NamDU Tibbiyot fakulteti
Статистика- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 142
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 259
- 1/48двое суток
- 296
- 1/72трое суток
- 320
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
NamDU Sport va san’at fakulteti talabasi Rajabova Madina navbatdagi quvonchli natijani qo‘lga kiritdi! U NamDU Til markazida bor-yo‘g‘i 3 oy davomida noldan (0 dan) ta’lim olib, xitoy tilini bilish darajasini belgilovchi xalqaro HSK Level 2 imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tdi va rasmiy sertifikat ega bo‘ldi! 🎉 Rajabova Madinani ushbu natija bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusi o‘qishlarida zafarlar tilaymiz! 📍 Manzil: NamDU Til markazi +998930443025 🌐@tursunboyev_ulugbek 🔘@Namdudreameducation 🌐 namdu.dream.education
NamDU Tibbiyot fakulteti pinned a photo
без подписи
NamDU Til Markazida Navbatdagi Yuksak Natija: Xitoy Tilidan HSK Level 2 Sertifikatlari Qo‘lga Kiritildi! Namangan davlat universiteti Til markazida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarimiz qisqa fursat ichida yuqori natijalarni qayd etishda davom etishmoqda. Joriy yilning 28-iyun kuni bo‘lib o‘tgan xitoy tili bo‘yicha xalqaro HSK Level 2 imtihonida Til markazi tinglovchilari bo‘lmish 👏NamDU Jahon tillari fakulteti 1-bosqich va 👏Iqtisodiyot fakulteti 4-bosqich talabalari bor-yo‘g‘i 3 oy davomida nol (0) dan tayyorgarlik ko‘rib, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tdilar va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ldilar. Talabalarimizning erishgan natijalari: Jahon tillari fakulteti 1-bosqich talabasi: 200 balldan 193 ball (Tinglab tushunish: 100/100, O‘qish: 93/100) — A’lo natija! Iqtisodiyot fakulteti 4-bosqich talabasi: 122 ball to‘plagan holda imtihondan muvaffaqiyatli o‘tdi. Noldan boshlab atigi 3 oy ichida xalqaro darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritish — to‘g‘ri metodika va tinimsiz mehnat mahsulidir. Talabalarimizni ushbu ulkan zafar bilan tabriklaymiz va kelgusi o‘qishlarida omad tilaymiz! Siz ham xitoy hamda boshqa xorijiy tillarni qisqa muddatda va kafolatlangan tizim bo‘yicha o‘rganishni istasangiz, NamDU Til markaziga murojaat qiling! Batafsil ma’lumot va kurslarga yozilish uchun: 📍 Manzil: NamDU Til markazi +998930443025 🌐@tursunboyev_ulugbek 🔘@Namdudreameducation 🌐 namdu.dream.education
#Grant2026 #Rasmiy_xabar #Muhim Ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovning dastlabki natijalari bilan tanishing O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qaroriga asosan, universitetda tuzilgan Akademik o'zlashtirish hamda ijtimoiy faolliknni aniqlash komissiyalari tomonidan 2026/2027 o‘quv yili uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 2-3-bosqich hamda magistratura mutaxassisliklarining 2-bosqich talabalari uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yuzasidan dastlabki natijalar e’lon qilindi. Fakultetlar kesimida dastlabki natijalar: Filologiya fakulteti Jahon tillari fakulteti Fizika-matematika fakulteti Tabiiy fanlar fakulteti Biotexnologiya fakulteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Iqtisodiyot fakulteti San’at va sport fakulteti Tibbiyot fakulteti Yuridik fakulteti Magistratura bo‘limi ❗️ Akademik va ijtimoiy faollik ko‘rsatkichlari bo‘yicha e’lon qilingan dastlabki natijalardan norozi bo‘lgan talabgorlar mazkur natijalar e’lon qilingan vaqtdan boshlab 48 soat davomida Namangan davlat universitetining rasmiy veb-sayti orqali apellyatsiya arizasini yuborishlari mumkin. 📄 Apellyatsiya berish: Bu yerda ❗️ Ta’lim grantlarini qayta taqsimlash tanlovining yakuniy natijalari 2026-yil 25-avgustga qadar Namangan davlat universitetining rasmiy veb-sayti va rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilinadi. Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook |Instagram | YouTube
