Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
СтатистикаНавоий давлат кончилик ва технологиялар университетининг расмий канали
- Последний пост
- 14:26
- Последнее чтение
- 16:23
- Постов за неделю
- 38
- Всего постов
- 769
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- Категория
- Технологии
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 718
- 1/48двое суток
- 1 968
- 1/72трое суток
- 2 123
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotidagi nutqidan asosiy firklar: 📌Besh yilda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi; 📌Yangi tadbirkorlar uchun “Biznes start”, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun “Biznes lift”, yangi o‘sish bosqichiga o‘tayotganlar uchun “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi; 📌Davlat aktivini sotib olishda avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi, olti oyda to‘liq to‘lov qilganlarga 25 foiz chegirma beriladi; 📌ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun avans 15 foiz bo‘ladi; 📌Tashqi bozorga chiqishning barcha bosqichlarida kompleks xizmat ko‘rsatadigan “eksport navigator” tizimi yo‘lga qo‘yiladi; 📌Iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish tekshirish bilan emas, tadbirkorga yo‘l ko‘rsatib, to‘g‘ri ishlashga o‘rgatish orqali bo‘lishi kerak; 📌Kichik biznesda inson sog‘lig‘i va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy eʼlon qilinadi; 📌Barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi; 📌Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” joriy etiladi; 📌Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi; 📌Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi. 10 ta ruxsat xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi; 📌Odamlarimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishimiz zarur. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔈 1-bosqichga qabul qilingan talabalar diqqatiga! Yotoqxona uchun arizalar qabuli boshlandi! 2026/2027-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilganlar bugundan (18-avgustdan) e’tiboran talabalar turar joyi uchun ariza topshirishlari mumkin. Ariza topshirish tartibi:⤵️ ✔️ my.gov.uz portal orqali ariza yuborish ✔️ Yotoxonaga navbatni tekshirish ➡️Batafsil videoda.👆 Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Jarayon NDKTUda ilmiy loyihalarning monitoringi olib borilmoqda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida Innovatsion rivojlanish agentligi mas'ul xodimlari hamda Navoiy viloyati Innovatsion rivojlanish bo'limi vakillari bilan hamkorlikda davlat ilmiy-tadqiqot dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalarning monitoring ishlari olib borilmoqda. Mazkur monitoring davomida tegishli innovatsion loyihalar doirasida amalga oshirilgan ishlar, nashr ishlari, sotib olingan asbob-uskunalar joyiga chiqqan holda tahlil qilinayapti. O‘rganish yakunlari bo‘yicha loyihalarning belgilangan texnik topshiriq va ish rejalari asosida bajarilish darajasi hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish holati baholanadi. Shuningdek, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga tatbiq etish imkoniyatlari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqiladi. 📢 NDKTU Axborot xizmati Bizni kuzatib boring: 📲 NDKTU RASMIY KANALI
#rasmiy_bayonot ⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga! Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish xizmati 1-bosqich talabalari uchun ham ishga tushirildi. 18-avgustdab 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirishlari mumkin. Talabalar turar joylariga joylashtirish belgilangan tartib va mavjud o‘rinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. ☝️Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizgacha joy ajratiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Eʻlon Davlat tiliga e’tiborlimisiz? Har bir ishda davlat tili qoidalariga rioya etasizmi? Balki siz o‘zbek tilini kompyuter tiliga aylantirmoqchidirsiz? Unda ushbu tanlov aynan siz uchun! Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida o‘zbek tilining ijtimoiy hayotimizdagi mavqeini oshirish, davlat tilini to‘laqonli joriy etishga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida “Jonajon o‘zbek tilim” tanlovini e’lon qiladi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi: ✅oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot; ✅oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot; ✅ oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar; ✅ davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material; ✅ oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik; ✅ oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish; ✅oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish. ❗️Tanlovning har bir yo‘nalishi bo‘yicha loyihalar joriy yilning 20-avgustdan 20-sentabrgacha qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotni (ismi, otaismi, familiyasi, ish joyi, o‘qish joyi) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda Jamg‘armaga yoki rasmiy elektron pochtaga (Uz_til_jamgarma@umail.uz) hamda (@Jonajontilim_bot) Telegram ijtimoiy tarmog‘iga yuboriladi. Tanlovda yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib ishtirok etish mumkin. 🏆G‘oliblarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida tashkil etiladigan tadbirlar doirasida tantanali ravishda topshiriladi. Eslatma: G‘olib bo‘lgan ishtirokchilar keyingi uch yil davomida tanlovda qatnasha olmaydi. Bizni kuzatib boring: 📲 NDKTU RASMIY KANALI
без подписи
#Eʻtirof 🏆 NDKTU talabalari “Umummilliy AI Hackathon”da 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi! Navoiy viloyatida o‘tkazilgan “Umummilliy AI Hackathon” tanlovining tog‘-kon sanoati yo‘nalishida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti “Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Talabalar “Konveyer lenta nazoratini sun’iy intellekt yordamida optimallashtirish” loyihasi bilan qatnashib, 1-o‘rinni egalladi hamda respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 🎁 G‘oliblarga Apple MacBook Air noutbuklari topshirildi. G‘olib talabalarni samimiy tabriklaymiz va ularga final bosqichida muvaffaqiyat tilaymiz! 👏🎉 📢 NDKTU Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi Bizni kuzatib boring: 📲 NDKTU RASMIY KANALI
#Qoʻshma_taʻlim_dasturlari_NDKTU 2 yil O‘zbekistonda, 2 yil Xitoyda ta’lim olib 2 ta bakalavr diplomini qo‘lga kiriting! Endilikda Siz Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamda dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamkorligidagi qo‘shma ta’lim dasturlarida tahsil olib, bir vaqtning o‘zida 2 ta diplomni qo‘lga kiritishingiz mumkin! Xususan, Xitoy konchilik va texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda Konchilik ishi va Kimyo muhandisligi yo‘nalishida talabalar dastlabki 2 yilni NDKTUda, keyingi 2 yilni esa Xitoyda o‘qib, har ikkala universitet diplomlarini qo‘lga kirtishlari mumkin! Sizdan talab qilinadigan asosiy shart — xalqaro til sertifikatiga ega bo‘lish. Qolgan imkoniyatlarni esa NDKTU va xalqaro hamkorlik dasturi taqdim etadi. Ariza topshirish uchun havola Barcha qo‘shma ta’lim dasturlari haqida mana bu yerda tanishing yoki bizga qo‘ng‘riroq qiling. 📞 (79) 223 47 16 📢 NDKTU Xalqaro aloqalar bo‘limi Bizni kuzatib boring: 📲 NDKTU RASMIY KANALI
Ish beruvchilar bitiruvchilar haqida qanday fikrda? Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi mamlakatimizning barcha hududlarida davom etmoqda. So‘rovnomada 132 ta oliygoh bitiruvchilarini ishga qabul qilgan 4 560 nafar ish beruvchini qamrab olish rejalashtirilgan bo‘lib, bugunga qadar ularning 1 837 nafari, ya'ni 40 foizi ishtirok etgan. Ish beruvchilar bitiruvchilarning bilimi, amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari haqida o‘z fikrlarini bildirmoqda. Ular yangi xodimlardan nimalarni kutayotgani va mehnat bozorida qanday ko‘nikmalar muhimligini ham baholamoqda. So‘rovnoma natijalari oliygoh va texnikumlarning Milliy reytingida muhim indikatorlardan biri sifatida foydalaniladi. Hurmatli ish beruvchilar! Befarq bo'lmang, so‘rovnomada ishtirok etib, bitiruvchilarning mehnat bozori ehtiyojlariga mosligi haqida o‘z fikringizni bildiring! English Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#vazir_tabrigi Aziz yoshlar! 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi. Avvalo, talabalikka tavsiya etilgan barcha yoshlarni ushbu quvonchli kun bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Bugun sizlar hayotingizdagi eng muhim va unutilmas kunlardan birini boshdan kechirmoqdasiz. Sizning bu natijangiz ortida yillar davomidagi izlanish, mehnat, ustozlaringizning sabog‘i va ota-onangizning ishonchi turibdi. Bu yutuq — nafaqat sizning, balki sizni qo‘llab-quvvatlagan oilangiz va ustozlaringizning ham quvonchidir. Endi oldingizda yangi, yanada mas’uliyatli bosqich — talabalik davri turibdi. Oliy ta’lim dargohida sizlarni yangi bilimlar, yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va katta maqsadlar kutmoqda. Tanlagan yo‘nalishingizni chuqur egallab, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishingiz, kelajakda mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishingizga ishonaman. Shu bilan birga, talabalikka tavsiya etilmagan yoshlarimiz uchun ham imkoniyatlar eshigi ochiq. Yurtimizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan texnikumlarda ta’lim olish va zamonaviy kasb egallash imkoniyati mavjud. Barcha yangi talabalarni yana bir bor samimiy muborakbod etaman! Sizlarga mustahkam sog‘liq, katta marralar, ilm yo‘lida muvaffaqiyat va yorqin kelajak tilayman! Talabalik baxti muborak bo‘lsin! Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Talabaga_qulaylik Universitetda talabalarni yotoqxonaga va ijara uylariga joylashtirish bo‘yicha markazlar faoliyat yuritmoqda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hududida va Talabalar turar joylarida 4 ta ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazlari tashkil etilgan. Markazlarga tyutorlar va tajribali volontyorlar biriktirilib, ular tomonidan 2026/2027-o‘quv yilida talabalarni yotoqxona va ijara xonadonlari bilan ta'minlash, Navoiy shahri hududidan zaxira xonadonlar topish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Shuningdek, @ndktu_ijara “Telegram” kanalida ijara uylari manzili va uy egalari telefon raqami e’lon qilib borilmoqda. Talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga joylashish bo‘yicha quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin.📞 EMF 931507006 AKTF 907300649 KMF 906472910 KF 933152781 📢 NDKTU Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi Bizni kuzatib boring: 📲 NDKTU RASMIY KANALI
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Natija DIQQAT, E'LON! YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📝 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
✅Amaliyot ofisi: 5-mavsum ❗️Davlat idorasida ishlashni xohlaysizmi? Tajriba orttirish bilan birga stipendiya olish imkoniyatini ham istaysizmi? Unda Amaliyot ofisi aynan siz uchun! 🔰Amaliyot ofisi orqali Yoshlar ishlari agentligida real ish jarayonida qatnashib, amaliy tajriba orttirasiz va eng yaxshi amaliyotchilar uchun oyiga 1 mln so‘mgacha stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Sizni nimalar kutmoqda? • Yoshlar ishlari agentligida real amaliyot. • Stipendiya olish imkoniyati. • Trening, seminar va uchrashuvlar. • Kasbiy va shaxsiy rivojlanish. • Kuchli jamoa va professional aloqalar. • Biznes, startap va ijtimoiy loyihalar bilan ishlash. Amaliyot vaqti: Dushanba–juma. Kuniga 6 soat. 📌 Ariza topshirish bosqichlari: 1️⃣ yoshlar.gov.uz saytiga kiring. 2️⃣ So‘rovnomani to‘ldiring. 3️⃣ CV'ingizni yuklang. 4️⃣ IQ testdan o‘ting. 5️⃣ Arizani yuboring. ☝️Muhim: Tegishli yo‘nalish bo‘yicha loyihangiz bo‘lishi zarur. ⏳Ariza topshirishning so‘nggi kuni 20-avgust! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Qo‘shimcha savollar uchun: @amaliyot_ofisi_menejer Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
📣📣 DIQQAT E'LON 📣📣 📌 Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti 2027-yil uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) hamda maqsadli doktorantura bosqichlariga ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun qabul e’lon qiladi. ⏩ Ixtisosliklar shifri va nomi 📗 Stajyor-tadqiqotchilik: (5 ta) 📙 02.00.14 — Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi -1 ta 📙 05.01.08 — Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish -1 ta 📙 05.03.01 — Asboblar. Oʻlchash va nazorat qilish usullari (tarmoqlar boʻyicha) -1 ta 📙 11.00.05 — Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish -1 ta 📙 04.00.16 — Konchilik mashinalari - 1 ta 📘 Tayanch doktorantura (PhD): (36 ta) 🔹 02.00.01 — Noorganik kimyo - 1 ta 🔹 02.00.13 — Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi -3 ta 🔷 02.00.14 — Organik moddalalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi - 5 ta 🔷 02.00.19 — Kamyob, nodir va radioaktiv elementlartexnologiyasi - 1 ta 🔷 04.00.10 — Geotexnologiya (ochiq, yer osti va qurilish) - 1 ta 🔷 04.00.14 — Foydali qazilmalarni boyitishi - 2 ta 🔹 04.00.16 — Konchilik mashinalari - 3 ta 🔷 05.01.04 — Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti - 1 ta 🔷 05.01.06 — Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari - 1 ta 🔷 05.02.01 — Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi - 5 ta 🔷 05.02.05 — Mexanik va fizik-texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Dastgohlar va asbob-uskunalar - 4 ta 🔹 05.03.01 — Asboblar. Oʻlchash va nazorat qilish usullari (tarmoqlar boʻyicha) -1 ta 🔷 05.05.01 — Energetika tizimlari va majmualari - 2 ta 🔷 08.00.07 — Moliya, pul muomalasi va kredit - 1 ta 🔷 08.00.12 — MIntaqaviy iqtisodiyot - 1 ta 🔷 08.00.13 — Menejment - 1 ta 🔹 11.00.05 — Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish - 3 ta 📙 Doktorantura (DSc): (3 ta) 🔶 02.00.14 — Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi - 1 ta 🔶 02.00.19 — Kamyob, nodir va radioaktiv elementlartexnologiyasi -1 ta 🔶 04.00.16 — Konchilik mashinalari - 1 ta 🔺 Maqsadli doktorantura (3) 🔺11.00.05 (DSc)- Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish - 1 ta 🔺 05.01.08 (PhD) — Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish -1 ta 🔺04.00.16 (PhD) — Konchilik mashinalari - 1 ta ⏩ Talab etiladigan hujjatlar ✅ Ariza ✅ Qisqacha biografik ma’lumot (3.5 shakl bo‘yicha, o‘zbek va rus tillarida) ✅ Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (ishlayotganlar uchun) ✅ Magistratura yoki mutaxassislik dasturi bo‘yicha diplom nusxasi ✅ Nashr etilgan ilmiy ishlar (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis) ✅ Pasport nusxasi ✅ Tan olingan xorijiy til sertifikati ✅ Prezident Davlat stipendiyasi guvohnomasi (mavjud bo‘lsa) ⏩ Doktorantura (DSc) uchun qo‘shimcha talablar ✅ PhD yoki unga teng ilmiy daraja diplomi nusxasi ✅ Doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi ✅ Nashr etilgan ilmiy ishlar ro'yxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis) 🔷 ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga oid ixtisosliklarga talabgorlarni qabul qilish kirish imtihoni oʻrniga ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti asosida amalga ⏩ Hujjatlarni topshirish tartibi Barcha hujjatlar PDF shaklida tayyorlanib, https://daraja.ilmiy.uz/ sayti orqali yuboriladi. 🗓 Qabul muddati: 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha. 📍 Manzil: Navoiy viloyati, Navoiy shahri, G'alaba shoh ko‘chasi, 76v-uy, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti 📞 Aloqa uchun: +99879 223 47 29
#Intervyu Diyor UMAROV, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi bo‘lim boshlig‘i: — Agentlik tomonidan respublikamiz miqyosida ish beruvchilar Umummilliy so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda. Ushbu so‘rovnomaga 100 nafardan ortiq maxsus kurslarda o‘qitilgan mutaxassislar jalb etilgan. Asosiy maqsad ta’lim sifatini oshirish hamda kadrlar tayyorlash tizimini bozor talablariga mos ravishda tashkil etishdan iborat. So‘rovnoma natijalari kelgusida oliy ta'lim muassasalari milliy reytingida ham inobatga olinadi. "Navoiy mashinasozlik zavodi" hamda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti o‘rtasidagi hamkorlik o‘rganildi. Korxona mas’ullari so‘rovnoma jarayonida ishga qabul qilinayotgan yosh kadrlarning bilimi va salohiyatiga baho berdi hamda ularning bir qator takliflari o‘rganildi. Bizni kuzatib boring: 📲 NDKTU RASMIY KANALI