NamDU Registrator Ofis
СтатистикаNamangan davlat universitetining Registrator Ofis bo'limining rasmiy kanali! Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo'lgan barcha hujjatlarni elektron shaklda olishingiz mumkin. Murojaat: @namdu_murojaat Aloqa uchun: +998692395006
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 32
- Всего постов
- 562
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 224
- 1/48двое суток
- 1 402
- 1/72трое суток
- 1 512
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
#Rasman 📌 MANDAT NATIJALARI ERTAGA E’LON QILINADI! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning ma’lum qilishicha, respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) ertaga e’lon qilinadi. 📈 Natijalar orqali abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgani, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirganliklari haqida to‘liq ma’lumot olish mumkin bo‘ladi. 📊 Siz esa hoziroq mandat natijasini oldindan taxminiy bilib olishingiz mumkin!@DTM_Mandat_Bot ✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
#tezkor ❗️Mandat ertaga e’lon qilinadi! — oliy ta’lim vaziri 📊 Mandat natijangizni oldindan taxmin qiling: @DTM_Mandat_Bot Safimizga qoʻshiling @Eduuz_info
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Xizmat_safari #Namangan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Namangan davlat universitetiga tashrif buyurdi Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov Namangan viloyatiga tashrifi doirasida Namangan davlat universitetining Davlatobod tumani Yuksalish mavzesida bunyod etilgan zamonaviy kampusi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida Namangan davlat universiteti rektori Abdugʻaffor Qirgʻizboyev tomonidan yangi kampus hududida amalga oshirilgan qurilish ishlari, yaratilayotgan zamonaviy infratuzilma, ta’lim jarayonini tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan qulayliklar hamda istiqboldagi rivojlantirish rejalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Batafsil: https://namdu.uz/post=1482 👉 На русском 👉 In English Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
📌1-SENTYABRDAN ISH BOSHLAGAN PEDAGOGLAR QANCHA MAOSH OLADILAR? Xabaringiz bor, Prezident farmoniga ko'ra, 1-sentyabrdan ish haqlari miqdori 7 foizga oshishi belgilangan edi. Unga ko'ra, sentyabr oyidan pedagoglar 1 stavka dars uchun toifalar bo'yicha quyidagicha oylik oladilar: 👉 Oliy toifa– 5 501 997 soʻm Qo'lga tegishi: 4 841 757 soʻm - 407.2$ 👉 Birinchi toifa – 4 978 872 soʻm Qo'lga tegishi: 4 381 407 soʻm - 368.5$ 👉 Ikkinchi toifa – 4 468 142 soʻm Qo'lga tegishi: 3 931 965 soʻm - 330.7$ 👉 Mutaxassis – 3 990 000 soʻm Qo'lga tegishi: 3 511 200 soʻm - 295.3$ ☝️ Agar sizda kasaba uyushmasiga a'zolik bo'lsa, qo'lga tegish summasidan 1.12 foiz kasaba uyushmasi badalini ayirib tashlash orqali hisoblanadi. Undan tashqari ushbu summaga turli ustamalar, sinf raxbarlik, daftar tekshirish va boshqa qo'shimcha to'lovlar qo'shilmagan. ❗️1 stavka boshlang'ich sinflarda - 18 soat, yuqori sinflarda - 20 soat
📌 Mandat bo‘yicha tezkor ma’lumot! Olingan tezkor xabarlarga ko‘ra, bugun yakuniy mandat natijalari e’lon qilinishi ehtimoli yetarlicha yuqori. Biroq jarayon 50/50 ko‘rinishida kutilmoqda. Komentda meni so'kmanglar, mandatni men chiqarmayman. 📊 Siz esa hoziroq mandat natijasini oldindan taxminiy bilib olishingiz mumkin!@DTM_Mandat_Bot ✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
📌 Aytishlaricha, Tibbiyot yo'nalishlarida super-kontrakt bekor qilinishi kutilmoqda. ✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
📌 Aytishlaricha, oʻqishni koʻchirish boʻyicha test sinovlari 19-21 avgust kunlari oʻtkazilishi kutilmoqda. ✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
NamDU Sport va san’at fakulteti talabasi Rajabova Madina navbatdagi quvonchli natijani qo‘lga kiritdi! U NamDU Til markazida bor-yo‘g‘i 3 oy davomida noldan (0 dan) ta’lim olib, xitoy tilini bilish darajasini belgilovchi xalqaro HSK Level 2 imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tdi va rasmiy sertifikat ega bo‘ldi! 🎉 Rajabova Madinani ushbu natija bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusi o‘qishlarida zafarlar tilaymiz! 📍 Manzil: NamDU Til markazi +998930443025 🌐@tursunboyev_ulugbek 🔘@Namdudreameducation 🌐 namdu.dream.education
#Oʻqishni_ko‘chirish #OʻtishBallari Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha maxsus sinovlarning oʻtish ballari tasdiqlandi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, 2026/2027-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish maqsadida o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo’yicha o‘tish ballari belgilandi. Bilim, taʼlim sohalari va taʼlim yo‘nalishlari boʻyicha tasdiqlangan oʻtish ballari quyidagicha: ▪️Huquq — 165 ball; ▪️Siyosatshunoslik — 140 ball; ▪️Xalqaro munosabatlar — 140 ball; ▪️Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar —140 ball; ▪️Sogʻliqni saqlash — 132 ball; ▪️Sanʼat, Ijtimoiy fanlar, Jurnalistika, Biznes va boshqaruv — 105 ball; ▪️Transport xizmatlari — 104 ball; ▪️Taʼlim, Gumanitar fanlar, Tillar, Atrof-muhit, Matematika va statistika, AKT, Ijtimoiy taʼminot — 94 ball; ▪️Biologik fanlar, Fizika, Xizmat koʻrsatish — 80 ball; ▪️Muhandislik, Ishlab chiqarish, Arxitektura — 75 ball; ▪️Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, Mehnat muhofazasi — 70 ball; ▪️Veterinariya — 60 ball. 🚫 Muhim eslatma, xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlaridan respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlarining mos yoki turdosh bo‘lmagan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi. 👉🏻 📄 shaklida yuklab olish. 👉 На руcском 👉 In English Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2026 #Targʻibot NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETIGA O‘QISHGA MARHAMAT! Bugun ilm-fan, innovatsiya va taraqqiyot yo‘lida dadil odimlayotgan Yangi O‘zbekistonning muhim tayanch maskanlaridan biri — Namangan davlat universitetidir. Namangan davlat universiteti — 1942-yilda pedagogika bilim yurti sifatida tashkil topgan bo‘lib, 1992-yilda universitet maqomini olgan. Hozirda 10 ta fakultet, 2 ta fakultetga tenglashtirilgan bo‘limlarda 76 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalish, 26 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha mamlakatimizning turli viloyatlari va qo‘shni davlatlardan tashrif buyurgan 20 ming nafarga yaqin talabaga 700 dan ortiq malakali professor-o‘qituvchilar dars berib kelmoqda. O‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan yurtimiz va xorijdagi barcha abituriyentlarni Namangan davlat universitetiga o‘qishga taklif etamiz. Namangan davlat universiteti — bu ilm, tafakkur, yangilik va orzular sari dadil qadam! Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube