IRA Namangan viloyati innovatsion rivojlanish bo‘linmasi | Rasmiy kanali🪐
СтатистикаIRA Namangan viloyati innovatsion rivojlanish bo‘linmasining telegramdagi rasmiy sahifasi Murojaat uchun: 📲 +998997980927, +998932646323, +998905544995
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 22
- Всего постов
- 177
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 136
- 1/48двое суток
- 155
- 1/72трое суток
- 168
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
#diqqat 🟦🟦🟦 “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi Yoshlarning innovatsion tafakkurini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va istiqbolli g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida tashkil etilgan “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovining respublika bosqichi yakunlandi. Eng yuqori natija qayd etgan 7 nafar ishtirokchi “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi g‘olibi deb topildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Mustaqillikka_35_yil 🇺🇿 MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI: INNOVATSIYA VA MAHALLIY ISHLAB CHIQARISH SALOHIYATI YUKSALMOQDA 🚀 Innovatsion ishlanmalar — yangi ishlab chiqarish va eksport salohiyatining muhim omili Mustaqillikning 35 yilligi arafasida mamlakatimizda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘zining amaliy natijalarini namoyon etmoqda. 📍 Uychi tumanidagi “EXSAM ENERGY” MCHJ qo‘shma korxonasi ham Innovatsion rivojlanish agentligi ko‘magida amalga oshirilgan istiqbolli loyihalardan biridir. 🔋 Korxona tomonidan “Import o‘rnini bosuvchi gel tarkibli sanoat batareyalarini ishlab chiqarish” loyihasi doirasida zamonaviy texnologiyalar asosida akkumulyatorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. 📈 Agentlik ko‘magi natijasida korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 14 ming donaga oshirildi. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 5,5 ming donasi qo‘shni davlatlarga eksport qilinmoqda. Bugungi kunda korxonada Sezon hamda SiRiUS brendlari asosida gel tarkibli sanoat akkumulyatorlari ishlab chiqarilib, mahsulotlarga nafaqat ichki bozorda, balki xorijiy bozorlarda ham talab ortib bormoqda. 💰 Korxonaning joriy yildagi daromadi 11,5 mlrd so‘mni, eksport hajmi esa 300 ming AQSH dollarini tashkil etdi. ☀️ Korxona ishlab chiqarish salohiyatini yanada kengaytirish maqsadida yangi yo‘nalishlarni ham o‘zlashtirmoqda. Xususan, quyosh panellari uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. 🔗 Mazkur loyihalar nafaqat innovatsion ishlanmalar ko‘lamini kengaytirish, balki import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport hajmini oshirish va qo‘shimcha qiymat zanjirini shakllantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. 🇺🇿 Mustaqillik — o‘z salohiyatimizga tayanib, innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar asosida yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish, milliy mahsulotlarni jahon bozorlariga olib chiqish imkoniyatidir. ✨ “EXSAM ENERGY” MCHJ qo‘shma korxonasining faoliyati ana shunday bunyodkorlik, innovatsion taraqqiyot va mahalliy ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan amaliy ishlarning yorqin namunasidir. 👉 @IRB_Namangan
без подписи
без подписи
без подписи
#Mustaqillik35 #MustaqillikBayrami #Innovatsiya 🇺🇿 MUSTAQILLIK — YANGI YUTUQLAR VA ULKAN MARRALAR TIMSOLI! 🏆 NamDTU professori “KIWIE-2026” xalqaro tanlovining oltin medali bilan taqdirlandi 🇺🇿 Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida ilm-fan va innovatsiya sohasida erishilayotgan xalqaro yutuqlar mamlakatimizda yaratilayotgan keng imkoniyatlarning yorqin ifodasidir. 🏆 Namangan davlat texnika universiteti professori, Muhandislik-axborot texnologiyalari fakulteti dekani, pedagogika fanlari doktori Ozoda Abdullayeva Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tkazilgan 19-Korea International Women’s Invention Competition (KIWIE-2026) xalqaro tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 🥇 Tanlovning rasmiy natijalariga ko‘ra, professor Ozoda Abdullayeva tomonidan taqdim etilgan “MOTOCOGNITION” innovatsion ishlanma Oltin medal (Gold) bilan taqdirlandi. 🌏 Mazkur xalqaro yutuq nafaqat professorning ilmiy-innovatsion faoliyatidagi muhim natija, balki Namangan viloyati hamda O‘zbekiston ilm-fanining xalqaro maydondagi nufuzini yanada yuksaltirishga xizmat qiladigan e’tiborli natijadir. 💡 KIWIE xalqaro tanlovi ayol ixtirochi va innovatorlarning ilmiy ishlanmalari namoyish etiladigan nufuzli xalqaro tanlovlardan biri bo‘lib, unda turli mamlakatlardan ishtirokchilarning innovatsion loyihalari baholanadi. 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida bunday yutuqlar yosh avlodni ilm-fan, innovatsiya va yangi g‘oyalar sari ilhomlantirishi, yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishga undashi bilan alohida ahamiyatga ega. 🎉 Professor Ozoda Abdullayevani ushbu xalqaro yutuq bilan muborakbod etamiz! Ilmiy izlanishlari, innovatsion g‘oyalari va yangi loyihalarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🇺🇿 Yangi O‘zbekiston — yangi yutuqlar, yangi marralar sari!
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи