REGISTRATOR OFISI
СтатистикаRasmiy guruh: @registrator_ofis 📩 @AzimjonMaxkamov
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 107
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 426
- 1/48двое суток
- 488
- 1/72трое суток
- 526
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
‼️MANDAT CHIQDI #abituriyent ⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer sahifasiga kirib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. Xushnudbek Bizni kuzating ✅ @qabuladchti ✅ @registratorofis
⚡️Mandat chiqdi! Bizni kuzating ✅ @qabuladchti ✅ @registratorofis
Imtihon natijalari (mandat) ertaga, 15-avgust — shanba kuni soat 08:00 da e’lon qilinadi. Buni tekshirish maqsadida tegishli mas’ullar bilan bog’landim, ular ushbu ma’lumotni tasdiqlashdi. Xushnudbek Bizni kuzating ✅ @qabuladchti ✅ @registratorofis
❗️2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi. ✅ Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi. Kvotalar quyidagicha belgilangan: 🔹 stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; 🔹 tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; 🔹 doktoranturaga — 540 ta. Bizni kuzating ✅ @qabuladchti ✅ @registratorofis
Channel photo updated
❗️Ertaga yo’nalish tanlashning oxirgi kuni! #abituriyent Yo‘nalish tanlash uchun 1 kun vaqt qoldi. 8-avgust soat 23:59 ga qadar abituriyentlar o‘zlari tanlagan fanlar majmuasiga mos yo‘nalishni tanlashlari mumkin. Ushbu muddat davomida yo‘nalish tanlamagan…
❗️Ertaga yo’nalish tanlashning oxirgi kuni! #abituriyent Yo‘nalish tanlash uchun 1 kun vaqt qoldi. 8-avgust soat 23:59 ga qadar abituriyentlar o‘zlari tanlagan fanlar majmuasiga mos yo‘nalishni tanlashlari mumkin. Ushbu muddat davomida yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi, ya’ni ular o‘qishga kira olmaydi. Necha ball olgan bo‘lishidan qat’i nazar. To’g’ri, o’tgan yili yo’nalish tanlamaganlar uchun mandatdan keyin yana bir bora imkon berilgan, lekin unda istalgan yo’nalishni emas, balki faqat kvotasi to’lmay qolgan yo’nalishlarnigina tanlash mumkin bo’lgan edi. Iltimos, yana bir bor yaxshilab qayta tekshirib ko‘ring. Yo‘nalish tanlaganingizga ishonchingiz komil bo‘lsin. Shuningdek, ertaga soat 23:59 ga qadar tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirish ham mumkin. Faqat imkoni bo‘lsa, o‘zgartirishni vaqt kam qolganda amalga oshirmang. Odam ko‘pligidan serverda texnik muammo chiqsa, siz uchun kutilmagan yoqimsiz holat bo‘lishi mumkin. Barchasini vaqtliroq hal qiling. Barchaga omad! Xushnudbek Bizni kuzating ✅ @qabuladchti ✅ @registratorofis
Nodavlat oliygohlarga oʻqishini koʻchirish istagidagi talabalar diqqatiga! Respublikadagi nodavlat oliygohlarga talabalar oʻqishini koʻchirish (boshqa sabablarga koʻra ham), shuningdek, bir nodavlat oliygohi doirasida oʻqishni koʻchirish hamda oʻqishni qayta tiklash boʻyicha arizalarni qabul qilish muddati 10-avgustga qadar uzaytirildi. Eslatib oʻtamiz, respublikadagi davlat va nodavlat oliygohlaridan oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash transfer.edu.uz platformasi orqali; Xorijiy oliygohlardan oʻqishni koʻchirish my.uzbmb.uz platformasi orqali amalga oshiriladi. 🗓 2026/2027 oʻquv yili uchun arizalar 2026-yil 10-avgustga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. ❗️Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi. Xushnudbek Bizni kuzating ✅ @qabuladchti ✅ @registratorofis
❗️Bugun “perevod” uchun arizalar qabuli yakunlanadi #perevod Talabalar bugun, 5-avgust kuni soat 23:59 ga qadar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza yuborishlari mumkin. Arizalar quyidagi saytlar orqali qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga yoki bir oliygoh ichida; ➡️ my.uzbmb.uz/service/41 — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat oliygohlariga. Xushnudbek Bizni kuzating ✅ @qabuladchti ✅ @registratorofis
без подписи
❗️Abituriyentlarning to’liq ro’yxati va egallagan o’rnini ko’rish imkoniyati ochildi Buning uchun mandat.uzbmb.uz saytiga kirib, “Kengaytirilgan qidiruv” sahifasida kerakli fanlar majmuasini tanlash kerak. Xushnudbek Bizni kuzating ✅ @qabuladchti ✅ @registratorofis
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Bizni kuzating ✅ @qabuladchti ✅ @registratorofis
#jamoatchilik_muhokamasi #loyiha Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi 💠 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi. 🔗Qaror bilan 2026-2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. ♻️ Lozihaga ko‘ra: 🔼 100 ballik baholash tizimi saqlanib qoladi. Bunda joriy nazorat uchun 30 ball, oraliq nazorat uchun 20 ball va yakuniy nazorat uchun 50 ball ajratiladi. Tibbiyot yo‘nalishlarida esa ballar alohida tartibda taqsimlanadi. ❗️Yakuniy imtihonlar ovozli va videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkazilishi, videoyozuvlar esa kamida bir yil saqlanishi rejalashtirilgan. 🔄 Uch oy ichida onlayn kuzatuv va kompyuterda imtihon topshirish platformalarini ishlab chiqish, shuningdek, har semestr yakunida talabalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish ham nazarda tutilgan. 📁 Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun esa Brayl alifbosi, ovozli o‘qish va assistent yordami kabi moslashtirilgan imtihon shakllarini joriy etish ko‘zda tutilgan. 💬Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.adliya.uz platformasi orqali qoldiring. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❓Grant taqsimotida o‘rtacha GPA bali bir o‘quv yili bo‘yicha hisoblanadimi yoki butun o‘qish davri olinadimi? Ayni kunlarda oliygohlarda grantlarni taqsimlash jarayoni ketmoqda. Grant taqsimlash — bu har yili yaxshi o‘qigan va faol bo‘lgan kontraktdagi talabalar grantga chiqadi, yaxshi o‘qiy olmagan grantdagi talabalar kontraktga tushadi, degani. Shu jarayonda talabalar bir savol bilan tez-tez murojaat qilishmoqda. Ya’ni grant taqsimotida bir o‘quv yilidagi o‘rtacha GPA bali olinishi kerakmi yoki butun o‘qish davridagi (bir necha bosqich baholari) o‘rtacha GPA bali olinishi kerakmi? Ayrim oliygohlar butun o‘qish davrini olib hisoblayotgan ekan. ✅ JAVOB: amaldagi qonunchilikka ko‘ra, grant taqsimotida faqat muayyan bir o‘quv yili yakuni bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi olinishi kerak. Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risida Nizom. Nizomdan ko‘chirmalar: 2-bob. Ta’lim grantini tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlash tartibi 13. Ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. O‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha muayyan o‘quv yilidagi GPA ko‘rsatkichi 3,5 dan past bo‘lgan talabalarning ta’lim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi. 3-bob. Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga qo‘shimcha davlat grantini taqdim etish tartibi 24. Davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirib, muayyan o‘quv yili bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 4 va undan yuqori bo‘lgan, belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi o‘quv yili uchun qo‘shimcha davlat granti taqdim etiladi. 4-bob. Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grant taqdim etish tartibi 30. Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga 2024/2025 o‘quv yilidan o‘qishga kirib, muayyan o‘quv yili bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,3 dan 4 gacha bo‘lgan belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etiladi. Ko‘rib turganingizdek, barcha grant turlarida, ya’ni to‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim grantida ham, qo‘shimcha davlat grantida ham, oliy ta’lim tashkiloti grantida ham faqat joriy (muayyan) o‘quv yili bo‘yicha GPA ko‘rsatkichiga qarash kerakligi belgilab qo‘yilgan. ❓Nega joriy (muayyan) o‘quv yili olinishi kerak? Bundan ko‘zlangan g‘oya shundaki, aytaylik 1-bosqichda juda yomon o‘qigan talabada ham har doim yaxshi o‘qish uchun motivatsiya saqlanib qolinishi kerak. Balki u 2-bosqichda xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarib, o‘z ustida ishlab, hammadan yaxshi o‘qisa, unga grant berilishi lozim. Agar butun o‘qish davri uchun hisoblansa, unda grant taqsimotining ma’nosi qolmaydi. Masalan, 3-bosqichda mendan yomonroq o‘qigan qaysidir talaba shunchaki 1 va 2-bosqichdagi ballari evaziga yana grant olaveradi. Vaholanki, kichik bosqichlardagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi uchun avvalgi yillarda grant taqsimlanib bo‘lingan, har yili hisob yangidan boshlanishi kerak edi. 🔄 Grant taqsimoti va kursdan kursga o‘tkazish boshqa-boshqa tushunchalar Bu joyda yana bir masalaga izoh berish kerak. Talabani kursdan kursga o‘tkazishda bir yillik emas, balki butun davr uchun GPA olinishi kerak. Chunki o‘zi GPA to‘liq ta’lim dasturining o‘zlashtirish ko‘rsatkichini anglatadi. Agar kursdan kursga o‘tkazayotganda faqat bir yillik GPA ga qaralsa, unda talaba bitiruvchi kursga borganda bir nechta fandan qarzdor bo‘lib borib qolish ehtimoli katta. Ana unda tomoshaning va tushunmovchilikning kattasi bo‘ladi. ✅ Xulosa: grant taqsimotida — muayyan bir o‘quv yili bo‘yicha GPA olinadi; kursdan kursga o‘tkazishda — butun ta’lim dasturi bo‘yicha GPA olinadi. Agar grant taqsimoti natijasida grantga o‘tgan talaba kursdan kursga o‘ta olmay qolsa, unda mantiqan olganda, grant bekor qilinadi va kontraktga tushganlarning eng yuqorisida turgan talaba grantga chiqadi. Xushnudbek Bizni kuzating ✅ @qabuladchti ✅ @registratorofis
❗️Kamida B2 sertifikatiga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin Bu haqdagi Hukumat qarori loyihasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo’yildi. Muhokama jarayoni 12-avgustga qadar davom etadi. Avvalroq kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan pedagoglarga 2026/2027-o‘quv yili boshlanguniga qadar imkoniyat berilishi ma’lum qilingandi. ❓O’zi nima bo’lyapti? ➖ 2021-yilda Hukumat qaror qabul qilib, maktablarda xorijiy tildan dars beradigan o’qituvchilar kamida B2 darajadagi sertifikatga (milliy yoki xalqaro, farqi yo’q) ega bo’lsin, deya belgiladi; ➖ O’qituvchilarga sertifikat olish uchun 3 yil vaqt ham berildi. Ya’ni qaysidir maktab o’qituvchisi sertifikat olmagan bo’lsa, unda tayyorlanish uchun 3 yil muddati bor edi; ➖ Va yana qaysi o’qituvchida sertifikat bo’lsa, qo’shimcha ustama bilan rag’batlantiriladigan bo’ldi, ya’ni ustozlarni quruq majburlamasdan, moddiy motivatsiya ham berildi; ➖ Oradan 3 yil o’tdi. 2024-yil sentyabrga kelib, minglab o’qituvchilar “biz sertifikat olmadik, endi bizni ishdan haydashadimi?” deya e’tiroz bildirishdi; ➖ Hukumat “xo’p” dedi va muddatni yana 1 yilga uzaytirib berdi; ➖ Oradan 1 yil o’tdi. 2025-yil sentyabr oyiga kelib, yana minglab o’qituvchilar “biz sertifikat olmadik, endi bizni ishdan haydashadimi?” deya e’tiroz bildirishdi; ➖ Hukumat yana muddatni uzaytirdi: 2026-yil 1-yanvarga qadar; ➖ Yil yakuniga borib, yana minglab o’qituvchilar “biz sertifikat olmadik, endi bizni ishdan haydashadimi?” deya e’tiroz bildirishdi; ➖ Hukumat yana muddatni uzaytirdi. 2026-yil sentyabrga qadar; ➖ shunda qaror chiqqan 2021-yildan hisoblasak, maktabdagi xorijiy til o’qituvchilari uchun kamida B2 daraja sertifikat olish uchun 5 yil vaqt berilgan bo’ladi; ➖ sentyabrgacha ko’p vaqt qolmadi, ko’ramiz, buyog’iga nima bo’lar ekan. Xushnudbek Bizni kuzating ✅ @qabuladchti ✅ @registratorofis
Magistratura va doktoranturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining ro‘yxati #abituriyent Bunda qaysi mutaxassislikka C1, B2 va B1 daraja talab etilishi belgilangan. Bizni kuzating ✅ @qabuladchti ✅ @registratorofis
📢ENDI HSK IMTIHONINI TOPSHIRISH UCHUN UZOQQA BORISH SHART EMAS! 🇨🇳 Xitoy tilini o‘rganayotgan barcha talabalar va tinglovchilar diqqatiga! Andijon davlat chet tillari institutida 2026-yil 23-avgust kuni HSK (Hanyu Shuiping Kaoshi) — xitoy tili darajasini aniqlash bo‘yicha xalqaro imtihon bo‘lib o‘tadi. 📅Imtihon sanasi: 2026-yil 23-avgust ✔️Imtihon markazi nomi: “Ipak yo‘li innovatsion rivojlanish instituti” (Andijon) 📌Imtihon o‘tkaziladigan joy: Andijon davlat chet tillari instituti 📚Imtihon darajalari: HSK 3 va HSK 4 📝Imtihon shakli: Qog‘oz shaklida (Paper-based Test) 🌐Ro‘yxatdan o‘tish: https://www.chinesetest.cn ⏳Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 2026-yil 23-iyul ⚠️ Eslatma! Imtihonda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish hamda to‘lovni belgilangan muddatgacha amalga oshirishingiz so‘raladi. Belgilangan muddatdan keyin yuborilgan arizalar qabul qilinmaydi. 📞Batafsil ma’lumot uchun: Andijon davlat chet tillari instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi — @alisher_xalqaro 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: ⭐️Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
#Qabul2026 #Magistratura Xorijiy tilda tahsil olgan bakalavrlar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikatini taqdim etishdan ozod etiladi 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tillarning birida (ta’lim tili xorijiy til bo‘lgan holda) tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi. Mazkur tartib quyidagi holatlarda qo‘llaniladi: ➖ bakalavriat taʼlim dasturini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 24-maydagi 3515-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatida qayd etilgan 16 ta xorijiy tilning birida tamomlagan bo‘lsa; ➖ abituriyent bakalavriatga qabul qilingan yildagi tasdiqlangan qabul parametrlariga muvofiq aynan shu ta’lim tilida tahsil olgan va bakalavr diplomi ilovasida ta’lim tili xorijiy til ekani qayd etilgan bo‘lsa. 📌 Agar bakalavr diplomi ilovasida ta’lim tili ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bakalavriat ta’lim dasturi xorijiy tilda o‘zlashtirilganligi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma asosida ko‘rib chiqiladi. Bizni kuzating ✅ @qabuladchti ✅ @registratorofis
📢 Barcha OTM talabalari uchun yangilik! @HemisUniBot — O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun universal HEMIS bot! 📂 Diplom va o'quv hujjatlari 💰 Kontrakt va moliyaviy ma'lumotlar 🎓 Stipendiya 🏠 Yashash joyi shartnomasi 📅 Dars va nazorat jadvali 🏆 Grant taqsimot reytingi ✅ 200+ OTM qo'llab-quvvatlanadi ✅ 24/7 ishlaydi ✅ HEMIS login va parol orqali kirish 👇 Hoziroq sinab ko'ring! 👉 @HemisUniBot
#soʻragan_edingiz ❓ Qaysi magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha davlat granti asosida qabulda SAT sertifikati inobatga olinadi? 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab ayrim magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilishda “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan Scholastic Aptitude Test (SAT) sertifikati qo‘llaniladi. 📐 Matematika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari: ▪️ Matematika; ▪️ Matematik iqtisodiyot; ▪️ Aktuar va moliyaviy matematika; ▪️ Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika). 🇬🇧 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisligi: ▪️ Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili. 📚 Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari: ▪️ Lingvistika: ingliz tili; ▪️ Adabiyotshunoslik: ingliz tili. 🗣 Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari: ▪️ Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili; ▪️ Sinxron tarjima: ingliz tili. Bizni kuzating ✅ @qabuladchti ✅ @registratorofis