ADChTI.uz | Rasmiy kanal
Статистика✔️Veb-sayt:www.adchti.uz ✔️Facebook:www.fb.com/adchtiuz/ ✔️Instagram:http://www.instagram.com/adchti_uz ✔️Youtube:https://youtube.com/channel/UCyF4xElq1upKf3sYx-jbQpw ©Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati Murojaat uchun: @adchtiuz_bot
- Последний пост
- 16:13
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 46
- Всего постов
- 709
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 248
- 1/48двое суток
- 1 430
- 1/72трое суток
- 1 542
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Natija DIQQAT, E'LON! YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📝 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: ⭐️Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi 📆 Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. 📝 Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib: 1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar; 2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. ⏰ Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari, shuningdek: 1️⃣-smenada 07:30 ga qadar; 2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim. 📕 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi. 🆔 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin. 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: ⭐️Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
👍👍👍👍👍👍👍 Bugun 15-avgust haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇧🇾Belarus, 🇷🇺Rossiya, 🇺🇦Ukraina – Arxeologlar kuni. 🇨🇷Kosta-Rika – Onalar kuni. #muhim_voqealar 🔹1498 – Uchinchi safari paytida Xristofor Kolumb Grenadani kashf etdi. 🔹1835 – Aylanadigan barabanli kir yuvish mashinasi uchun patent olindi. 🔹1877 – “Alo” so‘zi birinchi marta ishlatildi. 🔹1914 – Panama kanalidan birinchi kema oʻtdi. 🔹1992 – Ozarbayjonda yangi valyuta – manat joriy etildi. #tavalludlar 🔹1769 – Napoleon I Bonapart – Fransiya imperatori. 🔹1771 – Valter Skott – shotland yozuvchisi. 🔹1884 – Avaz O‘tar – o‘zbek ma’rifatparvar shoiri. 🔹 1915 – Tursunxon Jafarova – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti. 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: ⭐️Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
DIQQAT, BAYRAMONA E’LON! ❗️ Hurmatli professor-o‘qituvchilar, muhtaram ustozlar hamda aziz talaba-yoshlar! 💠 Barpo etilayotgan shiddatli bunyodkorlik maskani — Yangi Andijon (Bobur) shahridagi muhtasham 1 200 o‘rinli yozgi amfiteatrda yurtimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi sharafiga bag‘ishlangan ulkan bayramona konsert dasturi bo‘lib o‘tadi! ♻️ Ushbu unutilmas kechada Andijon davlat chet tillari instituti ijodkor yoshlari, talabalar teatr studiyasi va taniqli san’atkorlarning dildan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlari, raqslari hamda bayramona chiqishlari siz azizlarga unutilmas kayfiyat ulashadi. 🎉 Vatanimiz istiqlolining 35 yillik shukuhi kezib turgan ushbu fayzli va shukuhli kechada barchangizni faol ishtirok etishga taklif etamiz! 📅 Sana: 2026-yil 16-avgust 🕖 Vaqt: Soat 19:00 da 📍 Manzil: Yangi Andijon (Bobur) shahri, Yozgi amfiteatr 🎊 Keling, mustaqillik shodiyonasini birgalikda nishonlaymiz! 🔰 Bizni ushbu sahifada kuzating: 📩 Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: ⭐️Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
DOLZARB 90 KUN: USTOZLAR MEHNATI MUNOSIB RAG‘BATLANTIRILMOQDA 👍Andijon davlat chet tillari institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlar uchun bepul til to‘garaklari faoliyati davom etmoqda. To‘garaklarda mashg‘ulot olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning mehnati munosib rag‘batlantirilib, oylik ish haqlari o‘z vaqtida to‘lab berilmoqda. Ana shunday fidoyi pedagoglardan biri — Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi o‘qituvchisi Xaydarova Nigora bo‘lib, u loyiha doirasida yoshlarning ingliz tilini puxta o‘zlashtirishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. #Dolzarb90Kun #ADCHTI #TilTogaraklari #YoshlarUchun #XorijiyTillar #YozgiTatil #BepulKurslar 🎥Video muallifi: "ADCHTI media" guruhi rahbari — Muzaffarxon Buzrukov. 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: ⭐️️Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
👍👍👍👍👍👍👍 Bugun 14-avgust haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏“Telegram” mesenjjerining tug‘ilgan kuni. 🇼🇸Samoa – Otalar kuni. #muhim_voqealar 🔹1888 – Oliver Shellenberg elektr hisoblagichini patentladi. 🔹1936 –Olimpiya o‘yinlarida basketbol birinchi o‘ynaldi. 🔹1994 – Xabbl teleskopi Uran halqalarini suratga oldi. 🔹2016 – Rio Olimpiadasida Hasanboy Do‘stmatov oltin medal, Elmurat Tasmuradov bronza medalini qo‘lga kiritishdi. #tavalludlar 🔹1860 – Ernest Seton Tompson – kanadalik yozuvchi va rassom. 🔹1867 – Jon Golsuorsi – ingliz yozuvchisi va dramaturgi, Nobel mukofoti sohibi. 🔹1907 – Mirkarim Osim – yozuvchi va tarjimon, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi va O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. 🔹1930 – Yayra Abdullayeva – aktrisa, O‘zbekiston xalq artist 🔹1978 – Sardor Komilov - oʻzbekistonlik jurnalist, blogger, rejissyor. 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: ⭐️Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи