BuxDU •БухГУ •BukhSU
Статистика• Buxoro davlat universiteti • Бухарский государственный университет • Bukhara state university Buxoro davlat universiteti Axborot xizmati bo'limi boshlig'i Otabek Jalolov @BuxDUMatbuotkotibi_bot www.buxdu.uz +998 65 221-29-14 +99865 221-26-85
- Последний пост
- 07:29
- Последнее чтение
- 13:03
- Постов за неделю
- 244
- Всего постов
- 1 869
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- Категория
- Образование
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 450
- 1/48двое суток
- 1 661
- 1/72трое суток
- 1 791
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
#Rektor_tabrigi AZIZ YOSHLAR, BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI TALABASI BO‘LGANINGIZ MUBORAK! Qadrli yoshlar! 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalikka qabul natijalari e’lon qilinib, minglab yoshlar hayotida yangi sahifa ochildi. Ana shunday baxtga muyassar bo‘lib, Buxoro davlat universiteti talabasi degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan barcha yoshlarni universitetimiz jamoasi va shaxsan o‘z nomimdan samimiy muborakbod etaman! Buxoro davlat universitetini tanlaganingiz - katta maqsadlar sari qo‘yilgan muhim qadam. Endilikda siz asrlardan buyon ilm-ma’rifat qadrlangan Buxoro zaminida shakllangan boy akademik an’analar, zamonaviy ta’lim va ilmiy izlanishlar muhitining bir qismiga aylandingiz. Bugundan boshlab sizning zimmangizda yangi mas’uliyat ham bor. Talabalik - faqat auditoriyada bilim olish emas. Bu - mustaqil fikrlashni o‘rganish, o‘z ustingizda ishlash, yangi g‘oyalar yaratish, tashabbus ko‘rsatish va kelajak kasbingiz uchun mustahkam poydevor qurish davri. Bugungi dunyo tez o‘zgarmoqda. Sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar barcha kasb va sohalarga yangicha talablarni olib kirmoqda. Shu sababli sizlardan faqat o‘z mutaxassisligingizni puxta egallash emas, balki xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, tadqiqot olib borish va global fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishni kutamiz. Buxoro davlat universitetida sizning bilim olishingiz, ilmiy va ijodiy salohiyatingizni namoyon etishingiz, xalqaro dasturlarda qatnashishingiz, yangi loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirishingiz uchun keng imkoniyatlar mavjud. Bu imkoniyatlarning haqiqiy natijaga aylanishi esa, avvalo, sizning intilishingiz, mehnatingiz va tashabbusingizga bog‘liq. Aziz talabalar! Universitetga ilk qadam qo‘ygan kundanoq oldingizga katta maqsadlar qo‘ying. Vaqtni qadrlang, ustozlaringizdan o‘rganing, izlanishdan cho‘chimang. BuxDUdagi har bir kuningiz kelajakdagi muvaffaqiyatingiz uchun muhim sarmoya bo‘lsin. Ishonamanki, bugun universitetimiz safiga qo‘shilayotgan yoshlar orasidan kelajakda yetuk olimlar, zamonaviy fikrlaydigan mutaxassislar, tadbirkorlar, pedagoglar va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan fidoyi insonlar yetishib chiqadi. Sizlarni talabalik maqomiga erishganingiz hamda yangi hayot bosqichini boshlayotganingiz bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman! Buxoro davlat universitetiga xush kelibsiz! Talabalik yillaringiz bilim, izlanish, unutilmas lahzalar va ulkan yutuqlarga boy bo‘lsin! Hurmat bilan, Obidjon Xamidov Buxoro davlat universiteti rektori, professor Bizni kuzatishda davom eting: 🌐 Telegram 🌐 Facebook
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
✍️✍️✍️✍️✍️ 📘 XORIJIY TALABALAR UCHUN BUXDU BO‘YLAB “CAMPUS TOUR” TASHKIL ETILDI Samarqand davlat chet tillari universiteti tomonidan tashkil etilgan xalqaro yozgi maktab doirasida Italiya, Angliya va Turkiyadan tashrif buyurgan talabalar uchun Buxoro davlat universiteti bo‘ylab “Campus Tour” tashkil etildi. Tashrif davomida xorijiy talabalar BuxDUning ta’lim va ilmiy faoliyati, xalqaro hamkorlik aloqalari, mavjud ta’lim yo‘nalishlari hamda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. “Campus Tour” davomida mehmonlarga universitetning o‘quv va ilmiy infratuzilmasi, talabalar hayoti, xalqaro ta’lim imkoniyatlari, akademik mobillik va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik loyihalari haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Xorijiy talabalar universitet hududi bo‘ylab sayohat qilib, BuxDUdagi akademik muhit va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan bevosita tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Tashrif davomida o‘zaro muloqotlar tashkil etilib, mehmonlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Mazkur tashrif yozgi maktab ishtirokchilarining O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi, xususan, Buxoro davlat universitetining ilmiy-ta’lim salohiyati haqidagi tasavvurlarini yanada boyitdi. Bunday xalqaro tashriflar yoshlar o‘rtasida madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, universitetlararo aloqalarni kengaytirish hamda BuxDUning xalqaro akademik maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐 BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи