tgindex
Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti

Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti

Статистика

Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining rasmiy telegram kanali Veb-sayt: http://namsifl.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/NSIFL?mibextid=ZbWKwL Instagram:https://instagram.com/namsifl Call-markazi: +998 (69) 239-50-51

Последний пост
13:08
Последнее чтение
21:25
Постов за неделю
69
Всего постов
366
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
3 948
+263 за 5 дн.
Сутки
+165
+4,36%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
867
40 постов
Вовлечённость
22,0%
к подписчикам
Постов в день
9,9
всего 366
Упоминаний
59
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
630
1/48двое суток
721
1/72трое суток
778

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • IKKINCHI MUTAXASSISLIK BO‘YICHA KIRISH IMTIHONI 👍 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihoni 2026-yil 18-avgust kuni soat 10:00 da institut binosida o‘tkaziladi. 📌Manzil: Namangan viloyati, Namangan shahri, Davlatobod tumani, Yoshlik ko‘chasi, 100-A uy. ✍️Talabgorlardan 18-avgust kuni soat 09:30 ga belgilangan manzilda bo‘lishlari so‘raladi. Imtihonga kelishda pasport yoki ID-kartani olib kelish shart. 📌Qabul amalga oshirilgan yo‘nalishlar: 1.     60110900 — Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 2.     60230100 — Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili 3.     60230100 — Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili 4.     60230100 — Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili 5.     60230100 — Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili 6.     60110800 — Ona tili va adabiyoti: rus tili ➡️Qabul bo‘yicha ma’lumot: Jami arizalar — 75 ta Qabul qilingan arizalar — 71 ta Rad etilgan arizalar — 4 ta Kunduzgi ta’lim shakli — 34 nafar Kechki ta’lim shakli — 37 nafar ✍️Hujjatlar 2026-yil 10-iyuldan 10-avgustga qadar my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda qabul qilindi. 📌Lokatsiya: https://maps.google.com/maps?q=41.020537,71.549266&ll=41.020537,71.549266&z=16 Barcha talabgorlarga kirish imtihonida muvaffaqiyat tilaymiz! #NamanganDCHTI #IkkinchiMutaxassislik #KirishImtihoni #Qabul2026 #Namangan 👍Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: | Telegram | Veb-sayt| Facebook |Instagram |

  • “QOG‘OZSIZ BIR KUN” EKOAKSIYASI TASHKIL ETILDI 👍Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida ekologik mas’uliyatni oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda raqamli boshqaruv tizimini keng joriy etish maqsadida “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazildi. 🔺Mazkur tashabbus doirasida institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari,va xodimlar qog‘oz iste’molini kamaytirish, ish jarayonlarida elektron platformalardan keng foydalanish hamda hujjatlar almashinuvini raqamli shaklda tashkil etish bo‘yicha faol ishtirok etdilar. 🔺Aksiya davomida zamonaviy axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ortiqcha qog‘oz sarfining oldini olish, resurslarni tejash va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi. ❌“Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik va raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish yo‘lidagi muhim amaliy qadam bo‘lib xizmat qilmoqda. 👍Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: | Telegram | Veb-sayt| Facebook |Instagram |

  • 09:561 030

    #Filologiya_fakulteti “Talabaga madad — mehrdan boshlanadi!” 👍Filologiya fakultetida “Talabaga madad” shiori ostida ezgu va mas’uliyatli jarayonlar boshlandi! ✍️Yangi o‘quv yili arafasida fakultetimiz safiga qo‘shilayotgan yangi qabul qilingan talabalar va ularning ota-onalarini munosib kutib olish, ularga zarur ko‘mak va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. ✍️Ayniqsa, boshqa hududlardan tahsil olish uchun kelgan talabalarni ijara uylariga joylashtirish, ularning xavfsizligi va qulay sharoitlarini ta’minlash, mavjud imkoniyatlar bo‘yicha ma’lumot berish hamda turli tashkiliy masalalarda yaqindan ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilmoqda. ✍️Jarayon davomida ota-onalar bilan samimiy muloqot qilinib, ularning savollariga javob berilmoqda. Zero, farzandini yangi muhitga ishonch bilan topshirayotgan ota-onaning ko‘nglidagi xotirjamlik — biz uchun ham muhim. 👍Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: | Telegram | Veb-sayt| Facebook |Instagram |

  • 06:27365из yoshlareduuz

    #YoshlarGiyohvandlikkaQarshimiz2026 🔺“Ibrat” jamoasi, Namangan davlat chet tillari instituti ➡️“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichida Namangan davlat chet tillari instituti “Ibrat” jamoasi tomonidan namoyish etilgan sahna chiqishini e’tiboringizga havola etamiz. ➡️Sahna ko‘rinishida giyohvandlikning salbiy oqibatlari yoritilib, yoshlarni sog‘lom hayot tarzini tanlashga, zararli illatlardan yiroq bo‘lishga hamda jamiyatda faol va mas’uliyatli bo‘lib voyaga yetishga da’vat etiladi. ▶️ https://youtu.be/VgRWwPMRraI ▶️ https://youtu.be/VgRWwPMRraI Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram

  • 📣 DIQQAT, TALABALIKKA TAVSIYA ETILGANLAR! 🎓 OTMga talabalikka tavsiya etilgan talabalar uchun hujjatlarni belgilangan tartibda tayyorlash va o‘z vaqtida topshirish muhim. 📑 OTMga qanday hujjatlar topshiriladi? Kerakli hujjatlar ro‘yxati yuqoridagi infografikada batafsil keltirilgan. Hujjatlaringizni oldindan tayyorlab, belgilangan muddatda to‘liq taqdim etishingizni so‘raymiz. ⚠️ Muhim: Hujjatlarni to‘liq, aniq va belgilangan tartibda tayyorlashni unutmang! 📣 Talabalikka tavsiya etilgan do‘stlaringizga yuborib qo‘ying! 🎓 📚 Talabalik sari ilk qadamingiz muborak bo‘lsin! Yangi o‘quv yilida barchangizga muvaffaqiyat tilaymiz! 💙 #NSIFL #IbratInstituti #Namangan #Talabalik #Qabul2026 #OTM #Talabalar #Hujjatlar 👍Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: | Telegram | Veb-sayt| Facebook |Instagram |

  • 05:40530из eduuz

    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri bilan suhbat 📺 “UzReport TV” telekanalining 14-avgust kungi efirida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bilan bu yilgi qabul jarayonlari, ta’lim sifati, talabalar uchun yotoqxonalar, oliy ta’limdagi yangilanishlar va boshqa dolzarb mavzularda suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida boshlovchi Gulnoza Husanova ta’kidlaganidek, Qo‘ng‘irotboy Sharipov “UzReport TV” studiyasiga tashrif buyurgan ilk vazir bo‘ldi. 🎥 Suhbatni to‘liq tomosha qiling: 🌐 YouTube: https://youtu.be/PmbnFisA6sI 🌐 Facebook: https://www.facebook.com/share/v/186Dy6pc7h/ Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • TALABALIK BAXTI MUBORAK BO‘LSIN! Aziz yoshlar! 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi. Avvalo, talabalikka tavsiya etilgan barcha yoshlarni ushbu quvonchli va unutilmas kun bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Bugungi natija — sizning yillar davomida qilgan izlanishlaringiz, tinimsiz mehnatingiz, ustozlaringiz bergan bilim va saboqlari, ota-onangizning ishonchi hamda ezgu niyatlaringizning munosib samarasidir. Bu yutuq, shubhasiz, siz bilan birga doimo qo‘llab-quvvatlab kelgan oila a’zolaringiz va ustozlaringiz uchun ham katta quvonchdir. Endilikda sizni hayotingizning yangi va mas’uliyatli bosqichi — talabalik davri kutmoqda. Oliy ta’lim dargohida siz yangi bilim va ko‘nikmalarni egallaysiz, yangi do‘stlar orttirasiz, o‘z iste’dod va salohiyatingizni namoyon etish uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘lasiz. Ishonamanki, sizlar tanlagan yo‘nalishingizni puxta egallab, zamonaviy bilim va kompetensiyalarni o‘zlashtirib, kelgusida Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk va malakali mutaxassislar bo‘lib yetishasiz. Shu bilan birga, bu yil talabalikka tavsiya etilmagan yoshlarimizni ham tushkunlikka tushmaslikka chorlayman. Oldingizda hali ko‘plab imkoniyatlar bor. Yurtimizda zamonaviy kasb va mutaxassisliklarni egallash, o‘z ustingizda ishlash hamda kelajakdagi maqsadlaringizga erishish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Aziz yoshlar! Barchangizga mustahkam sog‘liq, ulkan marralar, ilm yo‘lida sobitqadamlik va yorqin kelajak tilayman. Yangi hayot bosqichingiz — talabalik davri muborak bo‘lsin! Rivojiddin Karimov, Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti rektori 👍Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: | Telegram | Veb-sayt| Facebook |Instagram |

  • #Besh_tashabbus_olimpiadasi 👍 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti TM-AU-24 guruhi talabasi Yorqinjon Jakbaraliyev “Besh tashabbus olimpiadasi”ning viloyat bosqichida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi! 🎉 Yorqinjon Jakbaraliyevni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz! Respublika bosqichida ham omad, kuch-g‘ayrat va zafarlar yor bo‘lsin! ✨Ishonamizki, talabamiz respublika bosqichida ham institutimiz sharafini munosib himoya qilib, yuksak natijalarni qo‘lga kiritadi! #BeshTashabbusOlimpiadasi #NamDChTI #YoshlarYutugʻi 👍Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: | Telegram | Veb-sayt| Facebook |Instagram |

  • 15 авг.1 040из xushnudbek

    ❗️Kontraktdagi 100 nafar talabalar uchun 1 mlrd so’mlik grant e’lon qildik Yoshlar ishlari agentligining bir qator loyihalari, jumladan, Ibrat farzandlari, Mutolaa, Ustoz AI, UzChess, UzCombinator, Ko‘mak, Yoshlar Ventures bilan o‘tgan yilgi qiziq kelishuvimizni davom ettiradigan bo‘ldik. Men 1 yil davomida ushbu ijtimoiy loyihalar haqida obunachilarimizga yangiliklar, ma’lumotlar berib boraman. Boshqacha aytganda targ’ib qilaman. Evaziga esa ulardan 100 nafar ehtiyojmand, intiluvchan va bilimli talabaning kontrakti uchun 10 million so’mdan to’lab berishlarini so’radim. Shunday qilib, kelishuvimiz miqdori jami naq 1 milliard so’mni tashkil qildi. Ma’lumot uchun, o‘tgan yili xuddi shunday kelishuv asosida 52 nafar talabaga 8 mln so‘mdan, jami 416 mln so‘mlik grant to‘lab bergan edik. Qayerdadir men Yoshlar ishlari agentligi loyihalari haqida post yoki video qo’yganimni ko’rsangiz, bilingki, buning evaziga qaysidir talabaga 10 mln so’m kontrakt to’lab bergan bo’lamiz. Mazkur ta’lim grantini biz davlat yoki nodavlat oliygohning istalgan bosqichida, istalgan yo‘nalishida va istalgan ta’lim shaklida (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy) o‘qiyotgan talabalar uchun berishni reja qilganmiz. Bizni qo’llab-quvvatlab turasiz, degan umiddamiz. ❗️MUHIM MA’LUMOT: kontrakti to’lanadigan talabalar uchun yaqin kunlarda MetsenatUz platformasida alohida grant e’lon qilamiz va onlayn arizalar qabul qilishni boshlaymiz. Nomzodlarni tanlashda haqiqatdan ehtiyojmandligi, o’zlashtirishi, erishgan yutuqlari hamda ijtimoiy faolligi, kelajakdagi maqsadlari hamda Yoshlar ishlari agentligi loyihalaridagi faolligi inobatga olinadi. Bu haqida qo’shimcha ma’lumot beramiz. 👉 @xushnudbek 👈

  • ⚡️Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlaro'z xohishlariga ko'ra, oshirilgan kontrakt asosida o'qishlari mumkin. Super-kontrakt miqdori quyidagicha: ➖ Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi; ➖ Agar 1,1 baldan — 2,0  ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi; ➖ Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi; ➖ Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi; ➡️ Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab bazaviy kontraktning 3 barobardan 25 barobargacha belgilanishi mumkin. 📣 Eslatma: Ushbu summalar bir necha yildan beri amal qilib keladi. Batafsil ma'lumot uchun: ☎️ 69-239-50-51 👍Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: | Telegram | Veb-sayt| Facebook |Instagram |

  • IKKINCHI MUTAXASSISLIK BO‘YICHA KIRISH IMTIHONI 👍 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihoni 2026-yil 18-avgust kuni soat 10:00 da institut binosida o‘tkaziladi. 📌Manzil: Namangan viloyati, Namangan shahri, Davlatobod tumani, Yoshlik ko‘chasi, 100-A uy. ✍️Talabgorlardan 18-avgust kuni soat 09:30 ga belgilangan manzilda bo‘lishlari so‘raladi. Imtihonga kelishda pasport yoki ID-kartani olib kelish shart. 📌Qabul amalga oshirilgan yo‘nalishlar: 1.     60110900 — Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 2.     60230100 — Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili 3.     60230100 — Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili 4.     60230100 — Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili 5.     60230100 — Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili 6.     60110800 — Ona tili va adabiyoti: rus tili ➡️Qabul bo‘yicha ma’lumot: Jami arizalar — 75 ta Qabul qilingan arizalar — 71 ta Rad etilgan arizalar — 4 ta Kunduzgi ta’lim shakli — 34 nafar Kechki ta’lim shakli — 37 nafar ✍️Hujjatlar 2026-yil 10-iyuldan 10-avgustga qadar my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda qabul qilindi. 📌Lokatsiya: https://maps.google.com/maps?q=41.020537,71.549266&ll=41.020537,71.549266&z=16 Barcha talabgorlarga kirish imtihonida muvaffaqiyat tilaymiz! #NamanganDCHTI #IkkinchiMutaxassislik #KirishImtihoni #Qabul2026 #Namangan 👍Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: | Telegram | Veb-sayt| Facebook |Instagram |

  • 15 авг.1 170из eduuz

    #xizmat_safari #Namangan Vazirning birinchi o‘rinbosari Namangandagi oliygohlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov xizmat safari doirasida Namangan davlat pedagogika instituti hamda Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida bo‘ldi. O‘rganish davomida oliy ta’lim tashkilotlarida 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, yangilanayotgan o‘quv binolari, zamonaviy auditoriya va laboratoriyalar, ilmiy-innovatsion markazlar hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Batafsil: Namangan davlat pedagogika instituti / Namangan davlat chet tillari instituti Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 15 авг.221120из xushnudbek

    ‼️MANDAT CHIQDI #abituriyent ⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer sahifasiga kirib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. 👉 @xushnudbek 👈

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 🔵🔵🔵🔵 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik: talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlari boshlandi 👍Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi. Talabalar turar joylari Til va tarjima fakulteti Filologiya fakulteti ✍️Ayni kunlarda talabalar turar joylarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirilib, yashash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda talabalarni belgilangan tartibda joylashtirish choralari ko‘rilmoqda. ✍️Shuningdek, talabalar turar joyiga ehtiyoji mavjud bo‘lgan yoshlarni ijara xonadonlariga joylashtirish bo‘yicha ham tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. ✍️Mazkur jarayonlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, talabalar uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish hamda ularning ta’lim olishi uchun zarur imkoniyatlarni ta’minlashdan iborat. 👍Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: | Telegram | Veb-sayt| Facebook |Instagram |

  • без подписи