Iqtisodiyot fakulteti | NamDU
Статистика🏛 Namangan davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetining rasmiy telegram kanali. ✅ Barchasiga birdamlikda erishamiz!
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 123
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 207
- 1/48двое суток
- 237
- 1/72трое суток
- 255
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
NamDU Til Markazida Navbatdagi Yuksak Natija: Xitoy Tilidan HSK Level 2 Sertifikatlari Qo‘lga Kiritildi! Namangan davlat universiteti Til markazida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarimiz qisqa fursat ichida yuqori natijalarni qayd etishda davom etishmoqda. Joriy yilning 28-iyun kuni bo‘lib o‘tgan xitoy tili bo‘yicha xalqaro HSK Level 2 imtihonida Til markazi tinglovchilari bo‘lmish 👏NamDU Jahon tillari fakulteti 1-bosqich va 👏Iqtisodiyot fakulteti 4-bosqich talabalari bor-yo‘g‘i 3 oy davomida nol (0) dan tayyorgarlik ko‘rib, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tdilar va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ldilar. Talabalarimizning erishgan natijalari: Jahon tillari fakulteti 1-bosqich talabasi: 200 balldan 193 ball (Tinglab tushunish: 100/100, O‘qish: 93/100) — A’lo natija! Iqtisodiyot fakulteti 4-bosqich talabasi: 122 ball to‘plagan holda imtihondan muvaffaqiyatli o‘tdi. Noldan boshlab atigi 3 oy ichida xalqaro darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritish — to‘g‘ri metodika va tinimsiz mehnat mahsulidir. Talabalarimizni ushbu ulkan zafar bilan tabriklaymiz va kelgusi o‘qishlarida omad tilaymiz! Siz ham xitoy hamda boshqa xorijiy tillarni qisqa muddatda va kafolatlangan tizim bo‘yicha o‘rganishni istasangiz, NamDU Til markaziga murojaat qiling! Batafsil ma’lumot va kurslarga yozilish uchun: 📍 Manzil: NamDU Til markazi +998930443025 🌐@tursunboyev_ulugbek 🔘@Namdudreameducation 🌐 namdu.dream.education
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🇮🇹 Rimga to‘liq grant asosida borish imkoniyati! 😍 Xalqaro International Leadership Program (ILP) 2026 uchun qabul boshlandi! 🌍 Agar siz leadership, networking va xalqaro tajribaga qiziqsangiz, bu aynan siz uchun. ✨ To‘liq grant nimalarni qoplaydi? ✈️ Aviabilet kompensatsiyasi 🏨 3 kecha mehmonxona 🍽 Kuniga 2 mahal ovqat 📜 Xalqaro sertifikat 🤝 30+ davlatdan keladigan yosh liderlar bilan networking To’liq ma’lumot uchun link:https://www.eventbrite.ca/e/international-leadership-program-italy-2026-tickets-1989400239670 @NamSU_International_relations
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ NORVEGIYADA XALQARO TALABALAR FESTIVALI – ISFiT 2027 🇳🇴 Norvegiyada bo‘lib o‘tadigan dunyodagi eng yirik xalqaro talabalar festivallaridan biri – ISFiT 2027 uchun arizalar qabul qilinmoqda! Festivalga dunyoning turli mamlakatlaridan 350 nafar talaba tanlab olinadi. � isfit.org + 1 🗓 Festival sanasi: 11–21-fevral, 2027-yil 📌 Manzil: Trondheim, Norvegiya 😑 Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar: ✅ Ishtirok bepul ✅ Bepul turar joy ✅ Bepul ovqatlanish ✅ Tanlangan ishtirokchilar uchun safar xarajatlarini moliyalashtirish imkoniyati ✅ Treninglar, madaniy tadbirlar va xalqaro networking � isfit.org + 1 📌 Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 2-avgust. � isfit.org + 1 🔗 Batafsil ma'lumot va ro‘yxatdan o‘tish: https://scholarshipscorner.website/international-student-festival-norway/� 📢 Ushbu imkoniyatni talaba do‘stlaringiz bilan ham ulashing! 🌍 @NamSU_International_relations
#Grant2026 2026/2027-o‘quv yili uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash jarayonlari boshlanmoqda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” talablari ijrosini taʼminlash maqsadida Namangan davlat universitetida 2026/2027-oʻquv yili uchun taʼlim grantlarini qayta taqsimlash jarayonlari boshlanmoqda. Mazkur jarayonning bosqichlari, masʼul subyektlari, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda muddatlari bilan yuqoridagi infografika orqali batafsil tanishishingiz mumkin. Eslatma: Taʼlim grantini qayta taqsimlash bo‘yicha arizalar my.hemis.uz platformasining “Mening grantim” bo‘limi orqali onlayn tarzda qabul qilinadi. 2026/2027 o‘quv yili 1-2-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda 1-bosqich magistratura mutaxassisliklarida ta’lim grantini taqsimlanishi bo‘yicha ma’lumot Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
❗️❗️❗️❗️❗️ 📚 Hurmatli talaba-yoshlar! Siz kutgan Bilimsari.uz platformasi bo'yicha ilk taqdimot bugun soat 19:00 da https://t.me/bilimsari_uz telegram kanalida bo'lib o'tadi: ⏰ Soat 19:00 — platformaning imkoniyatlari, ishlash tartibi va yangiliklari haqida to‘liq ma'lumot beriladi. 📝 Soat 20:00 — platforma orqali birinchi sinov test bo‘lib o‘tadi. 📖 Bilimingizni namoyon eting, yangi platformani birinchilardan bo‘lib sinab ko‘ring va bilim sari yana bir qadam tashlang! 🔘 Bizga qo'shiling va do'stlaringizga ulashing: Bilimsari.uz - kitobxonlik tanlovlari platformasi
без подписи
без подписи
#turizm #Chust Chust — milliy meros va betakror tabiat manzili Namangan viloyatining qadimiy maskanlaridan biri – Chust tumani sizni o‘zining boy tarixiy-madaniy merosi, betakror tabiiy manzaralari, etnografik qadriyatlari hamda yuksak turizm salohiyati bilan kutib oladi. 🇺🇿Batafsil videoda 👆 — Chust — A Destination of National Heritage and Unique Natural Beauty Located in the Namangan Region, Chust District is one of Uzbekistan’s oldest and most distinctive destinations, welcoming visitors with its rich historical and cultural heritage, breathtaking natural landscapes, unique ethnographic traditions, and outstanding tourism potential. 🇬🇧More details in the video 👆 — Чуст — край национального наследия и неповторимой природы Чустский район — один из древнейших уголков Наманганской области, который приглашает познакомиться с богатым историко-культурным наследием, живописными природными ландшафтами, этнографическими традициями и высоким туристическим потенциалом. 🇷🇺Подробности — в видео 👆 Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
без подписи
без подписи
без подписи
#Ichki_turizm #Yangiqoʻrgʻon 🇺🇿 Yangiqo‘rg‘on tumaniga hush kelibsiz! Yangiqo‘rg‘on tumanining tarixiy-madaniy merosi, betakror tabiiy landshaftlari, etnografik xususiyatlari hamda turizm salohiyati bilan tanishing. — 🇺🇸 Welcome to Yangikurgan! Discover the rich historical and cultural heritage, unique natural landscapes, distinctive ethnographic traditions, and tourism potential of Yangikurgan District. — 🇷🇺 Добро пожаловать в Янгикурган! Познакомьтесь с богатым историко-культурным наследием, уникальными природными ландшафтами, этнографическими особенностями и туристическим потенциалом Янгикурганского района. — 🇹🇷 Yengikurgan İlçesine Hoş Geldiniz! Yengikurgan İlçesinin zengin tarihî ve kültürel mirasını, eşsiz doğal peyzajlarını, etnografik özelliklerini ve turizm potansiyelini keşfedin. Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook |Instagram | YouTube
❗️ВИЛОЯТЛАРДАГИ БАНКЛАРДА МАВЖУД БЎШ ИШ ЎРИНЛАРИ РЎЙХАТИ (07.07.2026 ҳолатига) Айни пайтда қуйида кўрсатилган банкларнинг вилоятлардаги филиаллари томонидан hh.uz платформасига жами 221 та бўш иш ўринлар мавжудлиги ҳақида маълумот жойланган: 💳 «UZUM TECHNOLOGIES»да жами 8 та вакансия мавжуд — Батафсил 🏦 ТБС банкда жами 53 та вакансия мавжуд — Батафсил 🏦 Ҳамкорбанкда жами 18 та вакансия мавжуд — Батафсил 🏦 ЎзСҚБда жами 10 та вакансия мавжуд — Батафсил 🏦 Ипотека банкда жами 15 та вакансия мавжуд — Батафсил 🏦 Давр банкда жами 15 та вакансия мавжуд — Батафсил 🏦 АВО банкда жами 28 та вакансия мавжуд — Батафсил 🏦 Халқ банкида жами 12 та вакансия мавжуд — Батафсил 🏦 Тенге банкда жами 2 та вакансия мавжуд — Батафсил 🏦 Анорбанкда жами 25 та вакансия мавжуд — Батафсил 🏦 Ипак Йўли банкда жами 2 та вакансия мавжуд — Батафсил 💳 "HUMO"да жами 2 та вакансия мавжуд — Батафсил 🏦 Агробанкда жами 1 та вакансия мавжуд — Батафсил 🏦 Гарант банкда жами 1 та вакансия мавжуд — Батафсил 🏦 Туронбанкда жами 1 та вакансия мавжуд — Батафсил 🏦 Опен банкда жами 7 та вакансия мавжуд — Батафсил 🏦 Асакабанкда жами 5 та вакансия мавжуд — Батафсил 🏦 Бизнесни ривожлантириш банкида жами 11 та вакансия мавжуд — Батафсил 🏦 Ҳаёт банкда жами 5 та вакансия мавжуд — Батафсил ❗️Изоҳ: Вилоятлардаги бўш иш ўринларини топиш учун постдаги «Батафсил» сўзи орқали hh.uz платформасига ўтинг. Сўнг «Фильтр» тугмасини босиб, пастроқдан ўзингизни қизиқтирган ҳудудни (вилоятни) танланг. Агар маълум бир банкни танлаганингизда ўша ҳудуд бўйича вакансия чиқмаса, бу мазкур банкнинг айнан шу ҳудудда ҳозирча бўш иш ўрни мавжуд эмаслигини англатади. Шунда сиз, бошқа банкни танлаб, фильтрни ўзгартириб қидирсангиз, мавжуд вакансияларни кўришингиз мумкин. 📞 Колл-центр учун бўш иш ўринлари рўйхати👈 📩 hh.uz орқали юқоридаги бўш иш ўринлари бўйича банкларга резюме юбориш тўғрисида қадамма-қадам қўлланма👈 📜 Банкка ишга кирмоқчи бўлган ва банкда ишлаётганлар учун қўланмалар👈 👍Каналга уланиш👉🏻 @Bankxabar
без подписи
без подписи
⚡️Kunduzgi taʼlim shakli 4-bosqich talabalarining bitiruv test natijalari. https://t.me/namduif309
без подписи
без подписи