu natijangiz ortida yillar davomidagi izlanish, mehnat, ustozlaringizning sabog‘i va ota-onangizning ishonchi turibdi. Bu yutuq — nafaqat sizning, balki sizni qo‘llab-quvvatlagan oilangiz va ustozlaringizning ham quvonchidir. Endi oldingizda yangi, yanada mas’uliyatli bosqich — talabalik davri turibdi. Oliy ta’lim dargohida sizlarni yangi bilimlar, yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va katta maqsadlar kutmoqda. Tanlagan yo‘nalishingizni chuqur egallab, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishingiz, kelajakda mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishingizga ishonaman. Shu bilan birga, talabalikka tavsiya etilmagan yoshlarimiz uchun ham imkoniyatlar eshigi ochiq. Yurtimizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan texnikumlarda ta’lim olish va zamonaviy kasb egallash imkoniyati mavjud. Barcha yangi talabalarni yana bir bor samimiy muborakbod etaman! Sizlarga mustahkam sog‘liq, katta marralar, ilm yo‘lida muvaffaqiyat va yorqin kelajak tilayman! Talabalik baxti muborak bo‘lsin! Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 14 авг.3 618933

    🟦🟦🟦 🔵 Toshkent davlat tibbiyot universitetida texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari davom etmoqda 🔺 Toshkent davlat tibbiyot universitetida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2-bosqichiga suhbat asosida qabul qilish jarayonlari boshlandi. 🔺 Amaldagi tartibga muvofiq, tibbiyot texnikumlarini muvaffaqiyatli tamomlagan, o‘qish davrida o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari belgilangan talablarga javob beradigan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali o‘qishga qabul qilinish imkoniyatiga ega. ◾️ Universitetda tashkil etilgan suhbat jarayonlarida bitiruvchilarning tanlagan bakalavriat yo‘nalishiga bo‘lgan motivatsiyasi, shaxsiy-kasbiy xususiyatlari, soha bo‘yicha bilim va kasbiy ko‘nikmalari, shuningdek, o‘z sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi tushunchalari baholanmoqda. ✈️ Mazkur jarayon texnikum bitiruvchilarining o‘z mutaxassisligi bo‘yicha oliy ta’limni davom ettirishi va tibbiyot sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimining uzviyligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. ✅Rasmiy sahifalarimiz! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

  • 14 авг.6 24431

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi tomonidan universitetning videolari, Reels va rasmiy uchrashuvlari uchun yagona mualliflik huquqi asosida maxsus musiqiy asarlar yaratish yo‘lga qo‘yildi. Endilikda universitetning ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadigan videolarda universitetga xos, mualliflik huquqi asosida yaratilgan cinematic, epic va diplomatic musiqiy kompozitsiyalardan foydalaniladi. Mazkur tashabbus universitetning media kontentini yagona uslubda shakllantirish, videolarga o‘ziga xos ruh va professional ovozli identifikatsiya berishga xizmat qiladi. Eng muhimi, ushbu loyiha O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlari orasida o‘ziga xos yangilik bo‘lib, universitetning o‘z media musiqiy fondini yaratish yo‘lidagi ilk qadamlardan biridir. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok

  • 14 авг.5 82726

    без подписи

  • 14 авг.5 5941127

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi tomonidan universitetning videolari, Reels va rasmiy uchrashuvlari uchun yagona mualliflik huquqi asosida maxsus musiqiy asarlar yaratish yo‘lga qo‘yildi. Endilikda universitetning ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadigan videolarda universitetga xos, mualliflik huquqi asosida yaratilgan cinematic, epic va diplomatic musiqiy kompozitsiyalardan foydalaniladi. Mazkur tashabbus universitetning media kontentini yagona uslubda shakllantirish, videolarga o‘ziga xos ruh va professional ovozli identifikatsiya berishga xizmat qiladi. Eng muhimi, ushbu loyiha O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlari orasida o‘ziga xos yangilik bo‘lib, universitetning o‘z media musiqiy fondini yaratish yo‘lidagi ilk qadamlardan biridir. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok

  • 14 авг.2 93312

    Ish beruvchilar bitiruvchilar haqida qanday fikrda? Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi mamlakatimizning barcha hududlarida davom etmoqda. So‘rovnomada 132 ta oliygoh bitiruvchilarini ishga qabul qilgan 4 560 nafar ish beruvchini qamrab olish rejalashtirilgan bo‘lib, bugunga qadar ularning 1 837 nafari, ya'ni 40 foizi ishtirok etgan. Ish beruvchilar bitiruvchilarning bilimi, amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari haqida o‘z fikrlarini bildirmoqda. Ular yangi xodimlardan nimalarni kutayotgani va mehnat bozorida qanday ko‘nikmalar muhimligini ham baholamoqda. So‘rovnoma natijalari oliygoh va texnikumlarning Milliy reytingida muhim indikatorlardan biri sifatida foydalaniladi. Hurmatli ish beruvchilar! Befarq bo'lmang, so‘rovnomada ishtirok etib, bitiruvchilarning mehnat bozori ehtiyojlariga mosligi haqida o‘z fikringizni bildiring! English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

  • 14 авг.2 9613

    без подписи

  • 14 авг.3 0153

    без подписи

  • 14 авг.2 8663

    без подписи

  • 14 авг.2 6373

    без подписи

  • 14 авг.2 6823

    без подписи

  • 14 авг.2 4783

    без подписи

  • 14 авг.2 1963

    #Jarayon #Sayyor_qabul Salomatlik uchun bir qadam: tibbiy yordam aholiga yanada yaqinlashmoqda Bugun Termiz shahrida joylashgan Tibbiyot klasterida aholi uchun keng qamrovli sayyor tibbiy qabul tashkil etildi. Mazkur sayyor qabulda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Shuhrat Boymuradov Tibbiyot klasteriga tashrifi chog‘ida ishtirok etib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qildi, ularning murojaatlarini tingladi, tibbiy maslahatlar berib, amaliy yordam ko'rsatdi. Tadbir TDTU Termiz filiali hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. 📌 Sayyor qabulning asosiy maqsadi — aholining tibbiy muammolarini joyida o‘rganish, malakali mutaxassislar maslahatini yo‘lga qo‘yish, zarur tibbiy ko‘rik va tekshiruvlarni o‘tkazish hamda murojaatlarni imkon qadar joyida hal etishdan iborat. Eng muhimi, har bir murojaat e’tiborda. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt

  • 14 авг.2 1441

    без подписи

  • 14 авг.2 3501

    без подписи

  • 14 авг.2 2791

    без подписи