#Mustaqillik35 #Uzb35 🇺🇿 Mustaqillik: shonli 35 yil, 1992-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar. Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook |Instagram | YouTube
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Ассалому алайкум Раънохон оя! Сизни таваллуд айёмингиз билан чин қалбимиздан муборакбод этамиз! Сизга мустаҳкам соғлиқ, узоқ умр, бахт-саодат, хонадонингизга тинчлик ва файзу барака тилаймиз. Факультетимиз равнақи йўлидаги фидокорона меҳнатингиз, меҳрингиз ва жонкуярлигингиз учун чексиз миннатдормиз. Доимо шогирдларингиз ва жамоангизнинг ҳурматида бўлиб, ҳаётингиз қувончли лаҳзаларга бой бўлсин. Барча эзгу орзу-ниятларингиз ушалсин, юзингиздан табассум, қалбингиздан хотиржамлик асло аримасин. Таваллуд кунингиз муборак бўлсин! 🌸🎉
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❗️Янги ўқув йилидан талабаларни баҳолаш ва имтиҳон олиш бутунлай ўзгаради Ҳукумат қарори лойиҳасига кўра, 2026/2027 ўқув йилидан бошлаб олий таълим ташкилотларида талабалар билимини баҳолаш ва назорат қилишнинг янги тартиби жорий этилиши кутилмоқда. ➖ Якуний назорат имтиҳонларини овозли ва видео кузатув камералари билан жиҳозланган аудиторияларда ўтказиш тизими жорий этилади. ➖ Ўтказиладиган якуний назорат турларини кенг жамоатчилик учун олий таълим ташкилотларининг расмий веб-сайтидаги ҳавола орқали бевосита онлайн кузатиш имконияти яратилади. ➖ Якуний назорат имтиҳонлари саволларини шакллантиришда талаба билим ва кўникмаларини чуқур таҳлил қилиш имконини берувчи ёзма топшириқларнинг аниқ мезонлари ишлаб чиқиладм ҳамда профессор-ўқитувчилар томонидан баҳолашда изоҳ ёзиш тизими жорий этилади. ➖ Якуний назорат имтиҳонлари вақтида уяли алоқа воситалари, микроқулоқчин, компьютер ҳамда кўчирмачиликка сабаб бўладиган ҳар қандай воситаларни олиб кириш ва улардан фойдаланиш тақиқланади. Бундай ҳолат видеокузатув орқали кейинчалик аниқланса ҳам, имтиҳон натижаси бекор қилинади. ➖ Якуний назорат имтиҳонларига талабалар паспорт, ID карта, талабалик гувоҳномаси ёки ҳайдовчилик гувоҳномасини кўрсатган ҳолда киритилади. ➖ Имтиҳон бошланганидан кейин кечикиб келган талабалар имтиҳонда иштирок этишига рухсат берилмайди. Узрли сабабларсиз аудиториядан чиққан талабалар ҳам имтиҳонга қайта қўйилмайди. ➖ Ҳар бир кафедра фан бўйича баҳолаш рубрикалари (мезонлар матрицаси)ни ишлаб чиқади ва улар ўқув дастурида акс эттирилади. ➖ Ҳар бир фан бўйича талабанинг ўзлаштириши 100 баллик тизимда баҳоланади. Балл жорий назорат учун — 30, оралиқ назорат учун — 20, якуний назорат учун — 50 балл қилиб тақсимланади. ➖ Жорий, оралиқ ва якуний назоратларнинг ҳар бири бўйича максимал баллнинг 60 фоизи саралаш бали этиб белгиланади. Жорий ёки оралиқ назоратдан саралаш балини тўпламаган талабалар якуний назоратга киритилмайди. ➖ Академик гуруҳ учун бир кунда биттадан ортиқ якуний назорат ўтказилишига йўл қўйилмайди. Якуний назоратлар камида бир кун оралиғида белгиланади. ➖ Якуний назорат натижалари бўйича қониқарсиз балл олган талабага семестр якунида икки ҳафта муддатда бир марта бепул қайта топшириш имконияти берилади. ➖ Семестр ва ўқув йили якунида академик қарздорлиги мавжуд талабалар ўқишдан четлаштирилмайди. Улар фақат қарздор бўлган фанларни қайта ўзлаштириб, шу фанлар учун шартнома маблағини тўлайди. ➖ Академик қарздор талабалар учун ёзги семестр ташкил этилиши мумкин. Ёзги семестрда қайта ўқиш фақат тўлов асосида амалга оширилади (бир марта бепул қайта топшириш ҳолати бундан мустасно). ➖ Талаба баҳолаш натижасидан норози бўлса, баҳолаш муддати якунланганидан кейин 48 соат ичида апелляция бериш ҳуқуқига эга. Апелляция комиссияси шикоятни 2 иш куни ичида кўриб чиқади. @pressuzb
#Qabul2026 #Qoʻshma_ta’lim #Magistratura Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida magistraturada tahsil olish imkoniyati! Namangan davlat universiteti hamda Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga muvofiq qo‘shma ta’lim dasturlari muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yildi. Mazkur dastur orqali bakalavriatni tamomlagan bitiruvchilar magistratura bosqichida tahsil olib, ikki oliy ta’lim muassasasining davlat namunasidagi diplomiga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 📚 2026/2027-o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklari: ✔️ 70540101 — Matematika ✔️ 70510101 — Biologiya ✔️ 70710201 — Biotexnologiya ✔️ 70220301 — Tarix ❗️Muhim! Ushbu qo‘shma ta’lim dasturlariga hujjat topshirish uchun xorijiy tilni bilish sertifikati talab etilmaydi. 🎓 Ta’lim shakli: Kunduzgi 🗣 Ta’lim tili: Rus tili ✅ Mashg‘ulotlar zamonaviy pedagogik metodlar asosida, yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. 📞 Murojaat uchun: +998 (69) 210-02-27 Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Namangan davlat unversiteti Tibbiyot fakulteti Pediatriya yo'nalishi PED-AU-25-1 guruh talabasi Unarboyeva Otikaning Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag'ishlab tayyorlagan videoroligi
#Qabul2026 #Targʻibot NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETIGA O‘QISHGA MARHAMAT! Bugun ilm-fan, innovatsiya va taraqqiyot yo‘lida dadil odimlayotgan Yangi O‘zbekistonning muhim tayanch maskanlaridan biri — Namangan davlat universitetidir. Hozirda 10 ta fakultet, 2 ta fakultetga tenglashtirilgan bo‘limlarda 76 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalish, 26 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha mamlakatimizning turli viloyatlari va qo‘shni davlatlardan tashrif buyurgan 20 ming nafarga yaqin talabaga 700 dan ortiq malakali professor-o‘qituvchilar dars berib kelmoqda. O‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan yurtimiz va xorijdagi barcha abituriyentlarni Namangan davlat universitetiga o‘qishga taklif etamiz. 📞 Call-center: +998692395006 🏪 Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha Namangan davlat universiteti — bu ilm, tafakkur, yangilik va orzular sari dadil qadam! Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿 Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident! Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, farzandlarimizning porloq kelajagi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida qilayotgan fidokorona mehnatlaringiz, bedor tunlaringiz uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz. Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, kuch-g‘ayrat va barcha ezgu maqsadlaringiz ro‘yobini tilaymiz. Siz bildirayotgan yuksak ishonchni oqlash, Vatanimiz ravnaqi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida biz hamisha Siz bilan birgamiz! #BizningPrezident #Mirziyoyev #LeaderOfUzbekistan Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2026 #Bakalavriat #kechki 2026/2027 o‘quv yili uchun Namangan davlat universitetining kechki ta’lim shakliga o‘qishga taklif etamiz! Ish faoliyatini ta’lim bilan uyg‘unlashtirishni istaysizmi? Unda Namangan davlat universitetining kechki ta’lim shakli siz uchun ayni muddao! 2026/2027 o‘quv yilida quyidagi ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirishingiz mumkin: 🔹 Tarix — 50 ta kvota 🔹 Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili — 75 ta kvota 🔹 Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili — 75 ta kvota 🔹 Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili — 75 ta kvota 🔹 Psixologiya — 25 ta kvota 🔹 Iqtisodiyot — 25 ta kvota 🔹 Buxgalteriya hisobi — 25 ta kvota 🔹 Soliqlar va soliqqa tortish — 25 ta kvota 🔹 Bank ishi — 25 ta kvota 🔹 Biologiya — 50 ta kvota 🔹 Kimyo — 25 ta kvota 🔹 Geografiya — 25 ta kvota 🔹 Fizika — 25 ta kvota 🔹 Matematika — 50 ta kvota 🔹 Amaliy matematika — 25 ta kvota ⚡️ Kechki ta’lim — ish va ta’limni birgalikda olib borish, kasbiy salohiyatingizni oshirish hamda oliy ma’lumotga ega bo‘lish uchun qulay imkoniyat! 📞 Call-center: +998692395006 🏪 Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha Namangan davlat universiteti — bu ilm, tafakkur, yangilik va orzular sari dadil qadam! Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
#Vakansiya ⚡️ Nemis tilini yaxshi bilasizmi? Unda Namangandagi eng yuqori maoshli ustozlardan biriga aylanishingiz mumkin! 🇩🇪 Blitz nemis tili markazi yangi ochilayotgan Namangan filiali uchun ustozlarni ishga taklif qiladi. 💰 Oylik maosh: • Asosiy ustoz — 7–15 mln so‘m • Ikkinchi ustoz — 1,6–3 mln so‘m 🎁 Maxsus bonus: Avgust oyi oxirigacha ish boshlagan ustozlarga 3 000 000 so‘m bir martalik bonus. 🚀 27-iyul kuni Namanganda bo‘lib o‘tadigan Job Fairda ishtirok eting va suhbatdan o‘tib jamoamizga qo‘shiling. 📌 Talablar: ✅ Nemis tili darajasi — kamida B2/C1 ✅ Yosh — 18–30 📅 Job Fair: 27-iyul, 2026-yil 📍 Blitz nemis tili markazi, Namangan filiali 🔥 O‘rningizni band qilish uchun pastdagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting. Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
#Yangilik ⚡️ Endi Moliya Audit Akademiyasi Namangan shahrida ham! Buxgalteriya sohasida kuchli kasb egallashni istaysizmi? ✅ Oliy ta’limni tamomlagan, ammo bilimlarini yangilamoqchi bo‘lganlar; ✅ Ish topishda qiynalayotgan yoshlar; ✅ Kasb o‘rganishni istagan uy bekalari; ✅ Malaka oshirish kursi ham bor; ✅ Buxgalteriyani noldan amaliy tarzda o‘rganishni xohlovchilar uchun ajoyib imkoniyat! 📚 Sizni 4 oy davomida nazariya va amaliyot asosida o‘qitamiz. 🎓 Kurs yakunida: ✔️ Diplom; ✔️ Sertifikat; ✔️ Ishga joylashishda amaliy yordam va tavsiyanoma taqdim etamiz. Biz barchani ishga joylashga tayyormiz. 💼 Moliya Audit Akademiyasi bilan kelajagingizni bugundan boshlang! 📍 Manzil: Namangan shahri, Temir yo‘l vokzali, Alisher Navoiy ko‘chasi. 📞 Murojaat uchun: +998507815454 Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakulteti Ped-Au/1 guruh talabasi Ahmadaliyev Firdavsbekning tayyorlagan videoroligi🎓📹 Mavzu:Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi🇺🇿
#Grant2026 2026/2027-o‘quv yili uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash jarayonlari boshlanmoqda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” talablari ijrosini taʼminlash maqsadida Namangan davlat universitetida 2026/2027-oʻquv yili uchun taʼlim grantlarini qayta taqsimlash jarayonlari boshlanmoqda. Mazkur jarayonning bosqichlari, masʼul subyektlari, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda muddatlari bilan yuqoridagi infografika orqali batafsil tanishishingiz mumkin. Eslatma: Taʼlim grantini qayta taqsimlash bo‘yicha arizalar my.hemis.uz platformasining “Mening grantim” bo‘limi orqali onlayn tarzda qabul qilinadi. 2026/2027 o‘quv yili 1-2-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda 1-bosqich magistratura mutaxassisliklarida ta’lim grantini taqsimlanishi bo‘yicha ma’lumot Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
без подписи